Materiallar ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan homashyoni




Download 184 Kb.
bet1/5
Sana16.05.2024
Hajmi184 Kb.
#238600
  1   2   3   4   5
Bog'liq
aylanma pechda gips


Kirish
Xalq xo’jaligida qurilish materiallarining ahamiyati juda katta. Sanoat va uy-joy qurilishining kun sayin o’sib borishi qurilish materiallariga bo’lgan ehtiyojni yanada oshirmoqda. Shuning uchun qurilish materiallari ishlab chiqarish texnologiyasi, ulardan yasalgan buyumlar tarkibini bilish va o’rganish har bir quruvchi-mutaxassis uchun muhimdir. Shuning uchun quruvchi-mutaxassis avvalo quyidagilarni yaxshi bilishi lozim:

  1. Materiallar ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan homashyoni;

  2. Homashyoni ishlash va buyum tayyorlash jarayoni;

  3. Qurilish materiallarining hossalari, ularni sinash usullari va qabul qilish;

  4. Tashish va saqlash usullarini;

  5. Materiallarning qurilishda va kerakli joylarda ishlatilishini;

  6. Materiallarni tejash yo’llarini.

Qurilish materiallaridan tayyorlangan mahsulot qurilish buyumlari yoki konstruksiyalar deb ataladi. G’isht bloklari, temir-beton buyumlari va konstruksiyalar, yog’och fermalar va boshqalar shular jumlasidandir.
Qurilish materiallarini ishlab chiqarish va ularni xalq xo’jaligida ishlatishning o’ziga hos tarixi bor. Qadimda ko’p tarqalgan qurilish materiallari gil hisoblangan. Gil qurilish materiali sifatida insoniyat taraqqiyotining boshlang’ich davridayoq ishlatilgan. Inson gildan har xil shakldagi buyumlar tayyorlagan ekan, vaqt o’tishi bilan ularning mustahkamligini oshirish maqsadida uni quritish hamda kuydirishni ham kashf etgan.
Bog’lovchi moddalarning bundan 4-5 ming yil avval sun’iy yo’l bilan hosil qilinganligi ma’lum. Misr, Gretsiya, Rim va Vavilonda ohak qorishmasi va gidravlik qo’shimchalardan tayyorlangan beton inshootlar hozirgi davrgacha saqlanib kelmoqda. Bunday inshootlarning ichki va tashqi qismini bezashda metall chiqindilaridan yasalgan naqshdor koshinli buyumlar ishlatilgan. Muhandislik inshootlari uchun – gil, tosh, yog’och to’sinlar; turar joy uchun – qamish, palma shoxlari va boshqalar ko’plab ishlatilgan. Qadimgi Misr va Mesopotamiyada bundan 5-6 ming yil ilgari yasalgan shisha buyumlar topilgan.
Mamlakatimizda ham turli binokorlik materiallari ishlab chiqarishning tarixi uzoq moziyga borib tarqaladi.
Binokorlar o’rtasida asta-sekin g’isht teruvchilar, toshtaroshlovchilar, ohak tayyorlovchilar va boshqa kasb ustalariyetishib chiqqan. Shahar devorlari, minoralar, masjid va qasrlar kabi inshootlar qurilish materiallariga bo’lgan ehtiyojni oshirgan. Eramizdan oldingi to’rtinchi asrda Xorazmning chor atrofi qalin devorlar bilan o’rab chiqilgan to’rtta silindrsimon minoradan iborat bo’lgan. Minoralarning usti tekis qilib ishlangan. Bunday inshootlarni barpo etishda qo’shilmalar bilan birga ganch qorishmasi, giltuproqdan pishirilgan yapaloq g’ishtlar hamda tabiiy toshlar ishlatilgan.
Qorishma tayyorlashda quruvchilar vulqon shishasi, oq gil(kaolin) dan keng foydalanganlar. Bunda hayvon qoni, tuxum sarig’I, suyak yelimi, shirali moddalar qorishmalarning mustahkamligi va chdamliligini oshiruvchi moddalar vazifasini o’tagan.
Samarqanddagi Ulug’bek madrasasi, Qo’qondagi Xudoyorxon saroyini qurishda bunday qorishmalar bilan birga chang-g’isht qorishma va ohak-g’isht qorishmalaridan iborat betonlar ko’p miqdorda ishlatilgan.
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlariga kelib sement sanoati tez taraqqiy eta boshladi.
