Korxonalarda yangiliklarni ishlab chiqish, tatbiq etish va yaratishni boshqarish reja




Download 245.52 Kb.
bet1/3
Sana06.06.2023
Hajmi245.52 Kb.
#70369
  1   2   3
Bog'liq
Korxonalarda yangiliklarni ishlab chiqish, tatbiq etish va yarat
«Истеҳком » драмаси (1977) Иззат Султон, Social-Media-Marketing-Course-eMarketing-Institute-Ebook-2018-Edition (1), 1-Amaliy ish amaliy matematika, Mexanik o`lchash asboblari. Hajmni o’lchash, хисобот, transport, феруза НАМДУ, 9-M, 2-мавзу, Переведенная копия документа MU LB5 Sozdanie tablic bazy dannyx MIKROSOFT ACCESS , b85f31a7390aa1572dcd1bdbf39d6e5d, maqola (2), Ingliz tili 2 daftar, import math, 12-mavzu

KORXONALARDA YANGILIKLARNI ISHLAB CHIQISH, TATBIQ ETISH VA YARATISHNI BOSHQARISH
Reja:

  1. Korxonalardagi ITTKI ni boshqarish.

  2. Yangiliklarning sifat ko‘rsatkichlari.

  3. Yangiliklarni yaratish va tatbiq etishni boshqarish.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish
Korxonalar innovatsion faoliyatining shakllanishi va rivojlanishi yoki darajasi o‘zgarishi ma’lum bir omillar ta’siri natijasida sodir bo‘ladi. Korxona innovatsion


