Mavzu: Mehnat muhofazasi bo`yicha o`qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash




Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana06.02.2024
Hajmi1.28 Mb.
#152094
  1   2   3
Bog'liq
AMALIY MASHG
Reja Sanoq sistemasi tushunchasi. Pozitsion va pozitsion bo’lmag-fayllar.org, Документ Microsoft Word, Qollanma, Testlar javobi, HOW TO DO PRESENTATION WORKS IN POWER POINT, Overpopulation, HISTORICAL PLACES OF UZBEKISTAN 2 , Places of interest in the USA, Billiard sharlari, cisco 1 odilov, 87. Falsafa Darslik, 1123885.pptx, Shablon Talaba Ma\'lumoti, Hometown ( always in use ), Find a site that advertises a real work in a hospital


AMALIY MASHG‘ULOТ 
Mavzu: Mehnat muhofazasi bo`yicha o`qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash 
Mashg‘ulotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasining «Хodimlarni mehnatni muhofaza qilish 
bo‘yicha o‘qitish va ularga yo‘l-yo‘riq berish to‘g‘risida»gi qonunini o‘rganish. 
Mashg‘ulotni o‘tkazish uchun kerak bo‘ladigan asboblar, jihozlar, ko‘rgazmali qurollar. 
a) O‘zbekiston Respublikasining «Хodimlarni mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitish va ularga yo‘l-
yo‘riq berish to‘g‘risida»gi qonuni. 
b) kirish va ish o‘rnidagi yo‘l-yo‘riqlarni qayd etish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar. 
Mashg‘ulotni bajarish tartibi: 
1. Ishlab chiqarish korxonalarida texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi hamda yong‘in 
xavfsizligi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq berishda korxona rahbarlarining javobgarligi; 
2. Korxonalarda texnika xavfsizligi bo‘yicha o‘tkazilishi lozim bo‘lgan yo‘l-yo‘riqlar, ularning turlari va 
o‘tkazilish muddati. 
3. Korxonalarda o‘tkaziladigan kirish yo‘l-yo‘riqni amalda qanday bajarilishini o‘rganish; 
4. Ish o‘rnida o‘tkaziladigan yo‘l-yo‘riqlar, ularning turlari hamda bu yo‘l-yo‘riqlar amalda qanday 
bajarilishini o‘rganish; 
5. Korxonalarda o‘tkaziladigan yo‘l-yo‘riqlar o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatlarni rasmiylashtirishni 
o‘rganish; 
6. Korxonalarda ishchilarning mehnat muhofazasi qoidalariga o‘qitish dasturini o‘rganish. 
Mashg‘ulotni bajarganligi to‘g‘risida o‘quvchining hisoboti: 
1. Kirish yo‘l-yo‘rig‘i kim tomonidan o‘tkaziladi va bu yo‘l-yo‘riqni o‘tkazishni rasmiylashtiring. 
2. Nazorat varaqasi va kirish yo‘l-yo‘rig‘ini qayd qilish daftarini to‘ldiring. 
3. Ish o‘rnida o‘tkaziladigan yo‘l-yo‘riqlar, ularning turlarini ko‘rsating. 
4. Ish o‘rnida o‘tkaziladigan yo‘l-yo‘riqlarni qayd qilish daftarini to‘ldiring. 
5. Хavfsiz ishlash usullariga o‘qitish hujjatlarini to‘ldiring. 
6. O‘tkazilgan mashg‘ulot to‘g‘risida shaxsiy xulosangizni bering. 
Amaliy mashg‘ulotni bajarish bo‘yicha umumiy tushunchalar 


O‘zbekiston Respublikasi mehnatkashlarining turmush sharoitini yaxshilash, sanoat korxonalarida fan va 
texnika yutuqlaridan keng foydalanib, mehnat sharoitini yuqori darajaga ko‘tarish, shikastlanish va kasb 
kasalligi darajasini pasaytirish, mehnat unumdorligini oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish 
to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 22 sentyabrda O`RQ-410 sonli "Mehnatni muhofaza 
qilish " to‘g‘risidagi qonuni qabul qilindi. Shu qonunning 25-moddasida jumladan shunday deyilgan: 
«Ish beruvchi barcha yangi ishga kirayotgan, shuningdek boshqa ishga o`tkazilayotgan xodimlar uchun
mehnatni muhofaza qilish bo`yicha yo`l-yo`riqlar berish ishlarini hamda baxtsiz xodisalardan 
jabrlanganlarga yordam ko`rsatishga o`qitishni tashkil etishi shart» deb belgilab qo‘yilgan. 
Ushbu qonunga ko‘ra malakali mutaxassislar tayyorlash va sanoat korxonalarida kasb kasalliklari va 
jarohatlanishga olib keladigan omillarni butunlay yo‘qotish sanoat korxonalari rahbarlarining oldiga 
qo‘yilgan asosiy vazifa hisoblanadi. 
Hozirgi zamon fan va texnikasining rivojlanishi yangidan-yangi texnologiya va mashina 
mexanizmlarining ishlab chiqarishga joriy etilishi, ishlab chiqarishda ishlayotgan har bir xodimning 
yuqori malakali, texnika xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunlarini tushunadigan va unga amal qiladigan 
bo‘lishlarini talab qiladi. 
Bugungi kunda ishchilar xavfsizligini ta‘minlash maqsadida juda ko‘p qo‘llanmalar, qonun-qoidalar va 
me‘yoriy hujjatlar, yo‘riqnomalar bo‘lishiga qaramasdan sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalarning 
butunlay yo‘qotishni ta‘minlovchi sharoit mavjud emas. 
Bundan tashqari sanoat korxonalarining xilma-xilligi hattoki ma‘lum bir korxonada ham ish tartibi bir-
biriga o‘xshash ikkita sexni topilishi qiyinligi sababli sanoat korxonalari xavfsizligini ta‘minlashni 
tartibga soladigan usulni ishlab chiqarish mushkul. Shuning uchun ham har bir sanoat korxonasi, korxona 
ishchilari uchun mehnatni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligini ta‘minlashga qaratilgan va bu 
tarmoqlar ishchilarning xavfsizligini ta‘minlovchi ish usullarini o‘rgatish bilan birgalikda ishchining 
mehnat xavfsizligini saqlash chora tadbirlarini o‘z ichiga olgan holda yo‘l-yo‘riq o‘tkazishlari lozim. 
Korxonalarda o‘tkaziladigan yo‘l-yo‘riqlar asosan 2 guruhga bo‘linadi: 
1. Kirish yo‘l-yo‘rig‘i. 
2. Ish o‘rnidagi yo‘l-yo‘rig‘i. 
Ish o‘rnidagi yo‘l-yo‘riq o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi: 
2.a) Ish o‘rnidagi birlamchi yo‘l-yo‘riq. 
2.b) Rejali yoki takroriy o‘tkaziladigan yo‘l-yo‘riq. 
2.v) Rejadan tashqari yo‘l-yo‘riq. 
2.g) Joriy yo‘l-yo‘riq. 
Sanoat korxonalarining hammasida ishlovchilar ish toifasi, bajariladigan ishi, xavfsizlik darajasiga va 
egallab turgan lavozimidan qat‘iy nazar hamma ishchi va xizmatchilar yo‘l-yo‘riq olishlari shart. 
Kirish yo‘l-yo‘rig‘i va uni o‘tkazish tartibi. 


