• include
  • Ma’ruza. Yarimstatik ma’lumotlar tuzilamasi. Navbat, stek va dek. Reja




    Download 0.91 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana14.11.2023
    Hajmi0.91 Mb.
    #98189
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Tema13-14
    Документ Microsoft Word, Tarmoq – maqsad va vazifalari, Diyorbek Abdiraimov FE 2, 2 ТЕМА БИОТЕХНОЛОГИЯ, 5-SINF ADABIYOT 1-chorak yangi darslik asosida, Anora, Nursultan Dasturlew 6, 1-Labaratoriya jumisi (1), Investitsiyalar Referat mavzulari, Abduvaliyev diplom ishi, Informatika. 10-sinf (2017, N.Taylaqov, A.Ahmedov), Javoblar varaqasi 2023-2024 milliy test, 202 zuxra, Annaeva Gulbahor


    13-14-ma’ruza.
    Yarimstatik ma’lumotlar tuzilamasi. Navbat, stek va dek. 
    Reja. 
    1. Yarimstatik ma’lumotlar tuzilmalari. 
    2. Stek tuzilmasi va uni dasturda amalga oshirish, ustida amal bajarish
    3. Navbat tuzilmasi va dasturda ifodalanishi, ustida amal bajarilishi 
    4. Deklar. Ustida amal bajarish 
    Kalit so’zlar: navbat, stek, dek, yarimstatik tuzilmalar. 
     
    Yarimstatik ma’lumotlar tuzilmalari 
    Yarimstatik ma’lumotlar tuzilmalari deb nomlangan shunaqa tuzilmalar 
    borki, ular ba’zi bir xususiyatlari bilan statik tuzilmalarga, ba’zi bir xususiyatlari 
    bilan dinamik tuzilmalarga o’xshagan bo’ladi. Ya’ni dastur bajarilishi mobaynida 
    tuzilma uzunligining o’zgaruvchanligi dinamiklik xususiyati bo’lsa, elementlari 
    xotirada ketma-ket joylashishi statik tuzilmalarga o’xshash bo’ladi. Yarimstatik 
    ma’lumotlar tuzilmasi bir xil toifadagi elementlar ketma-ketligi hisoblanadi va 
    unga 
    - Steklar 
    - Navbatlar 
    - Deklar 
    kiradi. Deyarli barcha zamonaviy dasturlash tillarida yuqorida keltirilgan 
    tuzilmalat bilan ishlash uchun kutubxonalar mavjud. Va ular konteyner 
    ko’rinishida realizatsiya qilingan. Shuni aytib o’tish kerakki, bu yarimstatik 
    tuzilmalarni dasturda statik tuzilma ko’rinishida xam va dinamik tuzilma 
    ko’rinishida xam ifodalash mumkin, faqat yarimstatiklik shartlarini buzmagan 
    holda, ya’ni bu tuzilmalarning barchasida ixtiyoriy elementlarga tashqaridan 
    murojaat qilib bo’lmaydi.
    Steklar 
    Stek - chiziqli ma’lumotlar tuzilmasi bo’lib, ma’lumotlarni kiritish va 
    chiqarish uning bir tomonidan amalga oshiriladi. Bunday stek kafeteriyadagi
    tarelkalar to’plamini eslatadi. Yangi elementlar stekning uchiga qo’yiladi va 
    yuqori qismidan olinadi. Oxirgi qo’yilgan element stek uchidan birinchi bo’lib 
    olinadi. Shu sababli, stek LIFO (last in first out) tuzilishidagi ma’lumotlar 
    tuzilmasi bo’ladi, ya’ni, “oxirgi kelgan birinchi ketadi” prinsipi bo’yicha 
    ishlaydi.
    Stek o’lchami cheklangan bo’lsa, elementni stekka qo’yilishi stekda 
    kamida bitta elementga joy bo’lgan holdagina amalga oshiriladi. Shuning uchun 
    stek ustida amal bajarishdan oldin stek holatini tekshirish lozim bo’ladi,ya’ni 
    - Stekka element kiritilishidan oldin joy borligini tekshirish; 
    - Stekdan elementni o’chirishdan oldin element borligini tekshirish. 
    Steklar bilan ishlash uchun C++ tilida tayyor kutubxona mavjud bo’lib, unga 
    dastur boshida #include deb murojaat qilish kerak. Dasturda stek e’lon 
    qilish uchun quyidagicha yozish kerak. 

    Download 0.91 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 0.91 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’ruza. Yarimstatik ma’lumotlar tuzilamasi. Navbat, stek va dek. Reja

    Download 0.91 Mb.
    Pdf ko'rish