• O’quvchi laboratoriya ishlarining ikki xil turi mavjud: ­
  • Mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fanidan amaliy-laboratoriya ishlarini tayyorlash




    Download 75.5 Kb.
    Sana13.03.2024
    Hajmi75.5 Kb.
    #170660
    Bog'liq
    1-seminar
    Alishev Sh dastur Pedagogik dasturiy vositalar 2022-final1, молкуляр, 7-14-1143, bayroq bayonnoma, 6-informatika, 3-lab, Intelekt va kreativlik, kirish testi yangi ишончилиси 25.05.2021, Amirbek Anvarov, ta\'limda VR, Axborot manbalari, Mamadaliyev Nurali, Baxtiyor.uz-Informatika-MOK-testlari, 4-lab, Axborot manbalari

    Mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fanidan amaliy-laboratoriya ishlarini tayyorlash

    Mavzu:Informatika va axborot texnologiyalari fanidan amaliy-laboratoriya ishlarini tayyorlash.

    Har bir laboratoriya topshirig’i quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:


    • Mashg`ulotning mavzusi.

    • Mashg`ulotning maqsadi.

    • Mavzu bo`yicha nazariy ma‘lumotlar. Topshiriqning mazmuni.

    • Topshiriqni bajarish algoritmi. ·Topshiriqni bajarish dasturi.

    • Topshiriq natijasi. Talabalar laboratoriya topshiriqlarni bajarish bilan birga, topshiriqlarni bajarilishi bo`yicha hisobot yozib borishlari va bu hisobotlarni nazorat o`tkazish davrigacha topshirishlari lozim.

    O’quvchining laboratoriya ishi nima – o’quvchi laboratoriya ishi o`quv vazifasini dars berayotgan o`qituvchisidan tizimli ravishda uzoqlashgan holda laboratoriya bajaradigan ish turi hisoblanadi. Bunday ish turiga nazorat va dastur tuzish,masalani yechish va dasturda rasm yoki shaklni chizishva boshq. kiradi.

    O’quvchining laboratoriya ishi nima – o’quvchi laboratoriya ishi o`quv vazifasini dars berayotgan o`qituvchisidan tizimli ravishda uzoqlashgan holda laboratoriya bajaradigan ish turi hisoblanadi. Bunday ish turiga nazorat va dastur tuzish,masalani yechish va dasturda rasm yoki shaklni chizishva boshq. kiradi.

    O’quvchi laboratoriya ishlarining ikki xil turi mavjud: ­

    dars vaqtida bajariladigan; ­

    yozma, uy vazifasi shaklida bajariladigan.

    Talabaning laboratoriya ishini tashkillashtirish uchta yo’nalishda bo’ladi:

    ­ maqsadni aniqlashtirish;

    dasturni aniqlashtirish; ­

    bajariladigan ish rejasini aniqlashtirish.

    Laboratoriya ishi uchun tavsiya etiladigan taxminiy mavzular:


    • Kompyuterlarni testdan o`tkazish.

    • 2. Setup dasturi yordamida ShK larni sozlash.

    • 3. Windows OTda ishlash.

    • 4. Qobiq dasturlar va arxivatorlar bilan ishlash.

    • 5. Shikastlangan disklar va fayllarni tiklash. Fragmentatsiyani yo`qotish.

    • 6. Pascal tilida chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi jarayonlarga doir masala dasturlarini kiritish va ularni tahrirlash.

    • 7. MS Word matn muharririda ishlash.

    • 8. Elektron jadvallarda hisoblashlarni bajarish. Funksiyalar va formulalar.

