|
Mavzu: Aftomat linyalar. Reja: Avtomatik liniyalar, ularning turlari, afzallik va kamchiliklari
|
bet | 1/5 | Sana | 26.05.2023 | Hajmi | 45.65 Kb. | | #64995 |
Bog'liq Avtomat liniyalar 3-mavzu Mavzu:Aftomat linyalar. REJA: 1.Avtomatik liniyalar, ularning turlari, afzallik va kamchiliklari. 2.Agregat stanoklari, ularning tarkibi, afzallik va kamchiliklari. 3.Dasturbo'yichaboshqariladigan stanoklar. 4.Ko'p operatsiyali (ko'p maqsadli ) stanoklar .
Joʻrayeva Mehrigiyo
Hozirgi zamon mashinasozligida turli yarim avtomatik va avtomatik stanoklar keng qo'llaniladi. Mashinasozlikda avtomatlashtirish dara-jasini yanada rivojlantirish bosqichi—bu metall kesuvchi stanoklar-dan avtomatik liniyalar va ular asosida avtomatik sex va korxonalar yaratishdir. Avtomatlashtirilgan liniya—bu texnologik uskunalar majmuasi bo'lib, ular ishlov berish texnologik jarayoni ketma-ketligida o'rnatilgan va mexanizatsiyalashgan transport vositalari hamda yuklash qurilmalari bilanjihozlanagan va ularning barchasiga operatorlar xiz-mat ko'rsatadilar. Avtomatik liniya (AL) deb texnologik uskunalarning shunday maj-muasiga aytiladiki, bunda ular ishlov berish texnologikjarayoninining ma'lum ketma-ketlikda o'rnatilgan va avtomatik transportyorlar bilan bog'langan hamda avtomatik yuklash-bo'shatish qurilmalari va bir umumiy boshqarish sistemasi yoki bir necha o'zaro bog'langan boshqarish sistemalari bilan jihozlangandir. Atomatik liniyalar sistemasi—bu avtomatik liniyalar majmuasi bo'lib, ular ishlov berish texnologik jarayonining ma'lum ketma-ketlikda o'rnatilgan, jarayonning avtomatik transport qurilmalari bi-lan biriktirilgan va o'zaro bog'langan boshqarish sistemalari bilan jihozlangandir. Avtomatik liniyalarning afzalliklari: ish sharoiti yengillashadi va ish unumdorligi keskin ortadi, ishlab chiqarish maydonlariga va yor-damchi transport vositalariga ehtiyoj kamayadi, ishlab chiqarish sikli-ning vaqti qisqaradi, ishlab chiqarishning tugallanmagan hajmi ka-mayadi, ishda ishlab chiqarishning qat'iy ritmi ta'minlanadi. Avtomatik liniyalarning kamchiliklari: liniyalarni boshqa detalga yoki boshqa texnologik jarayonga qayta sozlash uchun ko'p mehnat talab qilinishi; biror stanok yoki boshqa tur uskunaning nobopligi tufayli liniya tarkibidagi stanoklardan foydalanish koeffitsiyentining pasayib ketishi; avtomatik liniyalarga xizmat ko'rsatuvchi sozlovchi-laryuqori kvalifikatsiyaga ega bo'lishlarining zarurligi; zagotovkalarga ularning o'lchamlari muayyan va materialining bir turda bo'lishi bo'yicha nisbatan yuqori talablar qo'yilishi va boshqalar.
|
| |