faoliyatini boshqarishni obyektiv va har tomonlama tadqiq etish davomida, unga ta’sir o‘tkazuvchi omillarni aniqlash va tizimlashtirish muammosi dolzarb va yetarlicha ishlab chiqilmagan bo‘ladi.
Innovatsion faoliyat omili deganda, korxona innovatsion o‘sishining jadalligi va
tavsifiga ta’sir o‘tkazuvchi shartlar, sabab va ko‘rsatkichlarni tushunamiz. Bunda
innovatsion jarayon, ko‘plab omillarning o‘zaro ta’siri natijasi sifatida maydonga
chiqadi.
Ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, innovatsion faoliyatga ta’sir
o‘tkazuvchi omillarning tasnifi ayni vaqtda ishlab chiqilmagan. Ko‘plab mualliflar
korxonaning innovatsion faoliyatiga ta’sir o‘tkazuvchi omillarga o‘z e’tiborini qaratishgan. T.G. Filosofova o‘z asarida, sanoat korxonalarida innovatsiyalarga
to‘sqinlik etuvchi quyidagi omillarni qayd etib o‘tgan:
-iqtisodiy - moliyaviy resurslar bilan kam ta’minlanganlik, davlat tomonidan kam
moliyalashtirilish, innovatsiyalarni targ‘ib qilishga yuqori sarf-harajatlar, iqtisodiy
xavfning yuqori darajasi, innovatsiyalar qaytimlarining uzoq muddati;
-ishlab chiqarish malakali kadrlar yetishmasligi, yangi texnologiyalar, sotish
bozorlari to‘g‘risida zarur ma’lumotlarning yo‘qligi, tashkilotning innovatsiyalarni
tezda qabul qila olmasligi, boshqa tashkilotlar, korxonalar va ilmiy tashkilotlar bilan
hamkorlikni yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi yoki yo‘qligi;
-boshqa omillar innovatsion mahsulotga iste’molchilar tomonidan past narxdagi talab, innovatsion faoliyatda yetarlicha qonuniy va meyoriy-huquqiy asoslarning, tartibga solishning yo‘qligi, davlat tomonidan innovatsion faoliyatni yetarlicha rag‘batlantirilmasligi, sust rivojlangan innovatsion infratuzilma, texnologiyabozorida rivojlanishning yo‘qligi. Korxonalar innovatsion faoliyatining shakllanishi va rivojlanishi yoki darajasi o‘zgarishi ma’lum bir omillar ta’siri natijasida sodir bo‘ladi. Korxona innovatsion faoliyatini boshqarishni obyektiv va har tomonlama tadqiq etish davomida, unga ta’sir o‘tkazuvchi omillarni aniqlash va tizimlashtirish muammosi dolzarb va yetarlicha ishlab chiqilmagan bo‘ladi. Innovatsion faoliyat omili deganda, korxona innovatsion o‘sishining jadalligi va tavsifiga ta’sir o‘tkazuvchi shartlar, sabab va ko‘rsatkichlarni tushunamiz. Bunda innovatsion jarayon, ko‘plab omillarningo‘zaro ta’siri natijasi sifatida maydonga chiqadi. Ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, innovatsion faoliyatga ta’sir o‘tkazuvchi omillarning tasnifi ayni vaqtda ishlab chiqilmagan. Ko‘plab mualliflar korxonaning innovatsion faoliyatiga ta’sir o‘tkazuvchi omillarga o‘z e’tiborini qaratishgan. T.G. Filosofova o‘z asarida, sanoat korxonalarida innovatsiyalarga to‘sqinlik etuvchi quyidagi omillarni qayd etib o‘tgan:
-iqtisodiy - moliyaviy resurslar bilan kam ta’minlanganlik, davlat tomonidan kam moliyalashtirilish, innovatsiyalarni targ‘ib qilishga yuqori sarf-harajatlar, iqtisodiy xavfning yuqori darajasi, innovatsiyalar qaytimlarining uzoq muddati;
-ishlab chiqarish - malakali kadrlar yetishmasligi, yangi texnologiyalar, sotish bozorlari to‘g‘risida zarur ma’lumotlarning yo‘qligi, tashkilotning innovatsiyalarni
tezda qabul qila olmasligi, boshqa tashkilotlar, korxonalar va ilmiy tashkilotlar bilan
hamkorlikni yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi yoki yo‘qligi;
-boshqa omillar - innovatsion mahsulotga iste’molchilar tomonidan past narxdagi talab, innovatsion faoliyatda yetarlicha qonuniy va meyoriy-huquqiy asoslarning, tartibga solishning yo‘qligi, davlat tomonidan innovatsion faoliyatni yetarlicha rag‘batlantirilmasligi, sust rivojlangan innovatsion infratuzilma, texnologiya bozorida rivojlanishning yo‘qligi. innovatsion muhitiga quyidagi ta’sir o‘tkazuvchi omillarni keltirib o‘tadi va tahlil qiinladi:
-ijtimoiy infratuzilma (ishchilarning ta’lim, tibbiy va madaniy inshootlardagi
xizmatlardan foydalanish imkoniyati);
-aloqa sohasi (aloqa, axborot resurslaridan foydalanish imkoniyati mavjudligi);
-tabiiy - geografik sharoitlar (transport, moddiy-texnik, energiya, yoqilg‘i va
xomashyo resurslarining mavjudligi);
-texnologik va ilmiy-texnik soha (ishlanmalar bozorining mavjudligi, ilmiytadqiqot institutlari va boshqalarning mavjudligi);
-iqtisodiy va moliyaviy soha (innovatsion faoliyatni davlat tomonidan milliy va mintaqaviy darajada qo‘llab-quvvatlanishi, innovatsion ishlanmalardan manfaatdor
investorlarning mavjudligi);
-siyosiy-huquqiy soha (innovatsion va ilmiy-texnik sohani huquqiy tartibga solishda milliy, mintaqaviy reja va dasturlarning mavjudligi);
-xo‘jalik yuritishning strategik qamrovi (bozorning muayyan segmentida innovatsiyalarning paydo bo‘lish tezligi);
-mehnat resurslari bozori.
Bizning fikrimizcha, keltirilgan tasniflar, korxona innovatsion faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning faqatgina kichik bir qismini qamrab olgan. Shuni ta’kidlash joizki, ilmiy adabiyotlarda innovatsion faoliyatga bevosita ta’sir o‘tkazuvchi omillar aniqlangan emas.
Tadqiqotimizning asosiy maqsadi korxona innovatsion faoliyatiга ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tasniflash asosida sanoat korxonalari faoliyatini mintaqa iqtisodiyoti samaradorligiga ta’sirini aniqlash. Fikrimizcha, korxona innovatsion faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bir qator belgilariga ko‘ra tasniflashmaqsadga
muvofiq bo‘ladi. Amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida boshqaruvchanlik darajasiga ko‘ra korxona innovatsion faoliyatiga ta’sir o‘tkazuvchi omillarning quyidagi tasnifiy belgilari taklif qilin mumkin.
Kelib chiqish manbalariga ko‘ra, omillar tabiiy-iqlimiy, ijtimoiy, moliyaviyiqtisodiy, sanoat-texnologik, ilmiy-texnik va tashkiliy-boshqaruv guruhlariga bo‘linadi. Tabiiy-iqlimiy omillar sanoat korxonalari innovatsion faoliyati natijalariga katta ta’sir o‘tkazadi. Mintaqada joylashgan sanoat korxonalari innovatsion faoliyati rivojlanishi va innovatsion faoliyatning o‘sishiga suv ta’minoti, qulay iqlim, ish sharoitlar va yirik yoqilg‘i va xom-ashyo manbalarining mavjudligi katta hissa qo‘shadi. Tabiiy-iqlimiy sharoitning murakkabligi, ishchi kuchining yetishmasligi, ishlab chiqarish kuchlari, transport rivojlanish darajasining pastligi, aksincha korxona innovatsion faoliyati rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi bilan birgalikda, korxona innovatsion faoliyat darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi yuqorida keltirilgan muammolar yechimi uchun juda katta mablag‘ talab qiladi. Ijtimoiy omillarga demografik vaziyat, ijtimoiy keskinlik darajasi, ishchilarning yashash sharoiti, korxonada sog‘lomlashtirish, sport va madaniy xordik ishlarini tashkillashtirish, kadrlarning madaniy, ta’limdagi umumiy darajasi va boshqalarni kiritish mumkin. Bular korxona ishlab chiqarish resurslarining samarali va to‘laroq ko‘llanishiga, inson kapitalining koorporativ rivojlanishi va shakllanishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Korxonalardagi ITTKIni boshqarish 1950 va 1960 yillardan boshlab dolzarb masalalardan biri hisoblanadi, global raqobatlashuvni va texnologik jarayonni tezlashishi natijasida, uning muhimligi tobora ortib bormoqda. Shu borada ko‘plab olim va amaliyotchilar tomonidan menejerlar uchun ITTKI loyihalar ishlab chiqilmoqda. Xozirgi kunda korxonalarda turli xil inovasion loyihalar qo‘llanib kelmoqda, ammo ularning xammasi xam qoniqarli hisoblanmaydi. Korxonaning innovasion faoliyatni samarasini oshirish maqsadida moddiy, moliyaviy va intellectual resurslar jalb qilinadi.


