• Kuzatuv va korsatkichlar nimadan dalolat beradi
  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!
  • Axolini daromadlari va turmush farovonligi




    Download 0.61 Mb.
    Sana28.03.2024
    Hajmi0.61 Mb.
    #180547
    Bog'liq
    Iqtisod Oygul
    Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2

    AXOLINI DAROMADLARI VA TURMUSH FAROVONLIGI
    Tayyorladi: MMT60.23 SAMINJONOVA OYGUL
    O'zbekistonda aholining moddiy, ma'naviy hamda ijtimoiy ehtiyojlari ko'rsatkichlarini ifodalaydigan “turmush darajasi” atamasi kengroq qo'llaniladi. Unga to'liq ilmiy ta'rif beradigan bo'lsak, bu jismoniy, ma'naviy va ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanish darajasi, qondirilganlik miqyosi va ularni qondirish uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks ettiruvchi kompleks ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir.
    Ma'lumki, aholi turmush darajasini barchamiz aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromadlar va iste'mol hajmi miqdorining ortishi yoki kamayishi bilan baholashga odatlanganmiz. Aslida u ancha kengroq tushuncha hisoblanadi. Lekin hozircha bu boradagi kontseptsiyalarni aholining turmush darajasi sifatini har tomonlama xarakterlab beradigan yagona ko'rsatkichga keltirish bo'yicha samarali usul mavjud emas.
    Har bir mamlakat qanday siyosiy va ijtimoiy harakatlarni amaliyotga joriy etishidan qat'iy nazar ularning yakuniy maqsadi xalq manfaatlari, aholi turmush darajasini yaxshilash, yetakchi mamlakatlar safidan joy olishga qaratiladi.
    "Turmush darajasi" tushunchasi va ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlar tizimini rivojlantirishda Birlashgan millatlar tashkiloti sezilarli hissa qo'shdi. 1960 yilda BMTning ishchi guruhi global miqyosda turmush darajasini aniqlash va o'lchash tamoyillari hakida hisobot tayyorladi. Bu keng qamrovli tizimni yaratish yo'lidagi dastlabki qadam edi. BMTning xalqaro statistika sohasidagi turmush darajasi ko'rsatkichlarining oxirgi versiyasi 1978-yilda ishlab chiqilgan va 12 ta asosiy yo'nalishni qamrab olgan.
    Bugungi kunda ham mazkur xalqaro tashkilot tomonidan dunyo aholisi turmush darajasini oshirish va kambag'allikdan aziyat chekayotgan mamlakatlarga ko'maklashish maqsadida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, BMTning Bosh assambleyasida 2000 yilda qabul qilingan “Ming yillik rivojalanish dasturi” hamda 2015 yilda tasdiqlangan “2030 yilgacha mo'ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlari dasturi” bevosita dunyo mamlakatlari aholisini iqtisodiy-ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, shuningdek, ekologiya buzilishining oldini olgan holda, aholining salomatligini asrashga qaratilgan muhim tadbirlar sirasiga kiradi.
    Kuzatuv va ko'rsatkichlar nimadan dalolat beradi?
    Uy xo'jaliklarida o'tkaziladigan tanlama kuzatuvlar respublikamizning barcha hududlarini qamrab olgan holda, yiliga jami 10000 ta uy xo'jaligida o'tkaziladi. Bunda 120 dan ortiq mutaxassis (interv`yuerlar) tomonidan bevosita oila a'zolari bilan suhbatlashish orqali ma'lumotlar olinadi.
    Farovonlik darajasining tahlili uy xo'jaliklarining iqtisodiy resurslarga egalik qilish darajasini, ularni iste'mol qilishga yoki jamg'arishga, shuningdek, ulardan birini tanlashga qodirligini aniqlashga imkon beradi.
    Agar raqamlarga e'tibor qaratadigan bo'lsak, 2020 yilning dastlabki hisob-kitoblariga ko'ra, aholi umumiy daromadlari tarkibida ishlab chiqarishdan kelgan tushumlar ulushi 71,5 foizni, shundan 69,3 foizi mehnat faoliyatidan olingan, 2,1 foizi shaxsiy iste'mol uchun ishlab chiqarilgan shaxsiy xizmatlardan olingan daromadlarni tashkil etgan
    Bozor sharoitida asosiy ish joyidan beriladigan ish haqi aholining aksariyat qismi uchun etakchi daromad manbai hisoblanadi. Aks holda u funksional rolini bajara olmaydi. Rivojlangan mamlakatlarda ish haqi aholi jami daromadining 60-80 foiziini tashkil etadi, ya'ni ularning me'yoriy hayot faoliyatini ta'minlash asosi bo'lib xizmat qiladi.
    Agar MDH mamlakatlarining aholi daromadlari tarkibini ko'radigan bo'lsak, yollanma ishchilarning ish haqi sifatida olgan daromadlari Armaniston, Belarus, Qozog'iston, Rossiya Federatsiyasida 55 dan 69 foizgacha bo'lsa, Qirg'izistonda 40 foiz atrofida, O'zbekistonda 28,8 foizni tashkil etadi. Mol-mulkdan kelgangan tushumlar 3,0 foizni, transfertlardan olingan daromadlar 25,5 foizga teng bo'lgan..
    Ma'lumki, keyingi yillarda kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektlarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida aholining ishbilarmonlikdan olingan daromadlari ulushi yil sayin oshib borib, 2020 yil yanvar`-dekabr` oylarida 58 foizga etdi. Bu ko'rsatkich 2010 yilda 50 foiz aitrofida bo'lganligi inobatga olinsa, 8 foizga ko'payganligini anglatadi.
    Mol-mulkdan olingan tushumlar kam bo'lsa-da, aholining tijorat banklariga bo'lgan ishonchining ortishi, innovatsion ishlanmalarning rivojlanishi, qolaversa, aktsiyadorlik korxonalari daromadlarining ortishi, uy-joy va boshqa ko'chmas mulk ob'ektlarini ijaraga berish va shu kabi bozor mexanizmlarining takomillashuvi tufayli aholining qo'liga kelib tushayotgan foizlar, dividendlar, mualliflik haqlari va shu kabi mulkiy daromadlar ham yil sayin ortib borayotganligini kuzatish mumkin. Masalan, 2010 yilda aholi umumiy daromadlari tarkibida mulkiy tushumlarning ulushi 2,3 foizga teng bo'lsa, 2020 yilda ushbu ko'rsatkich 0,7 foizga ko'paygan
    Kuzatuv natijalariga ko'ra, aholi daromadlarining oshishi va turmush darajasining yaxshilanishi natijasida jami iste'mol xarajatlari tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish salmog'ining barqarorlashib borishi bilan bir qatorda, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlarga sarflanadigan xarajatlar ulushi ortmoqda. Agar 2020 yil yanvar-noyabr oyidagi ko'rsatkichlarni 2000 yil ma'lumotlari bilan taqqoslaydigan bo'lsak, oziq-ovqat mahsulotlariga sarflangan xarajatlar 61,4 foizdan 48,1 foizga kamayganligini, nooziq-ovqat mahsulotlariga — 25,8 dan 32,8 foizga, xizmatlarga — 12,8 dan 19,1foizga oshganligini ko'rishimiz mumkin.
    Aholi iste'mol xarajatlari tarkibida oziq-ovqat mahsulotlariga xarajatlarning barqarorlashishi, nooziq-ovqat va xizmatlarga qilinayotgan xarajatlarning ulushi ortib borayotganligi quvonarli hol, albatta.
    E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!
    Download 0.61 Mb.




    Download 0.61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axolini daromadlari va turmush farovonligi

    Download 0.61 Mb.