n
S
E
k
F
ch
e
.
.
bunda Fe.ch – elektr chirog‗ining yorug‗lik oqimi, Lm;
E – me‘yoriy yoritilganlik, Lk;
S – xonaning yuzasi, m2; k – zaxira koeffitsienti, ( 1 -jadval);
Z – yoritilganlikning notekislik koeffitsienti;
– yorug‗lik oqimidan foydalanish koeffitsienti, ( 2 -jadval);
n – o‗rnatiladigan elektr chiroqlar soni.
Zaxira koeffitsienti (k) elektr chiroqlaridan foydalanish davrida ularning ifloslanishi yoki kirlanishi
natijasida yoritilganlikning kamayishini hisobga oladi.
Yoritilganlikning notekislik koeffitsienti (Z) elektr chiroqlari turiga, chiroqlar orasidagi masofaga (
) va
ularni o‗rnatish balandligiga (Ne.ch.) bog‗liq bo‗ladi.
Elektr chiroqlarni o‗rnatish balandligi quyidagicha aniqlanadi:
.
.
.
.
.
ch
ye
yu
yo
ch
e
h
h
Н
Н
bunda H – xona balandligi, m; Elektr chiroqlarini o‘rnatish balandligi, hn=hyo-0,5 hyo.yu–xona
polidan yoritiladigan yuzasigacha bo‗lgan masofa, m; hye.ch = 0,5 – xona polidan elektr chirog‗igacha
bo‗lgan masofa, m.
Elektr chiroqlari simmetrik o‗rnatilganda ularning soni quyidagicha topiladi:
2
S
n
bunda S – xona yuzasi, m2;
– elektr chiroqlar orasidagi masofa, m.
4-AMALIY MASHG'ULOT
Mavzu: Aholi punktlarida qutqaruv va boshqa kechiktirilmaydigan ishlarni bajarish
Mashg'ulotning maqsadi: Talabalarga aholi puktlarida, XXOlarida qutqaruv va boshqa kechiktirib
bo'lmaydigan ishlarni bajarish yo'llarini va usullari bilan tanishtirish
Mashg‗ulotni o‗tkazish uchun kerak bo‗ladigan asboblar, jihozlar, ko‗rgazmali qurollar. Plakatlar,
slaydlar, film
Topshiriq:
Avariya-qutqaruv ishlarining turlari.
Kechiktirib bo'lmaydigan shoshilinch ishlarning turlari.
Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni olib borishda xavfsizlik tadbirlari.
Zilzila oqibatlarini bartaraf etish. Kommunal-energetika tarmoqlaridagi avariyalarni cheklash. Suv
toshqini, sel va yer ko`chkisi oqibatlarini bartaraf etish.
Avariya-qutqaruv ishlarining turlari
Ayrim tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda avariya -qutqaruv
va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni o'tkazish usullari bilan tanishib chiqamiz.
Avariya-qutqaruv ishlarining turlari quyidagilardan iborat:
-harakat marshrutlari va ish maydonlari (obyektlari)da razvedka ishlarini olib borish;
-harakat marshrutlari va ish maydonlari (obyektlari)dagi yonishlarni cheklash va bartaraf etish;
-jabrlanganlarni qidirib topish va ularni vayron bo'lgan, zararlangan, yonayotgan binolardan, suv, gaz,
tutun bosgan bino hamda vayrona uyumlari orasidan olib chiqish;
-jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordamni ko'rsatish hamda ularni shifoxonalarga joylashtirish;
-aholini xavfsiz joylarga ko'chirish;
-epidemiya yuzaga kelishiga yo'l quymaslik maqsadida kerakli sanitariya - gigiena choralari va
epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil etish;
-aholini suv, oziq-ovqat va eng zarur narsalar bilan ta'minlash.
