• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Mavzu: Gelio qurilmalarning ishlash prinsipi. Reja. Gelio qurilma haqidq ma’lumot




    Download 20.38 Kb.
    Sana19.12.2023
    Hajmi20.38 Kb.
    #124222
    Bog'liq
    gelio qurilmalarning ishlash prinspi
    Biomexanika, Q5o5g654387, agrar munosabatlar va renta nazariyasi rеja, талон , 1 mavzu matritsaning rangi, 1labaratoriya N, 1 Agressiv xulq va uning namoyon bo’lishi Agressiv xulq atvorni, 1 mavu NDP tqonun (3), Mavzu 2017 yilda O’zbekistonda keng qo’lamli iqtisodiy keng qol, Falsafaning taraqqiyot bosqichlari, Nanomateryallar va nanobirikmalar, Имя команды, 3-MISH RAJABOV Dilshod, 1-1-1 AMALIY ISH

    Mavzu: Gelio qurilmalarning ishlash prinsipi.

    Reja.
    1.Gelio qurilma haqidq ma’lumot




    2.Gelio qurilmaning ishlash prinsipi.


    Gelioqurilma— Quyosh radiatsiyasi energiyasini foydalanish uchun qulay boʻlgan boshqa tur energiyaga (mas, issiklik yoki elektr energiyasiga) aylantirib beradigan qurilma. G. qurishga, yaʼni Quyosh issiqligidan foydalanishga qadimdan intilishgan. Mas, mil. av. 1500 yil Misrda oddiy quyosh issiqlik qurilmasi yasashga urinishgan, lekin to 18-asrgacha tuzukroq qurilma yasalmagan. 18-asrda Rossiyada (M. V. Lomonosov), Franiiyada (J. Byuffon), Angliyada (D. Gershel) turli G.lar sinab koʻrilgan, lekin bular uncha yaxshi natija bermagan. 19-asr 2-yarmidan boshlab G. bilan shugʻullanish yaxshiroq yoʻlga qoʻyildi. Fransuz ixtirochisi O. Musho (1878), rus olimi V. K. Seraskiy (1890) ancha mukammal qurilmalar yasashdi. Rus olimi B. P. Veynberg quyosh energiyasidan foydalanishga oid tekshirishlar olib borish uchun maxsus "quyosh uy" jihozladi. 1927 yilda V. N. Buxman Qozogʻistonda 24 yassi koʻzgudan iborat quyosh reflektori yasadi, uning yordamida suv isitilardi. V. N. Buxman kasallarni davolash uchun quyosh reflektoridan foydalanishga oid tajribalar ham oʻtkazdi. Sobiq Ittifoq Fanlar akademiyasi Energetika instituti geliotexnika lab. 1932—35 yillarda Samarqandda qurilgan quyosh qurilmalarini hisoblash uchun zarur baʼzi geliofizik maʼlumotlarni aniqpadi. Bu lab.ning amaliy ishlaridan meva quritgichni koʻrsatish mumkin. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti tomonidan F. Yo. Umarov rahbarligida 60-yillarda G. yaratish borasida boshlangan ilmiy tadqiqot ishlari hozirgacha davom ettirilmoqsa. Chorvoq GES yaqiniga qurilgan quyosh energiyasi bilan suv isitadigan qurilmada tajribalar oʻtkazildi, institutda geliooshxona, geliouylar qurildi va sinab koʻrildi va b. Yillik radiatsiya taxminan 1000 kkal/ sm2 dan yuqori (yillik quyosh vaqti 1800—3000 soat) boʻlgan joylarda (jumladan Oʻzbekistonda) quyosh energiyasidan foydalanish iqtisodiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq. Issiqlik qurilmalarida quyosh energiyasi issiqlikka aylantirilib, undan mai-shiy yoki texnologik maqsadlarda foydalaniladi. "Qaynoq quticha" tipidagi suv isitkichda 70—90’ li issiq suv olish