Boshlang’ich sinf matematika darslarida interfaol




Download 290.5 Kb.
bet4/6
Sana20.05.2023
Hajmi290.5 Kb.
#62344
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Boshlang\'ich sinf matematika darslarida qo\'llaniladigan o\'quv vo
FERUZA, Grammar 1, Salom ,, , 4-amaliy ish Mavzu Oqimli shifrlash Ishdan maqsad, 2 5265218154971273002, 2-lab Pendjiyev Karimjon KI 11-19, Capitan NEMO, 1.Ma\'ruza(1), Tajriba ishi 4-5, MUSTAQIL ISH — копия, MUSTAQIL ISH, XXI asr boshlariga kelib jaxon xo\'jaligi kapitaldan foydalanishning kelib chiqish manbalari va tarkibi, Mavzu Dielektriklarda elektr maydon, MIT14 03F10 lec13
3. Boshlang’ich sinf matematika darslarida interfaol metodlari va ularning tavsifi.
Zamonaviy ta‘limni tashkil etishda qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berish, ularda ma‘lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma hamda malakalar darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta‘lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda bu borada katta tajriba to‘plangan bo‘lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Ta‘limni isloh qilinishi jarayonining ajralmas, muhim qismi hisoblangan zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar ta‘lim jarayoniga o‘zlari bilmagan holda qiziqishi bilan kirishib ketadilar.Tajriba shuni ko‘rsatadiki , zamonaviy interfaol strategiyalar bo‘lgan bilimlarni samarali o‘zlashtiradi. Chunki bugun sinflarni to‘ldirib o‘tirgan o‘quvchilar sho‘x, beg‘ubor bolalik gashtini surayotgan, ba‘zan xayolparast bolalardir. Ular orasida hatto 45 daqiqalik dars jarayonining nihoyasini intiqlik bilan kutib, ta‘limga yuzaki qaraydigan o‘quvchilar ham yo‘q emas.
Interfaol metod - ta‘lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasidadagi faollikni oshirish orqali o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo‘llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol
ta‘limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs – munozaralar o‘tkazish, o‘quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati,o‘quvchilar tashabbus ko‘rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, sinf jamoasi bo‘lib ishlash uchun topshiriqlar berish va boshqa metodlardan iborat bo‘lib, ular ta‘lim – tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega.
Hozirda ta‘lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo‘nalishlardan biri interfaol ta‘lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iboratdir.
Barcha fan o‘qituvchilari shu jumladan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ham dars mashg‘ulotlari jarayonida interfaol metodlardan borgan sari keng ko‘lamda foydalanmoqdalar.
Interfaol metodlarni qo‘llash natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslangan holda himoya qila bilish, sog‘lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko‘nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.
Interfaol degani, o‘qituvchi va o‘quvchilar orasida o‘zaro hamkorlik tufayli dars samaradorligini oshadi, yangi darsni o‘quvchi mustaqil harakat, mulohaza, bahs-munozara orqali o‘rganadi, qo‘yilgan maqsadga mustaqil o‘zi darsda o‘quvchi faol ishtirok etgan holda kichik guruhlarda javob topishga harakat qiladi,ya‘ni ham fikrlaydi, ham baholaydi, ham yozadi, ham gapiradi, ham tinglaydi, eng keragi o‘zi faol ishtirok etadi. Interfaol usullarining negizidagi topshiriq mazmunini anglab yetgan o‘quvchilar ta‘lim jarayoniga o‘zlari bilmagan holda qiziqish bilan kirishib ketadilar.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan matematik ta‘limning interfaol strategiyalari ta‘lim jarayonining yengillashuvini, aniqlashuvini, keng jamoani qamrab olishga m o‘ljallanganligini, o‘qituvchining faqatgina yo‘l - yo‘riq ko‘rsatuvchi nazoratchiga aylanishinini, o‘qitishning erkin va majburiyatsizligini hamda eng asosiysi o‘quvchilar uchun o‘ta qiziqarligini va samaradorligini ta‘minlab bera oladi. Vazifamiz taqdim etilayotgan matematik
ma‘lumotlar tizimini o‘quvchilar ongiga singdirishda imkon qadar oson,qiziqarli, serqirra va shu bilan birga samarali yo‘llarini ishlab chiqarishdan iborat.
Interfaol strategiyalarning qo‘llanilishi majburiy matematika darsi jarayonini beixtiyor psixologik o‘yin yoki musobaqaga aylantirib, yuqorida tilga olingan passiv o‘quvchilarni ham bir oz bo‘lsa–da, lekin yuritishga o‘z fikrlarini keng ommaga izhor etishga, umuman sinfda kechayotgan bahs – munozaralarga befarq bo‘lmasdan,faol ishtirok etishga undaydi.
An‘anaviy usulda tuzilgan darsga o‘quvchilarning faqat bilim olishiga talab qo‘yilgan bo‘lsa, matematika ta‘limining yangi modelida bilim bilan birga ta‘lim samarasini oshirishda tanqidiy, mustaqil fikrlashga o‘rgatish ham yuqori o‘ringa qo‘yiladi. Bunda dars mobaynida o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatidagi an‘anaviy, majburiy itoatkorlik o‘rnini ongli intizom egallashiga katta e‘tibor qaratiladi, buning uchun esa o‘quvchiga tanqidiy, mustaqil fikrlash malakasini singdirib borish zarur. Bu borada quyidagilarni hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi:
1) matematikada o‘qitish jarayoni zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida tashkil qilinishini talab etadigan ma‘lum tizimga ega bo‘lgan yondashuvlar tamoyillari;
2) uzluksiz matematika ta‘limini tizimiga pedagogik texnologiyalarni samarali qo‘llash zarurati haqidagi ilg‘or pedagogik g‘oyalari;
3) o‘qitish jarayonini faollashtirish hamda uzluksiz ta‘limda pedagogik texnologiyalar nazariyasi;
4) tanqidiy tafakkurni rivojlantirish nazariyasi;
5) shaxsning ijobiy rivojlanish nazariyasi;
Umuman olganda,matematika o‘qitishda eng yuqori rivojlantiruvchi samaraga erishish mumkin, agar:
- uzluksiz matematik ta‘lim tizimida o‘qitishning interfaol metodlari o‘qitilayotganlarning mustaqil, tanqidiy tafakkurini rivojlantirish vositasi sifatida qo‘llanilsa;
- uzluksiz matematik ta‘lim tizimida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash jarayonini o‘qitilayotganlar haqiqiy o‘quv imkoniyatlarini iloji boricha aniq hisobga olgan holda,ularda matematik bilimlarni o‘zlashtirishga nisbatan mustahkam qiziqishlarni shakllantirish imkoniyatlari ta‘minlasa;
- uzluksiz ta‘lim tizimida matematika o‘qitish jarayoni murakkab aqliy faoliyat sifatida qaralib, u faqatgina ahdozali darsdagi da‘vat, anglash va fikrlash bosqichlari to‘g‘ri amalga oshirilgandagina to‘laqon bo‘ladi, deb qaralsa;
- uzluksiz ta‘lim tizimida amaliy mazmunga ega bo‘lgan matematik tushunchalarni o‘qitishdan 3 ta asosiy (ta‘limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi) maqsadlarni amalga oshirish vositasi sifatida foydalanilsa.
Buning uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
1) o‘quvchilarni matematika o‘qitishda pedagogik texnologiyalarning ta‘limiy – rivojlantiruvchi rolini aniqlash;
2) o‘quvchilarni matematika o‘qitishda interfaol metodlarni tanlash mezonini va ularni qo‘llash tamoyillarini aniqlash;
3) uzluksiz matematik ta‘lim tizimida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llashda mavjud darslik va o‘quv qo‘llanmalardan foydalanish usullarini aniqlash;
4) matematika o‘qitish jarayonida interfaol metodlarni qo‘llash bo‘yicha maktablarga mo‘ljallangan o‘quv – metodik , didaktik tarqatma materiallarni ishlab chiqish.
Bugungi milliy tarbiyashunoslikka ― Interfaol usullari» nomi bilan kirib kelayotgan usullar o‘quvchi o‘qituvchidan ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarflamay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishish maqsadini nazarda tutadi. Qisqa vaqt mobaynida ma‘lum nazariy bilimlarni o‘quvchiga yetkazish, unda ayrim faoliyat yuzasidan ko‘nikma, malaka hasl qilish, ma‘naviy sifatlarni shakllantirish shu bilan birga ularni nazorat qilish, hamda baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat va chaqqonlik talab qiladi.
