Kompyuter injneringi




Download 21.56 Kb.
Sana30.11.2023
Hajmi21.56 Kb.
#108317
Bog'liq
Dinshunoslik doc.
python tutorial, 6 sinf òzbek tili (2), Sirtqi YN yozgi semestr, 2-25,, 2222, Blank Doc, SciencePG Manuscript Template, Qurbonboyeva Qunduzxon Komiljon qizi (2), Kriogen 302-21 TMJ, 13-amaliy mashg‘ulot Mavzu n bitli skremblerni qurish va takror, иқтисодий ўқиш.docx 18.07.2023, O’zbekiston Respublikasining moliyaviy nazorat tizimida auditning, sanjar kooroziya, ish haqi va mehnat m

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI NURAFSHON FILIALI

KOMPYUTER INJNERINGI” KAFEDRASI


‘‘DINSHUNOSLIK’’ FANIDAN


BAJARDI: Toshtemirov Shoxijahon


TEKSHIRDI:Sanaqulov Abror.


ISLOM DININING O’RTA OSIYOGA KIRIB


KELISHI.

REJA:


  1. Islom dini haqida ma’lunot.

  2. O’rta osiyoga arablarning kirib kelishi.

  3. O`rta Osiyoda islom dinining tarqalishi va uning ta`lim-tarbiyaga ta`siri.

  4. Xulosa.

  5. Foydalanilgan adabiyotlar.

Islom VII asrda Hijoz (Gʻarbiy Arabiston)da paydo boʻldi. Uning asoschisi Muhammad sanaladi. Islom dinining paydo boʻlishi xususida Islom manbalariga asoslangan diniy anʼanada u ilohiy hodisa, insonlarni toʻgʻri yoʻlga solish uchun Alloh taolo tomonidan yuborilgan oxirgi taʼlimot deb hisoblanadi. Islom talqinida dastlab yahudiy va xristianlar ham aynan musulmonlar eʼtiqod qilgan xudoga ishonganlar. Shu Xudo, yaʼni Alloh odamlarga paygʻambarlar va elchilar yuborgan, ammo insonlar paygʻambarlar taʼlimotini buzganlar. Shuning uchun Alloh insonlarga oxirgi rasul etib Muhammadni tanladi, unga oʻzining kalomi — Qurʼon nozil qildi. Muhammad oldin oʻz hamshaharlarini, soʻng barcha arablarni koʻplab qabila xudolariga sigʻinishdan voz kechish va yagona Xudo — Allohga eʼtiqod qilish, solih hayot kechirish, u dunyoda jannatga tushish uchun bu dunyoda ezgu ishlar qilishga daʼvat etdi. Qurʼonga koʻra, arablar va yahudiylarning umumiy bobokaloni Ibrohim Allohga birinchi boʻlib imon keltirgan. Demak, Islom batamom yangi eʼtiqod emas, balki Ibrohimga nozil boʻlgan dinidir.

Muhammadga, 40 yoshida (milodiy 610-yil) vahiy (ilohiy koʻrsatma) kelishni boshladi, biroqbir necha nufuzli yaqin qarindoshlarini hisobga olmaganda, Makkaning koʻpchilik aholisi, ayniqsa, Quraysh qabilasining zodagonlari uning targʻibotlariga ochiqdan-ochiq qarshi chiqdilar. Muhammadni yolgʻonchiga chiqarib juda katta zulm koʻrsatildi. Dastlab bir guruh musulmonlar Habashistonga hijrat qilishdi, Yasribdagi Banu Avs va Banu Hazraj qabilalarining vakillari 622-yilda musulmon jamoasini oʻziga qabul qilish, Muhammadni paygʻambar va Allohni yagona deb tan olishdi. Hijrat nomini olgan bu voqea Islom tarixida burilish yasadi. Koʻchib oʻtgan kishilar muhojirlar (koʻchib kelganlar), Madinada Islomni qabul qilganlar ansorlar (tarafdorlar) deb ataldilar. Madina va Makka oʻrtasida boshlangan kurash 8 yil davom etdi (qarang Badr jangi, Uhud jangi, Xandaq jangi va boshqa). 628-yilda Makka zodagonlari Muhammad bilan kelishishga majbur boʻldilar (qarang Xudaybiya sulhi). 630-yilda musulmonlar qoʻshini hech qanday qarshiliksiz Makkaga kirib bordi. Makka aholisi yoppasiga Islom dinini qabul qildi va Muhammadni Allohning elchisi deb eʼtirof etdi. Ana shundan boshlab Makka Islom dini markaziga, Kaʼba musulmonlarning muqaddas ziyoratgohiga aylangan. Muhammad vafot etgan 632-yilda Arabiston yarimoroli toʻla birlashtirilgan, uning aksariyat aholisi Islom dinini qabul qilgan edi. Arabistonning siyosiy, iqtisodiy, etnik va madaniy jihatlardan birlashishida Islom dini muhim omil boʻlib xizmat qildi.