mumkin. Yuqori temperatura hosil qilish uchun quyosh nurini toʻplovchi kurilmalar qoʻllaniladi. Keyingi yillarda materialshunoslik fani tez surʼatlar bilan rivojlanishi natijasida quyosh energiyasini toʻplovchi katta qurilmalar — geliokonsentratorlarga eʼtibor kuchaydi. Bunday kurilmalar yordamida yangi materiallarni yaratish, materiallar xossalarini yaxshilash uchun ularni nur yordamida qayta ishlash, materiallarning issiqlik xossalarini oʻrganish, oʻta sof materiallar olish, payvandlash va b.ni amalga oshirish mumkin. Katta quyosh konsentratorlarining amaliy ahamiyatini eʼtiborga olib, 1987 yilda Toshkent sh.dan 45 km uzoqlikda Parkent tumanida S. A. Azimov rahbarligida issiqlik quvvati 1 MVt boʻlgan Katta Quyosh sandoni (KQS) qurildi (rayemga q.). KQS maxsus texnologik tizim bilan jihozlangan va gorizontal oʻqqa oʻrnatilgan katta ikki koʻzguli optik-energetik qurilmadan (fokus masofasi 18 m, oʻlchami 54x42 m) iborat. Kosmik muhitda, kosmik uchish apparatlarini energiya bilan taʼminlash va b.da G. (quyosh batareyasi)ning ahamiyati katta. Quyosh energiyasi fotoelementlar, kremniyli quyosh fotobatareyalari (f.i.k. 5—11%) yordamida elektr energiyasiga aylantiriladi. Hozirgacha quyosh energiyasidan foydalanib ishlaydigan meva, sabzavot va don quritgichlari, binolarni isitish qurilmalari, sovitkichlar, suvni chuchuklashtirgichlar, avtomobillar yaratildi. G. arzon issiqlik energiyasi olishga imkon beradi, tibbiyot va qishloq xoʻjaligida muhim rol oʻynaydi
    Kollektorga kirishdagi suyuqlik haroratining ko’tarilishi bilan uning FIK i tushadi va shunday fursat keladiki kollektor orqali o’tayotgan suyuqlik harorati ko’tarilmaydi, ya’ni kollektor FIK i nolpga teng bo’ladi.Ba’zan kollektor quyoshtizimining mo’’tadil harorat tartibida ishlashini ta’minlash maqsadida bir necha kollektorlarni parallel yoki ketma–ket ulashni amalga oshirish foydalidir.
    Kollektor ishi sifati uning joylashishi bilan ham bog’liq. Kollektorni joylashtirishda qiyalik burchagini to’g’ri ta’minlash lozim.Uning kattaligi joylashtirish o’rnining geografik kengligiga bog’liq. Kollektorga tushayotgan quyoshnurlari iloji boricha tug’ri burchak hosil qilib tushishi kerak. Bundan tashqari, kollektor ekvatorga tomonsso’nalishda orientirlangan bo’lishi kerak. Noto’g’ri orientirlashuvning samaradorigini syozilarli darajada (25% gacha) pasayishiga olib keladi.
    Geliyli suv isitgichlardan foydalanishda foydalanuvchining issiq suv iste’moli vaqt bo’yicha qurilma mahsuldorligi bilan mos kelmasligi mumkin.SHuning uchun qurilmalarida Issiqlik saqlash quyi tizimi isitilayotgan suv uchun maxsus idishlar nazarda tutilgan bilishi kerak.Akkumulyator qurilmaning juda ham zarur unsuri hisoblanib, butun tizimning muvaffaqqiyatli ishlashi unga bog’liqdir.Akkumulyatorning asosiy ko’rsatgichi uning sig’imidir.CHunki, kollektor va bak akkumulyator yopiq tizimni hosil qiladi. Undagi Issiqlik tashuvchissirkulyasiyasi tabiiy konveksiya hisobiga