• Bajardi:Matbaa texnologiyalari. Guruh:13A_22 Amatov Omonboy Tekshirdi
  • 2. Siyosiy partiyalar. 3.Ko’ppartiyaviylik tizimining shakillanishi.
  • Korporativ boshqaruv




    Download 52.1 Kb.
    bet1/5
    Sana01.06.2023
    Hajmi52.1 Kb.
    #68806
    TuriReferat
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    OMONBOY AMATOV TARIX FANIDAN REFERATI
    Namuna uchun kurs ishi, Kursh ishi, Arab kalendari, BO36222804, 1-3 mavzulardan savol javoblar, 1 Амалиёт Ахборот хавфсизлигига тахдидлар ва уларни бахолаш (2), 1-maruza, KORPORATIV BOSHQARUV

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    TOSHKENT TO‘QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTI

    KORPORATIV BOSHQARUV” KAFEDRASI


    O’zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan
    REFERATI
    Mavzu: O’zbekistonda siyosiy islohotlarni amalga oshirishda ko’ppartiyaviylik tizimining ro’li


    Bajardi:Matbaa texnologiyalari.
    Guruh:13A_22 Amatov Omonboy
    Tekshirdi:


    Mavzu: O’zbekistonda siyosiy islohotlarni amalga oshirishda ko’ppartiyaviylik tizimining ro’li


    Reja:
    1. O’zbekistonda siyosiy islohotlar vujudga kelishi.
    2. Siyosiy partiyalar.
    3.Ko’ppartiyaviylik tizimining shakillanishi.







