|
Ma’ruza №2. Rastrli grafika
|
bet | 1/6 | Sana | 04.10.2024 | Hajmi | 63,08 Kb. | | #273480 |
Bog'liq 2-Ma\'ruza. Rastr grafikasi - Maqsad: Rastr grafikasi va uning dasturiy ta’minotlari t`og`risida ma’lumotga ega bo`lish.
- Kalit so`zlar: rastr, piksel, nuqta, dyum, ekran dioganali
Reja: - Rastr grafikasi
- Rastr grafikasining dasturiy ta’minoti
Rastrli grafika - Rastrli grafikada tasvir nuqtalar (qog‘ozda), piksellar (nuqtalar ekranda shunday deb ataladi) yordamida hosil qilinadi.
- Tabiiyki, nuqtalar soni qancha ko‘p bo`lsa (ular zich qilib joylashtirilsa), unga asoslangan rasm, shakl, grafik va hokazolar shuncha aniq ko‘rinib turadi.
- Shu munosabat bilan ekranning ruxsat etish qobiliyati tushunchasi kiritilgan bo‘lib, unda gorizontal va vertikal yo'nalishlardagi nuqtalar soni muhim ahamiyatga ega va u ekranning ruxsat etish imkoniyati deyiladi.
Rastrli grafika - Odatda, bunday ko‘rsatkich 640 x 480, 800 x 600, 1024 x 768 yoki bulardan yuqori piksellarda beriladi.
- Tasvir o’lchovi ruxsat etish qobiliyati bilan bogliqdir. Bu parametr dpi (dots per inch — nuqtalar soni zichligi) bilan o`lchanadi. Ekran diagonal! 15 duymli (1 duym =2,54 sm) monitorda tasvir o`lchovi 28x21 sm ni tashkil qiladi. Buni hisobga olsak, 800 x 600 pikselli monitor ekranining tasvirlash qobiliyati 72 dpi ga teng bo`ladi.
- Demak, kompyuter xotirasidagi rangli tasvir ko‘p joy olishini tushunish qiyin emas. Misol uchun 10x15 sm li rasm taxminan 1000 x 1500 piksellardan iborat bo`l adi.
Agar har bir rangli nuqtani tasvirlash uchun 3 bayt xotira ishlatilishini hisobga olsak, bitta o‘rtacha kattalikdagi rasmning o ‘zi xotirada taxminan 4 mln bayt joyni egallaydi. - Agar har bir rangli nuqtani tasvirlash uchun 3 bayt xotira ishlatilishini hisobga olsak, bitta o‘rtacha kattalikdagi rasmning o ‘zi xotirada taxminan 4 mln bayt joyni egallaydi.
- Bunday ma’lumot, xususan, Internet sahifalarini yaratishda e’tiborga olinishi zarur. Shuning uchun ham hozirgi kunda yaxshi multimedia dasturlarini, videoroliklarni yaratish uchun operativ xotirasi 128 Mbaytdan kam bo`lmagan va, mos ravishda, tezligi katta bolgan kompyuterlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
- Demak, rastrli grafika bilan ishlash uchun yuqori unumli kompyuter talab qilinadi.
|
| |