|
Manfaatlar to‘qnashuvi nima?
|
Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 286,96 Kb. | | #251205 |
Bog'liq Документ Microsoft Word (2)
Manfaatlar to‘qnashuvi nima?
shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat
Axborotni muxofaza kilishning apparat vositasi nima bu?
Axborotni muhofaza qilishning apparat vositasi – bu, maxsus himoya qurilmasi yoki axborotni qayta ishlash texnik vositasining komplektiga kiruvchi kurilma.
ISO 37001:2016 Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi xaqida nima bilasiz?
xalqaro standart bo‘lib, tashkilotga korrupsiyaga qarshi kurash tizimini boshqarishda yordam beradi. Ushbu standart 2016 yilda Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) (ISO Loyiha qo‘mitasi ISO/PC 278) tomonidan e’lon qilingan boshqaruv tizimining standartidir. Standart korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini (ABMS) tashkil etish, joriy etish, boshqarish, qo‘llab-quvvatlash va doimiy ravishda takomillashtirishga qaratilgan talablarni belgilaydi. Shuningdek, tashkilot ushbu standart talablariga rioya qilish uchun qanday harakatlar va yondashuvlarni amalga oshirish to‘g‘risida ko‘rsatma beradi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining asosiy tamoyillari nimalar?
qonuniylik va korrupsiyaga toqatsizlik, fuqarolar xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, ochiqlik va shaffoflik, tizimlilik, to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbarga murojaat qilish;
Tarmoklararo ekran nima uchun ishlatiladi?
Tarmoqlararo ekran himoyalangan KTga kelib tushayotgan va undan chiqib ketayotgan axborotlarni nazorat qilish uchun qo‘llaniladi.
Nima uchun Isikava diagrammasini tuzish kerak?
Muammolarning kelib chiqish sabab-oqibatlari bilan aloqalar o‘rnatish
Axborot хавfsizligi tushinchasiga ta’rif bering.
Axborot xavfsizligi deganda - tabiiy yoki sun’iy xarakterdagi tasodifiy yoki qasddan qilingan ta’sirlardan axborot va uni qo‘llab-quvvatlab turuvchi infrastukturaning himoyalanganligi tushuniladi.
|
| |