Kechiktirib bo'lmaydigan shoshilinch ishlarning
turlari quyidagilardan iborat:
-
vayrona uyumlari orasida va zararlangan hududirlarda kolonna yo'llarni tayyorlash, ya'ni
piyodalar va transport vositalari uchun yo'l ochish;
-
qutqarish ishlarini olib borish uchun sharoit yaratish maqsadida gaz, energetika, suv,
kanalizatsiya va texnologik tarmoqlardagi avariyalarni cheklash;
-
imorat va inshootirning bosib tushish xavfi bo'lgan harakat xavfsiz-ligiga hamda avariya-
qutqaruv ishlarini olib borishga halaqit beradigan konstruksiyalarini mustahkamlash yoki buzib tashlash;
- qutqaruv ishlarini o`tkazishni ta'minlash maqsadida, zararlangan aloqa yo'llarini va kommunal-
energetika tarmoqlarini tuzatish yoki qayta tiklash.
Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarning bajarilishi tabiiy ofatning yoki ishlab
chiqarishda sodir bo'lgan avariya va halokatning ko'lamiga, turiga, fuqaro muhofazasi kuchlarining
hajmiga hamda ularning tayyorgarlik darajasiga, sodir bo'lgan vaqtiga (yil davomida, kuni), ob-havoga va
boshqa ko'pgina omillarga bog'liqdir. Favqulodda vaziyatlar vaqtida bajariladigan ishlarga tayyorgarlik
tartibi, fuqaro muho-fazasi tuzilmalarining hatti-harakatlari oldindan rejalashtirish asosida belgilanadi. Bu
rejalar tuman, shahar va viloyat miqyosida oldindan tuzib chiqiladi. Rejani tayyorlashda sodir bo'lishi
mumkin, deb bashorat etilgan tabiiy ofatlar va ishlab chiqarishdagi avariya va halokatlar asos bo'lib
xizmat qiladi.
Favqulodda vaziyatlar vaqtida fuqaro muhofazasi tuzilmalarining hatti-harakatlari o'z vaqtida tashkil
etilgan va olib borilgan razvedka ma'lumotlariga hamda ma'lumotlarda aks ettirilgan aniq shart-sharoitga
bog'liqdir. Razvedka ishlari fuqaro muhofazasi kuchlarining vazifalariga mos va bajarilishi zarur bo'lgan
keyingi hatti-harakatlarga bog‘langan holda olib boriladi. Razvedka guruhi tarkibiga tabiiy ofat sodir
bo'lgan hududni, shu hududda joylashgan korxonalarning ishlab chiqarish xususiyatini hamda xalq
xo'jaligi obyektlarini yaxshi biladigan mutaxassis kiritilishi kerak. Bordiyu, avariya yoki halokat kuchli
ta'sir etuvchi zaharli moddalar ishlatadigan yoki ishlab chiqaradigan korxonada sodir bo'lsa, razvedka
guruhi tarkibiga albatta, kimyogar mutaxassis kiritilishi va u kerakli ish qurollari, anjomlari bilan
ta'minlangan bo'lishi lozim. Ushbu razvedka guruhida yana tibbiyot xodimi ham bo'lishi kerak.
Tabiiy ofatlar, ishlab chiqarishda sodir bo'ladigan avariya va halokatlar oqibatlarini bartaraf etishga shu
hududda joylashgan FVDT tuzilmalari jalb etiladi. Zarurat paydo bo'lsa, fuqaro muhofazasi
boshliqlarining ko'rsatmasiga binoan chegaradosh hududlar, shaharlar, viloyatlar va vazirliklarga qarashli
tuzilmalar ham jalb etiladi.
Tuzilmalar tarkibiga kiritilgan kuchlarning yig'ilish joyi obyektdagi tuzilmalarni tayyor holga keltirish
uchun, odatda, xalq xo'jaligi obyektining hududida tashkil etiladi. Hududiy yig'ma otryadlarning yig'ilish
joyi ish bajariladigan hudud yo'nalishida joylashgan aholi yashash joylarida tashkil etiladi.
