|
Mavzu: Axborotni Internetdan qidirish turlari. Reja
|
bet | 1/6 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 27,55 Kb. | | #102287 |
Bog'liq Mavzu Axborotni Internetdan qidirish turlari. Reja-fayllar.org
Mavzu: Axborotni Internetdan qidirish turlari. Reja
Mavzu: Axborotni Internetdan qidirish turlari.
Reja:
1.Internetda axborot qidirish tizimlari 2.Axborotlarni parametrlari bo‘yicha qidirish usullari. 3. Web hujjatlarni izlash usullari va so’rovlarni tuzish.
1.Internetda axborot qidirish tizimlari
Internet ma’lumotlari tubsiz va cheksizdir.Tarmoqdan istalgan mavzu va masala bo‘yicha ma’lumot topishmumkin. Ammo Internetdan biror narsani topish uchun ma’lum vositalar kerak. Internetning izlash tizimlari ana shunday xizmatlardan biri sanaladi.Qidiruv tizimi keng Internet fazosida ma’lumotlarni qidirish, to ‘plash, tartiblash, foydalanuvchilarni kerakli ma’lumot bilan tez va qulay ravishda ta’minlash vazifasini bajaradi.H ar bir mijozni faqat o ‘ziga kerakli b o ‘lgan m a’lumot qiziqtiradi. Qidiruv tizimlari bilan ishlaganda kerakli so‘zni aniq tanlay bilish kerak. Bu qanday amalga oshiriladi? Google, Yandex, Rambler va boshqa xizmatlarning «Poisk» (qidiruv) katakchasiga kalit so‘z, masalan, «Internet yaratilish tarixi» deb yozasiz, so‘ng Enterni bosasiz. Natijada qidiruv tizimi turli xil manbalardan bir nechta ma’lumotlar ro‘yxatini taqdim etadi. Siz savolni bergach, qidiruv tizimi o‘zining m a’lumot jam g‘armasidan unga mos natijani, topilgan web-sahifalarni ro‘yxat tarzida taqdim etadi. Ro‘yxatning birinchi bandlarida so‘rovga eng mos kelgan websahifalar joylashadi. Lekin shuni aytib o‘tish kerakki, turli qidiruv tizimlari har xil tartiblash qoidalarini ishlatadi, shuning uchun bitta so‘rov bo‘yicha turli qidiruv tizimlaridan har xil natijalar olish mumkin. Internet tarmog‘idagi qidiruv tushunchasi shuni anglatadiki, bunda har bir foydalanuvchi o‘ziga kerakli bo‘lgan biror ma’lumot yoki materialni maxsus qidiruv tizimlari orqali topish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Internet tarmog‘i foydalanuvchilari qidiruvni Internet muhitida joylashgan web-saytlar, ularning manzili va ichki m a’lumotlari bo‘yicha olib borishi mumkin. Bu esa foydalanuvchiga kerakli bo‘lgan axborotni samarali qidirish va tez topish imkoniyatini beradi. Axborotlarni qidirish. So‘rovlarni tuzish paytida agar o‘ylanmay,tezda savol bermoqchi bo‘lsangiz, qidiruv tizimining satriga fikrlarni so‘zma-so‘z tushirish mumkin. Masalan, «Qanday qilib a’lochi bo‘lish mumkin?», «Marsda hayot bormi?» kabi savol berilsa, uning natijasi samarali bo‘lmasligi aniq.Afsuski, o‘zbek tilida Internet fazosi keng emas, shuning uchun savolni rus yoki ingliz tilida berish kerak. Ammo www.google.uz ga kirib, o‘zbek tilida ham sizni qiziqtirgan savol yoki so‘zni satrga kiritib, kerakli