• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Mavzu: hemis tizimi va uning imkoniyatlari




    Download 0.49 Mb.
    Sana29.11.2023
    Hajmi0.49 Mb.
    #107813
    Bog'liq
    HEMIS TIZIMI
    kichik tebranishlar erkin va majburi, 11-prezentaciya, Ramanberganova Mohichehra.Taqdimot, Navoiy g‘azallarini sharhlash mezonlari Reja, ABDUSAMATOV BAZA, portal.guldu.uz-“AGROKIMYO” fanidan O’QUV - USLUBIY MAJMUA (1), Ii asosiy qism, 6-mavzu, 4-mavzu Suv muhiti omillariga organizmlarning moslashishi Reja, Zubeyda algoritm joybarlari, O‘ZBEK TILINING YANGI IMLO QOIDALARI, Mustaqil ish mavzulari, AXBOROT ANALITIKA (40) (7), HEMIS TIZIM1

    MAVZU: HEMIS TIZIMI VA UNING
    IMKONIYATLARI


    REJA:


    1. Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi (HEMIS).

    2. HEMIS axborot tizimining mobil ilovasi.

    3. OTM ma’lumotlarini yaratish

    4. Xulosa.

    5. Foydalanilgan adabiyotlar.

    Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi (HEMIS)


    Ushbu axborot tizimi «Ma’muriy boshqaruv», «O‘quv jarayoni», «Ilmiy faoliyat» va «Moliyaviy boshqaruv» axborot tizimlarini o‘z ichiga olgan.
    Yo‘riqnomalar header right image HEMIS
    Oliy taʼlimni boshqarish axborot tizimi
    HEMIS axborot tizimi oliy taʼlim muassasalarining asosiy faoliyatlarini avtomatlashtirish hisobiga maʼmuriy xodimlar, professor-oʻqituvchilar va talabalarga elektron taʼlim xizmatlarini taqdim etadi. Axborot tizimi oliy taʼlim muassasalari bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻrtasida axborot koʻprigi vazifasini oʻtaydi hamda oliy taʼlim muassasalaridan olinadigan turli xil maʼlumotlar sonini keskin kamaytirish, ularning qogʻoz shaklidan voz kechish va boshqaruv tizimini raqamlashtirishga xizmat qiladi.
    Maʼmuriy boshqaruv
    OTM strukturasi, fakultetlar va kafedralar, xodimlar va oʻqituvchilar tarkibi, talabalar kontingenti va ularning harakatiga oid axborotlarni boshqarish
    Oʻquv jarayoni
    Oʻquv dasturlari va rejalari, oʻquv mashgʻulotlari va imtihonlar jadvallari, talabalarning oʻzlashtirish va davomatiga oid axborotlarni boshqarish
    Ilmiy faoliyat
    Ilmiy loyihalar, ilmiy va uslubiy nashrlar, intellektual mulk, oliy malakali ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlashga oid axborotlarni boshqarish
    Moliyaviy faoliyat
    Taʼlim shartnomalari, shartnoma qiymatlari va toʻlov monitoringi, stipendiya miqdorlari va stipendiya toʻlovlariga oid axborotlarni boshqarish
    RAQAMLI UNIVERSITET LOYIHASI
    Raqamli universitet loyihasi asosiy maqsadlari:
    oliy ta’lim muassasalari faoliyatidagi barcha jarayonlarni ochiqligi va shaffofligini taʼminlash;
    oliy taʼlim tizimida byurokratik toʻsiqlar yuzaga kelishini oldini olish va moliyaviy xarajatlarni qisqartirish;
    oliy taʼlim tizimida oʻquv, ilmiy, maʼmuriy va moliyaviy jarayonlarni avtomatlashtirish;
    oliy ta’lim muassasasi, talaba va ish beruvchi tashkilotlar oʻrtasida uzviylikni taʼminlash;
    taʼlim jarayoni ishtirokchilari faoliyati samaradorligini monitoring qilish;
    tahliliy maʼlumotlarni shakllantirish va qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish va tezlashtirish.

    Hemis axborot tizimining talabalar uchun mobil ilovasi ishga tushirildi
    Unda diplom ma’lumotlari, reyting daftarchasi kabi oʻquv jarayoniga tegishli boʻlgan ma’lumotlarni yuklab olish mumkin.

    Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish uchun “HEMIS” axborot tizimining talabalar uchun mobil ilovasi ishlab chiqildi.
    Endilikda talabalar mazkur ilova orqali oʻquv jarayoniga tegishli boʻlgan:
    reyting daftarchasi;
    transkript;
    oʻzlashtirish koʻrsatkichlari;
    nazorat jadvallari;
    fanlarning elektron resurslari kabi maʼlumotlarni olishlari mumkin.
    Bu ta’lim sohasida inson omilining qisqarishini taminlaydi. Undan tashqari talabalarning oʻziga qulay vaqtda, qulay joyda kerakli hujjatlarni fayl ko’rinishida yuklab olishlari osonlashadi.
    Ushbu ilova bepul hisoblanib, “AppsStore” va “GooglePlay” platformalarida mavjud. Ilovaning qanday ishlashi ilova yuklab olinayotgan vaqtda video qoʻllanma orqali tushuntirilib oʻtilgan.
    “Hemis” axborot tizimi oliy taʼlim muassasalarining asosiy faoliyatlarini avtomatlashtirish hisobiga maʼmuriy xodimlar, professor-oʻqituvchilar va talabalarga elektron taʼlim xizmatlarini taqdim etadi.
    Axborot tizimi oliy taʼlim muassasalari bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻrtasida axborot koʻprigi vazifasini oʻtaydi va boshqaruv tizimini raqamlashtirishga xizmat qiladi.

