• Kalit so’zlar
  • Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son qarori.
  • Maktabda til va adabiyot: muammo va yechimlar




    Download 45.5 Kb.
    Sana23.05.2023
    Hajmi45.5 Kb.
    #63801
    Bog'liq
    8. Rustamova Gulmira Mahmudjon qizi
    O‘RQ-518 06.02.2019, N. ismatova, O. Karimova davlat va huquq asoslari, Ikkinchi va uchinchi tartibli determinantlar. Determinantlarni h, Ismatullayev Samandar MB-2 (1), Nazorat ishi kitob 7-11(1)(1), madaminovamubina, 1 labaratoriya zamonaviy, 1678966370, Statistika (1), 3af246d441c8e9fcca40daa88bc92858, 001 1mavzu 2 kurs adabiyot, gggggg, axborot, озода, М А Ъ Л У М О Т Н О М А

    MAKTABDA TIL VA ADABIYOT: MUAMMO VA YECHIMLAR
    Rustamova Gulmira Mahmudjon qizi
    Jo’rayeva Xurshida Nosirjonovna
    53-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari
    Farg’ona viloyati Bag’dod tumani
    Annotatsiya. Maqolada maktab til va adabiyot ta’limidagi ayrim muammolar, ularning kelib chiqish omillari va yechimiga oid fikrlar bayon etilgan. Taklif hamda mulohazalar bildirilgan.
    Kalit so’zlar: boshlang’ich ta’lim, pedagogik texnologiya, notiqlik, ta’lim sifati, badiiy kamolot, adabiy ta’lim, bo’lib o’qitish, rag’batlantirish.
    Ona tili va adabiyot fanlari bilan o’quvchi ilk maktab davridanoq tanishadi. Faqatgina boshlang’ich ta’limda adabiyot fani o’qish fani sifatida namoyon bo’ladi. Yuqori sinflarga o’tishlari bilan o’qish fani orqali boshlang’ich ta’limda berilgan mavzularni to’ldirish, anglab yetish qiyin bo’lgan adabiy-badiiy matnlar ustida ishlash ko’nikmalarini o’stirish maqsadlarini ham ko’zda tutgan holda adabiyot o’qitila boshlanadi. Fan o’qituvchisi oldiga ham bir qator talablar qo’yiladi. Ona tili va adabiyot fanlari o’qituvchisi fanini mukammal bilgani holda pedagogik texnologiyalardan foydalana olish mahoratiga ega va notiqlik san’atidan ham boxabar bo’lishi kerak. Fikrimcha, o’qituvchi bilimi hamda pedagogik texnologiyalarni to’g’ri qo’llay olishi darsning samaradorligiga tayanch hisoblansa, o’qituvchi nutqidagi yetuklik ta’lim samaradorligini ta’minlaydi. O’quvchilarga o’rganiladigan mavzular yuzasidan puxta va salmoqli bilimlar bera olish uchun pedagogning o’zi ana shu bilimlar bilan qurollanmog’i lozimdir.
    Kishining so’zida o’zi aks etishi sir emas, albatta. Mana shu nuqtayi nazardan olib aytadigan bo’lsak, yuqori sinfga o’tgan o’quvchilarga ona tili va adabiyot fanlarining o’qitilishi mohiyati namoyon bo’ladi. O’z tili va adabiyotini, xalqi ruhiyatini bilmagan inson boshqa tilni chuqur anglab yetishi dargumon. Shunday ekan, bolani tilni sevish, adabiyotni anglashga yo’naltirish, 5-sinfdanoq o’quvchini lingvistik, nutqiy va tayanch kompitensiyaviy savodxonliklarini takomillashtirib borish har bir filolog mutaxassisning bosh vazifasi. Ammo o’qituvchi oldida turgan bir qator muammolar borki, ular ta’limning sifat-samaradorligidagi ijobiylikni kamaytirayotir.
