• Tayanch so`zlar
  • Bosh harakat yuritmasi
  • Ma`ruza 6 Qadamli dvigatellar Reja




    Download 49.19 Kb.
    bet1/7
    Sana03.10.2023
    Hajmi49.19 Kb.
    #86086
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Ma`ruza 6 Qadamli dvigatellar Reja-www.hozir.org
    108-113, 2-mavzu Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va texnik huj-hozir.org, Elektronika mustaqil ish-2, Elektronika mustaqil ish-1, 4. task 1 application letter

    Ma`ruza 6 Qadamli dvigatellar Reja

    MA`RUZA 6

    Qadamli dvigatellar

    Reja:
    1. Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarning yuritmalari.


    2. Bosh harakat yuritmalari.


    3. Surish harakati yuritmalari.


    4. Qadamli dvigatellar




    Tayanch so`zlar: robot, sanoat, raqamli dasturli dastgohlar, klassifikatsiya, boshqarish, tizim, operator, sikl, datchik, dastur.
    Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarning yuritmalari
    Dastgohning ishchi organing harakatini ta`minlovchi mexanikaviy, elektrik, gidravlik, elektron va boshqa qurilmalar dastgoh yuritmasini tashkil etadi. Vazifasiga qarab dastgohlarda bosh harakat, surish va yordamchi harakat yuritmalari mavjud.

    Bosh harakat yuritmasi bevosita kesish jarayonini ta`minlaydi.

    Surish harakatlari yuritmalari zagotovka yoki kesish asbobni kesish zonasi ichida harakatini ta`minlab beradi.

    Yordamchi yuritmalar zagotovkalar, detallar, kesish asboblarning yordamchi harakatlari, asbob magazinlar va stollarning burilishini, sovutish suyuqliklarni uzatish va boshqa harakatlarni ta`minlaydi.
    Har bir yuritmaga qo`yiladigan talablar uning vazifasiga bog’liq.
    Bosh harakat yuritmasidan doimiy quvvatni (Ne = const) ta`minlab berish talab etiladi, chunki shpindel’ning kichik chastotalarida asosan katta kuchni talab etadigan kuchli kesish amalga oshiriladi, baland aylanish chastotalarida esa kichik kesish kuchni talab etadigan toza ishlov berish bajariladi. Bunda shpindel’ning chastotalarini rostlash diapazoni 100dan oshmaydi (D shp ≈ 100).
    Surish harakati yuritmalaridan asosan doimiy moment bilan rostlanish talab etiladi (M = const). Surish mexanizmlarida yuritmaning asosiy kuchi ishchi organning surilishi chog’idagi ishqalanish kuchlarni engishga sarflanadi. Surish yuritmalaridan o`ta keng surishlar diapazonini (Ds ≥ 10000) ta`minlab berish talab etiladi, chunki raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda minimal surilish boshqarish diskretligi hamda teskari aloqa bilan belgilanadi. Yuritma tomonidan faqat har bir diskretani amalga oshirish orqali Yuqori aniqlik va yuzaning tozaligiga erishish mumkin. Bundan tashqari surish yuritmalari tez harakatlarni Yuqori tezlikda amalga oshirishi va tezlikni olish hamda to`xtashda tez ishlaydigan bo`lishi kerak.
    Yordamchi yuritmalar kesish jarayonida qatnashmaydi va ulardan katta rostlash diapazoni va tez ishlash ko`p holatlarda talab etilmaydi.
    Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda mexanikaviy, gidravlik, pnevmatik va elektrik yuritmalar qo`llanishi mumkin.


    Mexanikaviy yuritma qo`pol bo`lib, rostlash ravonligini ta`minlab bera olmaydi, baland tovush chiqaradi, dastgohning konstruktsiyasini murakkablashtiradi. Lekin mexanikaviy yuritma yordamida doimiy quvvat bilan rostlanishga oson erishiladi. Shuning uchun dastgohlarning bosh harakat mexanizmlarida shunday yuritmalar ko`p uchrab turibdi.

    Gidravlik yuritmalar keng diapazonda rostlanishni ta`minlay oladi, surish mexanizmlarida aylanma harakatini ilgarilama harakatiga aylantirish talab etmaydi, gidravlik dvigatel’lar tez ishlash qobiliyati va nisbatan kichik gabarit o`lchamlarga ega. Lekin gidravlik yuritmalarni ishlashi uchun katta o`lchamli va baland tovush bilan ishlaydigan gidrostantsiyalar mavjud bo`lishi kerak. Gidravlik yuritmalar puxta qarovni talab etadi. Gidrodvigatellar cheklangan quvvat va momentlarga ega. Ushbu foydalanish kamchiliklar tufayli raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda gidravlik yuritmalar elektrik yuritmalar bilan keng ravishda almashtirilmoqda.

    Pnevmatik yuritmalar kichik kuchlar bilan ishlaydigan dastgohlarning mexanizmlarida hamda sanoat robotlarda qo`llaniladi.

    Elektrik yuritmalar tezlikni keng diapazonda Yuqori aniqlik va tezlikda qulay rostlash xususiyatiga ega. Sanoatda chiqarilayotgan o`zgaruvchan va doimiy tok elektrdvigatellari keng ko`lamdagi quvvat, moment va tezliklarga ega. Ular tayyorlashda texnologik jihatdan qulay, foydalanishda ishonchli va oddiy.
    Elektrik yuritmaning tarkibi elektrdvigatel’ni oziqlantiruvchi kuchli o`zgartirgich, talab etilgan rostlash sifatini ta`minlaydigan rostlagichlar va teskari aloqa datchiklaridan tashkil topgan.


    Elektrik yuritmalar quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
    • Vazifasi bo`yicha: bosh, surish va yordamchi harakati uchun;


    • Rostlash usuli bo`yicha: doimiy moment bilan, doimiy quvvat bilan, ikki zonali;


    • Ijro etuvchi dvigatel’ning tok turi bo`yicha: doimiy va o`zgaruvchan tok dvigatellari;


    • Kuchli o`zgartirgich sxemasi bo`yicha: bir va ko`p fazali boshqariladigan to`g’rilagichlar, keng impul’sli o`zgartirgichlar;


    • Avtomatik rostlash tizimi tuzilishi bo`yicha: bir konturli, ko`p konturli;


    • Boshqarish turi bo`yicha: analogli, raqam-analogli; raqamli.



    Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda har bir ishchi harakati alohida yuritmalar bilan amalga oshiriladi. Aksariyat hollarda barcha yuritmalar avtomatik tarzda boshqariladi va rostlanadi. Lekin ayrim hollarda rostlanmaydigan yuritmalar ham uchrab turadi.



    Download 49.19 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 49.19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma`ruza 6 Qadamli dvigatellar Reja

    Download 49.19 Kb.