• Pigmentlar
  • Aromatik birikmalar
  • Aromatik birikmalar barqaror moddalardir.
  • Toksinlar
  • Mavzu; bakteriyalarning hayot faoliyati mahsulotlari. Fermentlar, pigmentlar, toksinlar, aromatic birikmalar va ularning identifikatsiyadagi ahamiyati




    Download 429.4 Kb.
    Sana20.04.2022
    Hajmi429.4 Kb.
    #20016
    Bog'liq
    bakteriyalarning hayot faoliyati mahsulotlari
    9� laboratoriya ishi integral kuchaytirgich xarakteristika va pa, Sevar, Soliqlar va soliqqa tortish, 2-mus.ish Abdullayev, Architectural-Competitions-Policy, Nargiza, 2-topshiriq KTE, Mustaqil ish mavzulari (2), 1-5- laboratoriya, Триангуляция лойиҳасининг аниқлигини баҳолаш 2- amaliy, 8-1 Talimda raqamlki texnologiyalar, 7-1.qr kod va undan foydalanish boyicha y , 1651130599 (1), ZARIF CV

    Mavzu; bakteriyalarning hayot faoliyati mahsulotlari. Fermentlar, pigmentlar, toksinlar, aromatic birikmalar va ularning identifikatsiyadagi ahamiyati.

    Fermentlar (lot. fermentum — achitqi), enzimlar

    • hayvon, oʻsimlik va bakteriyalarning tirik hujayralaridagi oqsilli katalizatorlar. F. maxsus xususiyatlari va kimyoviy reaksiyalarni tezlashtirishi bilan odatdagi katalizatorlardan farqlanadi. Ular katal izatorlar kabi kimyoviy reaksiyalarning faollanish energiyasini pasaytiradi (qarang Kataliz).
    • Enzimopatiya yoki fermentopatiya deb ataluvchi turli F. tizimi funksiyalarining buzilishi kishida koʻpchilik kasalliklarning kelib chiqishiga sabab boʻladi.
    • Turli omillar (radiatsiya, kimyoviy moddalar, viruslar, bakteriyalar va boshqalar) tufayli F.ning optimal taʼsir etish sharoiti oʻzgarganda F.ning qondagi faolligi pasayishi kuzatilgan. Uning bu xususiyatidan diagnostikada foydalaniladi. F.ning kon zardobidagi faolligini aniqlash usuli keng qoʻllaniladi. Bu usul yordamida kasallikni boshlanish paytida aniqlash mumkin.
    • F. kasalliklarni aniqlashdagina emas, balki shu kasalliklarning ayrimlarini davolashda (enzimoterapiya) ham qoʻllaniladi.
    • Kishilarning amaliy hayotida, shuningdek, yengil, oziq-ovqat va kimyo sanoatlarida F.dan keng foydalaniladi. 

    Pigmentlar (lot. pigmentum— boʻyoq)

    • 1) (biologiyada) orga-nizmlar toʻqimalari tarkibiga kiradigan boʻyoq birikmalar. P. rangi ular molekulasi tarkibidagi quyosh spekt-rining koʻzga koʻrinadigan nurlarini (380—750 nm) tanlab yutadigan xromofor guruhi bilan bogʻliq. P. sitoxromlar, katalaza va boshqa fermentlar, membrana strukturam tarkibiga kiradi, oqsillar va lipidlar bilan birga kompleks qosil qiladi. Hujayrada P. max-sus tuzilmalar (xloroplastlar, xromoplastlar va boshqalar) ichida, baʼzan hujayra shirasida boʻladi. Koʻpchilik hayvonlarda maxsus P. hujayralari mavjud.
    • P. materiallarni korroziyadan saklaydigan plyonkalarning xossalarini yaxshilaydi. Organik P. — kimyoviy tuzilishi turlicha boʻlgan sintetik boʻyoq moddalar. Monova disazopigment mahsulotlari muhim ahamiyatga ega. Bular yashilsariq rangdan toʻq qizil ranggacha boʻladi. Ftalo-sianin P.ning rangi och zangori, chidamligi bilan boshqa P. dan ajralib turadi. Sariq rangdan yashil ranggacha boʻlgan olovbardosh politsiklik P.ning ham ahamiyati katta. Anorganik P. — tarkibida koʻp miqdorda te-mir oksidlari, sintetik mahsulotlar, oz miqdorda sulfidlar, selenidlar, oksidlar va xromatlar boʻlgan tabiiy minerallar. 

