|
Ma’lumotlar bazasi
|
Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 366,83 Kb. | | #154680 |
Bog'liq Ulug\'jon
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Ma’lumotlar bazasi
1-amaliy ish
Guruh: 071-21
Bajardi: Normurodov Ulug’jon
Toshkent 2023
1-Amaliy ish
Qurilmaga ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarini o’rnatish
MySQL ma’lumotlar bazasini biz Wampserver dasturi orqali o’rnatamiz. Buning uchun o’rnatish paketini ochamiz:
Qurilmaga ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarini o’rnatis
MySQL ma’lumotlar bazasini biz Wampserver dasturi orqali o’rnatamiz.
Buning uchun o’rnatish paketini ochamiz Keyin, Next tugmasini bosamiz va keyingi oynadan litsenziya kelishuviga rozi ekanligimizni tanlaymiz:
Bu oynadan esa wampserver ni o’rnatishimiz kerak bo’lgan bo’lgan joyni tanlaymiz va yana Next tugmasini bosamiz
Endi esa, Asosiy (Пуск) Endi esa, Asosiy (Пуск) menyusida va Ishchi stolimizda ikonkasini ya’ni yorliq yaratishni tanlashimiz kerak. Bu ixtiyoriy:
Shu bilan bizdan o’rnatishga tayyor ekanligimizni so’rayapti. Shunda biz Install tugmasini bosamiz .
Dastur o’rnatib bo’lishini kutamiz va dasturni o’rnatib bo’lgandan so’ng vazifalar paneli (Taskbar) ning o’ng tarafida wampserver dasturining ikonkasi paydo bo’ladi. Uning ustiga bir bosib MySQL => MySQL Console orqali asosiy ishchi maydonimiz ya’ni MySQL ma’lumotlar bazasining konsoliga kirishimiz mumkin.\
Ma`lumotlar bazasida quyidagi munosabatlar mavjud:
1. Birga – bir (1:1)munosabat. A va V ob`ektlar to`plami orasida 1:1 munosabat o`rnatilgan deyiladi, agarda A ob`ektning har bir nusxasiga V ob`ektning bitta nusxasi mos kelsa, va aksincha, V ob`ektning har bir nusxasiga A ob`ektning bitta nusxasi mos kelsa.
2. Birga – ko`p (1:n) munosabat. A va V ob`ektlar to`plamida A ob`ektning har bir nusxasiga V ob`ektning bir nechta nusxasi mos kelsa, shu bilan birga V ob`ektning har bir nusxasiga A ob`ektning bittadan ko`p bo`lmagan nusxasi mos kelsa shunday munosabat hosil bo`ladi.
3. Ko`pga – bir (n:1) munosabat A va V ob`ektlar to`plami orasida o`rnatilsa, unda A ob`ektning har bir nusxasiga V ob`ektning ko`pi bilan bitta nusxasi mos keladi. V ob`ektning nushalari orasida shundaylari mavjudki, ularga A ob`ektning bir nechta nusxasi mos keladi.
4. Ko`pga – ko`p (m: n) munosabat. A va V ob`ektlar orasida shunday munosabat o`rnatilgan deyiladi, agarda A ob`ektning har bir nusxasiga V ob`ektni bir nechta nusxasi mos kelsa va aksincha.
Relyatsion yondashuv asosiy tushunchalari:
Ma‘lumotlar toifasi – relyasion MB saqlanadigan ma‘lumot qiymatlari;
Domen – domenlar ma‘lumotlarni ayrim asosiy turlarini aniqlash orqali o‘rnatiladi;
Atributlar – jadval ustunlar nomlari;
Bog‘lanish – relyation so‘zidan olinib munosabatni bildiradi;
Birlamchi kalit – bu kalit tashqi MB bilan bog‘lanishni o‘rnatish uchun xizmat qiladi.
Relyatsion MB munosabatlarni o`zaro bog`langan to`plamidir.
Har bir munosabat kompyuterda fayl ko`rinishida tasvirlanadi.
|
| |