Islom dinining O‘rta Osiyoga kirib kelishi va tarqalishi bevosita arab istilolari va arablarning ko‘p asrlik hukmronligi bilan bog‘liq. O‘rta Osiyoga arab yurishlari 643-644 yillarda boshlangan bo‘lsa ham, o‘lkani uzil-kesil bosib olishga uzoq davrli kurashdan so‘ng faqat arab qo‘mondoni Qutayba ibn Muslim al-Bohiliy (704-715) erishdi. Mintaqada yangi siyosiy kuchning paydo bo‘lishi oqibatida O‘rta Osiyo ikki qismga bo‘lindi: 1) Movarounnahr («Ikki daryo oralig‘i») va 2) Arodi at-turk («Turklar erlari», ya’ni arablarga bo‘ysunmagan hukmdorlar erlari). Mazkur ikki hududda islomlashuv jarayonlari turli xilda kecha boshladi.

Movarounnahrning islomlashuviga quyidagi ikki omil bevosita o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Abu Muslim (747-755) qo‘zg‘oloni davrigacha O‘rta Osiyoda islomdan oldingi davr hukmdorlari (ixshid, buxor-xudot va boshqalar) o‘z mavqelarini saqlab turdilar. Jumladan, ular mahalliy aholini boshqarish va ulardan arablar uchun soliq yig‘ish vazifalarini bajardilar. Umaviy hukmdorlari mamlakat ichki ishlariga bevosita aralashmasdan, mahalliy sulolalardan o‘lpon olish bilan cheklanardilar. Ba’zida bu o‘lpon mahalliy aholidan yig‘ilgan jiz’ya (boshqa din vakillaridan yig‘iladigan soliq) sifatida qabul qilinar edi. Bu esa keyinchalik islom dinini qabul qilgan aholidan oddiy soliq yoki jiz’ya yig‘ish masalasida chigallikning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Ikkinchi omil Umaviylar davrida (661-750) arablarning mahalliy aholi tarafidan islom dinining qabul qilinishiga monelik qilishlari bilan bog‘liqdir. CHunki arablar ilk davrda talay imtiyozlarga ega edilar. Bu davr qoidalariga ko‘ra, islom dinini qabul qilgan kishi «arab»ga aylanar, ya’ni jamiyatda arablar kabi imtiyozlarga ega bo‘lardilar.