Interfaol dars jarayoni shunday tashkil etilishi kerakki, bunda sinfdagi barcha o‘quvchilar faollashishi zarur, ya‘ni dars o‘tish jarayonida o‘quv materiallarining ma‘lum bir qismi o‘quvchilar tomonidan mustaqil o‘rganiladi( yakka, juft – juft yoki guruh bo‘lib ), so‘ngra bu material sinfda har tomonlama muhokama etiladi. Amaliy ishlar ham shu tariqa bajariladi. O‘quv jarayonida o‘quvchilar o‘qiyotganliklarini, muallim ularga o‘qish va o‘rganishlari uchun yordam berayotganini anglasinlar. O‘qituvchi – o‘quv jarayonini tashkilotchisi, rahbari, nazoratchisi hamdir. O‘quvchining sinfda o‘zini erkin his qilishi va o‘quv faoliyati uni emotsional jihatdan qoniqtirishi lozim, ana shundagina u o‘zining fikrlarini erkin bayon qila oladi. Bundan tashqari o‘qituvchi o‘quvchining bilimini sinashi, ko‘nikma va malakalarini aniqlashi, uning shaxsiy fikrini bilishi uchun albatta to‘g‘ri savol qo‘ya olishi kerak.
O‘quvchilarni faollashtirish uchun dars jarayonida qo‘llaniladigan usullarni to‘g‘ri tanlash va savollarni aniq tuzish katta samara beradi. Buning uchun darsga, mavzuga qo‘yiladigan maqsad aniq belgilanib, shu maqsadga erishish yo‘li, usuli puxta ko‘rib chiqilishi lozim. Demak, o‘qituvchi har bir foydalanadigan interfaol usulni o‘quvchiga nima berishini oldindan ko‘ra olishi va darsni to‘g‘ri tashkil qilishi kerak. Bunda quyidagi qoidalarga rioya qilishi darkor:
1 – qoida: Sinfdagi hamma o‘quvchilarning texnologik jarayonga faol qatnashishlariga erishish kerak. Buning uchun hamma o‘quvchi ishtirok eta oladigan mavzuni va unga mos metodni tanlash kerak bo‘ladi. O‘yinlar ham shu asosda tanlanadi, agar rolli o‘yinlar o‘ynalsa, har bir o‘quvchi hamma rolga bo‘lib chiqishi uchun o‘yin bir necha marta takrorlanadi.
2 – qoida: Interfaol o‘yin texnologiyalardan foydalanish uchun o‘quvchilarni psixologik tomondan tayyorlash masalasiga e‘tibor berish kerak. Chunki hamma o‘quvchi ham darsda faol ishtirok etishga, biror rolga kirish va fikrini erkin bildirishga tayyor bo‘lavermaydi. Uyalash, qisilib – qimtinish, odatda tashqaridan cho‘chish kabi holatlar yuz berishi mumkin. Buning oldini olish uchun avval kichik hajmdagi, qisqa vaqtli mashqlardan foydalanish, faolligini rag‘batlantirish va ixtiyoriylikdan ko‘ra navbat bilan ishtirok etishni joriy qilish kerak bo‘ladi.
3 – qoida: Aslida interfaol metodlar kichik guruhlar bilan ishlashda ko‘proq samara beradi. Shuning uchun ularni 30 kishidan ortiq bo‘lmagan o‘quvchili sinflarda o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki o‘qitishning sifati o‘quvchilar soniga teskari proporsional bog‘liq bo‘lishi mumkin. Har bir o‘quvchi fikrini eshitish, har birini faoliyatga jalb qilish, har bir o‘quvchining harakatlarini kuzatib borishi uchun sinfda o‘quvchilar juda ko‘p bo‘lmagan ma‘qul. Xonada o‘quvchi tomonidan kichik guruhlarga bo‘lingandan aylanib yurushi uchun, erkin harakatlanish uchun yetarli kenglik ham bo‘lishi kerak.
4 – qoida: Sinf xonasini ham alohida tayyorlash kerak. Kichik guruhlar uchun stol va partalarni birlashtirish, ularni nomerlash va nomlash, atrofda joy almashtirish, ijodiy ishlash uchun yetarli yo‘lkalarni qoldirish kerak. Agar doska va ―sahna» da ishlash kerak bo‘lsa, stullar doskaga qaratib yoki yarim qaratib qo‘yiladi, o‘quvchilarning doskaga orqa o‘girib o‘tirishi noto‘g‘ri hisoblanadi. O‘yin uchun va metod uchun kerakli hamma jihozlar oldindan o‘qituvchi tomonidan kerak bo‘lsa, o‘quvchilar ishtirokida tayyorlanadi.
5 – qoida: Metodning mohiyati va o‘yinning qoidalari avval yaxshilab tushuntirishi va hamma shartlar oldindan aytib kelishib olinishi kerak. Masalan guruhda ishlansa, guruhning vazifalari, natijalarni e‘lon qilish shakli, har bir ish turi va ajratiladigan vaqt, baho mezonlari e‘lon qilinadi. Demak, har bir o‘quvchi o‘zining vazifasini aniq bilgan va uni bajarishga psixologik jihatdan tayyor bo‘lishi kerak. Yana bir masalaga alohidan e‘tibor berish kerakki, har qanday fikr – mulohaza, taklifni sabr bilan eshitishi, bir – birini hurmat qilish va bahamjihat bilan ishlashga ham kelishiladi va o‘rganib boriladi.
6 – qoida: o‘quvchilarga vazifalarni va rollarni taqsimlash, o‘quvchilarni guruhlarga ajratishi masalaga e‘tibor bilan qarash kerak. Agar faqat o‘quvchilar ixtiyoriga qo‘yib berilsa, guruhlar tarkibi doimiy bir xil bo‘lib qoladi, o‘yindan esa faqat dadilroq, faol va qiziquvchan o‘quvchilar ishtirok etadi va uyatchan, passiv o‘quvchilar chetda qoladi. Guruhda ham ayrim o‘quvchilar doimiy lider bo‘lib, ba‘zi o‘quvchilarning deyarli ishtiroki sezilmay qoladi. Shuning uchun ham tanlov tasodifiy bo‘lishi va harakat qilishi kerak. Masalan: guruhlarga orqasi o‘girilgan
jetonlarni olib, ularga chizilgan rasm, nomeri, rangi bo‘yicha ajratiladi, roller konvert ichiga yozilib tanlab olinishi mumkin bo‘ladi. Misol uchun quyidagilar:
―Adashgan zanjirlar» usuli boshlang‘ich sinflarda biror bir ketma – ketlikni tiklash uchun qo‘llanadi. Bunda o‘qituvchi biror mavzu, tushuncha, algoritmga oid ketma – ketlikni alohida – alohida va tartibsiz qo‘yadi. O‘quvchilar tartibsiz joylashgan so‘zlarga mantiqiy bog‘langan zanjirni tuzishlari kerak. Bu metodni 4-6 kishilik guruhda qo‘llash ham, butun sinf bilan ishlash ham mumkin.Masalan 4- sinf darsligidan ―Noma‘lum qo‘shiluvchini toppish» qoidasi: ―Noma‘lum qo‘shiluvchini topish uchun yig‘indidan ma‘lum qo‘shiluvchini ayirish kerak», shunday o‘zgartiriladi: qo‘shiluvchini ayirish topish noma‘lum uchun yig‘indidan ma‘lum kerak qo‘shiluvchi» So‘zlar alohida qog‘ozlarga yoziladi va ko‘rgazma taxtasiga betartib joylashtiriladi.O‘quvchilar tartibni tiklaydilar, yoki har bir guruhga so‘zlar to‘plami beriladi va guruhlar tartibini tiklaydilar.
―Bahs – munozara» da o‘quvchilar bilan biror muammoni yechish yo‘lini qidirishda foydalaniladi, masalan: masala yechish, o‘lchash ishlarini bajarish, yechimning qulay usulini topish va hokazo. Sinfni to‘rtliklarga bo‘lish va guruhda ishlash mumkin.
―Muammoli savollar» sinfda muammoli vaziyatni yaratish, bir muammoni mustaqil o‘quvchilar tomonidan yechilishiga erishish uchun qo‘llanadi. Muammoli savol va topshiriq o‘qituvchi tomonidan aniq aytiladi, doskaga yoziladi,yechimni juft – juft bo‘lib qidirish taklif qilinadi. Har bir guruh javobi eshitiladi va umumlashtirib yagona yechimga kelinadi.
Dars vaqtining taqsimlanishi, ishni tashkil qilish qoidalari oldindan o‘quvchilar bilan kelishilgan holda rejalashtirib olinadi va sinf doskasiga yozib qo‘yiladi:
O‘zaro hurmat. O‘ng qo‘l qoidasi.
Navbatma – navbat so‘zga chiqish.
Dars jarayonida mustaqil, ijodiy fikrlash. Faollik
O‘zgalar fikrini tanqid qilmaslik.
Yangi g‘oyalarni o‘zlashtirish.
Barcha sinf o‘quvchilarini dars jarayonida faol ishlashlariga erishish.
Mavzu bo‘yicha kichik guruhlar taqdimotini asoslab, dalillab so‘zlashga erishish.
Qiziqarli g‘oyalarni taklif qilish. Ijodiy yondashish.
Samarali ishlash.
