|
Ma’lumotlarning intellektual tahlili
|
bet | 1/3 | Sana | 04.01.2024 | Hajmi | 367,56 Kb. | | #129894 |
Bog'liq MIT 2topshiriq nazariy
Ma’lumotlarning intellektual tahlili
Respublikamizda barcha soha singari axborot kommunikatsiya va kompyuter texnologiyalarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Hozirgi kunda vujudga kelgan obyektlarni tahlil qilish bilan bog‘liq axborotlarning kun sayin ortib borishi, yangicha usullarning ko‘payishi ma’lumotlarni intellektual tahlillash masalalarining samarali yechimlarini olishga bo‘lgan ehtiyojni keltirib chiqarmoqda. Intellektual tahlillash usullari yordamida ma’lumotlarga dastlabki ishlov berish, ish sifatini yaxshilash hamda ulardagi yashirin qonuniyatlarni aniqlash kabi masalalar hal etiladi. Timsollarni aniqlash sifatini
oshirish va hisoblash xarajatlarini kamaytirishning yondashuvlaridan biri o‘quv ma’lumotlarini oldindan tahlil qilishdir. Ushbu tahlilning asosiy maqsadi ta’lim majmuasining asosiy informatsion xususiyatlarini baholash, xususan, belgilarning vazni (informativligi)ni aniqlashdan iborat. Tanib olish - kirish va chiqishga ega bo‘lgan ba’zi bir axborotni o‘zgartiruvchi (intellektual axborot kanali, tanib olish tizimi) tomonidan amalga oshiriladigan axborot jarayonidir. Tizimning kiritilishi taqdim etilgan obyektlar qanday xususiyatlarga ega ekanligi haqidagi ma’lumotlardir. Tizimning chiqishida aniqlangan obyektlar qaysi sinflarga
(umumlashtirilgan timsollar) tayinlanganligi haqida ma’lumot ko‘rsatiladi. Timsollarni aniqlashning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish va ishlatishda bir qator vazifalar hal qilinadi. Ushbu vazifalarning formulalari va to‘plamning o‘zi turli mualliflar bilan mos kelmaydi, chunki bu ma’lum darajada u yoki bu tanib olish tizimi asoslangan aniq matematik modelga bog‘liq. Bundan tashqari, ma’lum bir tanib olish modellarida ba’zi vazifalar yechimga ega emas va shunga mos ravishda qo‘yilmaydi. Bunday vaziyatlarda timsollarni aniqlash tizimida turli intensial usullarni qo‘llash ijobiy natijalarni beradi. Zamonaviy intellektual tizimlarning yanada takomillashtirilishi uchun predmet soha obyektlari haqidagi axborotlarni
Chuqur o‘rganishda zamonaviy o‘lchov asboblaridan foydalanib, belgilar fazosini shakllantirish, dastlabki ishlov berish, tahlil qilish masalalarini yuqori aniqlikda hal etishni taqozo etadi. O‘rganilayotgan obyekt haqidagi axborotlarni intellektual tahlil qilish maqsadida ularni xarakterlovchi belgilarni to‘g‘ri aniqlash va o‘lchash, ularning qiymatlar sohasini aniqlash va shkalalashtirish muammolarining hal etilishi uning real holatini yoritishda muhim omil hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi PQ-4996-sonli “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq, barcha jabhalarda ushbu sohaga juda katta e’tibor berilmoqda. Shu sababli, favqulodda vaziyatlarga oid axborotlarni intellеktual tahlil qilish masalasi hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ma’lumotlarni intellеktual tahlil qilishda asosan, baholarni hisoblash algoritmlari, qaror qabul qilish, bashoratlash, nazorat va o‘quv tanlamalar, korrelyatsiya-regression tahlil kabi tushunchalardan keng foydalaniladi. Bashoratlash
– bu metodologiya butun mantiqi va spetsifikasi bilan maqsadli tematik tadqiqot bo‘lib, ham sifat, ham miqdor tahlillarini o‘z ichiga oladi hamda unda, ishlab chiqarishning pirovard natijalaridan qat’i nazar, mustaqil ilmiy ahamiyat kasb etadi. Uning ko‘rsatkichlar doirasi kelgusidagi ko‘rsatkichlar doirasidan jiddiy farq qilishi mumkin. Bashoratlash sohalari juda keng: geografik, geologik, ekologik, iqtisodiy, sotsial, tashqi-siyosiy, yuridik va hokazolar. Korrelyatsiya tahlili (korrelyatsiya - o‘zaro nisbat) alohida belgilar (ko‘rsatkichlar) o‘rtasida munosabatlar (bog‘lanish) mavjud bo‘lganida qo‘llaniladi, ya’ni bir belgini o‘rtacha qiymati boshqa ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi bilan o‘zgaradi. Korrelyatsiya tahlili ko‘rsatkichlarning o‘zaro aloqalarini aniqlash va analitik formasini (tenglamasini) ifodalash (tendensiyasini), ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi munosabatlarning zichligini (kuchini) baholash imkonini beradi. Munosabatlar (bog‘lanishlar) zichligi korrelyatsiya koeffitsienti yordamida aniqlanadi. Regressiya tahlili esa – statistik ma’lumotlar bo‘yicha statistik miqdorlar o‘rtasidagi regressiya bog‘lanishlarini o‘rganish usulidir. Matematik statistikada regressiya deb qandaydir miqdorning o‘rtacha ko‘rsatkichini boshqa bir ko‘rsatkichdan, yoki bir necha ko‘rsatkichlardan bog‘lanishiga aytiladi.
Ushbu ilmiy maqolada chiziqli regressiya tahlil usuli qo‘llanilgan. Bunda avvalo o‘quv tanlanmani yaratib olish zarur bo‘ladi:
|
| |