|
Kompyuter grafikasi turlari: vektorli, rastirli, fraktal grafika Moʻydinov Ismoiljon
|
Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 0,95 Mb. | | #99593 |
Bog'liq Kompyuter grafi-WPS Office
Kompyuter grafikasi turlari: vektorli, rastirli, fraktal grafika
Moʻydinov Ismoiljon
Kompyuter grafikasi – bu model va tasvirlarni kompyuter yordamida hosil qilish, saqlash va qayta ishlash to’g’risidagi fandir. Kompyuter grafikasi deganda odatda grafik ma’lumotlarni kompyuter vositasida tayyorlash, qayta ishlash (qurish), saqlash va namoyish etish jarayonlarini avtomatlashtirish tushunilsa, grafik ma’lumot deganda ob’ekt modellari va tasvirlari tushuniladi.
Rastrli grafika. Rastr tasvirlar to’g’ri burchakli matritsa shaklida namoyon bo’lib, har bir yacheykasi rangli nuqtadan iborat. Rastr grafikasining asosi piksel’ (nuqta) hisoblanib, u rang bilan ifodalanadi. Tasvir nuqtalar to’plami sifatida akslanib ular qanchalik ko’p bo’lsa ko’rinish shunchalik tiniq va sifatli, fayl esa ko’p joy egallaydi. Ya’ni, aynan bitta tasvirning o’zi yuqori yoki past sifatli bo’lishi, o’lchov birligiga qarab nuqtalar ko’p yoki kam (odatda bir dyuymga nisbatan nuqtalar soni – dpi yoki piksellar soni – ppi bilan belgilanadi) bo’lishi mumkin.
Rastr – bu nuqtalarning tartibli joylashuvidir. Rasm 1.1 da elementlari to’g’ri to’rtburchakdan iborat bo’lgan rastr tasvirlangan. Bunday rastrlar to’g’ri burchakli rastrlar deyiladi. Asosan shu turdagi rastrlar ko’p uchraydi. SHuningdek, boshqa geometrik shakllardagi rastrlar ham qo’llanilishi mumkin. Masalan: uchburchak, oltiburchak (rasm 1.2). Faqat ular quydagi talablarga javob berishi lozim: − hamma geometrik shakllar bir xil bo’lishi kerak; − geometrik shakllar tekislik yuzasini ochiq joy qoldirmasdan va birbirini to’smasdan to’liq qoplashi lozim.
Vektorli tasvirlar deb - tuzilma murakkabroq va har xil ko'rinishga ega bo'lgan geometrik ob'ektlar to'plamiga aytiladi. Bunday ob'ektlarga misol qilib to'g'ri to'rtburchaklar, aylanalar, ellipslar, ko'p burchaklar, kesmalar va chiziqlarni keltirish mumkin. Vektorli grafikaning xarakterli xususiyatlaridan biri undagi har bir ob'ekt uchun veb-sayt ko'rinishlarini o'rnating. Nuqtali tasvirlardan farqli ravshan vektorli tasvirlar ixtiyoriy ichki strukturaga ega bo'lishi mumkin.
Vektorli tasvirlarni nuqtali amaliy amaliy ishtirokisiz, dastur yordamida amalga oshirish. Lekin nuqtali tasvirlarni vektorli tasvirga foydalanuvchidan katta mahorat talab qiladi.
Kompyuterda vektorli tasvirlar bilan ishlash nuqtali tasvirlar bilan ishlashga ancha oson. Hozirda vektorli tasvirlar yaratuvchi amaliy dasturlar mashina grafikasining asosini tashkil qiladi.
Fraktal grafika — bu tasvirni chizish yoki jihozlash emas, balki uni matematik hisoblashlarga asoslangan dasturlar asosida qurishdir, ya’ni bunda tasvirlar formulalar yordamida ko’riladi.. Fraktal grafikada esa tasvirlarni matematik hisoblashlar yordamida avtomatik o’zgartirib ko’paytirish yo’li chiroyli manzaralar hosil qilinadi. Fraktal kompozisiya yaratish chizish yoki shakl berish emas, balki dasturlashga asoslanadi. Teleko’rsatuvlar va reklamalarni badiiy bezashda ishlatiladi. Fraktal grafika odatda o’yin dasturlarini yaratishda ko’proq qo’llaniladi.
EʼTIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
|
| |