Mavzu: Didaktik o’yin tayyorlash




Download 50,56 Kb.
bet1/2
Sana23.01.2024
Hajmi50,56 Kb.
#143657
  1   2
Bog'liq
[26.01.2024 16 23] БУХАРА 1 ТАШКЕНТ ПАСС ЦЕНТР., 2

Mavzu:Didaktik o’yin tayyorlash
Didaktik o‘yinlar texnologiyalari o‘quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o‘quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Didaktik o‘yinlarning asosiy turlari: Intelektual (aqliy) va harakatli hamda aralash o‘yinlardan iborat. Bu o‘yinlar ishtirokchilarda aqliy, jismoniy ahloqiy, psixologik, estetik, badiy, tadbirkorlik, mehnat va boshqa ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Ta’lim – tarbiya jarayonida asosan o‘quvchilarda ta’lim olish motivlarini, ularning turli yo‘nalishdagi qobilyat va qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini ko‘rsatadigan didaktik o‘yinlardan foydalaniladi. Didaktik o‘yinlar nazariy, amaliy jismoniy, roli, ishchanlik va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha turlari bo‘yicha ajratiladi. Hozirda kompyuter vositasidagi o‘yinlar alohida o‘ringa ega bo‘lib bormoqda. Didaktik o‘yinlar o‘quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash, o‘lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish hulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, ahloq odob o‘rgatish, yangi bilimlar o‘rgatish va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘yinlarga ajratiladi. Didaktik o‘yinlardan amalda foydalanish orqali boshqa usullar yordamida erishish qiyin bo‘lgan ta’lim –tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi. Turli o‘quv fanlariga oid didaktik o‘yinlar mavjud bo‘lib, ular shu fanlarni sifatli o‘rgatish maqsadlariga xizmat qiladi. Umumiy o‘yinlar nazariyasiga, mavjud barcha o‘yin turlarini tasniflashda ularni funksional, mavzuli konsturuktiv, didaktik, sport va harbiy o‘yinlariga ajratiladi. Bularning orasida ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirish imkoniyatini berishi bilan alohida o‘ringa ega. O‘yinlar maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyat shakli hisoblanadi. Bu esa pedagog va psixolok olimlar tomonidan shu yosh davridagi o‘yinlarning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatini o‘rganish va yanada oshirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilishiga asos bo‘ldi. Natijada, oldingi asrning 60-yillari boshidan AQSH-da so‘ngra boshqa g‘arb mamlakatlarida ishchanlik o‘yinlari qo‘llanila boshlandi. Ishchanlik o‘yinlari tadqiqotchilari bu usulni eng asosiy, samarali va tejamli ta’lim metodlaridan iborat deb takidlaganlar. Didaktik o‘yin texnologiyalari amalga oshiriladigan ayrim noananaviy dars shakillari Ishchanlik o‘yini darsi –dars mavzusi bo‘yicha masalalarni hal etish jarayonida o‘quvchilarning faol ishtirok etishini ta’minlash orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirish mashqi. Rolli o‘yin darsi - dars mavzusi bo‘yicha masalalarni o‘rganishda o‘quvchilarga oldindan ma’lum rollarni taqsimlash va dars jarayonida shu rolni bajarishlarini tashkil etish asosida bilimlarni mustahkamlash darsi. Teatrlashtirlgan dars – dars mavzusi bilan bog‘liq sahna ko‘rinishlari tashkil etish orqali dars mavzusiga doir kompyuter materiallari (multimedia, virtual o‘quv kursi va shu kabilar) asosida o‘tiladigan dars. Kim oshdi savdosi darsi – o‘quv fani ayrim bo‘limi bo‘yicha bilimlarni har bir o‘qituvchi qanchalik ko‘p bilishini namoyish etish darsi. Yarmarka darsi – dars mavzusini bo‘laklar bo‘yicha oldindan o‘zlashtirgan o‘quvchilarning o‘zaro muloqot asosida sinfga qiziqarli tushuntirish orqali o‘tiladigan dars. Formulalar darsi – o‘quvchilarning formulalarni puxta o‘zlashtirishlari bo‘yicha turli o‘yinlar shaklidagi mashqlar o‘tkazish darsi. O‘yin darsi – dars mavzusiga mos o‘yin orqali o‘quvchilarning o‘zlashtirishlari tashkil qilish darsi. “Sud darsi” - o‘quvchilar bilan dars mavzusiga mos “sud” jarayonini tashkil etish orqali yangi mavzuni tushuntirish darsi. Kontsert darsi - dars mavzusini sahnalashtirgan holdagi kontsert shaklida ifodalash mashqlari bo‘lib, o‘quvchilarni faollashtirish va bilimini mustahkamlash imkoniyatini beradi. “Tergovni bilimdonlar olib boradi” darsi - dars mavzusini oldindan puxta o‘rgangan o‘quvchilar yordamida qiziqarli savol-javoblar, tahlillar asosida isbotlab tushuntirish mashqlari bo‘lib, bunda o‘quvchilar dars mavzusini o‘zlashtirib, eslab qolishlari uchun qulaylik yaratiladi. Integral (integratsiyalashgan) darsi - bir necha fanlarga oid integratsiyalash uchun qulay bo‘lgan mavzular bo‘yicha tashkil qilingan dars bo‘lib, o‘quvchilarning turli fanlarga qiziqishlarini ortirib, ta’lim jarayonidagi faolliklarini ta’minlaydi. Bunday darslar o‘quvchilarga fanlararo bog‘liqlikni o‘rgatish orqali ulardan olam tuzilishining ularning ilmiy asoslarini to‘liq idrok etish, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, ijodiy tafakkurlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. “Mo‘jizalar maydoni” darsi – o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan qiziqarli o‘yin bo‘lib, turli savollarga belgilangan vaqt davomida to‘g‘ri javoblar topish va g‘oliblarni rag‘batlantirish orqali o‘quvchilarda fikrlash, topqirlik, ziyraklik va bilimlarini kengaytirib borish sifatlarini shakillantiradi. Didaktik o‘yinlarni amalda qo‘llash shart-sharoitlari Didaktik o‘yinlarni tanlashda ishtirokchilarning yoshi, bilimi va tarbiyalanganlik darajasi hisobga olinadi. Har bir didaktik o‘yin mashg‘ulotlariga o‘ziga xos xavfsizlik talablari qo‘yiladi. Bu xavfsizlik talablariga to‘liq rioya qilinishi har bir tashkilotchining doimiy e’tiborida bo‘lishi lozim. Bundan tashqari har bir didaktik o‘yin uchun sarflanadigan vaqt miqdorini to‘g‘ri belgilash va unga rioya qilishning o‘ziga xos asoslarini bilish va darsning maqsadiga muvofiq qo‘llash talab qilinadi. Didaktik o‘yin turlarini tanlash me’zonlari: - ishtirokchilar tarkibi bo‘yicha o‘g‘il-bolalar, qiz-bolalar, qiz bolalar, o‘smirlar katta yoshdagilar uchun o‘yinlar; - ishtirokchilar soni bo‘yicha –yakka, juftlikda kichik guruh, sinf jamoasi, raqobotdosh komandalar, sinflar aro va ommaviy o‘yinlar ; - o‘yin jarayoni bo‘yicha – fikrlash, o‘ylash topog‘onlik, harakatlar musobaqa va boshqalarga yo‘naltirilgan yo‘llar; - vaqt me’yori bo‘yicha dars, mashg‘ulot vaqtining reja bo‘yicha ajratilgan qismi, o‘yin maqsadiga erishguncha, g‘olib yoki g‘oliblar aniqlanguncha davom etadigan va boshqa o‘yinlar.

“Yaxshi-yomon” didaktik oʻyini Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan YXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi hamkorligida “Maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik taʼlimi” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan boʻlib, ekologik taʼlim va tarbiya boʻyicha maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun “Yer sayyorasi – umumiy uyimiz” parsial dasturiga ilova hisoblanadi. Mazkur didaktik oʻyin 5-7 yoshdagi bolalarga moʻljallangan. Didaktik oʻyinni izchil nutqni va ekologik taʼlim-tarbiya masalalarini yechishda, shuningdek, bolani rivojlantirishdagi turli taʼlim sohalari boʻyicha mustaqil va birgalikdagi faoliyatda koʻp maqsadda foydalanish mumkin. Didaktik oʻyin MTT pedagoglari, ota-onalar va tarbiyalanuvchilarga ekologiya boʻyicha bolalar oʻyinlarini tashkillashtirishda foydali boʻladi.

Download 50,56 Kb.
  1   2




Download 50,56 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Didaktik o’yin tayyorlash

Download 50,56 Kb.