Bu yo‘l-yo‘riqni o‘tkazishning asosiy maqsadi yangidan ishga kirayotgan ishchilar mehnatni muhofaza 
qilish, xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida ma‘lumot berish, uni 
korxona chegarasida va bo‘limlaridagi tartib qoidalardan xabardor qilishdir. 
Kirish yo‘l-yo‘rig‘ini yaxshi jihozlangan va ko‘rgazmali qurollar bilan ta‘minlangan maxsus, mehnatni 
muhofaza qilish xonasida bosh muhandis, mehnatni muhofaza qilish muhandisi, yoki shu vazifani 
bajaruvchi kishi tomonidan o‘tkaziladi. 
Kirish yo‘l-yo‘rig‘ini o‘tkazish vaqtida ishga kiruvchi ishchi-xizmatchilar quyidagi tartib qoidalar bilan 
tanishtirilishi lozim: 
1. Korxonada qo‘llanilib kelayotgan mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonuniyatlar asoslari; 
2. Ishlab chiqarish korxonasidagi ichki mehnat tartib qoidalari (ishning boshlanish vaqti, tanaffuslar, 
korxonaning ish sharoitlarini boshqa korxonalarnikidan farqi); 
3. Mehnat kodeksida ishlovchi yosh bolali ayollar va o‘smirlar mehnatini muhofaza qilish to‘g‘risidagi 
tadbirlar; 
4. Ishga kelayotganda, ishdan qaytayotganda, hamda ish jarayonida korxona chegarasida harakatlanganda 
xavfsizlik qoidalariga rioya qilish; 
5. Ishlab chiqarish hamda maishiy xizmat ko‘rsatish joylarida o‘rnatilgan elektr jihozlaridan ehtiyotkorlik 
bilan foydalanish; 
6. Korxonada ishlab chiqarish sanitariya va gigiyenasi, shaxsiy gigiyena qoidalari, ulardan to‘g‘ri 
foydalanish usullari; 
7. Ishchilarga mahsus kiyimboshlar, shaxsiy himoya vositalari, maxsus oziq-ovqat mahsulotlari va ularni 
berish tartibi; 
8. Korxonada yong‘inni oldini olishga qaratilgan tadbirlar; 
9. Ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan jarohatlanishlar, ularni keltirib chiqargan sabablari; 
10. Korxonada sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar tufayli jarohat olganlarga birinchi tibbiy yordam 
ko‘rsatish; 
11. Хavfli va zararli moddalar bilan ishlash tartibi; 
12. Uskuna va jihozlarda buzilishlar sodir bo‘lganda to‘xtatish tartibi tushuntiriladi va o‘rgatiladi. 
Yuqoridagi qoida talablar batafsil tushuntirilgandan so‘ng kirish yo‘l-yo‘rig‘i maxsus daftarda yoki 
nazorat varaqasida qayd qilinadi (ilova 1,2). 
Korxona rahbarining yangidan ishga kirayotgan ishchini kirish yo‘l-yo‘rig‘ini o‘tmasdan turib ishga qabul 
qilish to‘g‘risidagi buyrug‘iga imzo chekishi ta‘qiqlanadi. 
Ishchi, muhandis texnik xodimlarni xavfsiz ishlash usullariga o‘rgatish bo‘yicha o‘qitish tartibi hozirgi 
vaqtda sanoat korxonalarida, yangidan yangi chet el texnologiyalari va mashina-uskunalarining kirib 
kelishi ishlab chiqarishda ishlayotgan har bir xodimdan yuqori malakani egallashni, texnika xavfsizligi 
qoidalarini yaxshi tushunib unga amal qilishni talab qiladi. Shu sababli ham korxonaga ishga kirgan kasbi 
bo‘lmagan, yoki kasbini o‘zgartirishni istagan hamma ishchilar, bajaradigan ishlarining xavfliylik 
darajasidan qat‘iy nazar xavfsiz ishlash usullariga o‘rgatilishlari lozim. 


Korxonada xavfsiz ishlash usullariga o‘rgatishni tashkil etish, mehnatni muhofaza qilish qonuniga ko‘ra, 
shu korxona rahbari zimmasiga yuklatilgan. 
Ish o‘rnidagi birlamchi yo‘l-yo‘riq va uni o‘tkazish tartibi: 
Ish o‘rnidagi birlamchi yo‘l-yo‘riq, kirish yo‘l-yo‘rig‘i o‘tkazilgandan keyin yangidan ishga kirayotgan 
yoki bir ish o‘rnidan ikkinchi bir ish o‘rniga ko‘chirilgan ishchilar, bir bo‘limdan ikkinchi bo‘limga 
ko‘chirilgan ishchilar bilan ish beruvchi tomonidan o‘tkazilib quyidagilar bilan tanishtiriladi: 
1 - ishchining doimiy ishlash joyi; 
2 - bo‘limdagi texnologik jarayon va xavfli omillar; 
3 - ishchining doimiy ishlashi zarur bo‘lgan mashinaning yoki dastgohning tuzilishi; 
4 - dastgohning xavfli joylari; 
5 - muhofaza qurilmalari va ulardan foydalanish qoidalari; 
6 - dastgohning sozlanganligini tekshirish; 
7 - yurgizish va to‘xtatish asboblarining tuzilishi va ishlash jarayoni; 
8 - dastgohning yerga ulanganligi; 
9 - yordamchi va asosiy muhofaza vositalarining mavjudligi; 
10 - shaxsiy muhofaza vositalari va ulardan foydalanish qoidalari;
11- ish kiyimlari, maxsus kiyimlar, oyoq kiyimlari va bosh kiyimlariga qo‘yiladigan talablar; 
12 - ish joyini tashkil qilishda material va tayyor mahsulotlarni joylashtirishda xavfsizlik talablari; 
13 - ish joylarni iflos va keraksiz narsalar bilan to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik; 
14 - yo‘llarni o‘tish joylari va ish joylarini ortiqcha narsalar bilan to‘sib qo‘ymaslik; 
15 - transport vositalari, ko‘tarish kranlari va jihozlarni ishga tushirish qoidalari va boshqa yordamchi 
vositalardan foydalanish tartib qoidalari; 
16 - baxtsiz xodisalarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan ish usullarini qo‘llashni ta‘qiqlash va kasb 
kasalliklariga olib keluvchi ishlab chiqarishdagi sanoat zararli moddalari haqida tushuncha berish va 
ulardan saqlanish usullarini ko‘rsatish va hokazo. 
Ish o‘rnida birlamchi yo‘l-yo‘riqni o‘tkazishdan maqsad, ishlovchi shaxslarni aniq ish joylari bilan 
tanishtirish u yerdagi dastgohlar, moslamalar, ish joyining xavfli va zararli joylarini aniqlash va himoya 
vositalarini qo‘llab ishlashni o‘rgatishdan iborat. 
Yo‘l-yo‘riqda avvalo, odatdagi ish sharoitida ishchi o‘zini qanday tutishi kerakligi haqida ma‘lumot 
beriladi. Lekin korxonalarda ba‘zi bir favqulodda holatlar ham yuz berib qolishi mumkin. Masalan, 
buzilish, yong‘in va boshqa holatlarda ishchi o‘zini qanday tutishi, harakat qilishi katta ahamiyatga ega. 
Shuning uchun bunday holatlarda qanday harakat qilish kerakligi haqida ham ma‘lumot berish kerak. Ish 
o‘rnidagi birlamchi yo‘l-yo‘riq ishga kiradigan ishchilarning har biri bilan ish beruvchi tomonidan 
alohida-alohida va bir xil kasbdagilar bilan guruhli o‘tkaziladi, so‘ngra ishga kiruvchidan ko‘rsatilgan 


