• 5. Innovatsion menejmentdagi nazorat 6. Innovatsion menejmentda qarorlar qabul qilinishi
  • Ma’ruza 7: innovatsion menejment asoslari reja: “Innovatsion menejment”ning asosiy tushunchalari, maqsadlari va vazifalari




    Download 442.28 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/8
    Sana02.04.2024
    Hajmi442.28 Kb.
    #185165
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Lecture 7
    Scholarship Offer Letter, Annotatsiya UZ (3), бошқарув психологияси, Аmaliyot kundalik lotin , 12- mavzu — копия — копия — копия, shoymatova, 7-mavzu Tuzlarning erish issiqligini aniqlash, 1-dedline, Abdukamol taqdimot, premium, BIOLOGIYA MO‘D TAQDIMOT, 7-SINF TABIIY 2-CHORAK, ГОСТ-8, 28, umirbek


    Ma’ruza 7: INNOVATSION MENEJMENT ASOSLARI 
     
    REJA: 
    1. “Innovatsion menejment”ning asosiy tushunchalari, maqsadlari va 
    vazifalari. 
    2. Innovatsion menejmentning vazifalari. 
    3. Innovatsion faoliyatni tashkil qilish. 
    4. Innovatsion menejmentdagi kommunikatsiyalar jarayoni
    5. Innovatsion menejmentdagi nazorat 
    6. Innovatsion menejmentda qarorlar qabul qilinishi 
     
    2.1. “Innovatsion menejment”ning asosiy tushunchalari, maqsadlari va 
    vazifalari 
    Innovatsion menejmentning maqsadlari, xarakteri va mazmuni innovatsion 
    menejmentning xususiyatlari va uning an’anaviy turlardan katta farq qilinishini 
    belgilab beradi. Ierarxiyaning har xil darajasidagi (davlat darajasidan boshlab to 
    kichik innovatsion korxonagacha) har qanday innovatsion tizimlarni innovatsion 
    rivojlanishining maqsadli uzoq muddatli iqtisodiy o’sish va yuqori tartibdagi 
    raqobat afzalliklarini ta’minlash uchun innovatsion bazani yaratishdan iboratdir. 
    Raqobat nazariyasidan kelib chiqqan holda, xuddi fanni rivojlanishi va yangi 
    texnologiyalarni tadbiq etilishining innovatsion salohiyati yuqori tartibdagi raqobat 
    afzalligini yaratadi. 
    Innovatsion rivojlanish maqsadlarni belgilash va kompaniya rivojlanishi 
    yo’nalish strategik ko’rishga o’zining xususiyatlarini kiritadi, boshqaruv apparati 
    oldida turgan vazifalarni modifikatsiyalaydi. Innovatsion tadbirkorlikning yuqori 
    xatari, mahsulotlarni mavjud bo’lish davrlarini qisqarishi, yirik seriyali ishlab 
    chiqarishdan voz kechish innovatsion menejer zimmasiga alohida majburiyatlar 
    yuklaydi. Innovatsion faoliyat sharoitida menejerning roli keskin o’sadi, uning 
    shaxsi, qobiliyati, malakasi va kasbiy ko’nikmalari esa haqiqatda ham kompaniya 
    taqdirini belgilab beradi. 
    Innovatsion menejmentning asosiy vazifalarini amalga oshirishda alohidagi 
    o’zaro aloqa va mantiqiy izchillik vujudga keladi. Masalan, manajmentning 
    kommunikatsiya, undovchi sabablar, vakolatlarni boshqaga topshirish jarayoni 
    kabi protsessual va sotsial – psixologik vazifalarning ahamiyati keskin oshadi. 
    Innovatsion jarayonlarni tashkil qilish usullari orasida shaxslararo munosabatlar, 
    guruhli dinamika qonunlariga suyanuvchi norasmiy turlar ustunlik qiloadilar. 
    Nazoratning har xil turlari o’rtasidagi nisbat o’zgaradi. Ularning barchasi 
    ko’proq o’zini o’zi nazorat qilish, innovatsiyalarning strategik nazorati, hamda 
    nazoratning moliyaviy-iqtisodiy turlariga mo’ljallangan. Innovatsion jarayonlarni 


    borishi ustidan nazorat qilish bilan bog’liq kommunikatsiyalar alohida ahamiyat 
    kasb etadi. Ularda protsessual xarakter va axborotlarni almashtirishning uzluksiz 
    jarayoni ustun bo’ladi.
    Xodimlarni innovatsion boshqarishda menejmentning vazifalari va usullari 
    alohidagi o’zgarishlarga duch keladilar. Yangiliklarni ishlab chiqish va tadbiq 
    etilishi, jarayonlarini murakkablashishi, yangi texnologiyalarni paydo bo’lishi 
    xodimdan tegishli malaka va alohidagi kasbiy bilimlar va ko’nikmalarni talab 
    qiladi. Innovatsion tuzilmalarda xodim ma’lumotining umumiy darajasini ancha 
    oshishi sodir bo’ladi. Xodimlarning shakllanayotgan turi o’ziga ma’suliyatni olish 
    va qarorlar qabul qilishga qodir xodimlarni talab qiladi. Vakolatlari boshqachaga 
    topshirish va u bilan bog’liq tashkilot ierxiyasi yuqori darajalarining vakolatlarini 
    qisqarishi xodimlarining tashbbusi, shaxsiy erkinligi va omilkorligini o’sishi bilan 
    yaqindan bog’liq. 
    Innovatsion menejmentda xodim, innovatsion jamoa va umuman 
    innovatsion korxonaning hulqini turi o’zgaradi. Nafaqat maqsadga qaratilgan 
    ratsional harakat, balki qiymatga qaratilgan ratsional harakat hulqning asosiy 
    tarkibiy qismi bo’ladi. 



    Download 442.28 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 442.28 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’ruza 7: innovatsion menejment asoslari reja: “Innovatsion menejment”ning asosiy tushunchalari, maqsadlari va vazifalari

    Download 442.28 Kb.
    Pdf ko'rish