yokissirkulyasiya nasosi yordamida amalga oshiriladi.Akkumulyator sig’imi va yig’uvchi yuza maydoni o’rtasida bevosita bog’liqlik mavjud. katta maydonli yig’uvchi yuza va kichik sig’imli akkumulyatorlarga ega bo’lgan qurilmalarda kichik hajmdagi, lekin yuqori haroratdagi issiq suvlarni ishlab chiqarish mumkin. Kichik maydonli yig’uvchi yuza va katta sig’imli akkumlyatorlarga ega bo’lgan qurilmalarda esa, aksincha, katta hajmdagi past haroratli issiq suv ishlab chiqariladi. Birinchi holda qurilmada yig’ish samaradorligi pasayadi, ikkinchi holda tashqi zahira energiya istemoli ortadi.Majburiyssirkulyasiya bo’lmaganda, zichlik farqi hisobiga, akkumlyatordagi suv qatlam–qatlam bo’lib joylashishga moyil bo’ladi, ya’ni harorati har hil bo’lgan qatlamlar hosil bo’ladi. SHunday qilib, suyuq icsiqlik tashuvchidan foydalanilganda bak ichida vertikal yo’nalgan harorat gradienti hosil bo’ladi va haroratlar farqi bir necha o’n gradusgacha etish mumkin. SHu sababli kechasi (quyosh radiatsiyasi yo’q vaqtda) Issiqlik tashuvchining teskari oqimini yo’qotish uchun termosifonssirkulyasiyadan foydalanish asosida o’urilgan tizim teskari klapan bilan ta’minlanishi kerak. qatlamlarning hosil bo’lishi akumulyator shakliga ham bog’liq. Rezervuarning balandligi o’zining diametriga nisbatan kamida ikki marta katta bo’lishi kerak.
    Tayyorlovchi zavodlar tamonidan issiq suv akkumulyatorlarining turli variantlari ishlab chiqarilmoqda. Lekin shunga qaramasdan kichik va o’rtacha qurilmalar uchun maxsus tayyorlangan qurilmalardan foydalanish tavsiya qilinadi.
    Akkumulyatorni tanlashda uning qanday materialdan tayyorlanganligi (uning korroziyaga chidamliligi) katta ahamiyatga ega. To’g’ri keladigan materiallar korroziyaga chidamli (zanglamaydigan) po’latlarning turli markalari, rangli metallarning arzon qotishmalari, nometall materiallar hisoblanadi. Korroziyaning galvaniq juftlik o’odisasi ta’siri natijasi sifatida maxsus ishlab chiqilgan elektron tizimlar yordamida yoki "sarflanuvchi anod" deb ataluvchi qurilma yordamida oldi olinishi mumkin. Bundan tashqari, akkumulyator, yaxshi Issiqlik izolyasiyasiga ega bo’lishi kerak.Quyosh yordamida suv isitishning yirik tizimlarida akkumulyatorlarning konstruktiv jihatdan murakkabroo’ tizimlaridan foydalanilishi mumkin. Bir necha bak akkumulyatrolarni o’zaro ketma–ket ulanishi istemolchini issiq suv bilan ta’minlashda uzilishlarni yo’qotadi.Quyosh nuri etishmasligi bilan bog’liq bo’lgan muammoning sodir bo’lmasligi uchun quyosh suv isitish tizimlarida odatdagi energiya tashuvchilardan foydalanuvchi qo’shimcha energiya manbalari nazarda tutiladi.Kollektor quyosh tizimi quvvati etarli bo’lmay qolganda qo’shimcha energiya manbasiga ulanadi. U energiya sarfi avji vaqtida iste’molchini uzluksiz ta’minlashni amalga oshirishni ta’minlaydi.Unchalik katta bo’lmagan quyosh qurilmalarida qo’shimcha energiya sifatida elektr suv isitgichlar xizmat qiladi. Bundan tashqari gaz va