xavfsizlik qoidalarini takroran ko‘rsatish talab qilinadi. Ishchi ko‘rsatilgan xavfsizlik talablarini to‘g‘ri 
bajarsa ish o‘rnidagi birlamchi yo‘l-yo‘riqni tugallangan deb hisoblanib, so‘ngra bir hafta davomida ish 
beruvchi ishchining bajargan ishini kuzatib boradi va uning bilim darajasini tekshiradi. Shundan so‘ng 
ishchini ish kiyimi, ishni bajarish uchun kerak bo‘ladigan moslama va muhofaza vositalari hamda o‘z 
mutaxassisligi bo‘yicha texnika xavfsizligi yo‘riqnomasi bilan ta‘minlab, maxsus «Ish o‘rnidagi yo‘l-
yo‘riqni qayd qilish daftari»ga belgilaydi va mustaqil ish bajarishga ruxsat beradi (ilova 3-4). 
Rejali yoki takroriy o‘tkaziladigan yo‘l-yo‘riq 
Ish o‘rnidagi rejali yo‘l-yo‘riqni o‘tkazishdan maqsad ish beruvchi (usta, sex boshlig‘i) o‘z qo‘l ostida 
ishlaydigan ishchilarni, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qoida va me‘yorlari bo‘yicha bilimlarini 
mustahkamlash, yangidan o‘rnatilgan jihozlar to‘g‘risida ma‘lumot berish, hamda ishchilarni texnika 
xavfsizligi bo‘yicha bilimlarini tekshirishdan iborat. 
Bu yo‘l-yo‘riqni o‘tkazish vaqtini korxona rahbari kasaba qo‘mitasi raisi bilan kelishgan holda belgilaydi. 
Yo‘l-yo‘riqning mazmuni ish joyida birlamchi yo‘l-yo‘riq mazmuni bilan bir xil. Bu yo‘l-yo‘riq ham 
kirish yo‘l-yo‘rig‘i singari ishchilarning ishlash vaqti, malakasidan qat‘iy nazar barcha ishchi 
xizmatchilar bilan o‘tkazilishi shart. yo‘l-yo‘riq bajarilayotgan ishning xavfliyligi va yengil-og‘irligiga 
qarab 3 oy yoki ko‘pi bilan olti oyda bir marta takroriy o‘tkaziladi. Ushbu yo‘l-yo‘riqni bo‘lim boshlig‘i, 
brigadir o‘tkazib, ish o‘rnidagi yo‘l-yo‘riqni ro‘yxatga olish daftariga belgilaydi. (3-ilovaga qaralsin). 
Rejadan tashkari yo‘l-yo‘riq: Bu yo‘l-yo‘riq texnologik jarayonning o‘zgarishi: yangi mashina va 
dastgohlar kiritilishi va yangi materiallardan foydalanish natijasida ish sharoitining o‘zgarishi sababli 
ishchilarning xavfsizligini saqlash uchun bilimlari yetishmasligi sezilganda o‘tkaziladi yoki shu 
korxonaga o‘xshash korxonada, buzilish (avariya) sababli baxtsiz hodisa ro‘y berganligi haqida xabar 
berilgandan keyin ham rejadan tashqari yo‘l-yo‘riq beriladi. Bu yo‘l-yo‘riqni bo‘lim boshlig‘i, usta 
brigadir o‘tkazib, ish o‘rnidagi yo‘l-yo‘riqni qayd qilish daftariga belgilaydi (3-ilova) 
Joriy yo‘l - yo‘riq. Korxonalarda ko‘pincha yopiq idishlar, quduqlar, handaklar ichida, balandlikda o‘ta 
xavfli hisoblangan qator tuzatish ishlarini bajarishga to‘g‘ri keladi. Bunday ishlarni bajarishdan oldin 
ishchilarga ruxsat etuvchi maxsus yo‘riqnoma yozib berilishi va unda joriy yo‘l - yo‘riq o‘tkazilganligi 
to‘g‘risida yozilgan bo‘lishi va barcha ehtiyot choralar qayd qilinishi kerak. 
ISHCHI MUHANDIS VA ТEХNIK ХODIMLARNI
ХAVFSIZ ISHLASH USULLARIGA O‘RGAТISH ТARТIBI. 
Korxonalarda kasbi bo‘lmagan yoki kasbini o‘zgartirishni istagan hamma ishchilarni ishlab chiqarish 
jarayonining xavfliylik darajasidan qat‘iy nazar, xavfsiz ishlash usullariga o‘rgatilishi shart. Korxonalarda 
xavfsiz ishlash usullarini o‘rgatishni tashkil qilish, shu korxona rahbari zimmasiga yuklatiladi. 
Хavfsiz ishlash usullarini o‘rgatishning sifatini tekshirib borish, shu korxona mehnatni muhofaza qilish 
bo‘yicha muhandisi yoki birorta muhandis-texnik xodimga (agar boshliqning buyrug‘i chiqarilgan bo‘lsa) 
yuklatiladi. 
Хavfsiz ishlash usullarini o‘rgatish dasturi: yo‘l-yo‘riq berish, hamda amaliy ishni xavfsiz bajarish 
yo‘llarini, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong‘in xavfsizligi talablarini o‘rganishni o‘z ichiga oladi. 
Хavfsiz ishlash usullarini o‘rganishga ketadigan vaqtni bajariladigan ishning og‘ir yengilligiga va 
xavfliylik darajasiga qarab bosh muhandis tomonidan belgilanadi. 


Ishlab chiqarishda ishchilarga mehnat muhofazasini o‘rgatish dasturi ikki bo‘limga bo‘lib o‘rgatiladi. 
1. Mehnat muhofazasi bo‘yicha umumiy masalalar (umumiy bo‘lim) 
2. Ishchi o‘z kasbi bo‘yicha ish bajarishida mehnat xavfsizligi (asosiy bo‘lim) Mehnat muhofazasi 
bo‘yicha umumiy masalalarda ishchilar quyidagilarni bilishi shart. Mehnat qonuniyatlari, mehnat 
xavfsizligi ustidan davlat va jamoat nazorati, baxtsiz hodisalarni oldini olish, ishlab chiqarish sanitariyasi 
va gigiyenasi, elektr xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha asosiy tushunchalar. 
Asosiy bo‘lim dasturi, bajariladigan ishning og‘irligi va xavfliyligiga bog‘liq bo‘lib, quyidagilarni o‘z 
ichiga oladi: ishlab chiqarish jihozlari va dastgohlarini ishlatishda hamda texnologik jarayonlarni 
bajarishda, qonun-qoida va yo‘llanmalarni yaxshi o‘rganib, ish bajarish hamda xomashyodan 
foydalanishda, dastgohlarning tuzilishi va boshqa xavfsizlik qoidalariga o‘rgatiladi. 
Ishlab chiqarishda ishchilarning mehnat muhofazasi
qoidalariga o‘qitish dasturi 
Т/r 
Mavzu 
Soatlar 

Mehnat muhofazasining umumiy masalalari 


Mehnat muhofazasi ustidan davlat va jamoat nazorati 


Ishlab chiqarishdagi shikastlanishni oldini olish bo‘yicha texnika 
xavfsizligining asosiy masalalari 


Ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi 


Elektr xavfsizligi 


Yong‘in xavfsizligi 

Jami: 
15 
II. Kasb bo‘yicha ish bajarishdagi mehnat xavfsizligi 

Mehnat xavfsizligining umumiy masalalari 


Dastgohlar tuzilishiga mehnat xavfsizligi talabi 


Dastgohlarni ishlatishda mehnat xavfsizligi talabi 
4-6 
Jami: 
11-13 
Shunday qilib nazariy o‘qish asosiy va umumiy qismlardan iborat bo‘lib, o‘qish muddati 26-28 soatni 
tashkil qiladi. 
O‘qitish ishlari faqat ma‘ruzalardan iborat bo‘lmay, balki dastgohlarda amaliy ishlardan ham iborat 
bo‘lishi kerak. 


