• Vazirlar Mahkamasi tomonidan 12.10.2021 yildagi «Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 638-son qaror qabul qilindi.
  • Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.10.2021 yildan kuchga kirdi.
  • Referat mavzu: Inklyuziv ta’lim tushunchasi Fan: Inklyuziv ta’lim Bajardi: Mustafoyeva d guruh: 110-guruh Tekshirdi: Latipova Nazira inklyuziv ta`lim tushunchasi




    Download 62.37 Kb.
    Sana16.01.2023
    Hajmi62.37 Kb.
    #38356
    TuriReferat
    Bog'liq
    inklyuziv ta\'limdan
    Diskret Tuzilmalar, mustaqil ta'lim, 1, 5-Shaxsiy topshiriq 2023, Finans kursavoy meniki, Test 2, 7 sinf ona tili 3 chorak test yangi darslik @Muyassar Sadriddinovna, 43080-1, 1698665982, Yuldasheva Gulshoda rus tili taqdimot, Kiberxavfsizlik fanidan мустакил иш, RAQAM, sonli usullar kurs ishi (2), Movarounnahrda islom dinining tarqalishi va madrasa ta\'limi shakilanishining


    REFERAT
    Mavzu: Inklyuziv ta’lim tushunchasi
    Fan: Inklyuziv ta’lim
    Bajardi:Mustafoyeva D
    Guruh:110-guruh
    Tekshirdi:Latipova Nazira


    INKLYUZIV TA`LIM TUSHUNCHASI
    Inklyuziv taʼlim — davlat siyosati boʻlib, nogiron va sogʻlom bolalar oʻrtasidagi toʻsiqlarni bartaraf etish, maxsus taʼlimga muhtoj bolalar, (ayrim sabablarga koʻra nogiron boʻlgan) oʻsmirlar rivojlanishda uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qatʼiy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yoʻnaltirilgan umumtaʼlim jarayoniga qoʻshishni ifodalovchi taʼlim tizimidir.
    "Inklyuziv taʻlim" atamasi fransuzcha „inclusif“ soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, „oʻz ichiga oladi“ deb tarjima qilinadi va maxsus ehtiyojlari boʻlgan va shartli ravishda sogʻlom, yaʼni sogʻligi cheklanmagan odamlarning birgalikdagi taʼlimini anglatadi. Inklyuziv taʼlimning mazmun mohiyati toʻgʻrisidagi bilim va maʼlumotlar hali jamiyatda yetarli emas.
    „Inklyuziv“ va „integratsiyalashgan“ atamalari koʻpincha bir xil maʼnoda ishlatiladi. Shunga qaramasdan falsafada bu tushunchalar orasida farq bor[1].

    • Nogiron bolani oddiy sharoitga joylashtirish integratsiyaga qarab qoʻyilgan birinchi qadamdir.

    • Integratsiyalashgan taʼlim bu-diqqat markazida bolaning aynan maktabga kelib ketish muammosi turgan, maxsus ehtiyojli bolaning maktabga

    qatnash jarayonidir.

    • Integratsiyalashgan taʼlimda bolaga muammo sifatida qaraladi.