―Kichik guruhlarga bo‘lish metodi» – bu o‘qituvchi tajribasi, mahorati, ijodiy yondashuviga ko‘ra turli xil metodlar asosida qo‘llanishi mumkin. Guruhlarga bo‘lishda sinf o‘quvchilarini ranjitmaslik, kamsitmaslik, ularni estetik did nuqtai nazaridan, kelishmovchiliksiz, guruhlarga bo‘lishga harakat qilinadi. Bu maqsadda turli xil o‘yinlar asosida yoki masalan: rangli qog‘ozdan har xil shaklda, kichkina hajmda, sinf o‘quvchilarning jami sonini hisobga olgan holda, oldindan tayyorlangan kesma shakl ( doira, uchburchak, to‘rtburchak,beshburchak va hokazo ) lardan foydalaniladi. Tayyorlab qo‘yilgan rangli shakllar o‘quvchilarga tarqatiladi ( bu holda har xil o‘quvchi ixtiyoriy ravishda o‘zi xohlagan rangdagi shaklni tanlab oladi). O‘quvchilar tanlab olgan shakllar yoki ranglar asosida o‘qituvchi o‘quvchilarni osongina guruhlarga ajratib oladi.
Masalan: Oq rang 1-guruh
Yashil rang 2 –guruh
Ko‘k rang 3 –guruh
Jigar rang 4- guruh
Sariq rang 5-guruh
Qizil rang 6- guruh
Sinf xonasidan eng qulay kichik guruh – bu bir partada o‘tirgan o‘quvchilar jufti yoki, ketma-ket 2 ta partadagi o‘quvchilar to‘rtligidir. Ba‘zi muammolarni hal qilish ayniqsa, shu kichik guruhlar kuchidan foydalanish sinfni alohida tayyorlash va partalarni surib, joylarni o‘zgartirish majburiyatidan o‘qituvchini ozod qiladi. Agar shunday tartibda ishlash o‘rganilsa, sinfni guruhlarga bo‘lish, guruhlarni tuzishga ortiqcha vaqt sarflanmaydi.
Guruhda ishlash uchun taklif qilish mumkin bo‘lgan eng samarali usullaridan biri mavzu yuzasidan savol va javob berishga undash, undan ham samaraliroq usul esa, o‘tilgan mavzuga oid mustaqil savol tuzishga undashdir. Agar guruhlarga mavzu yuzasidan savol tuzish, misol va masala tuzib sinfga taklif qilish vazifasi berilsa, o‘quvchining darsga e‘tibori oshadi, fikri uyg‘onadi, agar savol tuzisb berish va unga to‘g‘ri javobni o‘zlari bilishi ham kerak bo‘lsa,( albatta hamma vaqt emas, ba‘zi muammoli savollarning javobini o‘quvchi bilmasligi mumkin) bolalar darsda e‘tiborliroq bo‘ladi, berilayotgan savollar sifatini tahlil qilishga o‘rganadi.
―Klaster» metodi ham o‘quvchilarga ixtiyoriy mavzular xususida erkin, ochiq o‘ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Bunda o‘quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. ―Klaster» metodi o‘quvchilarning tushunchalar orasidagi bog‘liqlikni aniqlashga, mavzuga oid hamma tushunchalarni eslashga o‘rgatadi. ―Klaster» so‘zi bog‘lam, dasta ma‘nosini bildiradi. Bu metod orqali biror mavzuga oid o‘quvchilar biladigan tushunchalarni aniqlashda biror – bir mavzu o‘rganilgandan keyin o‘quvchilar o‘rganib olgan tushunchalarni aniqlash mumkin. Metodni amalga oshirish uchun doska o‘rtasiga asosiy so‘z yoki gap yozib qo‘yiladi. O‘quvchilarga shu so‘z bilan bog‘liq hamma so‘z va so‘z birikmalarini eslab doskaga yozish taklif qilinadi. Bog‘lamlar ko‘p bo‘lishiga harakat qilinadi, hamma so‘zlar ( oxirgi so‘z qolmaguncha) yoziladi, xatolarga e‘tibor berilmaydi, hamma o‘quvchiga imkoniyat beriladi. Ishni misollardan boshlash maqsadga muvofiq. Masalan 3-sinfda bo‘lishga oid asosiy misol turlarini yig‘ishni taklib qilaylik. O‘quvchlar barcha misollarni taklif qilgandan so‘ng, o‘qituvchi o‘z variantini namoyish qiladi va bu ishlar taqqoslanadi. O‘qituvchi variant:
―Klaster» metodi ―Vaqt birliklari», ―Tenglama», ―Masala turlari» va boshqalarga oid bo‘lishi mumkin.
Pedagogik texnologiya mohiyatini to‘g‘ri tushunish, har tomonlama tahlil qilgan holda ilmiy tarzda o‘zlashtirish, tatbiq etish yo‘llarini qidirish o‘z ustida tinimsiz ishlashni talab etadi. Ta‘lim axborot muhitining kun sayin kengayotganligi, o‘quvchining o‘zlashtirish darajalarining pastligi (ularni o‘zgaruvchan sharoit, vaziyatlardan to‘g‘ri yo‘l topish chiqa olishlari) kabi holatlar ta‘lim – tarbiya jarayoniga davr talabi nuqtai nazaridan yangicha qarashni, o‘qitishning samarali yo‘llarini izlashni talab etadi. Bu texnologiyani o‘rganish, amalda qo‘llash ta‘lim – tarbiya sifatini oshirish talabidan kelib chiqqan.
Pedagogik texnologiyaning mohiyati – ta‘lim jarayonini jadallashtirish, o‘quvchilarning o‘zlashtirish va uning natijalarini sur‘atini tezlashtirish, natijalarini obyektiv, holisona baholay olish, ko‘zlangan natijalarga erishishni kafolatlashga qaratilgan pedagogik jarayonni anglatadi. Boshqacha aytganda, o‘qitish jarayonining barcha bosqichlarini aniq maqsad asosida kutilgan natijalarni beradigan tarzda tizimli loyihalash tushuniladi.
Ta‘lim – tarbiya jarayonini loyihalash, loyihalangan pedagogik texnologiyani boshlang‘ich sinflarda matematika fanini o‘qitish jarayoniga tadbiq etish o‘qituvchidan texnologik loyihalash qobiliyatini talab etadi. O‘qituvchining texnologik loyihalash qobiliyatiga quyidagi talablar qo‘yiladi;
- texnologiyalashtirish jarayonlarining o‘zaro bog‘liqliklari haqida tushunchaga ega bo‘lish;
- individuallashtirish;
- ta‘limni taraqqiy ettirishda texnologiyalarning o‘rnini tushunish;
- o‘qitishni shaxsga yo‘naltirishning asosiy maqsad, tur, shakli va darajalari haqida tasavvurga ega bo‘lish;
- individual yondashuv, o‘qitishni tabaqalashtirish, individual o‘qitish tushunchalari o‘rtasidagi bog‘lanish va farqlanishlarini bilish;
- o‘quv jarayonini tashkil qilish vositalari orqali o‘quvchining individual xususiyatlarini rivojlantirish yo‘llarini bilish;
- o‘quv materialni o‘lchanadigan, kuzatiladigan darajada qismlarga ajratish;
- o‘quv jarayonining mantiqiy tuzilishini qulaylashtirish;
- xatolarni va qiyinchilik tug ‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlarni aniqlay olish;
- texnologiyalashtirishning umumiy mezonlarini bilish.
Ushbu talablarga javob berish uchun quyidagi dastur asosida o‘z ustida ishlash tavsiya etiladi:
1. Ta‘limga texnologik yondashuvlar va shart – sharoitlar.
Ta‘lim jarayoniga har xil qarashlar, o‘qitish va texnologiyalashtirishga texnokratik yondashuvlar haqida tasavvurga ega bo‘lish talab etiladi.
2. Ta‘lim jarayonini texnologiyalashtirishning psixologik – pedagogik asoslari.
Ta‘lim texnologiyalarida maqsad qo‘yish, tashxislash, ta‘lim texnologiyalarida ta‘lim mazmunini texnologiyalashtirishni bilish talab etiladi.
3. Mualliflik ta‘lim texnologiyalari.
Bunda individual o‘qitish texnologiyasi, jamoa orqali o‘qitish texnologiyasi, pedagogik mahoratlar texnologiyasini bilishi lozim.
4. Ta‘lim jarayonini loyihalash texnologiyasi.
Zamonaviy o‘qituvchining pedagogik faoliyati tuzilishi, o‘quvchilarning mustaqil faoliyati, o‘qitish ko‘nikma va malakalari – ta‘lim texnologiyalarini tatbiq etishning zarur sharti, o‘quvchi bilish faoliyatini rag‘batlantirib borish, didaktik tamoyillari haqida bilimga ega bo‘lish zarur.
5. Ta‘lim texnologiyalari – o‘quv jarayonini qulaylashtirish vositasi.
Ta‘lim texnologiyalarining o‘quvchilar individual xususiyatlariga moslashishi, tanlash holatlari haqida yaxshi tushunchaga ega bo‘lishi talab etiladi.
Bu talablarning amalga oshishi quyidagi shart – sharoitlarni taqozo etadi:
- maktablarda doimiy ravishda pedagogik texnologiyalarni o‘rganish;
- umumlashtirish;
- amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ilmiy – amaliy seminarlar tashkil etish;
- o‘qituvchi o‘z ustida doim ishlashi va yangi kitoblar bilan tanishib borishi.