mazut gorelkalari qo’llanilishi mumkin. Ba’zi hollarda qo’shimcha manbalardan foydalanishni bevosita iste’molchi tomonidan issiq suvdan foydalanish oldidan amalga oshirish maqsadga muvofiq.odatdagi gidravlik qurilmalarni loyihalashda qo’llaniladigan prinsiplar gelioqurilmalardagi quvurlar to’rini tayyorlashda ham qo’llaniladi. Lekin, shuni takidlash kerakki, tizim bu qismini ishlab chiqish sifati quyoshnurlanishi past darajada bo’lganligi sababli tizimga tushayotgan energiya hajmi cheklangan sharoitda, ayniqsa, katta ahamiyatga egaHar hil quvurlar uzunligini iloji boricha qisqartirish.Ichki va tashqi kommunikatsiyalar zaruriy izolyasiyasi.
    Galьvaniq juftlik hosil bo’lishining, ya’ni turli hil metallar orasida bevosita kontaktning oldini olish.
    Haroratning o’zgarishi katta bo’lgan joylarda (misol uchun, paneldan chiqish joyida) kengayuvchi birikmalarni o’rnatish.
    Qurilma mahsuldorligini kamaytiruvchi havo pufakchalari hosil bo’lishi oldini olish. Buning uchun quvurlar diametrlarining keskin kengaymaydigan qilib loyihalash va havo chiqarib yuborish joylarini nazarda tutish.
    Har qanday gidravlik qurilmalarda bo’lgani kabi quvur o’lchamlarining o’zi o’tkazadigan oqim parametrlariga mos kelishi.
    Zarurat bo’lgan hollarda suv va energiya iste’molini syozilarli kamaytiruvchi teskari konturlarning, ulardan foydalanish qo’shimcha energiya sarfini talab qilsa ham, qo’llanilishi.Energiya va suvning syozilarli iqtisodini ta’minlovchi aralashtiruvchi qurilmani akkumulyatordan chiqishga joylashtirish.Mehmonxona, suzish basseynlari, sport komplekslari va shunga o’xshash inshootlarda ortiqcha sarfni kamaytirish maqsadida kranlarda nazorat qiluvchi qurilma sifatida “taymer” larning qo’llanilishi.Kengaytiruvchi bakchalar konturda, misol uchun suv kengayganda, hosil bo’ladigan ortiqcha bosimni kompensatsiya qilishuchun xizmat qiladi. Ochiq yoki germetik kengaytiruvchi bakchalarning qo’llanilishini haroratga, gelioqurilma tavsifnomasiga, quyoshnurlanishi oqimining ko’rsatgichlariga va ekspluatatsiya sharoitlariga bog’liq ravishda tanlanadi. Avariya holatining oldini olish uchun bu bakchalar bilan bir qatorda saqlagich klapanlar ham ’rnatiladi.Gelioqurilmalarning ko’pgina konstruksiyalarida turli konturlar orqali suyuqlikni haydash uchun nasoslar nazarda tutilgan. Tizimni loyihalashda quyidagi omillarni e’tiborga olish kerak:
    muddatidan oldin eskirmasligi uchun, iloji boricha, nasoslar konturning sovuq qismlarida joylashtirilishi kerak: misol uchun, birinchi konturda nasos Issiqlik almashgichdan keyin yig’uvchi paneldan oldin joylashishi kerak;
    1.hozirgi vaqtda isitish tizimlari va issiq suv bilanta’minlash tizimlari uchun ishlatiladigan nasoslardan mavjud yopiq konturlarda isitish tizimlariga mos keladigan nasoslar, ochiq konturlarda esa issiq suv bilan ta’minlash tizimlarida ohak qatlamlari hosil bo’lishini oldini olish uchun ishlatiladigan nasoslardan foydalanish mumkin.