    • 9. O`quv jarayoni uchun taqdimotlar yaratish

    Mustaqil ish- bu o`quvchilarning maqsadi, vazifasi, ifodalash shakli va natijani tekshirihi bilan tayyor va qodir. Ushbu tyrdagi faoliyatni tashkil qilish va rag`batlantirishda ularga yordam berish o`qituvchining vazifasi va ma’suliyatidir. O`qituvchiga nisbatan mustaqil ish ham o`qitish usuli, ham o`qitish vositasi, ham o`zaro bog`liq faoliyat shaklidir. O`quvchilarning mustaqil ishi quyidagilarni o`z ichiga olgan bir qator funksiyalarni bajaradi. - rivojlanayotgan- aqliy mehnat madaniyatini oshirish, ijodiy faoliyat bilan tanishtirish, o`quvchilarning intelektual qobiliyatlarini boyitish; - axborot va trening- o`quv faoliyati mustaqil ish bilan ta’minlanmagan sinf o`quv jarayonida o`quvchilar samarasiz bo`lib qoladilar; - yo`naltirish va rag`batlantirish- o`qquv jarayoni tezlashadi; - tadqiqot – o`quvchilar yangi ijodiy fikrlash darajasiga ko`tariladi. O`quvchilar ikki turdagi mustaqil ishlar bilan shug`ullanadilar: - sinf xonasi - sinfdan tashqari. Intizom bo`yicha sinfning mustaqil ishlari sinfda o`qituvchining bevosita rahbarligi va uning ko`rsatmasi asosida amalga oshiriladi. Bunda o`quvchilar o`qituvchi tomonidan kerakli o`quv adabiyotlar, didaktik materiallar, shu jumladan o`quv qo`llanmalari va uslubiy ishlanmalar bilan ta’minlanadilar. Sinfdan tashqari mustaqil ish o`quvchilar tomonidan o`qituvchining ko`rsatmasi bilan, lekin uning bevosita ishtirokisiz amalga oshiriladi. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan mustaqil ishning umumiy shakllari haqida quyidagilarni keltirish mumkin. Ayrim fanlarning nazariy mavzularini o`quv adabiyotlari, didaktik materiallar hamda electron o`quv adabiyotlari yordamida mustaqil o`zlashtirish. Bunda: - Ma’ruza, tushuntirish, hikoya , namoyish, illyustrasiya, videousul, verbal (lotincha- verbolis- og`zaki) usul hisoblanadi. Ular o`quvchilarning bilimini o`zlashtirish, eslab qolish va tushunishga qaratilgan retseptik faoliyatini ta’minlab beradi va o`quvchi tomonidan tayyor holda bayon etiladi. O`quvchilarning mustaqil ishining asosiy maqsadi Informatika va axborot texnologiyalari fan o`qituvchisining rahbarligi va nazorati ostida o`quvchi Informatika va axborot texnologiyalari fani bo`yicha nazariy va amaliy ishlarni mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo`lgan bilim va ko`nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, fikrlash va ijodkorligini oshirish, axborot kommunikatsion texnologiyalar bilan mustaqil ishlash qobiliyatlarini yuksaltirishdir. Umumta`lim fanlarini mustaqil o`rganishda kutubxona fondida mavjud bo`lgan o`quv adabiyotlaridan foydalanish, berilgan vazifalarni o`z vaqtida bajarish; Elektron darsliklar, elektron multmediali o`quv qo`llanmalaridan va muxandis pedagoglar yordamida o`zlashtirish; Internet va elektron pochta tarmog`idan foydalanishni o`zlashtirish; Mustaqil ishning natijalarini aniq fanlar kafedralarida gurux o`quvchilari ishtirokida taqdimot qilish (referat, kurs ishi, turli model va sxemalar). Informatika va axborot texnologiyalari faninidan tashkil etiladigan mustaqil ishlarning asosiy vazifasi- o`quv materiali, bolalar bilishi kerak bo`lgan qo`shimcha materiallarni, mavzu va materiallar tanlash va o`quvchilarga o`rgatish. Mustaqil ishlarni tashkil etishdan maqsad: o`quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish fanning mazmuni va vazifalari, usullari, ta’limiy vositalar bilan tanishtirish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish bo’yicha bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirishdir. O`quvchi mustaqil ishini tashkil etishda muayyan Informatika va axborot texnologiyalari fanining xususiyatlarini, shuningdek, har bir o`quvchining akademik o`zlashtirish darajasi va qobiliyatini xisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi: Informatika va axborot texnologiyalari fanining nazariy mavzularini o`quv adabiyotlari, didaktik materiallar hamda elektron o`quv adabiyotlari yordamida mustaqil o`zlashtirish; Ta`lim muassasasining o`quvchilar konferensiyalari va seminarlarida ma`ruzalar bilan qatnashish;  Amaliy ishlarini bajarishda tayyorgarlik ko`rish;  Misol va masalalar yechish.  