Matematika o‘qitish jarayonida yangi ta‘lim texnologiyalaridan foydalanish shaxs kamolotini ta‘minlashga xizmat qiluvchi mustaqil fikr yuritish, o‘z ustida ishlash, faoliyatga nisbatan ijodiy yondashish kabi xislatlarning ham shakllanishiga zamin yaratadi. Shu yerda bu boradagi ichki imkoniyatlarni ochib berish haqida so‘z yuritamiz.
Boshlang‘ich ta‘lim o‘zga ta‘lim bosqichlaridan integrativ, o‘yinga asoslangan ta‘lim texnologiyalariga beriluvchanligi bilan ajralib turadi. Lekin bolaning bog‘cha davridan maktab davriga o‘tishi ancha murakkab ruhiy – hissiy ichki jarayonlar asosida amalga oshadi. Bu davrda aksariyat bolalarda chuqur psixologik qiyin holati kuzatiladi. Buni bola ichki dunyosini yaxshi his eta oladigan, tom ma‘nodagi jonkuyar pedagog nuqtai nazari bilan yondoshuv, suyanchiq deyish mumkin. Ko‘pincha o‘quvchi o‘qituvchi faoliyatini aynan takrorlaydi, ya‘ni ta‘lim mazmunini ongli emas, ongsiz ravishda qabul qiladi. Mazkur holatning oldini olish uchun, 1 – sinf o‘quvchisini ongli o‘quv faoliyatiga jalb etish uchun nima qilish kerak?
Bilim qanday o‘zlashtiriladi?
a) Doimiy usulda dars (eski metod).
1. O‘qiganda 10 % bilim o‘zlashtiriladi.
2. Eshitilganda esa 20 % o‘zlashtiriladi.
3. Ko‘rganda 30 % o‘zlashtiriladi.
4. Eshitib, ko‘rganda esa 50 % bilimni o‘quvchi o‘zlashtiriladi.
Bu har doim usuldagi oddiy darsda o‘quvchining o‘zlashtirishini ko‘rsatsa, hozirgi davrdagi ta‘lim texnologiyasida esa.
b) Andozali dars ( pedagogik texnologiya usulida ).
5. O‘quvchi boshqa bolalar bilan dars o‘zida o‘tilgan mavzuni muhokama qilganda 70 % bilimni o‘zlashtiradi.
6. Yana shaxsiy bahs, munozara o‘tkazilganda esa 80 % o‘zlashtirildi. Olgan bilimni boshqalarga o‘rgatganda esa 95 % bilim o‘zlashtirildi.
Bilim qanday o‘zlashtiriladi? (eski usulda)
O‘qiganda 10 % o‘zlashtiriladi.
Eshitganda 20 % o‘zlashtiriladi.
Ko‘rganda 30 % o‘zlashtiriladi.
Eshitib, ko‘rganda 50 % o‘zlashtiriladi.
(pedagogik texnologiyadan foydalanganda)
Boshqalar bilan 70 % o‘zlashtiriladi muhokama qilganda
Shaxsiy bahs, 80 % o‘zlashtiriladi Munozara o‘tkazilganda
O‘zgalarga o‘rgatganda 95 % o‘zlashtiriladi.
Andozali dars (A.A.F.) A – aqliy hujum
A – Anglash F – Fikrlash
1-4-sinflarda joriy etiladigan yangi texnologiya avvalo, fanlar orasidagi bog‘liqlikni ta‘minlash (integrativ), ortiqcha qiyinchilikni bartaraf etish, o‘quvchi faoliyatini to‘g‘ri izga solish, vaqtdan unumli foydalanish, tashabbuskorlik va ijodkorlik muhitini yaratish kabi qator maqsadlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Dunyoda rivojlangan davlatlar erishayotgan yutuqlarga shu davlat ta‘lim tizimi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi, ta‘lim tizimida ilg‘or pedagogik texnologiyalar izchil o‘zlashtirilganligi sababdir.
Mamlakatimiz o‘z mustaqilligiga erishgach, ta‘lim davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. ―Ta‘lim to‘g‘risidagi» qonuni asosida ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «ning qabul qilinishi ta‘lim tizimini tubdan isloh etishni taqozo etuvchi muhim hujjat hisoblanadi. Dasturning negizida nazariy- metodologik konsepsiya yotadi. Shuning uchun uni o‘rganish va amalga tatbiq etish shunchaki kechadigan jarayon emas. « Milliy dastur» o‘ziga xos yondashuvni, yangicha metidikani va yangicha kasb mahoratini talab etadi.
―Kadrlar tayyorlash miliy dasturi» – bu zamonaviy pedagogik texnologiyaning o‘zi. Ijodkor mutaxassis, ijodkor tarbiyachi va o‘qituvchi o‘zining soha yo‘nalishi bo‘yicha zamonaviy pedagogik texnologiyani ajrata olmog‘i, hamda uni amalda tatbiq eta bilmog‘i lozim.
Bugungi kun o‘qituvchilarning faoliyatiga nazar solsak, aksariyat qismida hamon ikkilanish, ba‘zan cho‘chish, oxirigacha tushunib yetmaslik va tahlil yetishmayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Buning sababi bitta – izlanuvchanlik va ijodkorlikning yeyishmasligi!
Pedagogik texnologiya haqida gap yuritilganda ―zamonaviy»,
―yangilangan» so‘zlarini qo‘shib fikrimizni ifodalamoqdamiz. Chunki bir vaqtlar ―yangi» hisoblangan pedagogik texnologiya bugungi kunda eskirgan bo‘lishi mumkin. Yangilanayotgan ta‘lim-tarbiya mazmuni o‘z-o‘zidan yangilangan usullarni, metodlarni, umuman olganda o‘qitishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarni talab etmoqda. Bugungi kun o‘quvchisining erkin, mustaqil, vatanparvar, bilimli qilib kamol toptirish bevosita biz pedagoglarga bog‘liqdir.
To‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan ta‘lim – tarbiya mazmuni o‘qishga ongli munosabatni, insoniy kamolatni, shaxsning axloqiy, ma‘naviy va jismoniy rivojlanishini hosil qilishning beqiyos omilidir.
Boshlang‘ich sinflarning dars jarayonida yangicha usullarni qo‘llash, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshiradi. Darsga to‘g‘ri metod tanlash bilan mavzuga ijodiy yondashish albatta o‘z samarasini beradi. Bizning maqsadimiz o‘z fikriga ega bo‘lgan, bilimli o‘quvchi shaxsni kamol toptirish ekan, endilikda darslarimizda zamonaviy metod va usullardan foydalanishimiz darkor. Ular yordamida o‘quvchilar o‘z fikrlarini erkin, mustaqil ifodalash, o‘ziga bo‘lgan ishonchni orttirish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar.
Ilg‘or pedagogik texnologiyalardan biri ―Aqliy hujum» metodi hisoblanadi. Dars jarayonida bu metoddan maqsadli foydalanish ijodiy, nostandart tafakkurlashni rivojlantirish garovi hisoblanadi. ―Aqliy hujum»ni uyushtirish bir muncha sodda bo‘lib, undan ta‘lim mazmunini o‘zgartirish jarayonida foydalanish mumkin. Dastlab o‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi va ular oldiga biror muammo yoki savol qo‘yiladi. Uning javobi to‘g‘risida guruh ishtirokchilari o‘z fikrlarini bildiradilar. Aytilgan barcha fikrlar yozuv taxtasiga qayd qilib boriladi, qizig‘i shundaki, bu yerda ―sen noto‘g‘ri aytding», ―bu xato « degan fikr o‘qituvchi tomonidan aytilmaydi. Jamlangan fikrlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini o‘quvchi dars davomida berilgan darslikdagi mavzudan bilib oladi. ―Aqliy hujum» metodining vazifasi qiyin vaziyatlardan qutilish choralarini topishga va keng doirada tafakkurlashga imkon beradi. Eng asosiysi, dars jarayonida ijodiy hamkorlik kayfiyatiga o‘tiladi va guruh yanada jipslashadi.
O‘qituvchining ish faoliyatida ko‘pgina dars turlari o‘z ifodasini topadi. Shulardan biri bosqichma – bosqich dars jarayonini tashkil etish. Bu bosqichlar quyidagilar:
- Tashkiliy ishlar;
- Chaqiruv bosqichi;
- Anglash bosqichi;
- Fikrlash bosqichi;
- Darsni yakunlash;
Bunday uyushtirilgan darslarda o‘qituvchi ko‘pgina maqsadlarga erisha oladi.
Bosqichma – bosqich dars o‘tish jarayoni keng doirada ishlash, fikrlash, bilimlarni to‘la – to‘kis egallash imkoniyatini beradi.
- Tashkiliy ishlar.
Bu bosqichda o‘qituvchi sinfning darsga tayyorgarligini tekshirib, davomatni aniqlaydi.
I- bosqich – Chaqiruv bosqichi.