    Issiqlik quyosh qurilmalarining murakkabligiga ko’ra turli nazorat va boshqarish quyi tizimlari mavjud. Eng soddalarida (kichik termosifonli variantlarda) haroratga bog’liq ravishda ryozerv energiya manbasini ulab yoki uzib turuvchi, akkumulyatorga joylashtirilgan harorat datchiklaridan foydalaniladi.


    Murakkabroo’ qurilmalarda harorat datchiklari konturning bir necha nuqtalarida joylashtiriladi. Bu turli nasoslar va klapanlar ulash uchun, qurilma umumiy holati haqida axborot olish va avtomatik nazoratni amalga oshirish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari qurilma masofadan boshqarilishi mumkin va uning turli unsurlari holati haqidagi axborot boshqa joyda joylashgan stansiyalarga uzatilishi mumkin.
    Umuman olganda, har doim, nazorat qurilmasini iloji boricha sodda qilib ishlab chiqilishi maqsadga muvofiqdir. Lekin shunga qaramasdan, u shunday darajada avtomatlashtirilgan bo’lishi kerakki, foydalanuvchining doimiy ravishda kuzatib turishi zarurati bo’lmasin. Harorat va suv miqdori haqida to’liq axborotni olish uchun akkumulyatorda bir necha datchikning va bo’lish zarur. Kollektordan chiqishda suv oqimi uchun harorat datchigining xududi shunday datchikning akkumulyatorda joylashtirilishi bilan kombinatsiyalanishi katta ahamiyatga ega. Bu nasoslarni ishga tushirish va to’xtatish vaqtini to’g’ri aniqlash imkonini beradi.
    Nazorat va boshqarishning ko’plab quyi tizimlari mavjud. Bular, misol uchun, qurilmalar ishi turli o’lchamlarini analiz qilish qobiliyatiga ega bo’lgan tizimlar, qizib ketish oldini olish, avariya signalizatsiyasi va ko’pgina boshqa funksiyalarga ega bo’lgan tizimlardir. Lekin shunga qaramasdan barcha hollarda tizimning buzilmasdan ishlashi foydalanuvchining to’g’ri faoliyatlari bilan birgalikda gelioqurilma optimal rejimda ishlashining asosiy sharti hisoblanadi. Nazorat tizimining noto’g’ri faoliyat ko’rsatishi qurilma uchun oo’lab bo’lmaydigan zararga olib kelish mumkin. Nazorat tizimining yana bir qimmatli funksiyasini eslatib o’tish zarur: energiya yo’qolishining oldini olish, quyosh nurlari etarli bo’lmagan davrlarda qurilma to’xtab–to’xtab ishlashi oqibatida energiyaning katta miqdori atrof muhitga chiqib ketish mumkin.
    Gelioqurilmalarni o’rnatish vaqtida mahkamlash moslamalari elementlarini sifati katta ahamiyatga ega. CHunki quyosh kollektorlari beso’naqay, katta va og’ir bo’ladi (o’rta hisobda 2 m2 ga 50 kg og’irlik to’g’ri keladi). YUqorida aytib o’tilganidek tayanch va mahkamlash moslamalarini ishlab chiqishda kollektorning gorizontal va vertikal tekisliklarda joylashishini hisobga oluvchi shartlarga rioya qilinishi kerak. Kollektorlar etarli darajada katta yuzaga (odatda 2 m2) ega bo’ladi, shuning uchun yig’uvchi panelning turli yig’uvchi qismlarini mahkamlashda shamol kuchi va yo’nalishini hisobga olish kerak.
    YA’ni bir jiddiy narsa kollektordan suyuqlikning sizib yoki oqib chiqishining oldini olish, Ayniqsa u bino old tomonida cherepitsali yoki tekis tomda joylashgan bo’lsa yanada muhim ahamiyat kasb etadi.
    Gelioqurilmaning to’g’ri ishlashi uchun ma’lum bir shartlarni bajarish zarur. Tizimni ish holatida saqlash bo’yicha asosiy qoidalardan biri tashqi muhit tasiri ostida bo’lgan panellarni davriy ravishda tozalab turishdan iborat. Bundan tashqari profilaktik ko’riklarni o’tkazish amaliyoti mavjud. Bunga tutashish joylari, muftalar, birikmalar va boshqalarni tekshirish kiradi. SHu bilan birga qurilmaning samarali ishlashini ta’minlovchi nazorat qurilmalari, harorat datchiklari va klapanlari ishlarini tekshirish zarur. Ko’zgi qishki mavsum oldidan tekshirish o’tkazish va zarur bo’lsa birlamchi konturda antifrizni almashtirish zarur. Uncha katta bo’lmagan gelioqurilmalardan foydalanishda (misol uchun, shaxsiy uylarda) foydalanuvchining o’zi davriy ravishda tizimni texnik ko’rikdan o’tkazilishi mumkin. katta qurilmalar ekspluatatsiyasi bilan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar shug’ullanishi mumkin.


    Foydalanilgan adabiyotlar:

    1.Fedorov A.A. Kameneva V.V. Osnovi elektrosnabjeniya promishlennix predpriyatiy. M.: Energoatlmizdat 1984
    2.Yermilov A.A. Osnovi elektrosnabjeniya promishlennix predpriyatiy. M.: Energoatomizdat,1983
    3.Gladilin L.V. Osnovi elektrosnabjeniya gornix predpriyatiy. M.: Nedra, 1980
    4.Fedorov A.A. Kameneva V.V. Osnovi elektrosnabjeniya promishlennix predpriyatiy. M.: Energoatlmizdat 1984
    5.Yermilov A.A. Osnovi elektrosnabjeniya promishlennix predpriyatiy. M.: Energoatomizdat,1983
    6.Gladilin L.V. Osnovi elektrosnabjeniya gornix predpriyatiy.
    M.: Nedra, 1980
    Download 20.38 Kb.




    Download 20.38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Gelio qurilmalarning ishlash prinsipi. Reja. Gelio qurilma haqidq ma’lumot

    Download 20.38 Kb.