|
Lecture1: Introduction
|
Sana | 17.09.2024 | Hajmi | 493,63 Kb. | | #271376 |
Bog'liq Kriptografiya fani Reja: - Axborotni himoyalashda kriptografiyaning o‘rni
- Kriptografiyaning asosiy tushunchalari
- Kriptologiyaning fan sifatida shakllanishi
Axborot xavfsizligini ta’minlash
Axborot xavfsizligi
Konfidensiallik
Butunlik
Foydalanuvchanlik
Konfidensial – ruxsat etilmagan “o‘qishdan” himoyalash
Butunlik – ruxsat etilmagan “o‘zgartirish”dan himoyalash
Foydalanuvchanlik – ruxsat etilmagan “bajarish”
Kriptologiya – axborot muhofazasi bilan shug‘ullanuvchi fan hisoblanadi
Kriptologiya (cryptos - maxfiy, logos - ilm)
Kriptografiya – axborotni aslidan o‘zgartirilgan holatga akslantirish uslublarini topish va takomillashtirish bilan shug‘ullanadi
Kriptoanaliz – shifrlash uslubini bilmagan holda shifrlangan ma’lumotning asl holatini topish masalasi bilan shug‘ullanadi
Kriptografiya Kriptografik uslublardan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari: - maxfiy ma’lumotlarni ochiq aloqa kanali bo‘yicha muhofaza qilgan holda uzatish (shifrlash);
- ularning xaqiqiyligini ta’minlash (ERI, xesh funksiyalar);
- axborotlarni (elektron xujjatlarni, elektron ma’lumotlar jamg‘armasini) kompyuterlar tizimi xotirasida shifrlangan holda saqlash (shifrlash);
- va shu kabi masalalarning yechimlarini o‘z ichiga oladi.
- Shifr yoki shifrlash tizimi ochiq matnni shifrlaydi;
- Shifrlash natijasida shifrmatn olinadi;
- Deshifrlash shifrmatnni ochiq matnga o‘zgartiramiz;
- Kalit kriptotizimni sozlash uchun foydalaniladi;
- Simmetrik kalitli kriptotizimlar shifrlash va deshifrlashda aynan bir - xil kalitdan foydalanadi;
- Ochiq kalitli (assimetrik) kriptotizimlar shifrlash uchun ochiq kalitdan deshifrlash uchun esa maxfiy kalitdan foydalanadi.
Kriptografiyaning asosiy bo‘limlari
Simmetrik shifrlash tizimlari
Ochiq kalitli shifrlash tizimlari
Elektron raqamli imzo algoritmlari
Kalitlarni boshqarish
- Simmetrik kriptotizimlarda shifrlash uchun ham, deshifrlash uchun ham bir xil kalitdan foydalaniladi. Misol uchun:
- AES (Advanced Encryption Standart – AQSHda ma’lumotlarni shifrlash standarti);
- ГОСТ 28147-89 (Rossiyada ma’lumotlarni shifrlash standarti);
- O‘z DSt 1105:2009 (O‘zbekiston Respublikasi shifrlash standarti).
Ochiq kalitli shifrlash tizimlari - Ochiq kalitli kriptotizimlarda ikkita kalitdan foydalaniladi, ya’ni o‘zaro matematik bog‘liq bo‘lgan ochiq va yopiq kalitlardan. Bunda ma’lumotlar yuboruvchi shaxsning ochiq kaliti bilan shifrlanadi va ma’lumot qabul qiluvchi shaxsning o‘zigagina ma’lum bo‘lgan yopiq kalit bilan deshifrlanadi.
Misol uchun: - RSA (Rivest-Shamir-Adleman nomidan olingan bo‘lib, katta tub sonlarning matematik xususiyatlariga tayanadi);
- ElGamal (Taher El Gamal tomonidan taklif etilgan bo‘lib chekli maydonda diskret logarifmlarni hisoblash qiyinligiga asoslangan).
- Kalitlarni taqsimlash va boshqarish – Kriptobardoshli kalitlarni ishlab chiqish yoki yaratish, ularni muhofazali saqlash, hamda kalitlarni foydalanuvchilar orasida muhofazalangan holda taqsimlash jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
Elektron raqamli imzo - Elektron raqamli imzo – electron matnga ilova qilinadigan kriptografik almashtirishdan iborat bo‘lib, shu elektron matn jo‘natilgan shaxsga qabul qilingan elektron matnning va matnni raqamli imzolovchining haqiqiy ekanligini aniqlash imkonini beradi.
Kriptologiyaning fan sifatida shakllanishi
Zamonaviy shifrlar (kompyuter davri)
DES (1973 yil),
Enigma shifri, RSA shifri
Klassik shifrlar (qadimiy davrlar)
Sezar shifri (o‘rniga qo‘yish)
Замонавий шифрлар (1- jahon urushi davrlari)
Zimmermann telegrafi,
Enigma shifri
Klassik shifrlar (O‘rta davrlar)
Vijner shifri (ko‘p alfavitli )
SHA tarixi
Zimmermann телеграфи E’tiboringiz uchun rahmat!
|
| |