|
Kompyuterning qo`shimch qurilmalari shaxsiy kompyuterning tashkiliy qismlari
|
Sana | 07.02.2024 | Hajmi | 4,77 Kb. | | #152825 |
Bog'liq Kompyuterning qo`shimch qurilmalari-kompy.info
Kompyuterning qo`shimch qurilmalari
Kompyuterning qo`shimch qurilmalari SHaxsiy kompyuterning tashkiliy qismlari
Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iborat, bular texnikaviy ta’minot (hardware) va dasturiy ta`minot (software)lardir.
Texnikaviy ta’minoti — bu kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo’shimcha (atrof) qurilmalaridir.
Kompyuterning qo`shimcha qurilmalari
Sichqoncha
Printer
Skaner
Plotte
Tarmoq qurilmasi
Strimmer
Modem
Sichqoncha- boshqaruvchi buyruqlarni jo`natish imkonini beradi.Biror sirt bo`ylab harakatlantirilganda ichida joylashgan sharcha harakatga keladi, hosil bo`lgan signallar kompyuterga uzatiladi va ekranda yurgichning mos harakatlari yuzaga keladi
9 dekabr kompyuter sichqonchasining “tug‘ilgan kuni” hisoblanadi. 1968 yilning aynan shu kuni Stenford tadqiqot instituti xodimi Duglas Engelbart sichqonchani San-Frantsiskodagi hisoblash texnikasi bo‘yicha anjumanda taqdim qilgan.
Kompyuter sichqonchasiga NASA tomonidan buyurtma berilgan. Koinot agentligi hisoblash tizimlari bilan ishlashni soddalashtirish usulini izlagan. Biroq sichqoncha agentlik mutaxassislarini qoniqtirmagan, chunki u bilan vaznsizlikda ishlashning iloji bo‘lmagan.
Engelbart unda sichqonchani yaratish g‘oyasi paydo bo‘lishidan avval boshning harakatlariga monand kursorni harakatlantiruvchi maxsus niqobni qo‘llashni taklif qilgan.
Engelbart sichqonchaga patent olgan, biroq patent muddati uning ixtirosi ommaviy ravishda ishlab chiqarila boshlanishigacha tugab bo‘lgan. Biroq qahramon mukofotsiz qolib ketmagan. 1997 yilda Engelbart ixtirochilarga beriladigan Lemelson mukofoti (500 ming dollar) va “kompyuter sohasidagi Nobel mukofoti” deb e'tirof etiluvchi Tyuring mukofotini (250 ming dollar) olgan.
Engelbart o‘z sichqonchasiga bitta tugmani joylashtirgan, biroq uning o‘zi har bir barmoq uchun bittadan tugma joylashtirishni istagan.
Sichqonchani ishlatish mumkin bo‘lgan ilk kompyuter 1970 yilda ishlab chiqarilgan Xerox Alto bo‘lgan. Bu kompyuter shuningdek grafik interfeysga ega bo‘lgan birinchi kompyuter hisoblanadi.
Sichqoncha kursori nega vertikal yoki gorizontal emas, balki yonboshlatib tasvirlangani sababini bilasizmi? Chunki past ko‘rsatish sifatiga ega bo‘lgan ilk monitorlarda uni shunday shaklda topish oson bo‘lgan.
Ilk optik sichqoncha 1980 yilda paydo bo‘lgan, biroq 1999 yilda uning narxi cho‘ntakbop ko‘rinishga kelgandan keyingina keng qo‘llana boshlangan.
Printer
Kompyuterda matn yoki grafik(rasm sxema) tarzidagi ma`lumotlarni qog`ozga chiqarish 9chop qilish) uchun mo`ljallangan bosish qurilmasi
Skaner va plotter.
Skaner-fotosurat grfik va matn shaklidagi axborotlarni kompyuterga kiritish uchun ishlatiladi.
Plotter-bu ma`lumotlarni aks ettirish uchun moljallangan qurilma,
Strimmer-vinchestrdagi katta hajmdagi axborotlarni saqlash qurilmasi.Bu qurilma magnitafonlarning kassetalariga o`xshash,ammo ulardan bir oz kattaroq.Eng oddiy strimmer 60 Mbayt axborotni saqlay oladi.Bugungi kunda juda katta hajmdagi axborotlarni saqlash imkonini beruvchi strimmerlar mavjud.
Modem - bu kompyuterga telefon yoki kabel liniyalari orqali ma'lumotlarni yuborish yoki qabul qilish imkoniyatini beradigan qurilma. Kompyuterda saqlanadigan ma'lumotlar raqamli, telefon liniyasi yoki kabel simlari faqat analog ma'lumotlarni uzatishi mumkin.
Tarmoq qurilmalari,
Kompyuterlar, printerlar, faks mashinalari va boshqa elektron qurilmalarni tarmoqqa ulash uchun ishlatiladigan apparat qurilmalari tarmoq qurilmalari deyiladi. Ushbu qurilmalar ma'lumotlarni bir xil yoki boshqa tarmoqlar orqali tezkor, xavfsiz va to'g'ri tarzda uzatadi. Tarmoq qurilmalari tarmoqlararo yoki tarmoq ichi bo'lishi mumkin. Ba'zi qurilmalar qurilmaga o'rnatiladi, masalan NIC karta yoki RJ45 ulagichi, ba'zilari esa tarmoqning bir qismi, masalan, yo'riqnoma, kalit va boshqalar.
http://kompy.info
|
| |