• Lantanoidlar va aktinoidlar haqida umumiy tushunchalar. Fizik va kimyoviy xossalari . Ishlatilishi.
  • Mavzu: davriy sistemaning lantanoidlar va aktinoidlar gruppasi




    Download 2,01 Mb.
    bet1/5
    Sana29.01.2024
    Hajmi2,01 Mb.
    #147775
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Rahimov Kamolidin. kimyo
    Nurova (1), Simmetriya, baxti, 1 - tajriba ishi, 12 ilova Ikkilamchi Avtokredit, Mikro.Makroiqtisodiyot REFERAT, 1404549802 54144, vedmist, tabiat

    ANDIJON IQISODIYOT VA QURILISH
    INSTITUTI ARXITEKTURA VA QURILISH FAKUTETI GIDROTEXNIKA YO’NALISHI 14S-23 GURUHI TALABALARI
    RAHIMOV KAMOLIDDINNING KIMYO FANIDAN
    MUSTAQIL ISHI



    Andijon-2024
    MAVZU: DAVRIY SISTEMANING LANTANOIDLAR VA AKTINOIDLAR GRUPPASI
    REJA:



    1. Lantanoidlar va aktinoidlar haqida umumiy tushunchalar.

    2. Fizik va kimyoviy xossalari .

    3. Ishlatilishi.


    Lantanoidlar (lantan va yun. eidos — koʻrinish), lantanidlar — Mendeleyev davriy sistemasining IV davrida lantandan soʻng joylashgan va xossalariga koʻra, unga oʻxshaydigan kimyoviy elementlar guruhi. Tartib raqamlari 58 dan 71 gacha boʻlgan 14 element: seriy (Se), prazeodim (Rg), neodim (Nd), prometiy (Rt), samariy (Sm), yevropiy (Yey), gadoliniy (Gd), terbiy (Tb), disproziy (Dy), golmiy (No), erbiy (Yeg), tuliy (Tt), itterbiy (Yb), lyutetsiy (i)dan iborat. Bu guruh elementlari lantan, ittriy, skandiylar bilan birgalikda nodirer elementlari deb ataladi. L. seriy va ittriy guruhchalariga boʻlinadi. L.ning bir necha tabiiy va sunʼiy izotoplari mavjud. L.ning sirtqi ikki elektron qobiqlari bir xil tuzilganligi tufayli ularning fizik-kimyoviy xos-salari, spektrlari oʻxshash. L. — kumushdek oq, baʼzilari, mas, prazeodim, neodim sargʻish metallar. Seriy guruhchasi elementlarining suyukdanish temperaturasi ittriy guruhchasi elementlariga qaraganda ancha past. Barcha L. va lantanda paramagnit, baʼzilarida ferromagnit xossalari bor.


    Latanoidlar oilasiga 14 ta f element kirib, ular lantandan keyin keladigan elementlardir. Bu elementlar yadro zaryadining ortishi bilan oxirgi elektron tashqaridan uchinchi qavatning f-pog‘onachasiga joylashadi, tashqi va tashqaridan ikkinchi qavat o‘zgarishsiz qoladi. Ularning tashqi qavatida ikkitadan elektroni bor. Shuning uchun ham latanoidlar kimyoviy xossalari jihatidan bir-biriga o‘xshash xossalarga ega.
    Lantanoidlarning xossalari La va Y ga oxshab ketadi. Ularning oksidlanish darajasi +3. La, Gd va Lu o‘zgaruvchan valentlikka ega. Ce bo‘lsa uch va to‘rt valenlikni namoyon etadi. Ba’zi lantanoidlar ikki valentlikli holatga ham ega.
    Lantanoidlarda yadro zaryadi ortgani bilan Ce dan Lu ga qarab ion radiusi kamayib (lantanoidlar siqilishi) borishi kuzatiladi.

    Download 2,01 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 2,01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: davriy sistemaning lantanoidlar va aktinoidlar gruppasi

    Download 2,01 Mb.