|
Kompyuter tarmoqlari haqida umumiy tushunchalar tarmoqka ulangan kompterlar ruyxati bilan tanishish
|
bet | 1/4 | Sana | 09.02.2024 | Hajmi | 31,07 Kb. | | #153853 |
KOMPYUTER TARMOQLARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR
1.Tarmoqka ulangan kompterlar ruyxati bilan tanishish.
2.”Qushni “ kompyuter qattiq diskdagi fayl va papkalar bilan tanishish.
3.”Qushni “ kompyuter qattiq diskida papka yaratib , undan uz kompyuterdagi papkaga
nusxa olish.
Kompyuter tarmoqlarini kupgina belgilar, xususan xududiy ta`minlanishi jixatidan tasniflash mumkin. Bunga kura global, mintaqaviy va lokal (maxalliy) tarmoqlar farqlanadi. Hozirda shunday dasturiy ta`minot tuzishning ikki xil asosiy tamoyili joriy etilgan. Birinchi tamoyilda tarmoqning dasturlashtirilgan ta`minoti kupgina foydalanuvchilarga xamma kirishi mumkin bulgan bosh kompyuter resurslarini taqdim etishga muljallangan. U fayl-server deb yuritiladi. Bosh kompyuterning asosiy resursi fayllar bulgani uchun u shu nomni olgan. Budasturli modullar yoki ma`lumotlarga ega fayllar bulishi mumkin. Fayl-server – bu serverning eng umumiy turi. Shunisi qiziqki, fayl-serverini disk xajmi odatdagi kompyuterdagidan kup bulishi kerak, chunki undan kupgina kompyuterlarda foydalaniladi. Tarmoqda bir qancha fayl – serverlar bulishi mumkin. Tarmoqdan foydalanuvchilarning birgalikda foydalanishiga taqdim etiladigan fayl-serverning boshqa tur serverlarini sanab utish mumkin. Masalan: printer, modem, faksimil aloqa uchun qurilma. Fayl-server resurslarini boshqaruvchi va kupgina tarmoq foydalanuvchilari uchun ruxsat beruvchi dasturiy tarmoq ta`minoti tarmoqning operatsion tizimi deb ataladi. Uning asosiy qismi fayl-serverda joylashadi; ishchi stantsiyada fakat resurs va fayl server orasidan murojaat qilinadigan dasturlar oralig’іdagi interfeys rolini bajaruvchi uncha kata bulmagan kobik joylashtiriladi. Ikkinchi tamoyil “klient-server” arxitektura deb ataladi. Uning dasturiy ta`minoti resurslardan jamoa bulib foydalanishgagina muljallanib qolmay, ularni qayta ishlash va foydalanuvchi talabiga ko‘ra resurslarni joylashtirishga muljallangan. “Klient-server” arxitekturalar dasturi tizimi ikkita bulinmadan iborat: Serverning dasturli ta`minoti va foydalanuvchi – mijozning dasturiy ta`minoti. Bu tizimlar ishi qo’yidagicha tashkil qilinadi: mijoz-dasturlar foydalanuvchining kompyuterida bajariladi va umumiy qirish kompyuterida ishlaydigan dastur – serverga surov junatiladi. Ma`lumotlarning asosiy qismini qayta ishlash kuchli server tomonidan amalga oshiriladi, foydalanuvchi kompyuteriga fakat bajarilgan surov natijalari yuboriladi. Ma`lumotlar bazasi serverlari katta xajmdagi ma`lumotlar (bir necha 10 gigobayt va undan kup) bilan ishlashga muljallangan va kup sonli foydalanuvchilar yukori unumli ishlab chikarishni, ishonch va ximoyalanganlikni ta`minlaydi. Global tarmoqlari ilovalarida klient-server arxitekturasi (ma`lum ma`noda) asosiy sanaladi. Katta matnli saxifalarni saqlash va qayta ishlashni ta`minlovchi mashxur Web-serverlari, FTD-serverlari, elektron pochta serverlari va boshqalar ma`lum. Sanab utilgan xizmat turlarining mijoz dasturlari ushbu serverlar tomonidan xizmatni qabul kilish olish va ulardan javob olish uchun surash imkonini beradi.
Taksimlanadigan resursga ega xar qanday kompyuter tarmog’i server deb yuritilishi mumkin. Chunki boshqa kompyuterlarda foydalanishga ruxsat bulgan bulinuvchi modemli kompyuter modem yoki kommunikatsiyali serverdir. Tarmoq abonentlari – tarmoqda axborotlarni yuzaga keltiruvchi yoki iste`mol qiluvchi ob`ektlar.
|
| |