O`quv va ishlab chiqarish amaliy ko`nikmalarini maxsus adabiyotlardan foydalanib mustaxkamlash;  Turli ko`rgazmalarda mustaqil ish natijalari bo`yicha ijodiy ish namunalari bilan (kasb va ixtisosliklarga oid modellar, sxemalar va detallardan namunalar tayyorlash) qatnashish; Xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda, o`quvchi mustaqil ishini tashkil etishda boshqa shakllardan ham foydalanishi mumkin: Informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo`yicha namunaviy va ishchi reja hamda dasturlarda o`quvchi mustaqil ishining shakllari, majmuni va xajmi ifoda etildi. O`quvchi mustaqil ishi uchun ajratilgan vaqt byudjetiga mos ravishda Informatika va axborot texnologiyalari fan bo`yicha tegishli kafedralarda mustaqil ishning tashkiliy shakllarini topshiriqlar variantlari ishlab chiqiladi va uslubiy birlashmada tasdiqlanadi. O`quvchilarning mustaqil ishini bajarishlari uchun axborot manbaasi sifatida adabiyotlarning yangi avlodlari, darsliklar, o`quv qo`llanmalar, metodik qo`llanma, internet tarmog`idan tegishli ma`lumotlar, berilgan mavzu bo`yicha avval bajarilgan ishlar haqidagi ma`lumotlar xizmat qiladi. O`quvchi mustaqil ishini nazorat qilish o`quv mashg`ulotlarini bevosita olib boruvchi o`qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. O`quvchilarning mustaqil ishi, fan ishchi dasturida ajratilgan soatlarga mos baholar bilan baholanadi va natijasi fan bo`yicha o`quvchilarning kundalik daftari va jurnalga kiritiladi. Mustaqil ishlarga beriladigan ish turlari quyidagicha bo`lishi mumkin: - Ma`ruzalar tayyorlash ; - Referat tayyorlash; - Devoriy gazetalar tayyorlash; - Tayanch so`zlar tayyorlash; - Buklet va albomlar tayyorlash; - Test to`plamini tayyorlash; - Tarqatma materiallari tayyorlash; - Krossvordlar tayyorlash. Ma`ruza tayyorlash- mustaqil ishning bir turi bo`lib, talabalarni bir qator materiallarga e`tiborini jalb qiladi va izlanishga, o`z ustida ishlashga, mustaqil fikr yuritishga o`rgatadi. Referat tayyorlash- mustaqil ishning bir turi bo`lib, talabalarni ilmiy izlanish yo`li bilan kutubxonada ishlashga jalb qiladi. Referat mavzusi o`qituvchi tomonidan taklif qilinadi va nazorat qilinadi. Masalan, o`quvchilar o`zi qiziqqan fanga doir juda ko`plab referatlar yozish mumkin. Masalan, qiziqqan faniga doir kitoblardan, gazeta va jurnal va internet sahifalaridan izlanib juda chiroyli referatlar tayyorlash mumkin. Bunda o`quvchi ham o`qiydi, ham ko`radi, ham yozadi. O`quvchilarning fikrlashga o`rgatadi va dunyoqarashi o`zgaradi. Buklet va albomlar tayyorlash- ushbu ishga moyilligi bor talabalarga beriladi va did bilan bajariladi. Buklet va albomlar tayyorlashda ham o`quvchilar kitob, gazeta, jurnal va internet sahifalaridan foydalaniladi, Kerakli rasm va materiallarni olib joylashtiriladi. Bu o`quvchilarning estatik didini o`stiradi, o`quvchi o`z ishini sidqidildan bajarib, undan zavqlana oladi. Bunda ham o`quvchilar juda ko`p narsalarni bilib oladi, o`z ustida mustaqil ishlab, mustaqil fikrlashga o`rganadi. Testlar to`plamini tayyorlash- mavzular o`tilgandan keyin talabalarga ushbu ish turi taklif qilinadi va mavzuga oid savollar kiritilishi tavsiya etiladi. Test tayyorlashda o`quvchi juda ko`p