    Maktab ona tili ta’limiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, 5-sinfda haftasiga 6 soat ona tili fani o'qitiladi, biroq o'qituvchi sinfdagi 30-35 ba'zan esa 38 nafar o'quvchiga fan mavzusini yetkazib berishda muammolarga duch kelmay qolmaydi. Darsning o’z tarkibiy qismlari mavjudligi, bu jarayonlarda esa o’quvchi o’z bilimi va layoqatiga ko’ra baholanishi shart. O’gzaki va yozma rag’batlantirish ham o’quvchilardagi fanga bo’lgan qiziqishning ortishi uchun muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Shu sababli o’qituvchining ko’p sonli o’quvchilar sinfiga dars o’tayotgan chogidagi birgina o’quvchini baholashga ulgurmagani ham bolaning ruhiyatiga ta’sir etadi. Natijada bolaning fanga qiziqishi susayadi, vazifalarni bajarish va dars materiallarini anglashni xohlamaydi. To’gri, ona tili fani o’qituvchilari o’quvchini baholashda sustkashlikning oldini olish, hech bir o’quvchini e’tibordan chetda qolmasligi nazorati uchun ham birinchi va ikkinchi daftarlarni yuritilishini amaliyotga joriy etishgan. Daftarlar ma’lum muddatlarda yig’ib olinadi, tekshirilib, baholanadi, Biroq bu jarayonda o’quvchi o’z xatolarini emas qancha va qanday baho olganini bilishga qiziqadi, xolos. Darsga o’quvchining ishtiyoqi 5-sinfdan shakllanmas ekan, 7-8-9-sinflarda ona tili dars soatlari qisqarib, mavzular ko’lami kengayganida uni tarkib toptirish muammosi ortib borsa boradiki, kamaymaydi.
    Adabiy ta’limda ham adabiy-badiiy asarni o’qitish jarayonida ham barcha o’quvchini tez, aniq tarzda bilimini sinash va baholash, kerakli ma’lumotlar, manbalarni o’quvchiga yetkazish uchun sinfxonaning jihozlanishidagi kamchiliklarni ham e’tirof etish lozim. Maktablarda sinfxonalarning yetishmasligi bois, o’quvchilar bir sinfda 5-6 soat dars o’tishadi. Faqatgina xorijiy tillar uchungina o’quvchilar belgilangan xonalarga chiqishadi. Demakki ona tili va adabiyot uchun maxsus jihozlangan xonada o’tilmagan dars ham ta’lim samaradorligiga putur yetkazmay qolmaydi.
    O’z ona tili va adabiyotini mukammal bilmay turib boshqa tilni o’zlashtirish mumkin emasligi hech kimga sir emas. Bugun zamon o’zgarmoqda, shu o’rinda ko’proq tillarni biluvchi kadrlarga ehtiyoj ham ortmoqda. Shunday ekan, bilimi va salohiyati yuksak, nutqi ravon, barkamol yoshlarni jamiyatimiz uchun tarbiyalash shini til va adabiyot ta’limini mukammallashtirishdan boshlash kerak. Bu uchun esa horijiy tillarni o’qitishdagi kabi ona tili fanini ham sinfning bo’linish tartibi asosida ikkiga ajratib, alohida shakllantirilgan dars xonalarida o’tish lozim. O’quvchilarni bilimiga qarab tabaqalash asosida guruhlarga ajratish ham maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunda faol va sayozroq o’zlashtirayotgan o’quvchilar ajratilib alohida guruhlar shakllantiriladi. Ana shunda o’qituvchi guruhidagi o’quvchilari bilan erkin va mazmunli fikr almashishi, bilim berishi uchun vaqt yetarli bo’ladi. Guruhlararo musobaqalar o’quv yili davomida o’tkazilishi belgilanib olinsa, darslarda o’quvchilar g’oliblik maqsadi yo’lida izlanadilar, o’rganadilar. Avloniy ta’biri bilan aytadigan bo’lsak: “Fikr yaxshi tarbiyat topib, olmosday yorqin va o’tkir bo’ladi”.
    Foydalanilgan adabiyotlar
    1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son qarori.
    2. Maktab ona tili va adabiyot fani darsliklari
    3. www.ziyouz.com
    Download 45.5 Kb.




    Download 45.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktabda til va adabiyot: muammo va yechimlar

    Download 45.5 Kb.