Lokal va global kompyuter tarmoqlarining arxitekturasi




Download 168,31 Kb.
bet1/3
Sana12.10.2024
Hajmi168,31 Kb.
#274818
  1   2   3
Bog'liq
m9

Lokal va global kompyuter tarmoqlarining arxitekturasi

Reja:

  • Lokal va global kompyuter tarmoqlarining arxitekturasi , topologiyasi va infratuzilmasi, ularning texnikaviy, dasturiy va axborot ta’minotlari.
  • Internet xizmatlari

Abonent tizimlarining hududiy joylashuviga qarab kompyuter tarmoqlari (KT) ni 3 turkumga ajratish mumkin:

  • Lokal tarmoqlar (LAN — Local Area Network) — bir xonadagi, binodagi, uncha katta bo'lmagan hududdagi kompyuter tarmoqlari (2,5 km gacha bo'lgan masofada birlashtirilgan kompyuterlar);
  • mintaqaviy kompyuter tarmog'i — bir-biridan ancha uzoqda joylashgan kompyuterlar va lokal tarmoqlami o'zaro bog'laydi. U kata shahar, iqtisodiy mintaqa va alohida mamlakat doirasidagi abonentlarni o'z ichiga olishi mumkin;
  • global tarmoqlar turli mamlakatlar yoki qit'alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi.

Lokal va global tarmoqlarning xususiyatlari. Tarmoq topologiyasi.

Alohida tugunlarni tarmoqda ulash usullari tarmoq topologiyasi deyiladi. Odatda, uchta topologiya qo'llaniladi:

1. Umumiy shina. Bu holda lokal tarmoqdagi barcha kompyuterlar bitta aloqa chizig'iga parallel bog'lanadi. Bunday shinalarni boshqarish ham alohida, ham markazlashgan bo'lishi mumkin. Markazlashgan boshqaruvda tarmoqqa maxsus kompyuter-hakam ulanadi, uning vazifasi tarmoqda axborotni uzatishni boshqarishdir. Alohida boshqaruvda hamma kompyuterlar bir xil maqomga ega, ular mustaqil ma’lumotlarni uzatish kanalini boshqaradi.


2. Halqa. Bu holatda barcha kompyuterlar yopiq halqasimon, ketma-ket bog'lanadi. Bunda xabar birin-ketin kompyuterdan kompyuterga uzatiladi. Xabarni uzatgan kompyuter yana o'sha xabarni qayta qabul qilmaguncha, jarayon davom etaveradi.
3. Yulduzcha. Yulduzcha topologiyaga ega tarmoqlar markaziy tugunga (kommutator yoki konsentratorga) ega. Mazkur markaziy tugunga qolgan barcha kompyuterlar ulanadi. Dastlab uzatilgan xabar ana shu qurilmaga kelib tushadi, so'ng boshqa kompyuterlarga uzatiladi.
Bog'lash uchun qo'llaniladigan kabellar uzatish muhiti deb yuritiladi. Masalan:
— koaksial kabellar (coaxial cable), ular televizion antennaga juda o'xshash;
— juftli o'ram (tvisted pair) telefon simini eslatadi;
— optik tolali kabel (fiber-optic cable). Eng ishonchli va tez, shu bilan birga juda qimmat kabel turi.
Lokal tarmoqlarning qo'llanish sohasi juda keng. Bunga ofis ishlarini avtomatlashtirish, korxona boshqaruv sistemalari, loyihalarni avtomatlashtirish texnologik jarayonlari va robototexnika komplekslari, bank va axborot sistemalari, elektron pochta sistemalarini boshqarish kiradi.
Kompyuter tarmoqda ishlashi uchun uni sozlash jarayoni quyidagicha:
Avvalo kompyuterda tarmoq plata (karta) borligiga ishonch hosil qilish darkor.
Yuqorida sanab o‘tilgan simlar orqali va maxsus HUB (Switch) qurilmasidan foydalangan holda kompyutemi tarmoqqa ulash. HUB lar xonadagi kompyuterlami bir-biri bilan bog‘lash uchun kerak bo‘lsa, Switchlar binolar orasiga qo'yiladi.

Download 168,31 Kb.
  1   2   3




Download 168,31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Lokal va global kompyuter tarmoqlarining arxitekturasi

Download 168,31 Kb.