Tuzilmalarning bir hududda yig'ilishiiga ketadigan vaqt tayyorgarlik ishlari uchun ajratilgan vaqt hisobiga
qo'shiladi. Favqulodda vaziyati oqibatlarini bartaraf etish uchun tuzilmalar yig'ilgan joydan to'g'ridan -
to'g'ri va tezkorlik bilan favqulodda vaziyat sodir bo'lgan hududga yuboriladi. Belgilangan marshrut
davomida vayrona uyumlari va yong'inlar, buzilgan ko'priklar bo'lishi mumkinligini inobatga olgan holda,
tuzilmalarning harakati to'xtab qolmasligini ta'minlash chora-tadblarlari ko'rilishi kerak.
Favqulodda vaziyat sodir bo'lgan hududga yetib kelgan tuzilmalar ish bajarishi kerak bo'lgan obyektga tez
yetib borishlarini ta'minlaydigan va ularga ajratilgan joyga yig'iladilar. Ana shu yerda ular aniq o'z
vazifalarini oladilar. Tuzilma sardori tuzilma oldiga qo'yilgan vazifani muvaffaqiyatli bajarilishiga
mas'uliyatli shaxs hisoblanadi. U vazifani olgach, uni tushuntirib beradi, sharoitga baho beradi, qaror
qabul qiladi, og'zaki buyruq beradi va ishni tashkil etadi. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish
jarayonida tuzilmalarning doimiy o‘zaro aloqasi muhim ahamiyatga egadir. Tuzilmalarning bir joyda, bir
vaqtda va bir maqsad uchun o'zaro kelishgan holda ish olib borishlari natijasida ular o'z vazifalarini
muvaffaqiyatli bajaradilar. Tuzilmalar topshirilgan vazifani bajarib bo'lganlaridan keyin, ish bajargan
obyektdan tashqariga olib chiqib ketiladi va kerak deb hisoblangan vaqtda, yangi vazifani bajarish uchun
tayyorgarlik ko'radilar. Favqulodda vaziyatlar sodir bo'lgan hududlarda komendantlik xizmati tashkil
etiladi. Bu xizmat favqulodda vaziyat sodir bo'lgan hududga yoki obyektga aholini yaqinlashtirmaydi,
aholini va moddiy boyliklarni evakuatsiya qiladi, jamoat tartibini saqlaydi, tuzilmalar va aholi tomonidan
o'rnatilgan tartibga hamda harakat qoidalariga rioya qilinishini nazorat qiladi, alohida ahamiyatga ega
bo'lgan inshootlarni qo'riqlaydi. Komendantlik xizmatiga xalq xo'jaligi obyektlarining jamoat tartibini
saqlash tuzilmalari hamda ichki ishlar xizmati xodimlari jalb etiladi.
Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni muvaffaqiyatli bartaraf etishga
quyidagicha erishish mumkin ekan:
1. Razvedka ishlarini o‘z vaqtida va doimiy tashkil etish.
2. Boshqaruvni doimiy va qat'iyat bilan tashkil etish.
3. FVDT kuch va vositalaridan guruhlarni tezkorlik bilan tashkil etish, ularni favqulodda vaziyat sodir
bo'lgan hududlarga olib kelish.
4. Boshqaruv organlari va tuzilmalarning ma'naviy-ruhiga tayyorligi.
5. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatishda kuch va vositalarning ishlashini uzviy bog`langan holda
olib borish.
6. Favqulodda vaziyatlar sodir bo'lgan obyektda yoki hududlarda komendantlik xizmatini tashkil etish.
7. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda, avariya-qutqaruv ishlarini amalga oshirishda FVDT
kuchlarini moddiy hamda transport vositalari bilan ta'minlash.
8. Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni amalga oshrishda texnika xavfsizligi
qoidalarini bilish va ularga amal qilish.
