|
a) universal stanoklarga qaraganda qayta sozlash ishlarida ancha qiyinchilik tug'diradi
|
bet | 3/5 | Sana | 26.05.2023 | Hajmi | 45.65 Kb. | | #64995 |
Bog'liq Avtomat liniyalar 3-mavzua) universal stanoklarga qaraganda qayta sozlash ishlarida ancha qiyinchilik tug'diradi; b) bir xil ishlarni bajara oladigan maxsus stanoklarga qaraganda gabarit o'lchoviari (L*B*H)ancha katta bo'ladi. Agregat stanoklarining kompanovkasi ishlov beriladigan yuza-larning shakli va o'lchamlariga, qabul qilingan texnologikjarayonga va boshqa omillarga bog'liqdir. Asosiy kompanovkalash birliklari bo'lib kuch uzellari, korpus detallari, shpindel uzellari, zagotovkani o'rnatib mahkamlash va bo'shatish moslamalari xizmat qiladi. Kuch uzellari kuch kallaklari va kuch stollariga bo'linadi. Surish harakati yuritmasi o'zigajoylashtirilgan kuch stollari va kallaklari o'z-o'zidan harakatlanuvchi, alohida yuritmalari esa o'z-o'zidan harakat-lanmaydigan deb hisoblanadi. Agregat stanoklarida va avtomat liniyalarda gidravlik kuch kallaklari eng ko'p qo'llaniladi. Zagotovkani o'rnatib mahkamlash moslamalari zagotovkani berilgan aniqlikda bazirovka qilish va ularni ishon-chli mahkamlashni ta'minlaydi. Yo'ldosh-moslamalar murakkab shaklli detallarni, shuningdek qayta sozlanuvchi liniyalarda har xil shaklli zagotovkalar guruhlariga ishlov berishda foydalaniladi. 3. Dastur bo'yicha boshqariIadigan metall kesuvchi stanoklar Metall kesuvchi stanoklarda avtomatik tarzda ishlov berish uchun stanok ishchi organlarining aniq dastur bo'yicha belgilangan suri-lishlari oldindan ko'rsatilgan tartibda bajarilishi zarur. Yarim avtoma-tik va avtomatik sikl bo'yicha ishlaydigan stanoklarda harakatlarni av-tomatlashtirish turli kulachoklar, kopirlar, barabanlar, shablonlar va shu kabilarni qo'llash orqali amalga oshiriladiki, ular shunday das-turga ega bo'lgan manba funksiyasini bajaradilar. Bunday boshqarish yirik seriyali va keng ko'lamli ishlab chiqarish sharoitida maqsadga muvofiq hisoblanadi. Hozirgi paytdajahonda barcha mashinasozlik mahsulotining de-yarli 75% mayda seriyali va yakka buyurtmali ishlab chiqarish sharoiti-da tayyorlanadi. Bunday sharoitda detallarga mexanik ishlov berishjara-yonlarini odatdagi avtomatik uskunalar (avtomatlar va yarim avtomatlar, avtomatik liniyalar va boshqalar)dan foydalanib avtomatlashti-rish maqsadga muvofiq kelmaydi, chunki texnologikjihozlarni tayyor-Iash ko'p sarfga tushadi hamda ularni sozlash katta mehnatni talab etadi.
|
| |