Bu bosqichda o‘quvchilar faoliyatining xilma-xil usullari amalga oshiriladi. Birinchidan, o‘quvchilar mazkur bosqichda o‘zlarininig biror yangi mavzu yo‘nalishidagi dastlabki bilimlarini namoyish etadilar va bu jarayon o‘quvchini o‘z bilimlarini tahlil qilishga, yangi mavzu bo‘yicha fikr yuritishga, xotirasini charxlashga o‘rgatadi.
Ikkinchidan, o‘quvchilar faolligi, darsga bo‘lgan qiziqishi dars boshidayoq ortadi va bu o‘z samarasini beradi.
Uchinchidan, yangi mavzu bo‘yicha o‘quvchilar bor imkoniyatlarini ishga soladilar va shu mavzu bo‘yicha o‘z bilimlarini aniqlaydilar.
Chaqiruv bosqichida o‘qituvchining maqsadi o‘quvchilarning darsga qiziqishlarini oshirishdir.
II – bosqich – Anglash bosqichi.
O‘quvchilar chaqiruv bosqichida o‘zlarining mavzu yuzasidan dastlabki bilimlarini namoyish qilgan bo‘lsalar, bu bosqichda esa yangi bilim va axborotlar oladilar.
O‘qituvchi – o‘quvchilar mavzu yuzasidan qanday bilimga egaliklarini aniqlab olib, shunga ko‘ra yangilik berishi kerak. Mana shu maqsadga erishish anglash bosqichida amalga oshadi. Bu bosqichda yangi mavzu bo‘yicha matn, masala bilan ishlash, ko‘rgazmalardan foydalanish, testlar tarqatish kabi usullardan foydalanish mumkin.
Anglash bosqichining maqsadi o‘quvchilarning faolligini oshirish, yangi mavzuga qiziqishlarini kuchaytirish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlab, o‘z fikrlarini va tushunchalarini aniq bayon qilib berishdan iborat.
III – bosqich – Fikrlash bosqichi.
Fikrlash bosqichida o‘quvchilar yangi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlaydilar va o‘z tushunchalarini, fikrlarini bayon qiladilar. Egallagan bilimlarini amalda qo‘llab, o‘quvchilar bir-birlari bilan fikr almashadilar. Bahs – munozara uyushtirish o‘quvchilarning olgan bilimlarini yanada mustahkamlaydi.
- Darsni yakunlash.
Har dars o‘qituvchining xulosasi bilan yakunlanadi. Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi va baholanadilar. Uyga vazifa beriladi.
Bosqichma – bosqich darsni ― matematika» darsida amalga oshirishni jadvalda quyidagicha ifodalash mumkin.
O‘qituvchi shaxsining kasbiy yo‘nalishini eng yuqori pog‘onasi pedagogik mahoratni belgilaydi. Pedagogik mahorat – o‘qituvchi ijodkorligining oliy namunasi. Mahoratli o‘qituvchi har doim ilg‘or tajriba sohibi bo‘la oladi. Shuning uchun texnologiya so‘zi o‘z tarkibiga ilg‘or, novatorlik, ijodkorlik, kasb tafakkuri kabi tushunchalarni qamrab oladi. Bu tushunchalarning rivoji yuqorida aytib o‘tganimizdek, pedagogik mahoratda ko‘rinadi. Pedagogik mahorat o‘zining yo‘nalishiga qarab ta‘limiy va tarbiyaviy bo‘ladi.
Pedagogik texnologiyada didaktik masalalarning o‘z yechimini topishi milliy dasturni ro‘yobga chiqarishning muhim bosqichidir. Agar o‘qituvchi qo‘lida bilimga chanqoq o‘quvchilar, fan maqsadiga mos mazmun – dastur, qo‘llanma, darsliklar mavjud bo‘lsa, u didaktik jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bilish faoliyatining tashkiliy shakllaridan samarali foydalanib, ilg‘or pedagogik texnologiyani amaliyotga izchil va ketma-ket joriy etishi mumkin. Shu boisdan o‘qituvchi mahoratiga ko‘p narsa bog‘liqligi, uning pedagogik tiimda tutgan o‘rni haqida batafsil to‘xtalaman.
1. O‘qituvchi davlat buyurtmasiga to‘g‘ri keladigan ta‘lim – tarbiya maqsadini aniq va ravshan belgilashi kerakki, natijada ma‘lum vaqt unga erishishni ta‘minlaydigan didaktik jarayonni tuzish va joriy etish to‘g‘risida xulosa qilish mumkin bo‘lsin.
2. O‘qituvchi pedagogik tizimda belgilangan maqsadga to‘g‘ri keladigan o‘quv-tarbiyaviy jarayon mazmunini o‘quv dasturi bo‘yicha chuqur egallashi, muntazam ravishda o‘z pedagogik mahoratini ilmiy- texnikaviy taraqqiyot talablariga mos holda mustaqil ravishda kengaytirib borishi zarur.
3. O‘qituvchi pedagogik tizimning tarkibiy elementi sifatida didaktik jarayon ( o‘quv – bilish faoliyati )ni amalga oshirish talablari bilan tanish bo‘lishi kerak. Jadallashtirish didaktik masalalarni ma‘lum vaqt doirasida bir muncha tez va yuqori saviyada hal eta oladigan didaktik jarayonni qo‘llashni talab etadi.
4. O‘qituvchi didaktik jarayonni amalga oshirishda o‘qitishning samarali shakllaridan foydalana olishi kerak. O‘qitishning tashkiliy shakllari to‘g‘ri tanlanishi pedagogik tizim elementlarining ma‘lum qonuniyat asosida bir- birlari bilan bog‘liq ekanligini bildiradi.
5. O‘qituvchi pedagogik tizimning ishtirokchisi bo‘lgan o‘quvchining ta‘lim mazmuni va tarbiya ta‘sirini qay darajada egallayotganligini eng maqbul usullar yordamida doimo nazorat qilib borishi zarur. Bu to‘g‘rida olingan axborotlar esa pedagogik tizimni maqsadga muvofiq tarzda boshqarish imkoniyatini beradi yoki pedagogik tizimdagi qaysi elementning mazmuniga tuzatish kiritish kerak ekanligini aniqlaydi.
Pedagogik texnologiya o‘zining pedagogika va boshqa fan yutuqlari bilan bog‘liq xususiy nazariyasiga ega: u birinchi galda o‘quv-tarbiyaviy jarayonni ilmiy asosda qurishga yo‘naltirilgan, o‘qitishning axborotli vositalaridan va didaktik materiallardan, faol metodlardan keng foydalanishga asoslangan o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatiga zamin yaratadi.
Maorifda muhim o‘rin tutadigan boshlang‘ich ta‘limning asosiy vazifalari o‘quvchilarning yaxshi savod chiqarishlarini ta‘minlash, ilk bilimlarni o‘zlashtirish bo‘yicha ehtiyojlarni qondirish, ularda ma‘naviy axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof – muhitga ongli munosabatda bo‘lishni shakllantirish sanaladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim egallashlarini faollashtiradigan muhim omillardan biri
– modulli ta‘lim texnologiyalaridir.
Modulli ta‘limning asosiy mohiyati, o‘quvchilar modul dasturlari ustida mustaqil ishlab, ilm olishda belgilangan maqsadga erishadilar.
Modul dasturlari – dars matni yoki o‘qituvchilar tomonidan o‘quv materiallarini rejalashtirish emas, balki o‘quvchilarning mazkur mavzuni dasturlari o‘qituvchilar tomonidan tuzilib, unda modulning umumiy didaktik maqsadi, mavzuni o‘rganish bosqichlari, o‘quvchilar tomonidan bajariladigan o‘quv faoliyati elementlari, ularning bilimini nazorat qilish yo‘llari ketma-ket bayon etiladi.
O‘qituvchi modul dasturlarini tuzishda va undan ta‘lim jarayonida foydalanishda quyidagilarga e‘tibor berishi zarur:
1. O‘quv materialini tanlash. O‘quvchilarga mustaqil o‘zlashtirish uchun tavsiya etiladigan o‘quv materiali qisman tanish va ular uddalay oladigan bo‘lishi kerak.
2. Vaqtni tejash. O‘quvchilar o‘quv materialini dasturda belgilangan vaqt doirasida egallab olishlariga erishish zarur.
3. O‘quvchilarda mustaqil va ijodiy ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish. O‘qituvchi o‘quvchilarni modul dasturi bilan ishlashga yo‘llashdan avval ularda darslik va boshqa manbalar ustida mustaqil ishlash ko‘nikmasi shakllanganligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Bunda o‘qituvchi darsda o‘rganilishi lozim bo‘lgan o‘quv materialini ikki qismga ajratadi. Birinchi qismni o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilar ijodiy va mustaqil o‘zlashtiradilar, ikkinchi qismni mustaqil bajaradilar.
4. O‘quvchilar bilimini nazorat qilish: O‘qituvchi modul dasturi qo‘llaniladigan darslari uchun o‘tgan mavzular yuzasidan test savollari tayyorlaydi va dastlabki joriy nazorat o‘tkazadi. Shuningdek, yangi mavzu bo‘yicha test savollari tayyorlaydi va o‘quvchilar bilimini aniqlaydi.