Innovasiyalar yaratish jarayonida, korxona ITTKI ishlar o‘tqazadi va tashkiliy ishlab chiqarish tuzilmasini shakllantiradi. ITTKI- sistematik tarzda, inson, madaniyat va jamiyat haqida bilimlarni oshirish va ularni yangi loyihalar yaratilishiga yo‘naltirish maqsadida, olib borilayotgan ijodiy ishlarni o‘z ichiga oladi.136 Korxona olib borayotgan ITTKIlarning samaradorligi ma‘lum darajada bu jarayonni boshqarilishiga bog‘liq. Quyidagi klasterda bu jarayonni kuzatishimiz mumkin.
Innovatsiyalarni yartish jarayonida olib borilayotgan ITTKIlar o‘z ichiga fundamental, amaliy, exsperemental xususiyatga ega ilmiy tadqiqotkarni o‘tkazish hamda tajriba-konstruktorlik ishlarni bajarish kabi ishlarni qamrab oladi.
Yirik kompaniyalarning oldida ITTKIni qo‘lga kiritishning turli muqobillari vujudga keladi - ilmiy ishlab chiqarishlarning yuqori darajasiga ega kichik firmalarni yutib yuborish hisobiga, firmalararo tadqiqotchilik va ishlab chiqarish kooperatsiyasi hisobiga qo‘shma korxonalar tashkil qilish yo‘li bilan va hokazo. Yirik korxonalar kichik innovatsion biznes ustidan nazorat o‘rnatish yoki keyinchalik xarid qilish bilan moliyalashtirish uchun xatarli sarmoyalar fondini tashkil qilishi mumkin.


Download 245.52 Kb.
  1   2   3




Download 245.52 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Korxonalarda yangiliklarni ishlab chiqish, tatbiq etish va yaratishni boshqarish reja

Download 245.52 Kb.