O‘qishga qatnashgan va uni tugatgan har bir kishi quyidagi komissiya a‘zolariga, ma‘muriyat kasaba 
uyushmasidan, o‘qituvchi ishtirokida imtihon topshiradi. O‘qishga qatnashganligi qayd daftariga 
belgilanadi. 
Тexnika xavfsizligi bo‘yicha o‘qigan ishchilarning bilimlarini tekshirib natijalari shaxsiy varaqasida 
belgilanadi. 
Imtihon topshirolmagan shaxslar qaytadan o‘qitishga yo‘llanma oladilar. Yuqori bosim ostida ishlaydigan 
idishlarda, elektr, bug‘, qozon qurilmalarini ishlatishda, yuk ko‘taruvchi kranlarda ishlaydigan 
shaxslarning ishlari o‘ta xavfli bo‘lganligi uchun alohida dastur bo‘yicha o‘qitiladi. 
Bu shaxslarning bilimini tekshirishda davlat texnika nazorati, energiya nazorati va boshqa 
tashkilotlarning mutaxassislari qatnashadilar va ularga shaxsiy ruxsatnoma beradilar. 
NAZORAТ SAVOLLARI: 
1) O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 22 sentyabrda O`RQ-410 sonli qabul qilingan "Mehnatni 
muhofaza qilish'' to`g`risidagi (yangi taxrirda)qonunni 25 - moddasini izohlang. 
2) Kirish yo‘l- yo‘rig‘i , o‘tkazish tartibi hamda to‘ldiriladigan hujjatlar to‘g‘risida ma‘lumotlar bering. 
3)Ish o‘rnida o‘tkaziladigan yo‘l- yo‘riqlar va ularni turlari, o‘tkazish tartibi hujjatlarini rasmiylashtirish 

4) Ishchi xizmatchilarni xavfsiz ishlash usullariga o‘qitish, bilimlarini tekshirish to‘g‘risida ma‘lumot 
bering. 
2-AMALIY MASHG‗ULOT
Mavzu: Kasb kasaliklarni va ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlarni tekshirish va hisobga olish va 
aniqlash
Mashg‗ulotning maqsadi: O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-
son qarori bilan tasdiqlangan «Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining 
boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‗g‗risida»gi nizomni o‗rganish. 
Mashg‘ulot turi: guruhli (4-5)talaba 
Ajratilgan vaqt: 4 akademik soat 
Tayanch so‗zlar va iboralar: ishlab chiqarish, baxtsiz qodisa: jarohatlanish, shikastlanish, kasallanish, 
tekshirish, maxsus tekshirish, hujjatlashtirish, dalolatnoma, N-1 shakl. 
Mashg`ulot rejasi: 
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish va hujjatlashtirish tartiblari. 
Baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish. 


N-1 shakldagi dalolatnomani to‗ldirish tartibi. 
Berilgan vazifa: 
«Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish 
va hisobga olish to‗g‗risida»gi nizomni o‗rganish. 
Ixtiyoriy tanlangan kasb va jarohatlanish turi uchun N-1 shakldagi dalolatnomani to‗ldiring. 
Jarohatlanish ko‗rsatkichlarini aniqlashga doir masalalar yeching. 
Mashg`ulotning mazmuni
Xavfsizlikni tahlil qilishdagi asosiy muammolardan biri uning asosiy ko‗rsatkichlarini va sistemaning 
chegarasini to‗g‗ri belgilashdan iborat. Agar sistema juda qisqa tarzda tahlil qilinsa, ayrim xavfli holatlar 
e‘tibordan chetda qolishi va natijada turli xil baxtsiz hodisalar kelib chiqishi mumkin. Shuningdek, agar 
sistema juda keng qabul qilinsa, tahlil natijasida noaniqliklar, chalkashliklar yuzaga kelishi mumkin. Shu 
sababli, tahlil chegarasini aniqlashdan oldin tahlilning aniq maqsadi belgilanishi zarur. Umumiy qilib 
aytganda, tahlil asosida ishlab chiqilgan iqtisodiy, texnik, tashkiliy, sanitar-gigiyenik va boshqa turdagi 
barcha tadbirlar ushbu sistemada yuz berishi mumkin bo‗lgan xavflarning oldini to‗liq olish, ya‘ni baxtsiz
hodisalarning kelib chiqishini bartaraf etilishini ta‘minlashi zarur. 
Baxtsiz hodisalarni tahlil qilish usullari. Ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlarni kamaytirish uchun 
ularning sabablarini to‗g‗ri aniqlash va atroflicha tahlil qilish zarur. Ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz 
hodisalarning sabablarini o‗rganish va baholashni quyidagi usullar orqali amalga oshirish mumkin:
Monografik usul. Ushbu usul har bir baxtsiz hodisani alohida, chuqur tahlil qilish, uning aniq sabablarini 
o‗rganishga asoslangan. Bunda ishlab chiqarish jarayonida ishlatilgan mashinalar, mexanizmlar va 
boshqa texnik jihozlarning mexanik holati, ishlatiladigan materiallarning tarkibi, havo va suvning sanitar-
gigiyenik holati kabi omillar tekshirilib o‗rganiladi. 
Statistik usulda esa jarohatlanishlarning sabablari keng masshtabda, ya‘ni tuman, viloyat, vazirliklar, 
tarmoqlar va umuman respublika miqyosida o‗rganiladi. U tashkilotlar va korxonalarning baxtsiz 
hodisalar bo‗yicha hisobotlarini statistik qayta ishlash va tahlil qilishga asoslangan bo‗lib, baxtsiz 
hodisalar ishchilarnng kasbi, yoshi, jinsi, ish staji kabi ko‗rsatkichlar bo‗yicha taqsimlanishini yoritadi. 
Topografik usul baxtsiz hodisa ro‗y bergan joyni o‗rganish va tahlil qilishga asoslangan bo‗lib, ushbu 
joyni ishlab chiqarish rejasiga yoki topografik xaritaga tushirish orqali amalga oshiriladi. 
Iqtisodiy usulda esa mehnat muhofazasi uchun ajratiladigan mablag‗lar va materiallarning baxtsiz 
hodisalarni kamaytirishga qanchalik ta‘sir etishi va baxtsiz hodisalarning iqtisodiy oqibatlari o‗rganiladi. 
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishlarini tekshirish 
hamda hujjatlashtirish 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6-iyunda 286-sonli qarori bilan qabul 
qilingan «Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini 
tekshirish va hisobga olish to‗g‗risida‖ nizom asosida olib boriladi. 
Nizomga muvofiq: 
- korxona hududida va uning tashqarisida mehnat vazifasini bajarayotganda (shuningdek, xizmat 
safarlarida) yuz bergan jarohatlanish, zaharlanish, kuyish, cho‗kish, elektr toki va yashin urishi, o‗ta. issiq 


yoki o‗ta sovuq harorat ta‘siri, portlash, halokat, imoratlar, inshootlar va konstruksiyalar buzilishi 
natijasida hamda sudralib yuruvchi hayvonlar va hashoratlar tomonidan shikastlanishlar, shuningdek 
tabiiy ofatlar (er qimirlashlar, o‗pirilishlar, suv toshqini, to‗fon va boshqalar) natijasida salomatlikning 
boshqa xil zararlanishlari; 

ish 
beruvchi 
topshiriq 
bermagan 
bo‗lsa 
ham, 
lekin 
korxona 
manfaatlarini ko‗zlab, qandaydir ishni amalga oshirilayotgandagi; 
avtomobil, temir yo‗l, havo yo‗llari, dengiz va daryo transportida, elektr transportida yo‗l harakati 
hodisasi natijasidagi; 
korxona transportida yoki shartnoma (buyurtma)ga muvofiq o‗zga tashkilot transportida ishga ketayotgan 
yoki ishdan qaytayotgandagi; 
ish vaqtida shaxsiy transportida, uni xizmatga oid safarlarda ishlatish xuquqi berilganlik haqida ish 
beruvchi farmoyishi bor bo‗lgandagi; 