Bundan tashqari modul dasturidan o‘rin olgan har bir topshiriq yuzasidan bolalar bilimlarini aniqlash uchun o‘quvchilar o‘z-o‘zini va o‘zaro nazoratni amalga oshiradilar.
Modul dasturlari mazmuni va mohiyatiga ko‘ra o‘quvchilarning individual ishlashiga, ikkita o‘quvchi hamkorlikda ishlashiga mo‘ljallangan modul bo‘lishi mumkin.
O‘quvchilarninig individual ishlashlariga mo‘ljallangan modul dasturlari har o‘quvchining qiziqishi, ehtiyoji, bilim saviyasini orttirish, o‘zlashtirish darajasini aniqlash, kitob ustida mustaqil va ijodiy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishni nazarda tutsa, kichik guruhlar uchun mo‘ljallangan modul dasturlari yuqorida qayd etilgan omillar bilan bir qatorda o‘quvchilar orasida o‘zaro muloqot, hamkorlik, yordamni vujudga keltirish, o‘quvchilarning bir- birlari o‘rtasida o‘zaro nazoratni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.
Kichik guruhlar uchun tuzilgan modul dasturlaridan foydalanishda ikki xil yondashish mumkin:
1. Musobaqa usuli.
O‘qituvchi o‘quvchilarni teng sonli guruhlarga ajratadi. Modul dasturini tarqatib, guruhdagi o‘quvchilar faoliyatini modul dasturdan o‘rin olgan topshiriqlarni bajarishga yo‘llaydi. Har bir topshiriq bajarilgandan so‘ng, bahs, munozara, savol-javob musobaqa tarzda o‘tkaziladi. Har bir guruhdagi o‘quvchilar o‘z faoliyatlarini o‘rtoqlarining fikrini hisobga olgan holda baholaydi.
2. Kichik maslahatchilar usuli.
O‘qituvchi sinf o‘quvchilarini 5-6 ta teng sonli kichik guruhlarga ajratadi.
Har bir guruhga kichik maslahat beruvchilar tayyorlaydi.
Kichik maslahatchilar guruhdagi o‘quvchilarning faoliyatini nazorat qiladi, tegishli hollarda o‘zaro yordam uyushtiradi. Topshiriqlar asosida savol- javob o‘tkazadi. Kichik guruhlardagi o‘quvchilar faoliyati o‘zaro nazorat orqali baholanadi.
Modulli darsni quyidagicha o‘tkazish tavsiya etiladi:
I. Tashkiliy qism.
II. O‘tgan mavzular yuzasidan o‘quvchilar bilimini test savollari yordamida aniqlash va baholash ( dastlabki joriy nazorat ).
III. O‘tgan mavzuni yakunlash.
IV. Yangi mavzu bayoni:
a) yangi mavzu bo‘yicha tuzilgan modul dasturini tarqatish va o‘quvchilarni modulning didaktik maqsadi bilan tanishtirish;
b) o‘quvchilarni yakka yoki kichik guruhlar tartibida modul dasturidagi topshiriqlarni bajarishga yo‘llash;
c) har bir o‘quvchi faoliyati elementi topshiriqlarining to‘liq bajarilishini nazorat qilish, tegishli ko‘rsatmalar berish;
d) har bir o‘quvchi faoliyati elementi yakunida savol-javob yoki munozara o‘tkazish.
V. Yangi mavzu yuzasidan test savollari yordamida o‘quvchilar bilimini aniqlash:
a) o‘z-o‘zini nazorat;
b) o‘zaro nazorat;
c) o‘qituvchi nazorati.
VI. Darsni umumiy yakunlash.
Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, ta‘lim jarayonida modul dasturlaridan foydalanish o‘quvchilarning bilim olishlarini faollashtiradi va o‘qitish samaradorligini yuqori darajada bo‘lishini kafolatlaydi.
Zamonaviy pedagogik texnologiya – hayotiy ehtiyoj
Zamonaviy pedagogik texnologiyaning muntazam tahlil qilib borish, loyihalashtiruvchi vositalarning eng zarurini tanlash, metodlarning maqsadga
muvofiqligini aniqlay bilish, olinishi zarur bo‘lgan natijani oldindan tahlil qilish, ta‘lim jarayonining yaxlitligini ta‘minlash kabi tamoyillarga asoslangan holda va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ta‘limga joriy qilish, ayniqsa, xorijiy davlatlardagi pedagogik texnologiyalar tajribalaridan foydalangan holda o‘zimizning sistemalashtirilgan ta‘lim jarayonining zamonaviy pedagogik texnologiya tizimini vujudga keltirish borasida amalga oshiriladigan ishlarni umumlashtirish va hayotga qo‘llash uchun quyidagi tadbirlarga amal qilish maqsadga muvofiqdir.
1. Ta‘lim jarayoni qatnashchilari – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida:
O‘quv mehnati ish rejasini ishlab chiqilishi, ya‘ni o‘qituvchi bo‘lim va bobni o‘rganish rejasini tuzar ekan, ushbu rejada o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyati o‘z ifodasini topmog‘i lozim. Ma‘lumki, o‘qituvchi tuzayotgan ish rejalarda darslarning o‘rganilayotgan mavzularigina soatma-soat taqsimotini belgilaydi. Ushbu reja asosida o‘qituvchi darslarni o‘taveradi, hamda qaysi darsda qanday o‘quv – biluv faoliyati amalga oshirilishidan o‘quvchilar mutlaqo xabarsiz bo‘ladilar. O‘quvchi uchun har bir dars odatdagi darsga aylanib qoladi. Natijada u darsning passiv ishtirokchisigina bo‘ladi. Zamonaviy pedagogik texnologiya tamoyillaridan biri bo‘lgan o‘quv mehnatining o‘qituvchi – o‘quvchi o‘rtasida izchil va rejalashtirilgan taqsimoti o‘qituvchidan ta‘lim jarayonini izchil boshqarishni talab etadi.
2. Fanning ichki bog‘lanishi va fanlararo bog‘lanish imkoniyatlaridan maqsadli foydalanish.
Ma‘lumki, har bir o‘rganilayotgan kichik va yirik o‘quv birliklari oldin o‘rganilganlarga tayanadi. O‘quvchining yangi bo‘lim, bobni o‘rganishga olib kirishda undagi mavjud bilimlarga tayanish, agar mavjud bilimlar yangi bobni, bo‘limni o‘rganishga yetarli bo‘lmasa, oraliq tayyorgarliklar olib borish va shundan keyingina bilimlarni o‘rganishning navbatdagi bosqichiga o‘tish lozim
3. O‘quv birliklarini (mezonlarini) belgilash.
O‘quv birliklarini o‘quvchi o‘rganishi lozim bo‘lgan tushunchalar, ta‘riflar, qoidalar, qonunlar, hodisalar, voqealardan iborat bo‘lib, ular orasidagi mantiqiy bog‘lanishning ta‘minlanishi shu mavzuni o‘zlashtirilishiga olib keladi. O‘qituvchi bob, bo‘lim uchun ajratlgan soatlarda o‘quvchilar o‘rganishi kerak bo‘lgan mezonlar hisoblanib, o‘quvchi bilimini baholashning chegaraviy qiymati bilan o‘lchanadi. O‘qituvchi bu paytda nisbatan o‘rtacha baho ishlatmaydi, balki aniq o‘lchovlarga asoslangan holda ish olib boradi. O‘quv rejasini tuzishda o‘qituvchi o‘quvchilar bilishi lozim bo‘lgan o‘quv birliklarini bo‘limlar, boblar, choraklar bo‘yicha aniqlaydi va o‘quvchilarga topshiriq sifatida bo‘limni o‘rganishdan oldin vazifa qilib beradi. Berilgan topshiriqlar o‘quvchining o‘zlashtirish reytingini aniqlashda nazorat topshirig‘iga o‘tkaziladi.
4. Didaktik tahlil.
Bilimdagi notekisliklarning aniqlash, ularni to‘ldirib va navbatdagi o‘zlashtirish bosqichiga ko‘tarish maqsadida diagnostikalash amalga oshiriladi. Diagnostikalash quyidagi maqsadlarni amalga oshiradi:
- O‘quvchilar o‘zlashtirish darajasini diagnostikalash;
- Bilimni yetishmovchiligini oldini olish;
- Bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida maxsus topshiriqlar ishlab chiqish;
- Maxsus topshiriqlar bajarish soatlarini belgilash;
- Yakuniy diagnostik tahlil qilish.
Diagnostika ta‘lim texnologiyasining navbatdagi bosqichi bo‘lib, uning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Asosiy o‘zlashtirishdagi kamchilik soatini aniqlash, har bir o‘quvchining bilim darajasini aniqlash, rejaning borishi kuzatishlar, kiritish yo‘li bilan ta‘lim jarayonining natijasi kafolatlanganligini ta‘minlaydi. Test natijalarini diagnostik tahlil qilish 2 muhim vazifani hal etadi:
1) Qaysi o‘quvchi qaysi o‘quv birliklarida qiynaladi?