    1.O’zbekistonda siyosiy islohotlar vujudga kelishi
    Barcha islohotlarning tub maqsadi insonning ijtimoiy turmushini yaxshilashga qaratilgandir. O‘zbekiston taraqqiyotidagi o‘ziga xos yo‘lning asosiy tamoyillaridan biri kafolatlangan ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdan iboratdir. Uning mohiyati jamiyatda kam ta’minlangan, boquvchisi yo‘q, ko‘p bolali oilalarni, nogiron va qariyalarni ijtimoiy himoya qilish, jamiyat a’zolarining o‘ta boylar va kambag‘allarga tabaqalanib ketishining oldini olishga qaratilgan. Respublikadagi ijtimoiy ahvol, odamlarning ijtimoiy ta’minoti va ularni ijtimoiy himoya qilish qoniqarsiz darajada edi. Ayniqsa, qishloq aholisining toza ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlanishi atigi 5 foizni, ichimlik suvi bilan ta’minlanishi salkam 50 foizni, tabiiy gaz bilan ta’minlanishi 17 foizni tashkil etar edi. Aholini uy-joy, sog‘liqni saqlash, madaniyat, maishiy xizmat obyektlari, maktablar, bolalar bog‘chalari va hokazolar bilan ta’minlash ishlarida siljishlar sezilmadi. Vaholanki, aholining ko‘pchilik qismi qishloq joylarida istiqomat qilar edi. Yuqorida qayd etilgan holatlar O‘zbekiston aholisi daromadlari va turmush darajasining keskin pasayishiga olib keldi. Ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari – sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, maktabgacha bolalar muassasalari juda og‘ir ahvolda bo‘lib, maktab va kasalxonalarning 60 foizi nobop binolarda joylashtirilgan. Bu esa o‘sha davrda insonning har tomonlama uyg‘un kamol topishi, uning shaxs sifatida ma’naviy rivojlanishi u yoqda tursin, ko‘pincha yashash uchun kerak bo‘lgan eng oddiy narsalar ham yetishmaganini ko‘rsatadi. Ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi. Aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash davlat siyosatining bosh yo‘nalishi hisoblanadi. 88 Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyilning muhim qismi aholini ijtimoiy himoyalash ekanligi ham shu bilan bog‘liqdir. O‘zbekiston hukumati ana shu besh tamoyil asosida o‘tish davrida aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan zarur choralar ko‘rdi. Bu choralar odamlarning turmush darajasini keskin pasayib ketishining oldini olishda muhim rol o‘ynadi. Mamlakatda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo qilishda davlat tomonidan kuchli ijtimoiy himoya siyosati olib borildi. Ijtimoiy siyosat O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lining yetakchi tamoyillaridan biri hisoblanadi. Respublikada ijtimoiy himoyaning huquqiy muhiti yaratildi, unga qonuniy asos solindi. Ijtimoiy himoya tamoyillari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida kafolatlanib, qabul qilingan qonunlarda o‘z aksini topdi. Mamlakatda daromad olishning kafolatlanishi amalga oshirildi. Eng kam ish haqi va boshqa to‘lovlar odatda, oldindan ko‘paytirib kelindi, narx-navo o‘zgarishi bilan bog‘lab olib borildi, bu esa aholining to‘lov qobiliyati saqlanib qolishini ta’minladi va turmush darajasining keskin pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymadi. Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo‘nalishi – ichki iste’mol bozorini himoya qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste’molini muayyan darajada saqlab turish bo‘ldi. Bunga erishishda, muhimi, mahsulotlar eksportini bojxona tizimi orqali nazorat qilish va ularga yuqori boj to‘lovlari joriy etish, kundalik zarur tovarlarni me’yorlangan tarzda sotishni tashkil qilish kabi tadbirlar katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Iqtisodiy islohotlarning ilk bosqichida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi yo‘nalishi – aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash borasida choratadbirlar o‘tkazilganligi bo‘ldi. Bu yo‘nalishda aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari – pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlar hamda qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo‘llar bilan himoya qilib borildi.
    Toshkent shahrida 2016-yil 14-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi. Davlatimiz rahbari yaqin va o‘rta istiqbolda mamlakatimiz oldida turgan eng muhim va dolzarb vazifalarga atroflicha to‘xtalib o‘tdi. “Bizning vazifamiz – to‘plangan tajriba va ilg‘or xalqaro amaliyotga suyangan holda, o‘zimizning taraqqiyot va yangilanish modelimizni qat’iy amalga oshirishdan iborat. Shu borada yaqin va o‘rta muddatga belgilangan marralarga erishish uchun qat’iyat bilan harakat qilishimiz zarur. Shu maqsadda, 2017– 2021-yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini ishlab chiqish yaqin kunlarda yakunlanadi”1 . Shu tariqa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘ycha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 2017-yil 7-fevralda imzolangan Farmoniga muvofiq uni hayotga joriy etishning tamoyil va mexanizmlari ishlab chiqildi. 2017– 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatimizda ham, chet el ijtimoiy-siyosiy doiralari tomonidan ham katta qiziqish va e’tibor bilan o‘rganildi. Bu borada atoqli olimlar, nufuzli ekspert va kuzatuvchilar, turli darajadagi ko‘zga ko‘ringan rahbarlar o‘z fikrmulohazalarini bildirishdi. Harakatlar strategiyasining har bir ustuvor yo‘nalishi mamlakatimiz taraqqiyoti uchun g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular quyidagilardan iborat. Birinchi yo‘nalishda davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari alohida belgilab berildi. Unda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis va siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, shu orqali qonun ustuvorligiga erishish asnosida jamiyatda boshqaruvning erkin va xalq hokimiyatchiligi tamoyillarini chuqurlashtirishga erishiladi. Davlat boshqaruvi tizimini liberallashtirish, turli byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, davlat boshqaruvida keng jamoatchilikning faol ishtirokini ta’minlash choralarini ko‘rish bo‘yicha aniq g‘oyalar ilgari suriladi. Ochiq jamiyat qurish, davlat va fuqaro munosabatlarini mustahkamlash va natijada O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida muhrlab qo‘yilganidek, davlatning yagona va birdan-bir manbai xalq ekani, davlat xalq manfaatlarini himoya qilishi, ayni paytda xalq o‘z maqsad va intilishlarini, orzu-umidlarini davlat timsolida ko‘rishi kabi prinsip va qoidalarni to‘liq amalga oshirish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan. Ikkinchi yo‘nalish qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlaridan iborat. Bunda sud hokimiyatining chinakam samaradorligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish ustuvor vazifa qilib qo‘yildi. Mazkur yo‘nalishda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash, qonun ustuvorligiga erishish orqali inson manfaatlarini himoya qilish, qabul