• 12.4. Inklyuziv ta’lim tushunchasi maqsadi va vazifalari. Tayanch iboralar
  • 12.1.Korrektsion pedagogika, pedagogik fanlarning tarmog`i sifatida.
  • Korreksion pedagogika va inklyuziv ta’lim asoslari. Ma’ruza mashg’uloti rejasi




    Download 48.15 Kb.
    bet1/4
    Sana16.04.2024
    Hajmi48.15 Kb.
    #198171
      1   2   3   4
    Bog'liq
    12-mavzu
    BAQTRIYA – TOXARISTON BUYUK IPAK YO‘LIDA, 2-MAVZU. Oziq-ovqat tarkibidagi suv va uning kimyoviy tavsifi, 1. Moliyaviy hisobot va uning funksiyalari. Moliyaviy hisobot tu, Mustaqil ish. NAMUNA, yakuniy metodika test sirtqi 4 kurs, Umumiy psixologiya, Taklifnoma, Тайм менеджмент, Axborot, 19.12.2023, KHY psixolog II yarim yillik namunaviy ish rejasi o\'zbekcha, 1. Ochiq kon ishlarining avzallik va kamchiliklari-fayllar.org, XULOSA, Сотилади, 1. furye qonuni issiqlik o’tkazuvchanlikning asosiy qonuni Furye

    KORREKSION PEDAGOGIKA VA INKLYUZIV TA’LIM ASOSLARI.
    MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:
    12.1. Korrektsion pedagogika, pedagogik fanlarning tarmog`i sifatida.
    12.2.Korreksion pedagogikaning asosiy kategoriyalari.
    12.3.Korrektsion (maxsus) pedagogikaning asosiy vazifalari, tamoyillari va metodlari.
    12.4. Inklyuziv ta’lim tushunchasi maqsadi va vazifalari.
    Tayanch iboralar: Korreksion pedagogika, Anomal bolalar, Kompensatsiya, reabilitatsiya, adaptatsiya, Oligofreniya, logopediya, Surdopedagogika, tiflopedagogika, inklyuziya, inklyuziv, inklyuziv ta’lim, integratsiya, resurs, resurs pedagog.
    12.1.Korrektsion pedagogika, pedagogik fanlarning tarmog`i sifatida.
    “Korreksion pedagogikaning predmeti, vazifalari va mohiyati. Rivojlanishida turli nuqson (kamchilik)lar bo`lgan o`quvchilarni korreksion o`qitish va tarbiyalash bilan korreksion pedagogika (defektologiya) shug`ullanadi. Korreksion (maxsus) pedagogika (defektologiya — yunoncha defectus - nuqson, kamchilik, logos - fan, ta'limot) - rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o`qitish metodlariga asoslangan, salomatlik imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi hamda shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o`rganuvchi fan sanaladi.
    Ilmiy tushuncha sifatida korreksion pedagogika zamonaviy pedagogika fanida rasman e'tirof etilganiga u qadar ko`p vaqt bo`lmadi. Uzoq vaqt davomida pedagogikada «defektologiya» tushunchasi qo`llanib kelingan. Korreksion pedagogika (defektologiya) tarkibiga quyidagi sohalari kiradi:
    Pedagogik lug`atda «korreksiya» tushunchasi (yunoncha «correctsio» - tuzatish) pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki to`liq) sifatida tushunilishi ta'kidlab o`tiladi.Ana shu lug`atda «korreksion pedagogika»ning jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o`qitish metodlariga muhtoj bo`lgan, sog`lig`i imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi va shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o`rganuvchi fan ekanligi qayd etiladi.
    Korreksion pedagogikaning asosiy maqsadi — belgilangan (normal) va (mavjud kamchilik) faoliyat o`rtasidagi nomuvofiqlikni yo`qotish yoki kamaytirishdan iborat.
    Korreksion-pedagogik faoliyat yaxlit ta'lim jarayonini qamrab oluvchi hamda murakkab psixofiziologik va ijtimoiy-pedagogik chora-tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi pedagogik tizim”1.
    Diagnostika korreksion, korreksion-rivojlantiruvchi, korreksion-profilaktik faoliyatlar bilan bir qatorda tarbiyaviy va korreksion-o`qitish, psixokorreksion faoliyatni ham amalga oshirilishini ta'minlaydi.


    Download 48.15 Kb.
      1   2   3   4




    Download 48.15 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Korreksion pedagogika va inklyuziv ta’lim asoslari. Ma’ruza mashg’uloti rejasi

    Download 48.15 Kb.