Sementning ixtiro qilinishi beton xossalarining yaxshilanishiga, qurilish texnikasida esa yangi davr ochilishiga olib keladi. Gidrotexnik inshootlar qurish zarurati suvga chidamli bo’lgan bog’lovchi moddalar izlashni talab etsa, temir-beton konstruksiyalarining qurilishda keng ishlatilishi portlandsementning yangi, tez qotuvchi, mustahkam turlarini yaratish ehtiyojini tug’dirdi. Sementning dengiz suvi ta’sirida buzilishi aniqlangach, bu boradagi tadqiqotlar natijasida yangi sement turi – sulfatga chidamli portlandsement ixtiro qilinadi. Natijada qurilish materiallari ishlab chiqarish bir necha marta ortdi. Mahsulotning sifati yaxshilandi, turlari ko’paydi va yangi texnologik usullar joriy qilindi.
Hozirgi paytda qurilish materiallari ishlab chiqaradigan korxonalar yuqori unumli mashinalar bilan jihozlangan. Ishlab chiqarishdagi deyarli barcha texnologik bosqichlar mexanizatsiyalashtirilgan. Ko’pgina korxonalarda esa avtomatik boshqaruvchi konveyerlar ishlab turibdi.
Temir-beton konstruksiyalarning vazni va ularga sarflanadigan material sarfini kamaytirish, chidamlilik muddatini oshirish, keng yuzali va yupqa konstruksiyalar yaratish, mustahkamligi yuqori bo’lgan betondan foydalanish hozirgi kunning asosiy vazifalaridan biridir, bu esa sement sifatini yanada yaxshilash va uning markasini oshirishni taqozo etadi. Beton vat emir-beton ilmiy tadqiqot-instituti tadqiqotchilarining fikricha, 300 markali beton tayyorlashda 400 markali portlandsementga nisbatan 500 va 600 markali portlandsement ishlatish quyidagi samarani beradi: sement sarfi 20% gacha kamayadi, zavodlarda buyumlarga issiqlik yordamida ishlov berish muddati 3-4 soat qisqaradi, ayni vaqtda texnologik liniyalarning unumdorligi va metall qoliplar ishlatilish tezligi ortadi, shu qoliplarga bo’lgan ehtiyoj 15-20% kamayadi, monolit betonning qotish muddatini qisqartirish hisobiga tayyor konstruksiyalarni topshirish muddati taxminan 20% qisqaradi. Nihoyat, yuqori markali betonlardan keng ko’lamda foydalanish konstruksiyalarda material sarfini qariyb 20% va ularning tannarxini 8-10% kamaytirish imkonini beradi. Shunday qilib, sement faolligining bir markaga ortishi (10 MPa) uni ishlab chiqarish miqdorini taxminan 15% ko’paytirish bilan barobar. Binobarin, beton konstruksiyalarining xilma-xilligi, qurilish ishlari sharoitining o’zgaruvchanligi va turli noqulay muhit omillari mutaxassislar oldiga maxsus texnik hossaga ega bo’lgan sement ishlab chiqarish vazifasini qo’yadi.
Hozirgi vaqtda gidroelektrostansiya va transport inshootlarida, oddiy va oldindan taranglashtirilgan temir-beton buyumlar sanoatida, dengiz va okeanda olib boriladigan qurilishlarda, avtomobil yo’llari va aerodrome qurilishlarida, neft va gaz quduqlarini burg’ulashda, asbosement mahsulotlari, o’tga chidamli beton va boshqalar ishlab chiqarishda maxsus sementlar keng ishlatilmoqda. Bulardan tashqari, ular har qanday ob-havo sharoitida, yilning turli faslida ishlatilishi mumkin.
Qurilish taraqqiyoti qurilish usullarini yanada takomillashtirish va avvaldan ishlatilib kelingan ayrim qurilish materiallari o’rniga yangi qurilish materiallari ishlab chiqarishni talab etadi.
Maxsus sementlar yaratish va ularni ishlab chiqarish sementshunoslik fani va texnologiyasining jadal su’atlarda rivojlanishiga olib keladi. O’zining kimyoviy va minerologik tarkibiga ko’ra bir-biridan farqlanadigan bunday sementlarga ehtiyoj yildan-yilga o’sib bormoqda. Shu ehtiyojni hisobga olib, O’zbekiston olimlari sement sanoatchilari bilan hamkorlikda mahalliy homashyo sifatida O’rta Osiyo respublikalari uchun zarur bo’lgan maxsus sementlar yaratib, ularni ishlab chiqarishga tavsiya etdilar.

Download 184 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 184 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Materiallar ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan homashyoni

Download 184 Kb.