• II BOB …………. faoliyatida marketing boshqarish xususiyatlarining tahlili
  • Mavzu: Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida marketing boshqarish xususiyatlari mundarija




    Download 138.81 Kb.
    bet1/6
    Sana28.03.2024
    Hajmi138.81 Kb.
    #180410
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Iste’molchilarni jalb etishda reklama vositasini tanlash
    44-savol, 01, golang, SIYRATpdf, Amaliyot kundalik maktabgacha ta\'lim, Ijtimoiy fanlar fakulteti, 5b30b3a10a3cf, 2-sh Sulaymonov azamat 100


    Mavzu: Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida marketing boshqarish xususiyatlari
    MUNDARIJA Bet
    Kirish
    I BOB Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida marketing boshqarish xususiyatlarining ilmiy yondashuvlar

      1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida marketingni boshqarish nazariy asoslari.

      2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida marketing tadqiqotlarini o’tkazish usullari.

      3. Tadbirkorlik faoliyatida marketing faoliyatini boshqarishning o’ziga xos xususiyatlari.

    II BOB …………. faoliyatida marketing boshqarish xususiyatlarining tahlili
    III BOB Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida marketing boshqarish xususiyatlarini takomillashtirish yo’llari
    3.1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida marketing boshqarish xususiyatlarini rivojlantirishning xorij tajribasi.
    3.2. Marketingni boshqarish usullaridan unumli foydalangan holatda tadbirkorlik faoliyati olib borish.

    Kirish
    Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Insoniyatning butun tarixi davomida bir nechta iqtisodiy tizimlarni boshidan kechirgan, masalan, feodalizm, kapitalizm va kommunizm. Bularning har biri boshqasidan ajralib turadi va o’ziga xos ijobiy va salbiy tomonlariga ega. XX asrdagi kommunistik iqtisodiy tizim qanday oqibatlarga sabab bo’lganidan barchamiz xabardormiz.
    Zamonaviy iqtisodiy tizim esa bunday kommunistik tizimni ortda qoldirib, xuddi avvalgi kapitalistik tizimga o’xshash, lekin raqamli texnologiyalar va algoritmlar bilan uzviy bog’liq bo’lgan aralash tizim sifatida paydo bo’ldi. Bunday tizimda davlatlar iqtisodiyotni, asosan, xususiy sektorga topshirib, uni faqatgina nazoratini o’z qo’liga oldi.
    Hozirgi kunda dunyoning iqtisodiy tomondan yetakchi davlatlarining har birida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka e’tibor yanada oshmoqda. Chunki, qanchalar ko’p kichik biznes egalari bozorda mavjud bo’lsa, shuncha raqobat kuchayadi hamda bozor iqtisodiyoti o’z o’rnida ishlay boshlaydi.
    Shu o’rinda, O’zbekistonda ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka bo’lgan e’tibor tobora yildan yilga ortmoqda. Bunga, xatto muxtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning shaxsan o’zlari ham har bir chiqishida to’xtalib o’tmoqda. Jumladan, Prezidentimizning 2022-yil 22-dekabrdagi yil yakunlari sarhisobi bo’yicha Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida keyingi 2023-yil uchun ustuvor bo’lgan 6 ta yo’nalishni belgilab berdi. Ushbu yo’nalishning beshinchisi esa aynan xususiy sektorga qaratilganligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakat iqtisodiyotida yana ham muhim ahamiyat kasb etishini anglatadi. Shavkat Mirziyoyevning “Erkin bozor mexanizmlarini joriy qilish, sog‘lom raqobat va xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Konstitutsiyada alohida o‘rin egallashi kerak. Bunday vaziyatda, qanchalik og‘ir bo‘lmasin, iqtisodiy islohotlarni qat’iy davom ettiramiz, ichki imkoniyatlarni to‘liq safarbar qilib, xususiy sektorni yanada qo‘llab-quvvatlaymiz. Buning uchun, eng avvalo, tadbirkorlik muhitini tobora yaxshilash bo‘yicha islohotlarni jadallashtiramiz”1 degan so’zlari xususiy sektordagi tadbirkorlarni qo’llab quvvatlagani shubhasiz.
    Bundan tashqari O’zbekiston Prezidentining 2021yil 12 noyabrdagi “Germaniya Taraqqiyot Banki ishtirokida “Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”2gi PQ-9sonli Qarori kichik va o’rta biznes sohasini yanada rivojlantirish va sohaga investitsion muhit jozibadorligini yanada oshirish imkonini bermoqda. Demak, keying 5-10 yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda raqobat ancha kuchli bo’lishi turgan gap. Ushbu vaziyatda kichik biznes egalari o’zlarining korxonalarini rivojlantirish va bozorga mahsulotlarini bozorga olib chiqish uchun marketingdan foydalanishga undaydi. Chunki marketing hozirgi zamonaviy bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi, boshqacha aytganda xazinasi desak ham noto’g’ri bo’lmaydi.
    Ammo marketing ko’pchilik o’ylagandek faqat reklama yoki faqat targ’ibot ishlaridan iborat emas. Bozorda muvaffaqiyatga erishmoqchi va o’z ulushini oshirmoqchi bo’lgan istalgan korxonalar o’zlarida marketingni to’g’ri boshqarishni yo’lga qo’yishlari zarur hisoblanadi. Aks holda reklama yoki tashviqot ishlariga sarflangan mablag’lar korxona zarariga sabab bo’ladi.
    Shu sababli, mavzuning dolzarbligi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda marketing faoliyatini tashkil qilish va uni samarali boshqarish zarurligidan kelib chiqadi.
    Shunga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishning zarurligi ushbu masalani bitiruv malakaviy ishining tadqiqot ob‘ekti sifatida o‘rganish zaruriyatini yuzaga keltiradi va mazkur mavzuning dolzarbligini belgilaydi.

    Download 138.81 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 138.81 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida marketing boshqarish xususiyatlari mundarija

    Download 138.81 Kb.