mehnat faoliyati xizmat ko‗rsatish ob‘ektlari orasida yurish bilan bog‗liq ish vaqtida jamoat 
transportida yoki piyoda ketayotgandagi; 
- shanbalik (yakshanbalik) o‗tkazilayotganligida, qayerda o‗tkazishdan qat‘iy nazar, korxonalarga otaliq 
yordami ko‗rsatilayotgandagi; 
ish vaqtida mehnat vazifasini bajarayotganda boshqa shaxs tomonidan tan jarohat etkazilgandagi; 
smenali dam olishda bo‗lgan xodim bilan transport vositasi vaqtidagi shaharcha hududida yoki yollangan 
hududdagi (kuzatib boruvchi, smenali haydovchi shuningdek, vaxta va ekspeditsiya usulida 
ishlayotganlar va boshqalar) baxtsiz hodisalar tekshiriladi va hisobga olinadi. 
Tabiiy o‗lim, o‗zini o‗zi o‗ldirish, jabrlanuvchining o‗z salomatligiga qasddan shikast etkazishi 
shuningdek, jabrlanuvchining jinoyat sodir qilish chog‗ida shikastlanish holatlari (sud-tibbiy ekspertiza 
xulosasi yoki tergov organlarining ma‘lumolariga ko‗ra) tekshirilmaydi va hisobga olinmaydi. 
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va 
hisobga olish to‗g‗risida gi nizom: ishlab chiqarishda ishlayotgan davrida sud hukmi bo‗yicha jazoni 
o‗tayotgan fuqarolarga; 

ish beruvchilarga; 

pudrat 
va 
topshiriqlarga 
ko‗ra 
fuqarolik 
huquqiy 
shartnomalar 
bo‗yicha ishlarni bajarastgan shaxslarga: 
tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda qatnashayotgan fuqarolarga; 
agar maxsus davlatlararo bitimda o‗zgacha hol ko‗rsatilmagan bo‗lsa, yollanib ishlayotgan chet el 
fuqarolariga; 
qurilish, qishloq xo‗jaligi va harbiy xizmatni o‗tash bilan bog‗liq bo‗lmagan, o‗zga ishlarni bajarish 
uchun korxonaga yuborilgan harbiy xizmatchilarga, shu jumladan muqobil xizmatni o‗tayotgan harbiy 
xizmatchilarga; 
- korxonada ishlab chiqarish amaliyotini o‗tayotgan talabalar va o‗quvchilarga ham tatbiq etiladi. 
Oliy o‗quv yurtlari talabalari, kollejlar, o‗rta maxsus o‗quv yurtlar, litseylar va umumta‘lim maktablari 
o‗quvchilari bilan o‗quv-tarbiya jarayonida yuz bergan baxtsiz hodisalar Mehnat vazirligi bilan 


kelishilgan holda Xalq ta‘limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tekshiriladi va hisobga olinadi. 
(―Ta`lim muassasalarida o`quv-tarbiya jarayonida o`quvchilar va talabalar bilan yuz bergan baxtsiz 
xodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi to`g`risida‖ nizom 2010yil 23 dekabrdagi 202-B-son 
buyrug`i bilan 2011yil 18 yanvardagi N-2184) 
Ishlab chiqarishda sodir bo‗lgan baxtsiz hodisa ish beruvchining buyrug‗iga asosai, ish beruvchi vakillari 
hamda kasaba uyushma yoki xodimlarning boshqa vakillik organi a‘zolaridan tashkil topgan komissiya 
tomonidan tekshiriladi. Komissiya a‘zolarining har qaysisi baxtsiz hodisani tekshirish komissiyasi raisi 
bo‗lishi mumkin. Jabrlanuvchi bevosita bo‗ysunadigan va jabrlanuvchi uchun mehnat xafsizligini 
ta‘minlash vazifasi yuklatilgan rahbar (smena, sex boshlig‗i, usta va shunga o‗xshashlar) komissiya 
tarkibiga kiritilmaydi. 
Harbiy qism bilan korxona o‗rtasida shartnoma bitim bo‗yicha xalq xo‗jaligi ob‘ektlariga ishga jalb 
qilingan va uning ma‘muriy texnik xodimi boshchiligida ish olib borayotgan harbiy qurilish otryadi 
(qismi) shaxsiy sostavi bilan yuz bergan baxtsiz hodisa ish beruvchi tomonidan harbiy qurilish otryadi 
(qismi) qo`mondanligi ishtirokida tekshiriladi. Baxtsiz hodisa korxona tomonidan hisobga olinadi. 
Korxonadagi mehnatga jalb qilinib, ishni uning ma‘muriy texnik xodimi boshchiligida bajarayotgan axloq 
tuzatish mehnat muassasasi (ATMM) da saqlanayotgan shaxslar bilan baxtsiz hodisa yuz bersa, u ATMM 
vakili ishtirokida ish beruvchi tomonidan tekshiriladi va baxtsiz hodisa korxona tomonidan hisobga 
olinadi. 
ATMMda xo‗jalik ishlarini bajarayotgan shaxs bilan shuningdek, o‗zining ishlab chiqarishida baxtsiz 
hodisa yuz bersa, u Ichki ishlar vazirligi va Sog‗liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda 
tekshiriladi va hisobga olinadi. 
Korxona xodimi rahbarligida ishlab chiqarish amaliyoti o‗tayotgan yoki ish bajarayotgan umumta‘lim 
maktabi, kasb-hunar kollejlari o‗quvchilari va oliy o‗qun yurti talabalari bilan yuz bergan baxtsiz 
hodisalar korxona tomonidan o‗quv yurti vakili bilan birgalikda tekshiriladi va korxona tomonidan 
hisobga olinadi. 
Korxona tomonidan ishlab chiqarish amaliyoti uchun ajratilgan uchastkada o‗qituvchilar rahbarligida 
ishlab chiqarish amaliyoti o‗tayotgan yoki ish bajarayotgan umumta‘lim maktabi, kasb-hunar kollejlari 
o‗quvchilari yoki oliy o‗quv yurti talabalari bilan yuz bergan baxtsiz hodisalar o‗quv yurtlari tomonidan 
korxona vakili bilan birgalikda tekshiriladi va o‗quv yurti tomonidan hisobga olinadi. 
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisani va xodimlar salomatligining 
boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish tartibi. 
1.1. Ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisa haqida jabrlanuvchi yoki guvoh darhol bo‗linma (sex) 
rahbariga xabar berishi kerak, u esa: 
a) jabrlanuvchiga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‗rsatishi va uni tibbiy davolash muassasasiga 
yetkazishini tashkil etishi; 
b) tekshirish komissiyasi ish boshlagunga qadar ish joyidagi vaziyatni va jihozlar holatini hodisa yuz 
bergan daqiqada qanday bo‗lsa, shundayligicha saqlab qoldirishi; 
v) baxtsiz hodisa yuz bergan joydagi korxona rahbari darhol hodisa to‗g‗risida ish beruvchiga va kasaba 
uyushmasiga yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organlariga xabar qilish shart. 