izlanadi, o`ylashga, fikrlashga majbur bo`ladi. Yana test tuzgan o`quvchi test javoblarini to`g`ri tanlay oladi, mantiqan fikrlaydi. Bunda ham o`quvchining fikrlash doirasi kengayib, dunyoqarashi ortadi. Tarqatma materiallar yaratish - mustaqil ishning bir turi bo`lib, o`quvchilarni bir qator materiallarga e`tiborini jalb qiladi va izlanishga, mustaqil fikr yuritishga o`rgatadi. Tarqatma materiallar quyidagicha tayyorlanishi mumkin: Krassvordlar yaratish- ushbu ishga moyilligi bor talabalarga beriladi va did bilan bajariladi. Talabalarni nostandart fikr yuritishga va izlanishga o`rgatadi. Devoriy gazetalar yaratish- ushbu ishga moyilligi bor talabalarga beriladi va did bilan bajariladi. 1. Kompyuterda masalani yechishning nechta bosqichi bor? a) 2 3) 4 d) 3 e) 6 2. O`rganilgan narsa va jarayon … deb ataladi a) Obyekt b) tavsif d) tavsif qiymati e) model 1. Masalaga mos boshlang`ich va natijaviy kattaliklarni aniqlash kompyuterda masalani yechishning … bosqichida amalga oshiriladi. a) Algoritm tuzish b) dastur tuzish d) masalaning qo`yilishi e) natija olish 2. Har bir alohida olingan obyekt boshqasi-dan shu tavsifga mos … bilan ajralib turadi. a) obyekt b) tavsif d) tavsif qiymati e) model 1. Algoritm so`zi … nomidan kelib chiqqan. a) Al- Farobiy b) Arastu d) Al-Xorazmiy e) Al-Beruniy 2. Algoritmdav ko`rsatmalari … bo`ladi. a) uzun b) qisqa d) tushunarsiz e) to`liq 1.Haqiqiy obyektning izlanish olib borilayot-gan sohaning ma’lum talablariga javob bera oladigan nusxasi … deb ataladi. a) Obyekt b) qiymat d) tavsif qiymati e) model 2. masalaning modelidan foydalanib hal etishning ko`rsatmalar ketma-ketligini tuzish kompyuterda masalani yechishning … bosqichida amalga oshiriladi. b) Algoritm tuzish b) dastur tuzish d) masalaning qo`yilishi e) natija olish Tayanch so`zlar tayyorlash- yangi mavzular o`tilgandan keyin talabalarga ushbu ish turi taklif qilinadi va mavzuga oid yangi tayanch soz`lar va iboralar kiritishi tavsiya etiladi. O`quvchi mustaqil ishni tazorati tuzilgan bo`lib, qo`shimcha konsultatsiyalar va mashg`ulotlar jadvali asosida amalga oshiriladi. O`quvchi mustaqil ishini nazorat qilish oquv mashg`ulotlarini bevosita olib boruvchi o`qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Mustaqil ishlari quyidagicha baholanadi: 5- har bir topshiriq xatosiz, mantiqiy to`liq ifodalangan holda bajarilgan bo`lsa, mustaqil ijodiy fikrlash, yondashish bo`lsa, did bilan bajarilgan bo`lsa, so`z boyligi mazmun va savodxonligi yuqori bo`lsa. 4- topshiriqlarni bajarishda ilmiy xatoliklarga yo`l qo`yilmagan, lekin topshiriqlar taxlil qilinmagan va mantiiqiy fikrlar to`la bayon etilmagan bo`lsa, fikrlar bog`ligi biroz buzilgan bo`lsa. 3- mantiqiy xatolikka yo`l qo`yilgan, topshiriqlar to`la bajarilgan bo`lsa. Informatika fanidan har bir darsda 1-2 ta qisqa vaqtli mustaqil ish o`tkazish maqsadga muvofiq ekanligini ta’kidlab o`tamiz. O`quvchi boshchiligida bajariladigan o`quvchilarning mustaqil ishlari o`quvchilarning umumiy rivojlanishlariga yo`naltirilgan. Informatika va axborot texnologiyalari darslarida o`quvchilarni kasbhunarga yo`naltirish uchun axboriy bilimlar beribgina qolmasdan bu bilimlarni hayotga tadbiq qilishni chuqur o`rgatish lozim. Jamiyatimizning hech bir a`zosi yo`qki, kundalik turmushda kompyuter yoki qo`l telefonidan, Internet, Word, Exceldan foydalanmaydigan kishini toppish qiyin, yoki umuman mumkin emas. Informatika va axborot texnologiyalarini o`rganish o`quvchilarda referatlar tayyorlash, jadvallar yaratish kabi juda ko`p ko`nikma va malakalar tarkib topadiki, bularsiz hayotda biror ish qilish qiyin. Shuningdek, dunyo xabarlarini bilish ham hayotiy zaruratdir. Mustaqil ish o`quvchilarni o`zaro fikr