ma’lumotni olish mumkin. Aniq bo‘lmagan umumiy savollarga qidiruv tizimi kerak bo‘lgan va bo‘lmagan ma’lumotlarni topib beradi. Donolar: «To‘g‘ri berilgan savolda javobning yarmi bor» deyishi bejiz emas. Bu gap qidiruv mashinalariga ham taalluqli. Shuning uchun savol tuzayotganda, ko‘proq kalitli, aniqlashtiruvchi so‘zlarni qo‘shish kerak. Natija qoniqarli bo‘lmasa, kalitli so‘zlarni boshqa sinonim so‘zlarga almashtirish mumkin. Internet tarmog‘i shunday bir muhitki, u o‘zida turli ko‘rinishdagi va turli tillardagi ko‘plab axborotlarni jamlagan. Bunda ushbu axborotlar ichidan kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni qidirib topish muammosi paydo bo‘ladi. Internet tarmog‘ida har bir foydalanuvchi axborotni qidirish uchun o‘zbek, rus, ingliz yoki boshqa tillardagi bir yoki bir necha so‘zdan tashkil topgan so‘rovlardan foydalanadi. Ya’ni m a’lumotlarni uning sarlavhasi yoki tarkibida ishtirok etgan so‘zlar va jumlalar bo‘yicha qidirib topish mumkin. Bunda foydalanuvchi tomonidan Internet qidiruv tizimi qidiruv maydoniga kerakli ma’lumotga doir so‘z yoki jumla kiritiladi va qidiruv tizimi ishga tushiriladi. Shundan so‘ng, qidiruv tizimi foydalanuvchiga kiritilgan so‘z yoki jumlaga mos keluvchi ma’lumotlarni qidirib topadi va kompyuter ekranida ularning ro‘yxatini hosil qiladi. R o‘yxatdagi m a’lumotlar ketma-ket ko‘rib chiqilib, kerakli bo‘lganlari saqlab olinadi.
Navbatma-navbat qidirish usuli. Bu usulning ma’nosi, so‘rov bo‘yicha natija olingandan so‘ng, topilgan natijalar ichidan so‘rovga yangi kalitli so‘zlar qo‘shib, toki, kerakli ma’lumot topilmaguncha qidirishni davom ettirishdir. Usul yordamida har bir qidiruvda kerakli natijaga yaqinlashaveriladi. Masalan, siz menejer ishini o‘rganish uchun qo‘llanma axtarmoqchisiz. Bu ishni amalga oshirish uchun qidiruvni «menejment» kalitli so‘zi bo‘yicha bajarasiz. Natijada «menejment» so‘zi 100 mingdan ortiq web-sahifalarda topiladi. Qidiruvni aniqlashtirish uchun so‘rovga «uchebnik» (darslik) so‘zini qo‘shib, yana izlashni davom ettirasiz. Natijada topilgan saytlar ro‘yxati kamayadi, lekin ularning ko‘pi Internet do‘konlarini, ya’ni qayerda kitoblar sotilishini ko‘rsatadi. Agar kitobni sotib olmoqchi bo‘lmasangiz, unda so‘rovga «besplatno» (bepul) kalitli so‘zini qo‘shib, qidiruv mashinani ishga tushiring va natijada
Axborotlarni parametrlari bo‘yicha qidirish. Ko‘rib o‘tilganidek, har bir foydalanuvchi Internet tarmog‘i orqali o‘ziga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni uning mavzusi hamda tarkibidagi so‘z yoki jumla bo‘yicha qidirib topishi mumkin, lekin Internet tarm og‘ida m a’lumotlar shunchalik ko‘pki, ta’kidlab o‘tilgan usul samara bermasligi mumkin. Bunday hollarda Internet qidiruv tizimlari qidiruvning bir qancha qo‘shimcha usullari bo‘yicha qidiruvni taqdim etadi, bular:
