• Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar. Brauzer dasturlari Brauzer dasturlarining qisqacha tarixi, imkoniyatlari va kamchiliklari
  • Web-texnologiyalar inson hayotining ta’lim, kommersiya, siyosat, ko‘ngil ochar va boshqa bir necha sohalariga kirib bormoqda.
  • Domen – bu web saytning adresi (mail.ru, yandex.ru, ziyonet.uz). Xosting- bu web sayt joylashgan hudud. Provayder kompaniyalari kelishuv asosida sizning saytingiz uchun web serverdan joy ajratadi.
  • Ма’ruza №10 Web texnologiyalari haqida tushuncha wеb-texnologiyalarning asosiy tushunchalari reja




    Download 74.5 Kb.
    bet1/7
    Sana08.09.2023
    Hajmi74.5 Kb.
    #80810
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Ма’ruza №1 wеb-texnologiyalarning asosiy tushunchalari
    ШАХСИЙ РЕЖА KITOBCHA, истиқболли режа З.Бозоров, Informatika 7-sinf. 1-Mavzu axborot tushunchasi va bilish haqid, AXBOROT TUSHUNCHASI VA BILISH HAQIDA, 7-sinf, Ta`lim muassasasi menejmenti Reja, Pedagogik mahorat. Mavlonova, Sinfdan tashqari o‘qish uchun mavzular bo‘yicha badiiy asarlar ro‘yxatini tuzish, TUG’ILISH DAVRI INQIROZI, 6277 403 5112000-Жисмоний маданият узбек 2021, “Bir million dasturchi”, 1-mavzu amaliy hemis, 8742dd91-7cd2-429e-adb3-a15c062acb18, 270dc967-8e4e-40e0-8914-aa118f3de539, kerio-control-userguide

    Ма’ruza №10 Web texnologiyalari haqida tushuncha

    WЕB-TEXNOLOGIYALARNING ASOSIY TUSHUNCHALARI

    Reja:



    • Web-texnologiyalar haqida tushuncha

    • WWW haqida tushuncha

    • Web-dizayn tushunchasi

    • Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar. Brauzer dasturlari

    • Brauzer dasturlarining qisqacha tarixi, imkoniyatlari va kamchiliklari

    • Web 2.0 texnologiyalar


    Internet resurslarini, jumladan, Web sahifalar yoki web sayt yaratish, shuningdek, web-hujjatlarni yaratish va ularni Internetda chop etish texnologiyalari web-texnologiyalar asosini tashkil qiladi. Web-texnologiyalarning asosiy tushunchalari - bu web sahifa va web saytdir.

    Web-texnologiyalar inson hayotining ta’lim, kommersiya, siyosat, ko‘ngil ochar va boshqa bir necha sohalariga kirib bormoqda.
    HTML formatida tayyorlangan elektron hujjat HTML hujjat web hujjat yoki web sahifa deb ataladi. Agar elektron hujjatni tayyorlash haqida gap borsa, u holda hujjat HTML hujjat deb ataladi, ushbu elektron hujjatni internetda e’lon qilish yoki tarqatish haqida gap borsa, u holda bunday elektron hujjat web sahifa deyiladi.
    Dastlabki web-sahifalar juda sodda tuzilishga ea bo‘lib, ular matnni formatlash va giperko‘rsatkichlardan tarkib topgan edi. Web texnologiyalar rivojlanishi natijasida Web sahifalar tarkibida Plug-in dasturlar joylashtirila boshlandi, natijada Web sahifalarga interaktiv xususiyati berildi.

    Web sayt - bu hujjatlar yig'indisi bo'lib, barcha ma'lumot HTML kodi yordamida kiritiladi, hujjatlar esa asosan *.html, *.css, *.php, *.js formatida papkalarga joylashgan bo'ladi. Har bir sayt domen va xostga ega.


    Domen – bu web saytning adresi (mail.ru, yandex.ru, ziyonet.uz). Xosting- bu web sayt joylashgan hudud. Provayder kompaniyalari kelishuv asosida sizning saytingiz uchun web serverdan joy ajratadi.
    Har qanday sayt HTML (HyperText Markup Language – Gipermatnni belgilash tili), JavaScript, PHP kabi bir talay tillarga oid kodlardan tashkil topgan sahifalar yig‘indisidan iborat bo‘ladi. HTML – bu sayt sahifalarini tashkil etishda ishlatiladigan eng asosiy va eng kerakli til hisoblanadi.
    Web texnologiyalarning rivojlanishining oxirgi natijalaridan biri bu skript tillaridir (Script Languages). Ularni ishlatishdan maqsad, Web serverning ishini yengillashtirish, har-xil mayda ishlar uchun Web serverni bezovta qilmasdan, bunday masalalarni foydalanuvchi kompyuterining o‘zida yaratishdir.

    Download 74.5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 74.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ма’ruza №10 Web texnologiyalari haqida tushuncha wеb-texnologiyalarning asosiy tushunchalari reja

    Download 74.5 Kb.