• Tayyorladi: 029-21
  • Komputer tarmoqlari” fanidan mustaqil ish mavzu




    Download 413,64 Kb.
    Sana17.05.2024
    Hajmi413,64 Kb.
    #239386
    Bog'liq
    Документ Microsoft Word (3)
    Ma\'lumotlar Tuzulmasi va Algoritmlar Mustaqil ish, КМК 2 01 03 19 узбек окончательная редакция, Usmonova Hurshida, Ermatova Shohsanam, 7 -mavzu. Falsafaning qonun va kategoriyalari, ТЕЛЕКОМ OФЕРТА, Нодира.rus, Амалий машгулот 1 (1), ras1 (1), Roʻziboyev Zarifjon-1, Kamputer arxitekturasi 1- amaliy ish

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL‑XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI



    Sirtqi bo‘lim Komputer injinering yo‘nalishi

    Komputer tarmoqlari” fanidan


    MUSTAQIL ISH
    Mavzu: Komputer tarmog’i tushunchasi komputer tarmog’ining tarkibi


    Tayyorladi: 029-21- guruh talabasi
    Xoldorov Bahrom


    Toshkent – 2024 y

    REJA:




    1. Komputer tarmog’i

    2. Komputer tarmog’i turlari

    3. Internet

    4. Xulosa

    5. Foydalanilgan adabiyotlar

    Komputer tarmog’i




    Hozirgi kunda kompyuterlarni yagona tarmoqqa ulab, ular o 'rtasida ma'lumot almashishni tashkil etish mumkin Inter­net, intranet, elektron aloqa kabi tushunchalar nimani anglatishi, ularning texnik, dasturiy, axborotli ta'minotini nimalar tashkil qilishi, ularning yaratilishi va ishlashi, ahamiyatini anglash hamda bevosita ishlay olish ko'nikmalariga ega bo'lish hozirgi jamiyatning har bir a'zosi uchun muhimdir. Komputer tarmoq tushunchasi bu 2 yoki undan ortiq komputerlar va komputer qurulmalarini o’zaro malumot almashinishi tarmoq deyiladi.demak kim bo’lishidan qatiy nazar u dasturchi bo’ladimi yoki komputer o’yinlarini o’ynovchi o’yinchi bo’ladimi hozirgi kunda hammamiz komputer tarmoqlaridan keng foydalanilib kelamiz .Oddiy qilib tushunturganda telefonimizdagi aloqa yani simsiz aloqamiz ham tarmoqning bir turiga misol bo’ladi. Demak tarmoq nimaligini bilib oldik lekin u qanday va qanaqa qurulmalardan tashkil topadi degan savol tug’uladi? Chunki qandey tizimi bo’lishidan qatiy nazar uning ostida arxitektura kerakli jihozlar kerakli manbalar va shart sharoitlar yaratilishi lozim .Tarmoq arxitekturasi deganda - bu kompyuter tarmog’ini loyihalash va ishlab chiqish jarayoni tushunialadi. Arxitektura tushunchasi tarmoqning fizik tarkibiy qismlarini, ularning funktsional ob’ektlari, konfiguratsiyasini, printsiplari va ishlash tartiblarini va foydalaniladigan aloqa protokollarini aniqlashni ifodalaydi. Shuningdek, tarmoq arxitekturasi aloqa tarmog’i orqali taqdim etiladigan xizmatlar va ularning batafsil tavsiflarini, taqdim etiladigan xizmatlarni hisob-kitob qilish va hisob-kitob tuzilmalarini o'z ichiga oladi. Kompyuter tarmoqlari arxitekturasi deganda kompyuterlarni o’zaro bog’lanishi, bog’lanish jarayonida qo’llaniladigan texnologiyalar, ularning xususiyalatlari, standartlari, kompyuterlar o'rtasida vazifalar qanday taqsimlanganligi va boshqa ko’plab jarayonlar tushuniladi. Tarmoq arxitekturasining eng ko'p ishlatiladigan ikki turi mavjud: peer-to-peer va mijoz-server. Tarmoq arxitektura esa yuqorida ta’kidlanganidek, kompyuterlarni bog’lanishi orqali hosil qilingan tarmoqni qanday asosda qurilganini, qanday qurilmalardan foydalanilgani, qaysi protokollar ishlatilgani, tizimda qanday muhitlardan foydalanib ma’lumotlar uzatilishi yoki har