1. M a’lumotlarni uning tili bo‘yicha qidiruv;
2. M a’lumotlarni uning turi (matn, rasm, musiqa, video) bo‘yicha qidiruv;
3. M a’lumotlarni uning joylashgan mintaqasi bo‘yicha qidiruv;
4. M a’lumotlarni uning joylashtirilgan sanasi bo‘yicha qidiruv;
5. M a’lumotlarni uning joylashgan Internet hududi bo‘yicha qidiruv;
6. M a’lumotlarni xavfsiz qidiruv.
WWW.uz milliy axborot-qidiruv tizimi. WWW.uz — bu barcha foydalanuvchilar uchun yurtimizning Internet tarmog‘idagi milliy segmenti axborotlaridan qulay tarzda foydalanish imkoniyatini beruvchi tizimdir. Milliy axborot-qidiruv tizimini rivojlantirish ishlari axborot va kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish UZINFOCOM markazi tomonidan olib boriladi. Milliy axborot-qidiruv tizimining asosiy xususiyatlaridan biri — uning ko‘p tilli axborot qidiruvi (ruscha, o‘zbekcha) va boshqa milliy axborot tizimlari hamda ma’lumot omborlari bilan o‘zaro ishlay olishidadir. WWW.uz Internet tarmog‘i foydalanuvchilariga milliy segmentda joylashgan web-saytlar bo‘yicha qidiruv xizmatini taqdim etadi va qidiruvni web-sayt manzili va ichki ma’lumotlari bo‘yicha olib borishi mumkin. Bu esa foydalanuvchiga kerakli bo‘lgan axborotni samarali qidirish va topish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, WWW.uz qidiruv tizimi Internet resurslari (web-saytlari) katalogini va web-saytlar reytingini yuritadi, saytlar bo‘yicha jamlangan statistik ma’lumotlarni to‘playdi hamda axborot texnologiyalari sohasidagi yangiliklar va maqolalarni yoritib boradi. WWW.uz «Katalog» bo‘limi — Internet tarmog‘ida ochiq holda joylashgan, O‘zbekiston Respublikasiga aloqador bo‘lgan, ro‘yxatga olingan, izohlari keltirilgan va katalog rejasi bo‘yicha saralangan web-saytlar to ‘plami. WWW.uz katalogi foydalanuvchilari o‘zlariga kerak bo‘lgan saytni reja bo‘yicha (iqtisod, OAV, madaniyat va boshq.) qidirish orqali tezroq topishlari mumkin. Katalog har kuni qidiruv tizimining faol foydalanuvchilari tomonidan yangi saytlar bilan boyitib boriladi.Shu bilan birga WWW.uzning har bir foydalanuvchisi «Topreyting» bo‘limiga kirib, barcha ro‘yxatga olingan saytlar reytingini ko‘rishi, «Jamlangan statistika» bo‘limida esa ularning statistikasi bilan tanishib chiqishi mumkin. Mashhur Internet qidiruv tizimlari. Internet tarmog‘i yirik ma’lumotlar ombori hisoblanadi. Undan kerakli ma’lumotlarni qidirib topish foydalanuvchining oldiga qo‘yilgan asosiy masalalardan biridir. Bunday hollarda yirik ma’lumotlar omboridan kerakli ma’lumotlarni qidirib topishda axborot-qidiruv tizimlari muhim ahamiyatga ega. Internet tarmog‘ida bunday tizimlarning ko‘plab turlarini uchratish mumkin. Bulardan Google, Rambler, Yandex, Yahoo tizimlari o‘zbek, rus va ingliz tillarida qidiruvni olib boradigan eng mashhurlari hisoblanadi. Ushbu qidiruv tizimlarining har biri oddiy va batafsil kengaytirilgan qidiruv hamda matnli, rasm, musiqa, video va boshqa turli shakldagi axborotlarni qidirish imkoniyatini taqdim etadi. Bu turdagi axborot-qidiruv tizimlaridan foydalanib, ixtiyoriy foydalanuvchi o‘ziga kerakli bo‘lgan ixtiyoriy turdagi ma’lumotni qidirib topishi va undan foydalanishi mumkin. Agar sizga biror ma’lumot kerak bo‘lib, lekin uning qayerda va qanday ko‘rinishda joylashganligini bilmasangiz, u holda shu kabi axborot-qidiruv tizimlaridan foydalaning. Ixtisoslashgan axborot-qidiruv tizimlari. Axborot-qidiruv tizimlari — bu web-sayt hisoblanib, Internet tarmog‘ida axborotlarni qidirish imkoniyatini taqdim etadi. Bunga yuqorida sanab o‘tilgan Google va Yahoo qidiruv tizimlari kiradi. Bizning WWW.uz axborot-qidiruv tizimi qidiruv so‘rovlari bo‘yicha ilg‘orlardan biridir. Bundan tashqari, Internet tarmog‘ida m a’lum sohada ishlaydigan ixtisoslashgan qidiruv tizimlari ham mavjud. Bulardan
eng ommaboplari:
• «KmoTaM» — inson to ‘g‘risidagi axborotlarni qidirishga mo‘ljallangan yangi turdagi axborot-qidiruv tizimi. Bunda ularni ismi, sharifi, familiyasi, kasbi, lavozimi, unvoni hamda tashkilot va boshqalar orqali topish mumkin.