2) O‘qituvchilar qaysi bilimlarini kengaytirishi lozimligini aniqlaydi. 5.Tuzatish kiritish.
Bo‘lim, bobni o‘zlashtirish darajasining diagnostik tahlil natijasi 50 dan kam ko‘rsatgichni bersa, o‘qituvchi ta‘lim jarayonining borishida tuzatish kiritishi lozim. Tuzatish kiritishda quyidagilar bajariladi:
- qayta o‘rganish lozim bo‘lgan mavzularning o‘rganish metodikasini ishlab chiqish;
- o‘quvchilar o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan mavzularni aniqlash;
- o‘quv rejasida tuzatish kiritish soatlarini belgilash;
- zarur hollarda orqaga qaytishni rejalashtirish.
6. Bo‘shliqni to‘ldirish. Qayta tuzatish kiritishdan maqsad olingan bilimlarda kamchiliklarni bartaraf etishdan iborat. Kamchiliklarni bartaraf etish bo‘shliqni to‘ldirish asosida amalga oshiriladi.
7. Kutilishi lozim bo‘lgan natijani olish.
Bu element zamonaviy pedagogik texnologiyaning markaziy g‘oyasi hisoblanadi. Pedagogik texnologiya ta‘lim jarayonini natijasi kafolatli bo‘lishini talab qilar ekan, jarayon borishining ko‘zda tutilgan maqsad amalga oshirilishi va natijali bo‘lishining rejalashtirilishini o‘qituvchi oldiga vazifa qilib qo‘yadi.
Darslarda zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida dars o‘tish usullaridan foydalanishning afzalliklari.
Jamiyatimiz hayotida yuz bergan keskin o‘zgarishlar ta‘limning maqsadi, mazmuni hamda vazifalarni yangilashni asosiy vazifalardan biri qilib qo‘ydi. Buning natijasida o‘quvch dars jarayonining faol ishtirokchisiga aylandi, uning fikrlash doirasi kengaydi, undan ijodkorlik, tashabbuskorlik talab etila boshlandi.
―Ta‘lim to‘g‘risida»gi Qonunda ham, ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ham o‘quvchining mustaqil fikrlash va ijodkorligiga alohida e‘tibor berilgan.
Yosh avlodning ma‘naviy, mustaqil kamoloti ko‘p jihatdan nutq boyligini oshirish bilan bog‘liqdir. Maktab o‘quvchilarining nutqini o‘stirish
barcha o‘qituvchilarning, ayniqsa boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining asosiy vazifasidir.
Dars jarayonida o‘qituvchi emas, balki bola faol bo‘lishi, ko‘proq ishtirok etib, bilimini oshirishi, fanlararo uzviylikni ta‘minlash ta‘limning ilg‘or pedagogik texnologiyasida muhim rol o‘ynaydi.
Bolalar mustaqil mutolaa qilish, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish, ularning zehnini o‘stirish, tez hisoblash ko‘nikmalarini rivojlantirish, ijodiy fikr mahsulining o‘sishida, fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishda darslarda zamonaviy dars o‘tish usullaridan foydalanish zamon talablaridan biridir.
O‘qish, ona tili, matematika darslarini zamon talablariga javob beradigan holda o‘qitishda ― O‘yin musobaqa», ― Teatrlashgan», ― Test - sinov», ―Seminar», ―Sayohat» darslaridan foydalanish samarali natija beradi.
Zamonaviy dars o‘tish usullarining o‘ziga xos xususiyatlari:
- mavzuni muhokama qilish;
- erkin fikrlash;
- hamkorlikda ishlash;
- juft bo‘lib, guruhlarda ishlash;
- davra suhbatlari, bahs- munozaralar;
- rollar ijro etish;
- muammolarni birgalikda hal etish uchun fikrlashga majbur etadigan aqliy hujum va hokazo.
Zamonaviy usullar o‘quvchilarning chuqur bilim olishi uchun qator imkoniyatlar yaratish bilan birga ularda o‘z fikrini himoya qilish ko‘nikmasini qat‘iyligini shakllantiradi, hamkorlikda ishlashni o‘rgatib, ularni bo‘lg‘usi hayotida uchrab turadigan qiyinchiliklarni birgalikda yengish tajribasi singdiriladi.
O‘qituvchi darsda zamonaviy usullardan foydalanganda o‘rganuvchilar fikrini ma‘lum bir maqsadga yo‘naltiradi, intizomni nazorat qiladi, eslatadi, o‘quvchilar bilimlarini holis baholaydi.
Darsda zamonaviy usullardan foydalanadigan o‘qituvchi o‘z ustida mutassil ishlashini, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni darsda joriy qilib borishini o‘zining odatiy ishi deb hisoblaydi.
Zamonaviy usullardan foydalanish:
- o‘rgatuvchi va o‘rganuvchining an‘anaviy rolini almashtiradi;
- sinf muhitini o‘zgartiradi;
- o‘rganilayotgan mavzuni qanday o‘rganilishi kerakligini belgilab beradi;
- har bir o‘quvchini faollashtiradi.
Bugungi kunda o‘qituvchi o‘qitish uchun faqat zaruriy axborotlarnigina tanlab olishi va o‘quvchini bevosita mustaqil bilim olishiga o‘rgatmog‘i lozim. Bu jarayonda o‘qituvchining pedagogik mahorati, uning chuqur bilimli, insoniy axloq – odobi muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi kunda zamonaviy usullardan foydalanib dars berishda o‘qituvchi mohirlikdan ijodkorlikka intilib, ta‘lim sohasini jonlantirishni talab etadi.
Biz uchun ilg‘or deb tan olinayotgan bu usullarni birdaniga dars jarayoniga to‘laligicha olib kirish qiyin. Chunki bunday usullarda dars o‘tilishiga o‘quvchilar ham, o‘qituvchilar ham ko‘nikma hosil qilishmagan.
Zero, ta‘lim tizimini isloh qilishning asosiy maqsadi o‘quvchilar fikrlash qobiliyatini shakllantirishdan iborat ekan, ilg‘or usullarni darslarimizga qadamma – qadam joriy etib borishimizni hayot taqozo etmoqda.
Aqliy hujum. O‘quvchilarda hozirjavoblik ( og‘zaki, yozma ) hissini rivojlantirishga yo‘naltiradigan bu usul – ― jamoa orasida muayyan topshiriqlarni bajarayotgan va har bir o‘quvchining shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, hamda unda ma‘lum jamoa (guruh ) tomonidan bildirilayotgan fikrga qarshi g‘oyani ilgari surish layoqatini yuzaga keltirishga» xizmat qiladi. O‘quvchilarga umumiy savol tashlanib, berilgan javoblardan eng yaxshisi tanlanadi.
Bahs – munozara. Alohida dars ko‘rinishida bo‘lib, o‘tilgan darsga doir bahsli, tortishuvli muammolarni ikki guruhga bo‘linib hal etish. Bu usulni
qo‘llagan o‘qituvchi sinfni ikki guruhga ajratadi. Birinchi guruh
―tarafdorlar», ikkinchi guruh ― qarshilar». O‘rtaga tayinlangan boshlovchi bahsni muvozanatga solib turadi. Guruh a‘zolari navbat bilan mulohazalarini bayon qiladilar.
Interfaol. ― O‘quvchi – o‘quvchi «, ― O‘qituvchi – o‘quvchi» o‘rtasida sodir bo‘ladigan muloqot usuli. Hamkorlikda ishlash vositasida dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi. Savol – javoblar juftlikda ishlash va guruhlarda faoliyat ko‘rsatish jarayonida amalga oshiriladi.
Yo‘naltirish. O‘quvchiga yo‘naltirilgan yondashuv uslubidagi yangi texnologiya bo‘lib, mavzuga doir suratlarni tasvirlashda, grammatik qoidalarni tushuntirishda, o‘zlashtirilishi qiyin mavzularni yetkazishda savollar bilan murojaat qilish. Mazkur usulning afzalligi shuki, o‘qituvchi o‘quvchiga tayyor narsani aytib bermay, mavzuni tushunib olishlariga imkon yaratadi.
Muzyorar. O‘quvchilapning bir-birlari bilan tanishib olishlarida ishlatiladigan usul. Uni turli variantlarda qo‘llash mumkin. Sinf ikki guruhga bo‘linib, doira hosil qilinadi. Birinchi o‘quvchi ismini aytadi, navbatdagi o‘quvchi o‘zidan oldingi o‘rtog‘ining nomini aytib, so‘ngra o‘zining ismini qo‘shadi va shu tariqa davom ettiriladi. Oxirgi o‘quvchi o‘zidan oldingi barcha o‘quvchilar nomini aytishi kerak. Qiziqarliroq bo‘lishi uchun bolalar nomlaridan oldin ismlari bilan boshlanadigan sifatlarni qo‘shishlari ham mumkin. Masalan, tirishqoq Tolibjon, sohibjamol Salima va hokazo.