1.2. Ish beruvchi buyrug‗iga ko‗ra, ish beruvchi va kasaba uyushmasi ispeksiyasi vakillari yoki 
xodimlarining boshqa vakillik organi tarkibida komissiya tuziladi. Ishlab chiqarishdagi mehnat 
xavfsizligiga bevosita javob beruvchi rahbar baxtsiz hodisani tekshirishda ishtirok etmaydi. 
Komissiya:
-uch kecha-kunduz ichida baxtsiz hodisani tekshirib chiqishi, guvohlar va mehnat muhofazasi qoidalari, 
mehnat xavfsizligi andozalarini buzilishga yo‗l qo‗ygan shaxslarni aniqlab so‗roq qilishi, imkoni bo‗lsa, 
jabrlanuvchidan tushuntirish xati olishi; 
-baxtsiz hodisa sabablarini yo‗qotish chora tadbirlari ko‗rsatilgan N-1 namunasidagi dalolatnomani uch 
nusxada tuzish va imzo chekib, ularni tasdiqlash uchun ish beruvchiga berishi kerak. 
1.3. Ish beruvchi ishlab chiqarishda baxtsiz hodisani keltirib chiqargan sabablarni bartaraf etish 
choralarini ko‗radi va tekshirish tamom bo‗lgandan so‗ng uch kecha-kunduz davomida tasdiqlangan N-1 
nusxadagi dalolatnomalarni: 
Jabrlanuvchiga yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxsga, tekshirish materiallari bilan birga 
korxona mehnatni muhofaza qilish xizmati rahbari (muhandis, mutaxassis)ga, davlat mehnat texnika 
nazoratchisiga yuboradi. 
N-1 shakldagi dalolatnoma bilan rasmiylashtirilgan baxtsiz hodisalar korxona tomonidan hisobga olinadi 
va daftarda qayd qilinadi. 
Ish beruvchi N-1 shaklidagi dalolatnoma nusxalarini, kasaba uyushma ispeksiyasiga yoki korxona 
xodimlarining boshqa vakillik organlariga O‗zsanoatgeokontexnazorat davlat ispeksiyasi organ vakiliga, 
agar baxtsiz hodisa Davlat tashkiloti nazorati ostidagi korxonalarda yuz bergan bo‗lsa, yuqori turuvchi 
xo‗jalik tashkilotiga tegishli vazirlik (korporatsiya, uyushma)ga ham ularning talablariga muvofiq 
yuborishi shart. 
1.4. Boshqa tashkiloti tomonidan shu tashkilot topshirig‗ini bajarish uchun yoki xizmat vazifasini ado 
etish uchun mazkur korxonaga jo‗natilgan xodim bilan yuz bergan baxtsiz hodisa shu baxtsiz hodisa yuz 
bergan korxona ish beruvchisi buyrug‗i asosida tuzilgan komissiya tomonidan, jabrlanuvchi ishlaydigan 
tashkilot vakili ishtirokida tekshiriladi. 
N-1 namunasidagi dalolatnomaning 1.3-bandida xodimni yo‗llagan tashkilot nomi ko‗rsatiladi. Baxtsiz 
hodisa jabrlanuvchi qaysi tashkilot xodimi bo‗lsa o‗sha tashkilot tomonidan hisobga olinadi. 
Izoh: «O‗zsanoatgeokontexnazorat» davlat ispeksiyasi organi tizimidagi boshqa korxona xodimi bilan 
yuz bergan baxtsiz hodisa, baxtsiz hodisa sodir bo‗lgan korxona qaysi tashkilot nazorati ostida bo‗lsa, shu 
tashkilot tomonidan hisobga olinadi. 
Baxtsiz xodisa yuz bergan korxona N-1 namunasidagi dalolatnomasining 4-nusxasida to‗ldirib, bir 
nusxasini baxtsiz hodisa sabablarini bartaraf etish uchun o‗zida olib qoladi, qolgan uchta tasdiqlangan 
nusxasini jabrlanuvchini yuborgan tashkilotga, hisobga olish, saqlash va 1.4-bandda ko‗rsatilgan 
manzillarga jo‗natish uchun yuboriladi. 
1.5. Korxona xodimi rahbarligida ishlab chiqarish amaliyoti o‗tayotgan yoki ish bajarayotgan umumta'lim 
maktabi, kasb-hunar kolleji, oliy o‗quv yurti o‗quvchilari bilan yuz bergan baxtsiz hodisalar korxona 
tomonidan hisobga olinadi. Korxona tomonidan ishlab chiqarish amaliyoti uchun ajratilgan uchastkalarda 
o‗qituvchilari rahbarligida ishlab chiqarish amaliyotini o‗tayotgan yoki ish bajarayotgan umumta'lim 
maktabi, kollej, oliy o‗quv yurti o‗quvchilari bilan yuz bergan baxtsiz hodisalar o‗quv yurtlari tomonidan 
korxona vakili bilan birga tekshiriladi va o‗quv yurti tomonidan hisobga olinadi. 


Baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish 
2.1. Quyidagi holatlarda baxtsiz hodisalar maxsus tekshiriladi: bir vaqtning o‗zida ikki va undan ortiq 
xodimlar bilan yuz bergan guruhiy baxtsiz hodisalar: oqibati og‗ir va o‗lim bilan tugagan baxtsiz 
hodisalar. 
2.2. Guruhiy, o‗lim bilan tugagan va oqibati og‗ir baxtsiz hodisa to‗g‗risida ish beruvchi quyidagi tartibda 
xabar berishi kerak: 
a) davlat mehnat texnika nazoratchisiga 
b) yuqori turuvchi xo‗jalik organiga 
v) viloyat mehnat boshqarmasiga 
g) baxtsiz hodisa yuz bergan hududdagi prokuraturaga 
d) baxtsiz hodisaga uchragan xodimni yuborgan tashkilotga 
e) O‗zbekiston Respublikasi mehnat vazirligiga 
j) «O‗zsanoatgeokontexnazorat» davlat ispeksiyasining mahalliy organiga (agar baxtsiz hodisa ular 
nazorati ostidagi korxonada yuz bergan bo‗lsa). 
2.3. Guruhiy, o‗lim bilan tugagan va oqibati og‗ir baxtsiz xodisalarni viloyat mehnat boshqarmasi 
buyrug‗iga asosan quyidagi tarkibdagi komissiya maxsus tekshiradi. 
rais 

Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyat davlat mehnat texnika nazoratchisi yoki 
«O‗zsanoatgeokontexnazorat» davlat ispeksiyasi nazorati ostidagi korxona vakili; 
a'zolari - yuqori turuvchi xo‗jalik organi vakili, ish beruvchi, jabrlanuvchining asosiy ish joyidagi kasaba 
uyushmasi ispeksiyasi, yoki O‗zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashiga a'zo tashkilotda 
yuz bergan hollarda kasaba uyushmalarining mehnat texnik nazoratchisi, «O‗zsanoatgeokontexnazorat» 
davlat ispeksiyasi organi nazorati ostidagi korxonalarda yuz bergan guruhiy, o‗lim bilan tugagan va 
oqibati og‗ir baxtsiz hodisani tegishli Davlat mehnat texnika nazorati bilan kelishilgan holda 
«O‗zsanoatgeokontexnazorat» Davlat ispeksiyasining Respublika yoki mahalliy organlari buyrug‗i ostida 
tuzilgan komissiya yuqori turuvchi xo‗jalik organi vaqkili ishtirokida tekshiradi. Komissiya raisi qilib shu 
organ vakili tayinlanadi. Komissiya tarkibiga (bosh) davlat mehnat texnika nazoratchisi kiradi.
Guruhiy, o‗lim bilan tugagan va oqibati og‗ir baxtsiz hodisalar yuz berganida N-1 namunadagi 
dalolatnoma komissiya tomonidan maxsus tekshirish dalolatnomasi tuzilgandan so‗ng bir kecha-kunduz 
ichida komissiya xulosalariga muvofiq rasmiylashtiriladi. 
Ikki-to‗rt kishining o‗limi bilan tugagan baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish O‗zbekiston Respublikasi 
mehnat vazirligi buyrug‗iga asosan quyidagi tarkibdagi komissiya tomonidan olib boriladi. 
rais - O‗zbekiston Respublikasi (bosh) davlat mehnat texnika nazoratchisi; 
a'zolari - yuqori turuvchi xo‗jalik organi rahbarlaridan biri, ish beruvchi, kasaba uyushmasi ispeksiyasi 
raisi. «O‗zsanoatgeokontexnazorat» davlat ispeksiyasi organi nazorati ostida bo‗lgan ob'yektlar va shunga 
o‗xshash boshqa ob'yektlardan baxtsiz hodisa O‗zbekiston Respublikasi mehnat vazirligining Davlat 
mehnat texnika nazoratchisi bilan kelishilgan holda «O‗zsanoatgeokontexnazorat» davlat ispeksiyasi 
organining buyrug‗i asosida tuzilgan komissiya bilan birgalikda xo‗jalik organi rahbari ishtirokida 
tekshiriladi. Agar baxtsiz hodisa O‗zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashiga: a'zo 