• «Tagoo» — musiqalarni qidirishga mo‘ljallangan qidiruv tizimi. Boshqa qidiruv tizimlariga nisbatan ushbu tizim o‘zining kengaytirilgan musiqa bazasidan va boshqa saytlarning mp3 resurslaridan qidirib, ularning ro‘yxatini shakllantiradi. So‘rovda musiqa nomini, uning ijrochisini hamda albom nomlarini ham kiritish mumkin.
• «Truveo» — Internetning turli resurslaridagi videomateriallarni qidirishga ixtisoslashgan axborot-qidiruv tizimi. Bu tizim orqali onlayn video hamda teledasturlar namoyishlarini qidirib toppish mumkin.
• «Kinopoisk» — filmlar to‘g‘risidagi axborotlarni qidirish tizimi. Qidiruv vaqtida filmning nomi, chiqqan yili, janri, ishlab chiqqan mamlakat, kompaniya, aktyorlar, rejissorlar va ssenariy mualliflari
ism-sharifidan foydalanish mumkin.
• «Ebdb» — elektron kutubxonalardan kitoblarni qidirishga ixtisoslashgan axborot-qidiruv tizimi. Ushbu saytning ma’lumotlar bazasida elektron ko‘rinishda tarqatiladigan adabiyotlarning ko‘plab mashhurlari to‘plangan. Qidiruv natijalari kitob nomlari bo‘yicha guruhlanadi.
• «Ulov-Umov» — rezume va vakant joylarni qidirish tizimi. Bunda qidiruv jarayonida karyera va ishga bag‘ishlangan hamda ijtimoiy tarmoq va boshqa saytlar vakansiyalari tekshiriladi va ro‘yxati shakllantiriladi. Qidiruv tizimlaridan to‘g ‘ri maqsadda foydalanish. Afsuski, bugungi kunda yoshlar ayrim kompyuterga va Internetga ko‘ngil-ochar vosita deb qarashmoqda. Ayniqsa, bolalar kompyuterga ko‘zi tushgan zahoti darrov o‘yinlarni so‘rashadi. Ko‘p yigitqizlar esa Internetga ulangani zahoti rasmlar tomosha qilishga ruju qo‘yishadi. Internet resurslari xilma-xildir. Ularning ichida ham foydali, ham zararli bo‘lgan ma’lumotlar uchraydi. Internet tarmog‘idagi axborot-qidiruv tizimlari esa Internet resurslari ichidan so‘ralgan ixtiyoriy ma’lumotlarni qidirib topib berish imkoniyatiga ega.Chunki bunday qidiruv tizimlari kalit so‘zlar bo‘yicha qidirishniamalga oshiradi. Foydalanuvchi tomonidan qanday m a’lumot kiritilsa, xuddi shu ma’lumotga mos ma’lumotlarni qidirib topadi.Shu narsani eslatib o‘tish kerakki, har qanday axborot ham foydali va to‘g‘ri, rost hisoblanavermaydi. Axborot-qidiruv tizimlaridan faqat to‘g‘ri va foydali foydalanish maqsadga muvofiqdir. Turli nojo‘ya ma’lumotlardan foydalanishdan va tarqatishdan saqlanish lozim.
|
| |