bir jarayonni fizik va mantiqiy holatlarni bajarilishini pog’onalarga ajratib bajarilishi tushuniladi. Har bir tarmoq arxitekturasi belgilangan standartlar asosida yoki xech qanday standartga asoslanmagan holatda ishlab chiqilishi mumkin. Masalan, kompyuter tarmoqlarini OSI modeli asosida qurish bilan global miqyosida ma’lumot almashishni ta’minlash mumkin. Sababi dunyoda ko’plab mamlakatlarning kompyuter tarmoqlari ushbu etalon asosida ishlaydi. Agar OSI modeliga asoslanmagan qandaydir belgilanmagan standartga asosan kompyuter tarmoqlari loyihalansa, o’sha tizim ichidagi qurilmalar o’zaro ma’lumot almasha oladi, OSI asosidagi tarmoq bilan esa ma’lumot almasha olmaydi, sababi uning standarti boshqacha. Boshqacha qilib aytadigan bo’lsa, turli xil tarmoq arxitekturalari ko’plab standartlar asosida ishlab chiqiladi, masalan, matnni formati, matni raqamli ko’rinishga o’zgartirish, raqamli matnni signal ko’rinishiga o’zgartirish yoki aksincha, signalli axborotlarni simsiz muhitda uzatish, qabul qilish jarayonlari ma’lum standartlar asosida ishlab chiqiladi. Tasavvur qiling ikki standart asosida ishlab chiqilgan tizim orasida ma’lumot almashish qanchalar murakkab bo’ladi. Shuning uchun ham global tarmoqlarni loyihalash va qurish uchun yagona standartdan foydalanish har doim afzal hisoblanadi. Bu xuddi ko’plab millatlarni bitta zalda ingliz tilida gaplashishi qanchalik osonligini ko’rsatadi. Agar har bir millat o’zining tilada gaplashsa, ularni tushunish uchun qancha tarjimon kerak bo’ladi yoki ba’zi tillar uchun tarjimon topilmasligi ham mumki. Shuning uchun ham tarmoqlarni qurishda yagona arxitekturaga asoslanish tarmoqni sodda va kam xarajatlar asosida qurish imkoniyatini beradi.

    Komputer tarmog’i turlari


    Komputer tarmoqlari komputerlar yoki qurulmalar soniga qarab lokal , mintaqaviy va global tarmoqlarga bo’linadi.
    Lokal tarmoqlar bir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o'zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi.

    Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba'zan telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma'lumotlarni birgalikda qayta ishlash va ma'lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
    Shuning uchun, bittadan ko'p kompyuterga ega bo'lgan firmalar o'z kompyuterlarini lokal tarmoqqa birlashtiradi.
    Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo'lganligi bois, telefon kanallaridan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish mumkin.
    Lokal tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va seleksiyalash lozim bo'ladi.
    Marshrutlash bu — kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo'lini aniqlash jarayonidir.

    Seleksiyalash — tegishli manzildagi axborotni saralash demakdir.


    Lokal tarmoqlar axborotni marshrutlash va seleksiyalash usuli bo'yicha ikki sinfga ajratiladi.


    Lokal tarmoqlar seleksiyalash orqali axborotni bir abonent tizimidan boshqa tizimga uzatishni ta'minlaydi.
    Ishchi tizimlar katta miqdordagi ma'lumotni saqlash, izlash, murakkab hisoblashlar, modellashtirish, dasturiy ta'minotni rivojlantirishga xizmat qiladi.
    Ma'muriyat tizimlari tarmoqni boshqaradi. Kommunikatsion tizimlar abonent tizimlar orasida axborotlarni uzatish uchun marshrutlash va bog'lanishlarni kommutatsiya qilish vazifasini bajaradi.