tashkilotda yuz bergan, u holda kasaba uyushmalarining bosh mehnat texnik nazoratchisi komissiya 
tarkibiga kiritiladi. 
Besh va undan ortiq kishilar o‗limi bilan sodir bo‗lgan baxtsiz hodisalar O‗zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining qarori asosida tuzilgan komissiya tomonidan tekshiriladi. 
2.4. Maxsus tekshirish komissiyasi 15 kun mobaynida baxtsiz hodisani tekshirib chiqadi, korxonadagi 
«Mehnatni muhofaza qilish ahvolini, agar zarur bo‗lsa, tarmoqning boshqa korxonalarida ham 
tekshirishni tashkil etadi, maxsus tekshirish dalolatnomasini tuzadi. Komissiya a'zolari jabrlanuvchilar 
yoki ularning oila a'zolari bilan uchrashuvlar tashkil etadilar, ijtimoiy tusdagi yordam masalalarini joyida 
hal qiladilar, jabrlanuvchiga yoki o‗lganlarning oila a'zolari ularning huquqlarini tushuntiradilar. 
2.5. Davlat mehnat texnika katta nazoratchisi, maxsus tekshirish komissiya chiqargan xulosalardan norozi 
bo‗lsa, shuningdek u zarar deb hisoblangan boshqa hollarda o‗z xulosasini chiqaradi. 
2.6. Maxsus tekshirish komissiyasi talabiga ko‗ra ish beruvchi: 
- baxtsiz hodisani tekshirishda ishtirok etish uchun o‗zlarining oralardan ekspert guruhi tuzish mumkin 
bo‗lgan ekspert mutaxassislarni taklif qilishi: 
- texnik hisobotlar, amaliy tadqiqotlari, sinovdan o‗tkazishlarni amalga oshiradi; 
- baxtsiz hodisa yuz bergan joyni suratga olish va boshqa zarur hujjatlarni taqdim etishi; 
- tekshirish uchun zarur bo‗lgan transport va aloqa vositalari, maxsus kiyim-bosh, maxsus poyafzal va 
shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlanishi; 
- komissiya a'zolari ishlashi uchun ularga jihozlangan alohida xona ajratib berishi; 
- baxtsiz hodisani, maxsus tekshirish materiallarini yetarli miqdorda ko‗paytirishni ta'minlashi shartdir. 
Texnik hisobotlar, amaliy tadqiqotlari, sinovdan o‗tkazish va kamchiliklarni aniqlash uchun taklif 
qilingan mutaxassislarga, transport va aloqa vositalariga sarflanadigan xarajatlarini baxtsiz hodisa yuz 
bergan korxona to‗laydi. 
2.7. Maxsus tekshirish materiallariga quyidagilar kiradi:
N-1 namunadagi dalolatnoma, rejalar, sxemalar, tekshirish bayonnomasi va baxtsiz hodisa yuz bergan 
joyning fotosuratlari; yo‗l-transport hodisasi yuz bergan joyning sxemasi; so‗roqlar bayonnomasi, 
jabrlanuvchining va baxtsiz hodisani ko‗rgan guvohlar hamda boshqa aloqador shaxslarning, shuningdek 
DAVAN, MXTT standartlari, mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me'yoriga rioya qilinishiga mas'ul 
bo‗lgan mansabdor shaxslarning tushuntirish yozuvlari, ekspert guruhi tuzish to‗g‗risidagi farmoyishi; 
Jabrlanuvchilarning xavfsizlik texnikasi bo‗yicha o‗qitilganligi va yo`l-yoriqlar olganligi haqidagi qayd 
daftaridan ko‗chirmalar; 
Jabrlanuvchiga yetkazilgan jarohatning xususiyati va og‗irligi, o‗lim sabablari to‗g‗risidagi tibbiy xulosa; 
Ekspert guruhining baxtsiz hodisa sabablari haqidagi xulosasi, amaliy va boshqa tadqiqotlar, tajribalar, 
tahlillar natijalari, avariya tufayli ko‗rilgan moddiy zarar haqidagi ma'lumotnoma; 
Maxsus tekshirish komissiyasini tuzish haqidagi buyruq yoki qaror; 
yo‗riqnomalar, nizomlar, buyruqlardan va mehnat xavfsizligi me'yorlarini va unga mas'ul bo‗lgan 
shaxslarni belgilovchi boshqa dalolatnomalardan ko‗chirmalar; 


Korxonada mehnatni muhofaza qilish holatini tekshirish to‗g‗risidagi maxsus tekshirish komissiyasining 
dalolatnomasi; 
Zarur bo‗lgan joylarda davlat mehnat texnika katta nazoratchisining xulosasi. 
2.8. Mahsus tekshirish tugagandan so‗ng 15 kun mobaynida davlat mehnat texnika katta nazoratchisi 
tekshirish materiallarini: 
- guruhiy, o‗lim bilan tugagan va oqibati og‗ir baxtsiz hodisa yuz bergan joydagi prokuraturaga yuboradi; 
- maxsus tekshirishni barcha materiallari nusxalaridan Qoraqalpog‗iston Respublikasi mehnat vazirligiga, 
viloyat mehnat boshqarmasiga, O‗zbekiston Respublikasi mehnat vazirligiga, korxonaga va uning yuqori 
turuvchi xo‗jalik organiga, baxtsiz hodisaga uchragan xodimni yuborgan tashkilotga yuboradi. 
2.9. Baxtsiz hodisa yuz bergan korxona ish beruvchisi maxsus tekshirish materiallarini zudlik bilan ko‗rib 
chiqishga, baxtsiz hodisa sabablarini bartaraf etish to‗g‗risidagi komissiya taklif qilgan chora-tadbirlarni 
bajarish bo‗yicha, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‗yicha lavozimi va kasbiga oid 
vazifalarning bajarilmasligiga yo‗l qo‗ygan shaxslarni javobgarlikka tortish haqida buyruq beradi. 
Ish beruvchi, mahsustekshirish komissiyasi taklif qilgan chora tadbirlarning bajarilganligi haqida 
mahsustekshirish 
o‗tkazishni 
boshqargan 
davlat 
mehnat 
texnika 
katta 
nazoratchisiga, 
«O‗zsanoatgeokontexnazorat» davlat ispeksiyasining ob'yektlar nazorati ostida bo‗lgan mahalliy 
organlarga yozma ravishda axborot beradi. 
2.10. Agar jabrlanuvchi baxtsiz hodisa oqibatida vaqtincha ish qobiliyatini yo‗qotgan davrda shu baxtsiz 
hodisa sababli o‗lib qolsa, ish beruvchi bu haqda darhol davlat mehnat texnika katta nazoratchisiga xabar 
berishga majburdir. 
Keys-vaziyatlar 
1 - Vaziyat. ―N‖ qishloq direktori shahar markazidagi tuman ta‘lim boshqarmasi va mliya bo`limiga 
maktab ishlarini hal etish uchun keldi. Moliya bo`limidam boshqarmasi boshlig`i ishlarni hal qilib 
bo`lgach ta‘lim boshqarmasiga borish maqsadida ta‘lim boshqarmasi qabulxonasiga qo`ng`iroq qildi va u 
ta‘lim boshqarmasi boshlig`i kechroq bo`lishini bildi. Shundan so`ng direktor non olis maqsadida 
do`konga yo`l oldi.U do`kon eshigi oldida toyib ketib oyog`ini qattiq jarohatladi. Tashxis- oyoq sinishi.
Guruh sardori, ta‘lim boshqarmasi boshlig`i sifatida ushbu holatni tekshirishni tashkil etadi.Guruhning 
qolgan talabalari har xil obrazda ushbu holatni tekshirib tahlil qiladilar (hujjatlarga muvofiq tuziladi).
2 - Vaziyat. Korxona muhandisi o`zining ish joyidagi pardasini ilish maqsadida stulni deraza yaqiniga 
surib uning ustidan stol qoydi va uning ustiga chiqdi, stul yuza silliqligi sababli stoldan toyib ketdi va 
natijada muhandis boshidan qattiq jarohat oldi. Tashxis - bosh miya chayqalishi.
Guruh sardori, korxona bosh muhandisi sifatida ushbu holatni tekshirishni tashkil etadi. Guruhning 
qolgan talabalari har xil obrazda ushbu holatni tekshirib tahlil qiladilar(hujjatlarga muvofiq tuziladi).
3 - Vaziyat. Korxona mihandisi tushlik vaqtida ishlab chiqarish binosining eshik bo`sag`asiga chiqdi. 
Eshikning dastagi yo`q, zina 3 tomonga 8 ta zinadan iborat tosh materialdan qilingan. Muhandis toyib 
ketib zinaga yiqildi. Tashxis- umrtqaning dumgaza qismi sinishi 