    Inklyuziv taʼlim alohida yordamga muhtoj bolalarni normal rivojlanishdagi bolalar bilan teng huquqlilik asosida taʼlim tarbiya olishlarini taʼminlaydi. Shuning uchun ham ahamiyatlidir. Inklyuziv taʼlim olish jarayoni bir-biriga oʻxshamaydigan, intellektual,jismoniy va aqliy xususiyatlarga ega boʻlgan odamlar maxsus bilimga muhtoj boʻlmagan tengdoshlari bilan birgalikda zarur bilim va koʻnikmalarni oladigan tarzda tashkil etiladi.[2] Inklyuziy taʼlim-alohida ehtiyojli bolalar bilan sogʻlom bolalar uchun teng taʼlim olish imkoniyatini yaratadi. UNICEF inklyuziv taʼlimni Oʻzbekiston taʼlim tizimiga kiritish masalalari bilan shugʻullanadi. Inklyuziv taʼlim vazifasi bolalarning qobiliyatlari va holatidan qatʼi nazar, ularning barchasiga sifatli taʼlim taqdim etish. Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega boʻlishlari uchun oilada yashashlari va oʻz tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi. Inklyuziv taʼlim tizimi nogironlar aravachasidagi bola yaqin atrofda joylashgan maktabda taʼlim olishi, oʻzlashtirishda qiynalayotgan boʻlsa, oʻqish va yozishga oʻrganish uchun maxsus yordam olishi darslarga qatnamay qoʻygan bolaga esa maktabga qaytish uchun tegishli yordam koʻrsatilishini kafolatlaydi.
    19-may kuni Oliy Majlis ilk bor inklyuziv (uygʻunlashgan) taʼlim tushunchasi kiritilgan yangi tahrirdagi „Taʼlim toʻgʻrisida“ gi qonunn qabul qildi. Oʻzbekiston nogironlar assotsiatsiyasi mutaxassislar bilan birga qonun loyihasining inklyuziv taʼlim tamoyillariga muvofiqligi boʻyicha tahlil oʻtkazdi. Qonunning 20-moddasi olish imkoniyatini yaratadi.
    Qonunning 20- moddadasida Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) va ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlimni tashkil etiladi. Inklyuziv taʼlimni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi tomonidan belgilanadi.
    „Inklyuziv taʼlim“ bu taʼrifni oʻz ichiga olmaydi. Unda faqatgina „inklyuziv taʼlim barcha bolalarga, taʼlim olish chogʻida oʻziga nisbatan har qanday tarzdagi kamsitishni istisno etuvchi jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalarga nisbatan teng huquqli munosabatda boʻlish“ haqida soʻz boradi. Oʻzbekistondagi inklyuziv taʼlim tadqiqotchisiyangi Zelandiyadagi Vaykato universiteti doktoranti Galina Nam, nogironligi boʻlgan bolalar uchun maxsus maktab-internatlarda yoki uyda emas, umumiy taʼlim muassasalarida taʼlim olish ustuvor boʻlishi kerakligini aytgan „Bu barcha davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining bir vaqtda yopilishini anglatmaydi, lekin bolalarning bu kabi maskanlarda va uyda oʻqishiga faqatgina alohida holatlarda rozilik berishimiz zarur. Taʼlim muassasasini tanlash huquqi bolalarning oʻzida va ularning ota-onasida qonuniy vakillarida qolishi kerak“, deya taʼkidlaydi Galina Nam
    „Mutaxassislar“ oʻz tavsiyalari bilan nogironligi boʻlgan bolalarning taʼlim olishning qay bir shaklida oʻqishlari qaroriga taʼsir oʻtkazadilar. Oʻzbekistonning ijtimoiy va madaniy yoʻnalishdagi tajribasi shuni koʻrsatadiki, institutsional vakolatga ega boʻlgan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarning tavsiyalari institutsional kuchga ega boʻlib, maslahat emas, imperativ xususiyat bildiradi. Bu nogiron bolaning qayerda oʻqishi borasida psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarning tavsiyalari ota-onalarda shubha qoldirmaydi. Shuningdek, qonun va uning moddalarini Oʻzbekistonda nogironlik diskursinining ijtimoiy va madaniy holatidan kelib chiqib oʻqish lozim", — deydi AQSHning Sirakuz universiteti doktori Mirjahon Turdiyev.

    BOLALAR UCHUN INKLYUZIV TA’LIM QANDAY TASHKIL ETILADI


    Vazirlar Mahkamasi tomonidan 12.10.2021 yildagi «Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 638-son qaror qabul qilindi.
    Hujjat 13.10.2020 yildagi «Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4860-son qarorga muvofiq ishlab chiqilgan.
    2020–2025 yillarda хalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasida alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga koʻrsatiladigan ta’lim хizmatlari sifatini yaхshilash boʻyicha quyidagi vazifalar belgilandi:

    • alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar ta’lim oladigan ta’lim muassasalari binolariga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

    • alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar oʻqitiladigan ta’lim muassasalarini zarur adabiyotlar, metodik qoʻllanmalar, turli kasblarga oʻqitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

    • alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni oʻqitish uchun inklyuziv ta’lim tizimini tashkil etish, umumta’lim muassasalarini maхsus moslamalar (koʻtarish qurilmasi, pandus, tutqich va boshqalar), shuningdek tegishli kadrlar (maхsus pedagog, bolalarni ruhiy-pedagogik kuzatish boʻyicha mutaхassislar) bilan ta’minlash;

    • alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning moslashishi va integratsiyasi uchun maktab-internatlarni bosqichma-bosqich maхsus jihozlar bilan ta’minlash va boshqalar.

    Qaror bilan Umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Unda quyidagilar belgilandi:

    • inklyuziv ta’limning maqsadi va vazifalari;

    • alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun maktablarda inklyuziv ta’lim va boshlangʻich tayanch korreksion sinflar faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish tartibi;

    • oʻquvchilarni inklyuziv ta’lim sinflariga va boshlangʻich tayanch korreksion sinflarga qabul qilish tartibi;

    • inklyuziv ta’lim sinflari va boshlangʻich tayanch korreksion sinflarda ta’lim sifatini nazorat qilish va boshqarish chora-tadbirlari.

    Shuningdek quyidagilar tasdiqlandi:

    • Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun davlat iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari toʻgʻrisidagi nizom;

    • Sanatoriy turidagi iхtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari toʻgʻrisidagi nizom;

    • Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj boʻlgan bolalarga uyda yakka tartibda ta’lim berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

    Bundan tashqari qaror bilan alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida kasbga oʻqitish kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi.
    Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.10.2021 yildan kuchga kirdi.

    Download 62.37 Kb.




    Download 62.37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Referat mavzu: Inklyuziv ta’lim tushunchasi Fan: Inklyuziv ta’lim Bajardi: Mustafoyeva d guruh: 110-guruh Tekshirdi: Latipova Nazira inklyuziv ta`lim tushunchasi

    Download 62.37 Kb.