Bu holda mahalliy musulmonlardan jiz’ya olmaslik, arab va arab bo‘lmagan musulmonlarning teng huquqliligi uchun kurash olib borgan islom dini ichidagi murji’iylar diniy-siyosiy harakati g‘oyalari Movarounnahrda keng tarqalish imkoniga ega bo‘ldi. CHunki o‘lkada arab bo‘lmagan musulmonlarning haq-huquqlari arablar tomonidan poymol etilardi. Murji’iylarning faol harakatlari VIII asrning 20-40 yillariga to‘g‘ri keladi. Murji’iy al-Horis ibn Surayj qo‘zg‘oloni (734-746) Movarounnahr aholisi tarafidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlandi. VII asrda shakllana boshlagan murji’iylarning aynan imon va amalning ayri-ayri ekanligi haqidagi qarashlari bu hududda erli aholining hech bir qiyinchiliksiz islomni qabul qilishlariga, shuning barobarida, yangi shakllanayotgan islom jamiyatida teng huquqlilikka erishishlariga qulay sharoit yaratib berdi; keyinchalik esa – ular garchi arab tilini, qiyin diniy amallarni, o‘zlariga butkul yot muhitni to‘la anglab etmasalar-da, ijtimoiy mavqelari va milliy-madaniy qadriyatlarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldilar. Abu Muslim (749 yil) harakati g‘alabasi oqibatida arab bo‘lmagan musulmonlarning arablar bilan teng huquqlilikka erishishi natijasida murji’iylik g‘oyalari siyosiy-ijtimoiy sohadan ilohiyot fani jabhasiga ko‘cha boshladi.
O`rta Osiyoda islom dinining tarqalishi va uning ta`lim-tarbiyaga ta`siri. Jahon dinlaridan, umumbashariy ta’limotlardan bo‘lib hisoblangan islom dini insonga mohiyat, faoliyatiga maqsad va yo‘nalish beruvchi, jamiyat a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirib, birlashtirib, ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyotni tezlashtirish uchun xizmat qiladigan ma’naviyat, ma’rifat odob-axloq tarbiyasining barcha muammolarini o‘z ichiga qamrab oladi. Umuman olganda, islom dini yosh avlodning ma’naviy-ma’rifiy kamolotiga oid bo‘lgan fikrlar, qarashlar, ta’limotlarning mukammal manbai, yaxlit ilmiy-dunyoviy, diniy tizimidir.

Islom dini necha-necha asrlar mobaynida odamlarni, bani bashariyatini ulug‘ maqsadlar yo‘lida birlashtirishga, hamjihat bo‘lishga, tinchlik-totuvlikni mustahkamlashga, axloqiy va ma’rifiy kamolotga, halollik va poklikka, iymon va e’tiqodga mehnatsevarlik va vatanparvarlikka, ezgulik va saxovatga, bahri kenglik va mehr-oqibatlilik, ezgulik maqsadlari yo‘lida qo‘lni qo‘lga berishga, o‘zaro nizolar, qonli to‘qnashuvlarga, milliy, irqiy, diniy kamsitilishlarga yo‘l qo‘ymaslikka, umumiy uyimiz-kurrai zaminda do‘st-birodarlar, ahil-hamkor bo‘lib yashashga, umuminsoniy madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat boyliklaridan, jahon sivilizatsiyasi yutuqlaridan o‘zaro bahramand bo‘lishga da’vat etib kelmoqda.

Islom dinining umumbashariy qadriyat, ilohiy, ilmiy-dunyoviy ta’limot sifatida barhayotligini ta’minlab kelayotgan asosiy manbalari Qur’oni Karim va Hadisi SHariflardir.
Qur’oni Karim bilan tanishar ekanmiz, “Ilm” so‘zi asosidagi “alima” (bilmoq) fe’l negiziga tayangan kalimalar turli hollarda 750 marta takrorlanganligi ilmiy tadqiqotlarda qayd etilgan bo‘lib, bu o‘zak faqat “Alloh”, “Rabb” (Parvardigor ma’nosida), “bo‘lmoq” va “gapirmoq” kabi eng ko‘p ishlatilgan o‘zak-so‘zlardan keyin beshinchi o‘rinda turar ekan.
Men bu yozgan mustaqil ishimda Islom dinining yaratilish tarixi va arablarning o’rta osiyo xalqlariga islom dinni olib kelishini haqida yanada bilimlarimni ortirib oldim.

FOYDALAMILGAN ADABIYOTLAR:


https://uz.wikipedia.org/wiki/Islom
https://mbaza.uz/referatlar/islom-dini
https://abiturtest.uz/mavzular/orta-osiyoda-islom
A.Tulipov. Islom va Aqidaparaslik oqimlari.
Islom va hozirgi zamon.
XXI asrda islom dini.

Download 21.56 Kb.




Download 21.56 Kb.