    Mintaqaviy tarmoq— biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi kompyuterlarni o'zida mujassamlashtirgan tarmoq.


    Bunday tarmoda bir nechta markazlashgan (ya'ni lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi) juda quwatli serverlar mavjud bo'ladi va bunday serverlar o'rtasidagi axborot aloqa kabeli, optik tolali yoki sun'iy yo'ldosh radioaloqa kanallari yordamida uzatiladi. Bunday tarmoqqa davlat tashkilotlari, harbiy tashkilotlar va faqat bir davlat yoki shahar ichida ishlovchi tizimlarni misol qilib keltirish mumkin.

    Keyingi turi bu global tarmoq ya’ni soda til bilan aytganimizda internet.

    Internet tizimi XX asrning 60-yillarida paydo boʻldi. Oʻsha paytlarda Amerika mudofaa departamenti tashabbusi bilan kompyuterlar telefon tarmoqlariga ulana boshladi. Dastlab, bunday faoliyat takomillashtirilgan loyihalar agentligi (AKRA) tadqiqotlari doirasida olib borildi. Bu tadqiqotlar sovuq urush avj olgan davrga toʻgʻri keldi. AQSH mudofaa departamenti urush boʻlib qolgan taqdirda oddiy kommunikatsiya vositalari ishdan chiqqudek boʻlsa, oʻrniga yangi qoʻshimcha kommunikatsiya vositalarini izlash bilan faol shugʻullandi. 60-yillar oxiri va 70-yillarda internet tarmogʻi uncha keng rivojlanmadi. Dastlabki oʻn yillik xalqaro tarmoq, asosan, harbiylar va yirik olimlarning shaxsiy elektron liniyalari faoliyati doirasi bilan cheklandi. Internetning beqiyos rivojlanish surʼati davlat, taʼlim, akademik va ijtimoiy tuzilmalarning oʻziga xos umumiy moliyaviy va intellektual ulushiga bogʻliq boʻldi.


    Internet — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro bogʻlovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni, zamon va makondan qatʼiy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar oʻzaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi. Qaydnomalar tizimi bilan boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda isteʼmolchilarga maʼlumotni saqlash, eʼlon qilish, joʻnatish, qabul qilish, izlash va maʼlum boʻlgan barcha variantlar (matn, tovush, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va boshqalar koʻrinishlar)da axborot almashinishga imkon yaratadi.

    Xulosa
    Axborotni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatish muammosi hisoblash texnikasi paydo bо'lgandan beri mavjuddir. Axborotlarni bunday uzatish alohida foydalanilayotgan kompyuterlarni birgalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir necha kompyuter yordamida hal qilish imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari har bir kompyuterni ma‘lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterlarning resurslaridan birgalikda foydalanish, hamda kо'pgina boshqa muammolarni ham hal qilish mumkin bо'ladi.Demak shunday ekan hammaga komputer tarmog’i zarur hoh u dasturchi hoh komputer o’yinlarini sevib o’ynovchi inson barbibir tarmoq zarur tarmoq hayotimizni bir qismiga aylanib ulurdi bu mustaqil ishda men shularni tushindim hamma ma’lumotlarni internet tarmog’idan olgan bo’lssamham tarmoq qandey ishlashligini internet prtakollarini bilib oldim.


    Foydalanilgan adabiyotlar



    1. https://pyblog.uz/post/kompyuter-tarmoqlarining-asosiy-turlari

    2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Internet

    3. http://www.fayllar.org/kompyuter-tarmoqlari-va-ularning-turlari.html

    Download 413,64 Kb.




    Download 413,64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Komputer tarmoqlari” fanidan mustaqil ish mavzu

    Download 413,64 Kb.