152
3. Chiqindi idishlaridan turli buyumlar yasash texnologiyasi
Amaliy mashg‗ulotning maqsadi:
Talabalarga chiqindi idishlari va uning turlari
haqida ma‟lumot berish. Chiqindi idishlaridan
turli buyumlar yasash
texnalogiyasini o„rgatish.
O‗qituvchining vazifalari:
Chiqindi idishlari va ulardan unumli foydalanishga o„rgatish;
Chiqindi materiallaridan bajarilgan ishlar haqida ma‟lumot berish;
Chiqindi idishlaridan turli buyumlar yasash texnalogiyasi bilan tanishtirish;
Amaliy ish natijalari ko„radi, xato va kamchiliklarni ko„rsatadi, baholaydi;
Ta’lim usullari: Savol-javob, ko„rgazmalilik, blits metodi, aqliy hujum, mustaqil
ish.
Ta’lim vositalari: Metodik qo„llanmalar, slaydlar, ko„rgazmalar, turli chiqindi
idishlari, qaychi, elim, karton
Mashg„ulotni boshlashdan oldin o„quvchilarni
bilimlarini aniqlash va
fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida savollar beriladi.
1.
Chiqindi materiallari bilan ishlash o„quvchilar ta‟lim-tarbiyasida qanday
ahamiyatga ega?
2. Chiqindi idishlaridan nimalar yasash mumkin?
3. Tejamkorlik nima?
4. Qanday chiqindi materiallarini bilasiz?
5.
Ish qurollaridan foydalanish qoidalari qanday?
Ish joyini to‗g‗ri tashkil etish.
O„quvchining chap tomoniga qaychi, chizg„ich, qalam, o„lchov metri
joylashtiriladi. O„quvchiningt o„ng tomoniga
turli chiqindi idishlar, mato
bo„laklari va har xil bezak materiallari joylashtiriladi. O„quvchining oldi
tomoniga plastmassa yelim, chiqindilar uchun quticha, nina, ip va sochiqcha
joylashtiriladi.
153
Turli chiqindi materiallari
Biz hayotimizda istiqomat qilish jarayonida
turli kiyim-kechaklardan,
buyumlardan, oziq-ovqatlardan va boshqa turdagi mahsulotlardan foydalanamiz.
Bu turdagi mahsulotlarni bizgacha yetib kelishida foydalanilgan buyumlar, turli
qutilar,
idishlar, g„iloflarni chiqindi materiali sifatida axlatlarga tashlaymiz.
E‟tibor bermaymizki, bu chiqindi materiallaridan turli kerakli buyumlar,
foydalanish mumkin bo„lgan narsalar tayyorlash mumkin.
Shu bilan birga turli
chiqindi materiallarini o„z o„rnida kerakli foydalanib, keraksizini tartib bilan axlat
idishlarini tashlasak, atrof-muhitni ifloslanishi, ekologiyani
buzilishi qisman
bo„lsa ham kamaygan bo„lardi. Masalan: suv va napitkalarni idishlarini
yarimigacha kesib, idish atrofini turli narsalar bilan bezab ro„zg„orda foydalanish
mumkin bo„lgan turli idishlar (taroq solgich, qalamdon, chiqindi qutichasi) ni
yasash mumkin, baklajka qopqog„idan choynak tagligini tayyorlash mumkin.
Yoki shampun, kofe,
bolalar kashalari, turli yog„lar va margarinlarning
plastmassa idishlaridan turli buyumlarni tayyorlash mumkin. Kofe yoki bolalar
kashasini idishidan turli buyumlar tayyorlash texnologiyasi:
1. Idish
keraksiz narsalardan tozalanib, yuvib quritiladi. Idishning o„lchami
aylanasi va uzunligi o„lchanadi.
1. O„lcham asosida bir xil rangdagi mato tayyorlanib, idish atrofi mato
bilan qoplanadi.
2. Matoni idishga plastmassa yelim yordamida mahkamlanadi. Yuqori
va pastki qismi ko„rinmas chok yordamida tikib qo„yiladi.
3. Idish mato bilan qoplangandan so„ng turli munchoqlar, bisserlar,
lentalar, yaltiroq tasmalar yordamida bezatiladi.
Mustaqil ish topshiriqlari
1. Chiqindi materiallarini to„plang.
2. Chiqindi materiallaridan qalamdon tayyorlang.
3.
Ish qurollaridan foydalanish qoidalari qanday berilgan