    Aromatik birikmalar (yun. aroma – xushbo‘y, muattar)

    • moleku-lasi bir yoki bir necha benzol yadrolaridan tashkil topgan organik birikmalar va ularning hosilalari. Eng oddiy vakillari – benzol (S6N6) va uning hosilalaridir. Benzol yadrosidagi qo‘shbog‘larning oddiy bog‘lar orqali bog‘lanishidan hosil bo‘lgan benzol halqalari tizimi tufayli Aromatik birikmalar aromatik xususiyat kasb etgan va shuning uchun ular alifatik birikmalar hamda alitsiklik birikmalardan katta farq qiladi.

    Aromatik birikmalar barqaror moddalardir.

    • Ularni boshqa sinf birikmalaridan qat’iy sharoitlardagina hosil qilish mumkin. Mas, benzolni 650°da atsetilendan faol ko‘mir ishtirokida yoki siklogeksanni degidridlab olish mumkin. Aromatik birikmalar alifa-tik birikmalarni degidrotsikllash, po-limerlash yoki kondensatlash yo‘li bilan olinadi. Bu reaksiyalar aromatlash reak-siyasi deyilib, ular o‘simlik, hayvon or-ganizmlari va mikroorganizmlarda ham ro‘y beradi. Benzin ham sanoatda aromat-lash reaksiyasidan o‘tkaziladi, natijada benzinning xususiyatlari yaxshilanadi. Toshko‘mirni kokslab yoki neftni termik va katalitik krekingga uchratib ham Aromatik birikmalar hosil qilish mumkin.

    Toksinlar

    • mikroorganizmlarning hayot faoliyatida hosil boʻladigan zaharli moddalar. Hayvonlar va odam organizmiga tushganda ularni kasallantirish yoki halok qilish xususiyatiga ega. Bakteriyalar paydo qiladigan T. ancha toʻla oʻrganilgan. Bakterial T. ekzotoksinlar (bakteriyalar toksinni tashqi muhitga ajratib chiqaradi) va endotoksinlarga (ular bakteriyaning struktura komponenti boʻlib, bakteriya hujayralari yemirilganidan keyin atrofmuhitga tarqaladi) boʻlinadi. Ekzotoksinlar va endotoksinlar oʻz xususiyatlariga koʻra bir-biridan farq qiladi. Ekzotoksinlar juda zaharli.
    • Tozalangan T. bir necha yuz marta faol boʻladi. Ekzotoksinlarning organizmga taʼsiri maʼlum yashirin davrdan soʻng yuzaga chiqadi. Endotoksinlar ancha tez taʼsir qiladi, lekin ularning zaharliligi ekzotoksinlarnikicha emas. Koʻpchilik ekzotoksinlar 60—80° da 10—20 min.da parchalanadi. Endotoksinlar issiqqa juda chidamli — ancha yuqori trada yoki uzoq vaqt qaynatilganda parchalanadi. T. muzlatilganda va muzdan tushirilganda kuchi qirqilmaydi. Ular quritilgan holatda ham yaxshi saqlanadi. Formalin va issiq taʼsirida ekzotoksinlarning zaharlilik xususiyati yoʻqoladi, biroq bunda immunitetning kuchaytirish xususiyati saklanib qoladi. Bir qancha infeksion kasalliklarning oldini olish va davolashda qoʻllanadigan anatoksinlarni olish shunga asoslangan.
    • Ekzotoksinlar organizmga kiritilganda kuchli oʻziga xos xossaga ega boʻlgan antitelolar (qarang Immunitet) paydo qilish xususiyatiga ega. Ana shu xususiyat davolash va profilaktika maqsadida ishlatiladigan zardobni olish va qoʻllash imkonini beradi.
    • Hayvonlar va oʻsimliklardan olinadigan bir qancha mahsulotlarning biologik xususiyatlari bakterial T.ga juda yaqin, mas., oʻsimlik zaharlari, ilon, chayon, qoraqurt zahari va boshqa
    • E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

    Download 429.4 Kb.




    Download 429.4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu; bakteriyalarning hayot faoliyati mahsulotlari. Fermentlar, pigmentlar, toksinlar, aromatic birikmalar va ularning identifikatsiyadagi ahamiyati

    Download 429.4 Kb.