Suratli diktant. O‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan, estetik didlarini, ijodkorlik ishtiyoqlarini shakllantiradigan o‘qitish usuli. Sinfxonadagi stullar orqama – orqa qo‘yiladi. O‘quvchilar ham bir- birlariga orqa o‘girgan holda surat chizadilar. Alohida dars ko‘rinishidagi bu usulda birinchi o‘quvchi manzarani bayon qiladi, o‘rtog‘i esa uni suratga tushiradi. Diktant davomida o‘quvchilar almashadilar va surat chizib bo‘lingach, u tasvirlanadi.
Chigil yozdi. Dars boshlanishida bu usul o‘quvchilarni ruhiy tayyorlash va dars yarmida o‘quvchilar diqqatini mashg‘ulotning keyingi bosqichiga chorlash uchun qo‘llaniladi.
O‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o‘stirish va teran fikrlashga, o‘z fikrlarini ravon ifodalashga o‘rgatishda zamonaviy usullardan foydalanishning ahamiyati katta. Bolalarning barkamol avlod bo‘lib yetishishida so‘zlashish madaniyati, to‘g‘ri va mantiqli gap gapira olish qobiliyati ham mujassam bo‘lishi lozim.
Bugungi ta‘lim jarayonida ona tili, pedagogika va psixologiya fanlarining hamkorligi muhim. Chunki shaxs rivojlanishida tafakkur taraqqiyoti uchun pedagogik faoliyatga psixologiya ilmini jalb etishni zamon taqozo etmoqda.
Boshlang‘ich sinflarda ilg‘or pedagogik texnologiyaning ―Klaster» strategiyasidan foydalanish ham yaxshi samara beradi.
Klaster – pedagogik strategiya bo‘lib, o‘quvchilarni biror mavzu yuzasidan erkin va ochiq fikrlashga undaydi. Bu fikrlashning tartibsiz shaklidir.
― Klaster» bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
1) Mavzuga doir kalit so‘z varaqning yoki doskaning o‘rtasiga yozib qo‘yiladi.
2) Mavzuni yoritishda yordam beruvchi so‘zlar kalit so‘z atrofida tartibsiz yoziladi.
3) Kalit so‘z atrofida yozilgan so‘zlardan bir-biriga bog‘liq bo‘lgan so‘zlar belgilab qo‘yiladi.
4) Mavzuga doir so‘zlar vaqt tugaguncha yoki qolmagunga qadar yoziladi.
―Klaster» ni qo‘llashda ma‘lum qonun-qoidalar mavjud:
1) Mavzuga doir so‘zlarni yozayotganda ularning sifatini tahlil qilmasdan, esga kelganini yozish kerak.
2) Yozayotganda orfografik xatolarga e‘tibor bermang.
3) Vaqt tugamagunicha yozishni to‘xtatmang.
4) Tanlangan mavzu butun sinf jamoasiga tanish bo‘lishi kerak. Masalan: ― O‘lchov birliklari «, ― Vaqt birliklari «, ―Juft sonlar «, ― Matematik terminlar».
― Klaster « dan asosan o‘quvchilar bilimini mustahkamlashda, bo‘lim yuzasidan umumlashtiruchi darslarni o‘tkazishda foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bu metod bo‘yicha o‘tiladigan dars:
- O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi.
- O‘quvchilarning aqliy rivojlanishini o‘stiradi.
- Mustaqil fikr yuritishga ko‘mak beradi.
Dars noan‘anaviy shaklda bo‘lib, 4 bosqichda amalga oshiriladi. Topshiriqlarni berishdan oldin har bir o‘quvchiga tayyor jadval chizilgan varaqlar tarqatiladi.
I bosqichda o‘quvchilar jadvalda berilgan kalit so‘z asosida yozib chiqadilar.
II bosqichni bajarishga barcha o‘quvchilar barobar kirishishlari shart.
Bu bosqichda har bir birlik yoniga mos soni qo‘yib chiqadilar O‘quvchilar II bosqichni bajarib bo‘lishgach, III bosqichga o‘tadi. Bu
bosqichda o‘quvchilar eng katta vaqt birliklarini to‘g‘ri chiziq bilan, kichiklarini esa egri chiziq bilan tutashtirib chiqadilar.
― Klaster « usulini qo‘llashda boshqacha turni ham qo‘llash mumkin. Bu turdagi ―Klaster « usulida fikrlar bayon etilgandan so‘ng har bir fikr yoki so‘zni toifalarga ajratib chiqadilar.
Usulning maqsadi:
- O‘quvchilar so‘z boyligini oshirish;
- Yozma nutqni takomillashtirish;
- Fikrlash qobiliyatini oshirish;
- Toifalarga ajrata olish qobiliyatlarini rivojlantirish.
― Kubik « usulidan ham matematikada kengroq foydalanish mumkin.
Geometrik shaklga ega bo‘lgan kubikning 6 ta tomoni borligi hammaga ma‘lum. ― Kubik» usuli ham shundan kelib chiqqan holda har bir tomoni bir savol bilan murojaat etadi, ya‘ni:
1) Nomi;
2) Tuzilishi;
3) Taqqoslash;
4) O‘xshatish;
5) Vazifasi;
6) Yaxshi, yomon tomonlarini yoritish; Masalan: 1) 54, 29 sonlari
1. Nomi: 2 xonali sonlar yoki raqamlar;
2. Tuzilishi: 5 ta o‘nlik 4 ta birlik, 2 ta o‘nlik 9 ta birlik;
3. Taqqoslash: 54>29.
2) 36, 48 sonlari
1. Nomi: 2 xonali sonlar yoki raqamlar;
2. Tuzilishi: 3 ta o‘nlik 6 ta birlik, 4 ta o‘nlik 8 ta birlik;
3. Taqqoslash: 36<48
3) Uchburchak figurasi.
1. Uchburchak
2. 3 ta uchi, 3 ta tomoni bor
3. To‘rtburchakning 4 ta uchi bor, bunda esa 3 ta
4. Uyning tomiga o‘xshaydi.
― Aqliy hujum « usulida har bir o‘quchida ― Insert « jadvali bo‘lishi kerak. Bu jadvalni fikrlash bosqichida o‘quvchilar to‘ldirishadi.
Aqliy hujum usuli
I. Chaqiruv bosqichi – 10‘
II. Anglash bosqichi – 15‘
III. Fikrlash bosqichi – 15 Insert jadvali tuzilishi:
V- bilgan ma‘lumot
Q- yangi ma‘lumot;
? – qo‘shimcha ma‘lumot.
Darsda ― Aqliy hujum « usulidan foydalanishdan namunalar:
I. Chaqiruv bosqichi – 10‘
Savol: Matematikaga hissa qo‘shgan Sharq allomalarini aytib bering ( sinf xattaxtasida o‘qituvchi tomonidan qayd etib boriladi ) :
- Al Xorazmiy;
- M. Ulug‘bek;
- A. Jomiy;
- Ibn Sino;
- Navoiy;
II. Anglash bosqichi – 15‘
Bu bosqichda o‘qituvchi yordamida o‘quvchilar javobni yana ham to‘ldirishadi.( insert jadvali tarqatiladi.)
III. Fikrlash bosqichi – 15‘
Bu bosqichda o‘quvchilar ―Insert» jadvalini to‘ldirishadi. O‘qituvchi o‘quvchilarga misol berib, jadvalni ko‘zdan kechiradi.
―Insert» jadval orqali o‘qituvchi o‘quvchisi qancha bilimga ega, qancha yangi bilim egalladi va qaysi ma‘lumotlar haqida qo‘shimcha yangilik berishi lozimligi yaqqol ko‘rinadi.
― Muzyorar « usuli.
Dars jarayonida, o‘tilgan mavzularni mustahkamlashda, darslarni umumlashtirishda qo‘llaniladi.
Masalan, o‘qituvchining o‘quvchilarga barcha matematik terminlarni ayting savoliga javob berishda bu usuldan foydalansa qiziqarli chiqadi. Bunda bir o‘quvchi bir terminni aytadi, ikkinchi bu terminga yana bir termin qo‘shib aytadi. Uchinchi 2 ta terminga 3 ta terminini qo‘shadi.
O‘yinning maqsadi nafaqat matematik terminlarni takrorlatish, balki o‘quvchilar xotirasini ishlatishdir, shakllantirishdir.
1- O‘quvchi – qo‘shiluvchi;
2- O‘quvchi – qo‘shiluvchi, ayirma;
3- O‘quvchi - qo‘shiluvchi, ayirma, qavs;
4- O‘quvchi – qo‘shiluvchi, ayirma, qavs, ko‘paytma; O‘quvchi – qo‘shiluvchi, ayirma, qavs, ko‘paytma, bo‘linma…
Shunday ekan, o‘qituvchi darsda turli pedagogik usullardan foydalansa, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida to‘siq yo‘qoladi, bolalarning xarakteri kengroq ochiladi; kuzatuvchanlik, xotira diqqati kuchayadi; chunki darsda majburiy bilim berish bo‘lmay, ilmni ixtiyoriy qabul qilish albatta ijobiy natijaga olib keladi.

Download 290.5 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 290.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang’ich sinf matematika darslarida interfaol

Download 290.5 Kb.