• Mundarija
  • II bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini masalalar yechishga o’rgatish metodikasining umumiy masalalari.
  • Xulosa.
  • Mamatqulova gulmiraning




    Download 0.52 Mb.
    bet1/8
    Sana14.06.2023
    Hajmi0.52 Mb.
    #72672
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Boshlang’ich sinf o’quvchilarini iqtisodiy masalalar yechishga o’rgatish metodikasi GULMIRA
    7-sinf uchun test xxxxxxx, YOPISHQОQ SUYUQLIK GIDRОDINАMIKАSI 1111, 2-Мавзӯъ Информатика 2 тақдимот 2, MASOFAVIY TA’LIM TUSHUNCHASI. MASOFAVIY TA’LIMNING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI TARIXI. IMKONIYATLARI VA AFZALLIKLARI, Doc1, Hujayra va hujayra nazariyasi, shaxsiy kompyuter (4), Bayroq haqida, 3-grade cw pagenumber watermark, 9-grade cw pagenumber (1), Adabiyot-togarak, Amaliy mashg’ulot ¹2 mavzu 10 mb LI ethernet texnologiyasini hi, 10-mavzu. Texnik tizimlarda tarmoq xavfsizligi. Reja 1, Amaliy mashg’ulot №7-fayllar.org



    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
    ____________________________________FAKULTETI
    _____________________________________YO’NALISHI
    _____- GURUH TALABASI
    MAMATQULOVA GULMIRANING
    ________________________________fanidan
    KURS ISHI
    Himoyaga tavsiya etaman
    Boshlang’ich ta’lim fakulteti
    Dekani ____________X.Norbo’tayev
    ______”_____________________
    Mavzu: ________________________________________________________________________________________________________________________________
    Talaba:____________________________
    Kurs ishi rahbar:___________________
    Himoyaga tavsiya etaman
    Boshlang’ich ta’lim____________
    Kafedrasi mudiri
    ________ _________________
    ____” _________________
    Termiz 2023 – yil
    Boshlang’ich sinf o’quvchilarini iqtisodiy masalalar yechishga o’rgatish metodikasi

    Mundarija:


    Kirish.
    I bob. O’quvchilarni masalalar yechishga o’rgatishning nazariy asoslari.

      1. Boshlang’ich sinf matematika kursida matnli masalalar.

      2. Masalani yechishga o’rgatishning asosiy bosqichlari.

    II bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini masalalar yechishga o’rgatish metodikasining umumiy masalalari.


      1. Matematik masalalar va ularning turlari.

      2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida masala yechish ko’nikmasini shakllantirish metodikasi.

    Xulosa.


    Foydalanilgan adabiyotlar.

    KIRISH


    Kurs ishining dolzarbligi: Mustaqil huquqiy demokratik jamiyat qurish haqida fikr yuritganda bu jamiyatda uning to’laqonli a’zosi shaxs qanday bo’lish kerakligi va unda ta’lim jarayoni qanday ro’l o’ynashi haqida jiddiy o’ylash lozim bo’ladi.

        1. Oliy ta’lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish bo’yicha eng muhim vazifalar etib quyidagilar belgilansin:

    Har bir oliy ta’lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o’rnatish, o’quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg’or pedagogik texnologiyalar, o’quv dasturlari va o’quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, o’quv-pedagogik faoliyatga, master- klasslar o’tkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o’qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, ularning bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari magistrant, yosh o’qituvchi va ilmiy xodimlarining stajirovka o’tashlarini, professor- o’qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;2
    Bugungi kunda o’quv jarayoni sifati va samaradorligini tubdan oshirish maqsadida bir qator yangi qarorlar qabul qilinmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017- yil 20- apreldagi PQ – 2909 – sonli qarori oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no- mazmunini tubdan qayta ko’rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan.
    Professor-o’qituvchilarning kasb mahoratini, pedagog xodimlarning malakasini oshirish, shuningdek, ularning xorijiy hamkor oliy o’quv yurtlarida malaka oshirishi, magistratura, doktoranturada ta’lim olishi hamda respublikamizning tayanch oliy o’quv yurtlari qoshida qayta tayyorgarlikdan o’tishi va malaka oshirishi.
    Mazkur dasturda, asosan, mamlakatimizning har bir oliy ta’lim muassasasi bilan AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Rossiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va shu kabi boshqa davlatlarning yetakchi ilmiy-ta’lim
    muassasalari bilan hamkorlik aloqalarining o’rnatilgani o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Shu asosda har yili 350 nafardan ortiq xorijlik yuqori malakali pedagog va olimlarning mamlakatimiz oliy o’quv yurtlari o’quv jarayoniga jalb etilishi ko’zda tutilmoqda.3
    Akademik litseylarda o’quv jarayoni sifati va samaradorligini tubdan oshirish, akademik litseylarda umumta’lim maktablarining eng qobiliyatli bitiruvchilarini jamlash, umumta’lim maktablari bitiruvchilarining tanlangan kasblar va mutaxassisliklarni egallab olishga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun shart- sharoitlarni yanada kengaytirish maqsadida “O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017- yil 14- martdagi PQ – 2829 - sonli O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, umumiy o’rta ta’limga qo’yilayotgan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda umumiy o’rta ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish to’g’risidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, umumiy o’rta ta’limning o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzviy aloqadorligini ta’minlash maqsadida “Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2017- yil 15- mart 140 -sonli O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining qarori, “Ta’lim to’g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, umumta’lim fanlarini o’qitishning uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini kompetentsiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o’quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil etish maqsadida “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 2017- yil 6- apreldagi 187-sonli O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining qarori qabul qilindi.
    An’anaviy o’qitish metodikasida o’quv materiallari asosan matn va formulalar ko’rinishida berilib, o’quv materiallarini namoyish qilish imkoniyati deyarli mavjud emas. Bunday ko’rinishda berilayotgan o’quv materiallarini o’quvchi tomonidan o’zlashtirish asosan ketma-ket ravishda amalga oshiriladi, shu sababli ularni esda qoldirish va o’zlashtirish juda sust bo’ladi.
    Yangi o’qitish metodikasida o’quvchilarga berilayotgan materiallarni qayta kodlashtirish va o’zlarining modelini yaratish masalalari yuklanmaydi. Bu o’qitish metodikasida o’quv materiallari matn va formula ko’rinishi bilan bir qatorda, obrazlar ko’rinishida ham taqdim etiladi. Bu ma’noda axborot texnologiyalari asosida o’quv materiallarini obrazli ko’rinishda taqdim etishda ularga har xil ko’rinishdagi ranglar, harakat, ovoz kabi elementlarni kiritish o’quvchilarning o’quv materiallarini qabul qilish jarayoni samaradorligini oshirish bilan birga, berilayotgan materiallarni tahlil qilish, taqqoslash hamda abstraksiyalash kabi muhim sifatlarni rivojlantiradi. O’quv materiallarini obrazlar ko’rinishida taqdim etish uchun ularni axborot texnologiyalaridan foydalanib, elektron-didaktika asosida elektron kitob, darslik, kurs va virtual stend ko’rinishida yaratish yuqorida qo’yilgan masalalarni ijobiy hal etishga olib keladi.
    Xorij va vatanimizdagi axborot-pedagogik texnologiyalarning pedagogik asoslari bo’yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, axborot- pedagogik texnologiyalar elektron-didaktik (animatsiya) ko’rinishidagi funksiyalarga asoslanib ular:

    • qulay ko’rinishda bo’lgan o’quv materiallarini tushunib yetishga, berilgan ma’lumotlar haqida tushuncha va tasavvur hosil qilishga;

    • ko’p ma’lumotlarni olish, ya’ni ma’lumotlarni to’g’ridan-to’g’ri olish imkoniyati mavjudligiga;

    • o’quv jarayonini yengillashtirishga, ya’ni kam vaqt sarf qilib ko’p ma’lumotlarga ega bo’lishga;

    • moslashtiruvchanligiga, ya’ni o’quv jarayonini tashkil qilish uchun qulay

    bo’lgan animatsiyalarni ko’rsatish, mustaqil ishlash uchun kompyuter texnologiyalaridan foydalanish va guruh-guruh bo’lib bilim olishni tashkillashtirish masalalarining yechimini topishga qaratilganligini va ularda ikki turdagi, ya’ni informatsion va pedagogik yondashishlarni ko’rish mumkin. Ta’lim tizimida axborot-pedagogik texnologiyadan foydalanish uning yangi sohasi, ya’ni ta’limning elektron didaktik shakli paydo bo’lishiga asos solib, unda: o’quv fanlarining boblarini ajratib, elektron ko’rinishda tasvirlash, elektron o’quv adabiyotning ma’ruza va amaliy darslar qismini ularning vazifalaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqish, elektron o’quv adabiyotni baholash mexanizmini yaratish va tadbiq etish, elektron o’quv adabiyotlar asosida virtual stendlar yaratish va o’quv jarayoniga qo’llash, elektron o’quv adabiyotni qo’llash orqali o’qitishning umumiy saviyasini aniqlash kabi imkoniyatlar yaratilishi ko’rsatilgan.
    Boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematika darsligida juda ham ko’p uchraydigan masalalar va ularning yechimlarini topish haqidagi ma’lumotlarni biz 1-sinfdayoq ularga o’rgatib, ulardagi bilish va fikrlash qobiliyatini o’stirib borishimiz juda ham muhimdir. Masala yechishga o’rgatishning muhimligi shundan iboratki, o’qituvchi o’zining asosiy e’tiborini matnli masalalar mazmunini matematika tiliga ko’chirishga qaratmog’i lozim. Masalan, agar biz o’quvchilarda qo’shish haqida to’g’ri tushuncha shakllantirishni xohlasak, buning uchun bolalar yig’indini topishga doir yetarli miqdorda iqtisodiy masalalarni deyarli har gal to’plamlarni birlashtirish amalini bajarib borishi lozim.1-sinfda bir va ikki amalli masalalar o’rgatiladi. Masalalar yechishdagi hisoblash ishlari sonli masalalarni yechish malakalarini shakllantirish mashq qilishga nisbatan kamroq vaqtni talab qiladi. Masalan, biz o’quvchilarga masalaning yechimlari haqida to’liq tushuncha berganimizdan so’ng, bu yechgan masalamizning o’quvchi tushunib yecha olishi uchun biz masalaning eng ratsional qismini aniqlab va shu usulda masala yechishga ko’proq o’quvchini jalb qilishimiz kerak.
    Boshlang’ich sinflar uchun matematika dasturida bolalarni masalalarni yechishga o’rgatishga katta ahamiyat bergan. Bu dasturda bolalarga masalalarni yechishda ular oldindan o’rgangan arifmetik amallarning xossalaridan foydalanishi va o’zlariga ma’lum bo’lgan usullardan eng ratsionalini tanlay olishga o’rgatish zarurligi ta’kidlangan. Shuning uchun biz ushbu mavzu ya’ni boshlang’ich sinflarda matematikadan iqtisodiy masalalarni yechishda o’quvchilar qiziqishini shakllantirish yo’llarini ushbu

    Download 0.52 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0.52 Mb.