    2021-yil noyabr oyida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov oliy taʼlim tizimida jurnal, reyting daftarcha endi qogʻoz koʻrinishda boʻlmasligi va talaba guvohnomasi ham ID kartaga oʻtkazilishini ma’lum qilgandi.

    OTM ma’lumotlarini yaratish


    Tizimda ish jarayonini boshlash uchun dastlab OTM ma’lumotlarini to‘liq shakllantirish talab etiladi, sababi shartnoma asosida o‘qiyotgan talabalarning shartnoma qog‘ozlarini va bitiruvchilarning diplom ma’lumotlarini shakllantirishda ushbu ma’lumotlardan foydalaniladi. OTM ma’lumotlarni shakllantirish OTM strukturasi / OTM haqida menyusi orqali amalga oshiriladi (1-rasm).

    1-rasm.OTM ma’lumotlarni shakllantirish

    OTMning ayrim ma’lumotlari vazirlik axborot tizimidan olinadi, boshqa ma’lumotlari esa OTM ma’suli tomonidan shakllantiriladi. OTM ma’lumotlarini to‘liq shakllantirish uchun 1-rasmda keltirilgan oynadan O’zgartirish tugmasini bosish orqali ma’lumotlar shakllantiriladi (2-rasm).

    2-rasm. OTM haqidagi ma’lumotlarini shakllantirish
    Talab etilgan ma’lumotlar shakllantirilgandan so‘ng tizim oynasidan Saqlash tugmasi bosiladi va natijada OTMga tegishli ma’lumotlar shakllanadi (3-rasm).

    3-rasm. OTM ma’lumotlarini ko‘rish
    OTM ma’lumotlarini o‘zbek va ingliz tilida shakllantirish talab etiladi. Chunki talabaning diplomi ingliz tilida ham yoziladi. OTM ma’lumotini ingliz tilida yaratish uchun 3-rasmda keltirilgan OTM haqidagi ma’lumotlarni shakllantirish oynasidan tizim interfeysi tilini ingliz tiliga o‘zgartiring va ma’lumotlarni shakllantiring (4-rasm).

    4-rasm. OTM ma’lumotlarini ingliz tilida shakllantirish

    Talab etilgan ma’lumotlar shakllantirilgandan so‘ng tizim oynasidan Save tugmasi bosiladi va natijada OTMga tegishli ma’lumotlar ingliz tilida shakllanadi (5-rasm).



    5-rasm. Tizimning ingliz tilida ma’lumotlari

    OTM ma’lumotlarini rus tilida ham tizim interfeysi tilini rus tiliga o‘zgartirish orqali shakllantirib olinadi.



    XULOSA:
    HEMIS axborot tizimi oliy taʼlim muassasalarining asosiy faoliyatlarini avtomatlashtirish hisobiga maʼmuriy xodimlar, professor-oʻqituvchilar va talabalarga elektron taʼlim xizmatlarini taqdim etadi. Axborot tizimi oliy taʼlim muassasalari bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻrtasida axborot koʻprigi vazifasini oʻtaydi hamda oliy taʼlim muassasalaridan olinadigan turli xil maʼlumotlar sonini keskin kamaytirish, ularning qogʻoz shaklidan voz kechish va boshqaruv tizimini raqamlashtirishga xizmat qiladi.
    Yevropa mamlakatlarida Hemis tizimida talabalar o‘qiydi, izlanadi, bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. Mustaqil ish mavzularini ham tizimda topshiradi. Professor-o‘qituvchilar bilan laboratoriya ishlarini olib borib, ilmiy ishlar ham yoqlashadi. Ko‘proq vaqtini tizimda fanlarni o‘zlashtirishga qaratadi. Talaba darsga qatnashgan, qatnashmaganligini ham tizimning o‘zi belgilaydi. Bizda ham Hemis tizimi mukammal ishlab chiqilib, talabani rivojlangan davlatlardagi singari o‘z kasbini sevadigan, yetuk mutaxassis bo‘lib yetishiga xizmat qilishi zarur.

    Foydalanilgan adabiyotlar:



    1. https/zarnews.uz

    2. https/www.sport.uz

    3. https://adchti.uz/hemis-axborot-tizimi/

    4. https://uzgeouniver.uz

    Download 0.49 Mb.




    Download 0.49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: hemis tizimi va uning imkoniyatlari

    Download 0.49 Mb.