Guruh sardori, korxona bosh muhandisi sifatida ushbu holatni tekshirishni tashkil etadi. Guruhning 
qolgan talabalari har xil obrazda ushbu holatni tekshirib tahlil qiladilar. ( hujjatlarga muvofiq tuziladi) 
4- Vaziyat. Korxona muhandisi oraliq tanafus vaqtida ko`chaga chiqib bino devoridan 1 metr uzoqlikda 
tik holatda chekib turgan edi. Bino arkining suvog`i boshiga tushib ketdi. Tashxis-bosh miya chayqalishi.
Guruh sardori, korxona bosh muhandisi sifatida ushbu holatni tekshirishni tashkil etadi. Guruhning 
qolgan talabalari har xil obrazda ushbu holatni tekshirib tahlil qiladilar(hujjatlarga muvofiq tuziladi).
5- Vaziyat. Korxona muhandisi 20 litrli idishlardagi sulfat kislotasi tashish vaqtida,unga to`kilib ketdi. 
Tashxis- oyoq va qo`llarning kimyoviy kuyishi.
Guruh sardori, korxona bosh muhandisi sifatida ushbu holatni tekshirishni tashkil etadi. Guruhning 
qolgan talabalari har xil obrazda ushbu holatni tekshirib tahlil qiladilar (hujjatlarga muvofiq tuziladi).
6- Vaziyat. Korxona muhandisi kuchlanish ostidagi qurilmani to`g`irlash vaqtida elektr toki o`tadigan 
qismiga tegib ketdi. Isitish qurilmasining radiator tizimiga oyogi` tegib ketdi.Tashxis-elektr tokining 
urushi.
Guruh sardori, korxona bosh muhandisi sifatida ushbu holatni tekshirishni tashkil etadi. Guruhning 
qolgan talabalari har xil obrazda ushbu holatni tekshirib tahlil qiladilar (hujjatlarga muvofiq tuziladi).
Nazorat savollari 
Xavfsizlik qanday usullar yordamida tahlil qilinadi? 
Baxtsiz hodisalarni tahlil qilish usullari qanday turlarga bo‗linadi? 
Monografik usulning mohiyati nimadan iborat? 
Statistik usul qanday ma‘lumotlar asosida amalga oshiriladi? 
Jarohatlanish ko‗rsatkichlari nima va ular qanday aniqlanadi? 
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarga qanday holatlar kiradi? 
Baxtsiz hodisalar kim tomonidan tekshiriladi? 
Oqibati og‗ir va o‗lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar qanday tartibda teshiriladi? 
Baxtsiz hodisalar qanday tartibda hujjatlashtiriladi? 
3-amaliy mashg‗ulot.
Ichlab chiqarishdagi tabiiy va sun`iy yorug`likni hisoblash. 


Mashg‗ulotning maqsadi. Ishlab chiqarish xonalarini sun‘iy yoritish turlari, yoritish me‘yorlari, 
foydalaniladigan yoritish chiroqlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar bilan tanishish va sun‘iy yoritishni 
hisoblashda amaliy ko‗nikmalar hosil qilish. 
Mashg‘ulot turi: guruhli (4-5)talaba 
Ajratilgan vaqt: 2 akademik soat 
Tayanch so‗zlar va iboralar: tabiiy,sunniy, yoritilganlik, ravshanlik, fon, kontras,yorig`li 
oqimi,candela,lyuks,oqim,lyumen. 
Mashg‗ulot rejasi: 
1. Ishlab chiqarish xonalarini yoritish turlari, yoritilganlik ko‗rsatkichlari va me‘yorlari. 
2. Ishlab chiqarish xonalarini sun‘iy yoritishni hisoblash. 
3. Sun‘iy yoritishga oid masalalar yechimi. 
Berilgan vazifa: ishlab chiqarish xonalarini yoritish turlari, me‘yorlash, foydalaniladigan elektr chiroqlari 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar bilan tanishish va ishlab chiqarish xonalarini sun‘iy yoritish va hisoblash 
bo‗yicha amaliy ko‗nikmalar hosil qilish. 
Mashgulotning mazmuni 
Ishlab chiqarish xonalarini yoritish turlari, yoritilganlik ko‗rsatkichlari va me‘yorlari. Ishlab chiqarish 
xonalarining va ish joylarining yoritilganligi mehnat gigiyenasining muhim ko‗rsatkichlaridan biri 
hisoblanib, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning va ishlab chiqarish madaniyatining ajralmas qismi 
hisoblanadi. Yoritilganlik insonning tashqi muhit bilan bog‗lanishini aniqlovchi va inson miyasiga 
keluvchi tashqi dunyo to‗g‗risidagi ma‘lumotlarning sifatini ifodalovchi asosiy ko‗rsatkichlardan biridir. 
To‗g‗ri va me‘yoriy miqdordagi yoritilganlik ish qurollari va jihozlarning rangini, o‗lchamlarini tezda 
aniqlashga imkon beradi va ishchining mehnat qobiliyatining uzoq muddatgacha saqlanib qolishiga, 
mehnat unumdorligining oshishiga, ishlab chiqarilgan mahsulotning sifatli bo‗lishiga sharoit yaratib, 
mehnat xavfsizligini oshiradi. 
YORUG‗LIK 

elektromagnit spektrining ko‗zga ko‗rinadigan sohasining bir qismi hisoblanadi. Uning 
asosiy xarakteristikasi sifatida to‗l-qin uzunligi (

) va tebranish chastotasi (

) qabul qilingan. Bu 
ko‗rsatkichlar orasidagi o‗zaro bog‗lanish quyidagicha ifodalanadi. 


c

bunda c – yorug‗likning tarqalish tezligi. Ko‗zning ko‗rish darajasi spektrning ko‗rinadigan sohasining 
har xil qismida turlicha bo‗lib, spektrning yashil oblastida, to‗lqin uzunligi

= 554 nm bo‗lgan holatda 
maksimal hisoblanadi. 
Yoritilganlikning asosiy yorug‗lik-texnik ko‗rsatkichlariga yorug‗lik kuchi, yoritilganlik, yorug‗likni 
yutish, o‗tkazish va qaytarish koeffitsienti, ravshanlilik, obyektning fon bilan kontrasti (obyekt bilan 


asosiy rang orasidagi keskin farq), yoritilganlikning pulsatsiya koeffitsienti va yoritilganlikning notekislik 
koeffitsienti kiradi. 
Yorug‗lik kuchi (J) – yorug‗lik oqimining yorug‗lik tarqaladigan burchakka nisbati orqali ifodalanadi 


Download 1.28 Mb.
  1   2   3




Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Mehnat muhofazasi bo`yicha o`qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash

Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish