• ADABIYOTLAR
  • Mavzu: ferment aktivligiga aktivator va




    Download 17,9 Kb.
    Sana16.12.2023
    Hajmi17,9 Kb.
    #120018
    Bog'liq
    ferment

    MAVZU: FERMENT AKTIVLIGIGA AKTIVATOR VA


    PARALIZATORLARNING TA`SIRI.


    Maqsad: Fermentlar akivligiga aktivator va paralizatorlarning ta’sir mexanizmini o`rganish. Laboratoriya tajribalari orqali olingan xulosalar natijasida ko`nikmalar hosil qilish.
    Kerali asbob va reaktivlar: shtativ, probirkalar, pipetkalar,kraxmalning 0,5 % li eritmasi, distillangan suv, natriy xloridning 1 % li eritmasi, mis (II)-sulfatning 1 % li eritmasi, 5 marta suyultirilgan so`lak, 0,1 % li eritmasi.
    Ferment aktivligini kushaytiruvchi yoki to`xtatuvchi moddalar aktivator va paralizatorlar deb ataladi. Aktivator va paralizatorlarning ta’sir mexanizmi to`liq o`rganilgan emas. Ko`pchilik fermentlar aktivatorlari reaksion muhitda bo`lmasa, ta’siri umuman ko`rilmaydi. Masalan, amilaza dializ qilinsa, aktivligi yo`qoladi, NaCl eritmasi qo`shilsa tiklanadi. Kinazalar gruppasidagi fermentlarning aktivligi uchun Mg++ ioni bo`lishi shart. Paralizatorlar yoki ingibitorlarning ta’sir mexanizmi yoki xarakteri xilma-xildir. Ba’zi hollarda ular ferment aktivatori bo`lgan metal ionlarini biriktirib olsa, ba’zan fermentni denaturasiyalaydi yoki ferment bilan “yolg`on” ferment – substrat kompleksini hosil qilib, ioaktiv holatga o`tkazib qo`yadi.
    Ishning bajarilishi. 3 ta probirka olib, ularga 5 tomchidan 0,5 % li kraxmal eritmasidan tomiziladi, birinchi probirkaga 10 tomchi distillangan suv, ikkinchisiga 8 tomchi suv bilan 2 tomchi 1 % li NaCl eritmasi, uchinchisiga 8 tomchi suv bilan 2 tomchi 1 % li CuSO4 eritmasi quyiladi, hammasiga 5 marta suyultirilgan so`lakdan
    10 tomchidan qo`shib, yaxshilab aralashtirib, xona temperaturasida qoldiriladi. 5 minutdan keyin 3 ta probirkaga 10 tomchidan distillangan suv, 1-2 tomchidan 0,1 % li yod eritmasidan aralashtiriladi, ularning ustiga tajribadagi uchala probirkadagi aralashmaning har biridan 2-3 tomchidan alohida probirkalarga tomiziladi. Yod bilan qilinadigan reaksiya 10-15 minutda yana takrorlanadi. Birinchi probirkadagi suyuqlik binafsha yoki qizil rangga, ikkinchisi qizil yoki sariq, uchinchisi esa ko`k rangga kiradi. Demak, 2-probirkada kraxmal yaxshiroq gidrolizlangan, uchinchisida esa umuman gidroliz ketmagan. Ish natijasi jadvalda qayd qilinadi.



    Tajriba

    0,2 m Na2HPO4
    miqdori (ml hisobida)

    0,1 m
    limon kislota miqdori (ml hisobida)

    Aralashmaning pH qiymati

    0,5 % li kraxmalning 1 % li NaCl dagi eritmasining miqdori

    100 marta suyultirilgan so`lak miqdori

    Yod bilan reaksiya natijasida hosil bo`lgan rang

    1

    0,58

    0,42

    5,6

    10 tomchi

    10 tomchi




    2

    0,63

    0,37

    6,0

    10 tomchi

    10 tomchi

    3

    0,69

    0,31

    6,4

    10 tomchi

    10 tomchi

    4

    0,77

    0,23

    6,8

    10 tomchi

    10 tomchi

    5

    0,87

    0,13

    7,2

    10 tomchi

    10 tomchi

    6

    0,94

    0,06

    7,6

    10 tomchi

    10 tomchi

    7

    0,97

    0,08

    8,0

    10 tomchi

    10 tomchi

    Amilaza aktivligiga aktivator va paralizator ta’siri

    Tajriba №

    Ferment

    Substrat

    Fermentning ta’sir vaqti

    Reaksiya aralashmaning yod
    bilan bergan rangi (tajriba variantlari)

    H2O

    NaCl bilan

    CuSO4
    bilan

    1

    So`lak

    kraxmal

    5













    amilazasi







    2

    «

    kraxmal

    10

    3

    «

    kraxmal

    15

    ADABIYOTLAR


      1. Mirxamidova P. va boshq. Biokimyo, amaliy mashg’ulotlar. T. Universitet 2002 yil.

      2. Zikiryaev A., Mirxamidova P. O’simliklar bioximiyasidan amaliy mashg’ulotlar. T.: «Mehnat» 2001 yil.

      3. R.Abdullayev va boshqalar "O’simliklar bioximiyasidan amaliy mashg’ulotlar". 1994 yil. Toshkent.

    1. To`raqulov.Yo.X. Biokimyo T:”O`qituvchi”1998 yil

    Download 17,9 Kb.




    Download 17,9 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: ferment aktivligiga aktivator va

    Download 17,9 Kb.