olishuvida bog`lanishli nutqda, tanqidiy fikrlashda asosiy omil bo`lib xizmat qiladi. Mustaqil ishlar o`quvchilar amaliy faolligini oshirishda yagona yo`ldir. Mustaqil ishlarni bajarish jarayonida o`quvchilar izlanadi, hukm, xulosa va umumlashmalar chiqaradi; yangi bilimlar egallashga ehtiyoj tug`iladi. Mustaqil ishlar hajmi va murakkabligiga qarab uch guruhga bo`linadi: - Tayyorgarlik mustaqil ishlar. - Oraliq mustaqil ishlar. - Ijodiy mustaqil ishlar. Tayyorgarlik mustaqil ishlarida asosan o`qituvchi dars jarayonini qanday tashkil qilishi va unda mustaqil ishlardan qanday foydalanishni oldidan rejalashtirib oladi. Oraliq mustaqil ishlarda savollar, darslik va ko`rgazmali qurollardan foydalanish asosidabajariladi. O`quvchilarda mustaqil fikrlash malakalarini, mustaqil ravishda hal qila bilish ko`nikmasini shakllantirish ta’lim samaradorligini oshirishning muhim omilidir. Mustaqil fikrlash faoliyatiga aniq fikr beradigan bo`lsak, mustaqil fikrlash- bu sezgi organlari va aqliy faoliyatining birligi natijasi o`laroq, mustaqil ravishda tahlil qilish, umumlashtirish, induktiv va deduktiv xulosalar chiqarish, taqqoslash, aniqlashtirish, mavhumlashtirish kabi fikriy operatsiyalardan foydalangan holda amalga oshiriladigan aqliy faoliyatidir. Hozirgi kunda mustaqil ishlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi: 1. Darslikdagi qoidalar va ta’riflar ustida mustaqil ishlash 2. Darslikdagi amaliy materiallar ustida mustaqil ishlash Darslikdagi qoidalar va ta’riflar ustida mustaqil ishlash: Darslikdagi qoida va ta’rifni o`qish va ularga oid omillarni ajratish; o`qituvchi topshirig`iga ko`ra to`plangan omillarni tahlil etish va xulosa chiqarish; darslikning ayrim sahifalarini tanlab o`qish va shu bilimlardan amaliyotda foydalanish yo`llari to`g`risida qisqacha hisobot tayyorlash; qoida, ta’riflarni mantiqiy qismlarga ajratish; ma’ruza,hikoya, suhbat paytida o`qituvchi chiqargan xulosalarni darslikdagi qoida, ta’riflarni solishtirish Darslikdagi amaliy materiallar ustida mustaqil ishlash: Darslikdagi mashq, misol va masalalar variantlarni o`zaro musobaqalashib bajarish; darslikdagi amaliy materiallar asosida turli diagramma, jadval, chizmalar tayyorlash; labaratoriya mashg`ulotlarini o`tkazish rejasini tuzish. Hozirgi kunda ta`lim jarayonida interfaol usullardan foydalanib, ta’limning samaradorligini ko`tarishga bo`lgan qiziqish, e`tabor kundan-kunga kuchayib bormoqda. O`quvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo`naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o`quv jarayonida o`qituvchi asosiy figuraga aylanadi. Mustaqil ishlar quyidagilarga ko`ra o`zaro farq qilinadi: - Didaktik maqsadlar bo`yicha ; - O`quvchilar mustaql ishlayotgan materiall bo`yicha; - O`qituvchilardan talab qilinadigan faoliyat xaraakter bo`yicha; - Tashkil qilinish usuliga ko`ra. Ilg`or o`qituvchilar darslarni ijodiy uyushtirishda o`quvchining mustaqil ishlariga tayanadilar. Kuzatuvlar shuni tasdiqlaydiki, aksariyat o`quvchilar mustaqil ishlarining o`ziga xos xususiyatlariga ahamiyat bermay, uni nafasini rostlab olish uchungina o`tkazadilar. Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, o`quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishning aniq usullari va shakllari, o`qish jarayoni, o`quvchilarning tayyorgarlik darajasi va boshqa omillarni hisobga olgan holda, o`qituvchining ijodiy faoliyati jarayonida belgilanadi, ta’lim sifatini oshirishda , o`quvchilarning mustaqil ishlashlari , ularning izlanishlari ham yordam beradi deb o`ylayman.
    Download 75.5 Kb.




    Download 75.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fanidan amaliy-laboratoriya ishlarini tayyorlash

    Download 75.5 Kb.