qilingan barcha qonunlarning to‘la va samarali ishlashi bo‘yicha tegishli choratadbirlarni amalga oshirishga jiddiy e’tibor beriladi. Oliy sud faoliyatini isloh qilish, uning zamonaviy, hozirgi kun talablari asosida ishlaydigan tizimini vujudga keltirish borasida yangi g‘oyalar ilgari surildi. Jumladan, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish orqali adolatli, xalqchil, fuqarolar manfaatlarini to‘la himoya qila oladigan, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal qilib beradigan sud tizimini vujudga keltirish talab etilgan. Jinoyatchilikka qarshi kurashish, eng muhimi, turli huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilmasligi choralarini ko‘rish, profilaktika tizimini yanada chuqurlashtirish va samaradorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish, sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash, qonunga rioya qilish va qonun ustuvorligiga erishish orqali sud va sudlovning yuksak madaniyatiga erishish yo‘l-yo‘riqlari aniq-ravshan aks ettirilgan. Yuridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish orqali sud-huquq organlarini jazolovchi organdan fuqarolar manfaatini himoya qiladigan, ularning kundalik yumushlariga yordam beradigan, har qanday muammolarini qonun doirasida hal qilib beradigan xizmatlar organiga aylantirish mexanizmining yuqori saviyada ishlashini ta’minlash bo‘yicha amaliy yechim va takliflar ilgari surilgan. Uchinchi yo‘nalish iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini o‘zida ifoda etadi. Bunda makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy 98 o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatdoshliligini oshirish, mamlakat eksport salohiyatini kuchaytirish bosh vazifa qilib qo‘yilgan. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, tuproq unumdorligini va ekinlar hosildorligini oshirish, yangi va haridorgir mahsulotlar yetishtirish orqali jahon bozoriga chiqishning yangi yo‘nalishlarini joriy etish nazarda tutiladi. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish, mulkka egalik qilish va uning hajmini oshirish orqali yuqori samaradorlikka erishish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, uni rag‘batlantirish mo‘ljallanmoqda. Viloyat, tuman va shaharlarni ularning tabiiy-geografik imkoniyatlari, yer sharoiti va dehqonchilik madaniyatini nazarda tutgan holda, hududiy ehtiyoj va manfaatlar nuqtai nazaridan iqtisodiy rivojlantirish choralarini ko‘rish belgilangan. To‘rtinchi yo‘nalishda ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari o‘z ifodasini topgan. Bunda aholi bandligi va uning real daromadlarini izchil oshirish, jumladan, mehnatga layoqatli aholi qatlami uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, mehnat faoliyatining yangi shakl va turlarini joriy etish nazarda tutilmoqda. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘likni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzini yanada chuqurlashtirish masalalariga alohida ahamiyat berilmoqda. Shuningdek, aholini arzon uy-joylar bilan ta’minlash, hayot sharoitlarini yaxshilash, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni modernizatsiya qilish orqali uzoq istiqbolga mo‘ljallangan va munosib turmush darajasini ta’minlaydigan yuksak madaniyatli yashash sharoitiga erishish chora-tadbirlarini ko‘rish eng muhim vazifa qilib qo‘yilgan. Ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohasini rivojlantirishga, har tomonlama barkamol, yetuk inson – yuqori malakali mutaxassisni tarbiyalashga alohida e’tibor beriladi. Bu esa yoshlarga oid davlat siyosatini butun choralar bilan takomillashtirishni taqozo etadi. Beshinchi yo‘nalish xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor vazifalar bilan bog‘liq bo‘lib, bunda dunyo qalqib turgan, turli mintaqalarda urush davom etayotgan, qon to‘kilayotgan bir sharoitda milliy xavfsizlikni ta’minlashga jiddiy 99 e’tibor berish eng muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan. O‘ndan ortiq diniy konfessiyalar, 130 dan ziyod millat va elat vakillari yashayotgan O‘zbekistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, o‘zaro ishonch, bir-birini tushunish, turli e’tiqod va madaniyatlarni hurmat qilish singari bag‘rikenglik fazilatlarini yanada chuqurlashtirishning ahamiyati beqiyos ekanligi ta’kidlangan. O‘zbekiston deb atalgan umumiy xonadonimiz, 34 millionli oilamiz istiqboli uchun diniy e’tiqodi, milliy mansubligi, kasbu kori va yoshidan qat’iy nazar, har bir fuqaro mas’ul ekanini anglash, farzandlarimizni shu ruhda tarbiyalash asosiy vazifa etib belgilangan.
    2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi davlat dasturining to‘rtinchi bosqichda amalga oshirish nazarda tutilgan “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” yo‘nalishda aholi bandligini oshirish, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiyalash, aholini elektr energiya, gaz bilan ta’minlashni yaxshilash, aholining muhtoj qatlamlariga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam sifatini oshirish, xotinqizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maqomini oshirish, sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish, maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini ta’minlash, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi Shuni yaxshi tushunish kerakki, jamiyatimiz tuzilmalarida muvozanatni saqlaydigan kuchli ommaviy, jamoat birlashmalari bo‘lmas ekan, davlat hokimiyatining barcha bo‘g‘inlarida o‘zboshimchalik, valuntarizm, avtoritar tafakkur va boshqaruv apparatining korrupsiyasi singari illatlar paydo bo‘lmasligiga jiddiy kafolat ham bo‘lmaydi. (Islom Karimov. Asarlar. 5- jild, 121- bet.)
    Barchaga ma’lumki, siyosiy partiyalar, ijtimoiy harakatlar, nodavlat va
    notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamiyatda fikrlar erkinligi va
    muxolifatni shakllantiradi, aholining siyosiy faolligi va siyosiy madaniyatining o‘sib borishiga xizmat qiladi. Afsuski, sovetlar hukmronligi davrida XX asr boshlaridayoq Vatanimizda shakllana boshlagan siyosiy tashkilotlar va ularning rahbarlari yo‘q qilib tashlandi, kommunistik partiyadan boshqa siyosiy partiyalar tuzish taqiqlandi. Mustaqillik sharofati bilan O‘zbekistonda siyosiy partiyalarning shakllanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va “Jamoat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunda jamoat birlashmalarining huquqiy maqomlari belgilab berildi. Konstitutsiyaning 56- moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kasabauyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmasi sifatida e’tirof etilgan. O‘zbekiston fuqarolari siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar. Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar.

    Download 52.1 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 52.1 Kb.