Zilzila oqibatlarini bartaraf etish
Zilzila oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq bo'lgan avariya-qutqaruv va bosha kechiktirib
bo'lmaydigan ishlarning ketma-ketligi va ularni bajarish muddatlarini zilzila sodir bo'lgan hududda
joylashgan shahar (obyekt) fuqaro muhofazasi boshliqi aniqlaydi. Zilzila keltirgan zararni aniqlash,
avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlar ketma-ketligini, odamlarni qutqarish ishlari
hajmini aniqlash uchun razvedka ishlari tashkil etiladi.
Razvedkachilar quyidagilarni aniqlashlari shart:
- bino, inshoot, kommunal-energetika tizimlaridagi talofatlarning xususiyatlari va darajasini;
-
vayronalar ostidagi odamlar qolgan joylarini topish va ularga zarari tegishi mumkin bo'lgan
xavfni;
-
vayrona uyumlari tagida qolgan odamlarni chiqarib olishning eng qulay joylarini topish;
-
suv manbalarining holatini, ularni xo'jalik ishlarida va ichimlik sifatida ishlatish mumkinligini;
-
sharoitni va sharoitga ko‘ra bajariladigan ishlar ketma-ketligini;
-
mexanik vositalarni qo'llash imkoniyatlarini;
-
zarurat bor deb topilganda portlatish ishlarini qo'llash imkoniyatini.
Vayrona uyumlari tagida qolganlarni chiqarib olish, yarim vayronalar va yonayotgan biiolardan
odamlarni qutqarish. Zilzila natijasida vayrona uyumlari ostida olgan, qulab tushishi ehtimoli mavjud
bo'lgan hamda yonayotgan binolar va inshootlarda odamlarni qutqarish ishlari tezkorlik bilan amalga
oshiriladi. Buning uchun obyektga FVDT tuzilmalari olib kelinadi.
Vayrona uyumlari tagida qolganlarni qidirib topish uchun qidiruv guruhlari yuboriladi. Ular vayrona
uyumlarining hududini, buzilgan binolar va inshootlarni sinchiklab o'rganib chiqadilar. Vayrona uyumlari
tagida odam borligi aniqlanganda, tezda vayrona uyumi ostida qolgan odam bilan suhbat yoki taqillatish
orqali aloqa o'rnatiladi. Vayrona uyumlarini ochish uchun zvenolar tashkil etiladi. Zvenolar tarkibidagi
qutqaruvchilar soni 5 kishidan kam bo'lmasligi kerak. Zveno a'zolarining hammasi yoppasiga yoki
birvarakayiga ishlashadi. Ikki kishi vayrona uyumi tepasida, ikki kishi uyum bo'laklarini boshqa yerga
tashlaydi. Zveno a'zolaridan bittasi kerak bo'lgan holatlarda metall konstruksiyalarni maxsus asbob
yordamida kesadi. Vayrona uyumlari katta bo'laklardan tashkil topgan bo'lsa, ularni bartaraf etishda
mexanizatsiyadan foydalaniladi. Ko'p qavatli binolarning yuqorisida yoki zinapoyalari buzilgan bino
yoki inshootlardan odamlarni qutqarish uchun vaqtinchalik evakuatsiya yo'llari, yog'ochdan ishlangan
trapplar yoki vaqtinchalik zinapoyalar o‘rnatiladi. Harakatlanish xavfsizligi uchun bilar tomondan arqon
tortib qo‘yiladi. Tungi vaqtda ishlaganda esa vaqtinchalik elektr yoritgichi o'rnatiladi. Yuqori qavatlardan
odamlarni deraza orqali evakuatsiya qilish mumkin. Odamlarni qutqarishda eng qulay yo'l o't o'chirish
avtotransportidan foydalanishdir.
Kommunal-eniergetika tarmoqlaridagi avariyalarni
sheklash yoki bartaraf etish
Kommunal-energetika tarmoqlaridagi avariya oqibat-larini bartaraf etishda ixtisoslashtirilgan,
tayyorgarlik ko'rgan va qurollangan maxsus tuzilma mutaxassislari ishtirok etadilar. Ularga yordam
berish uchun umumiy tuzilma a'zolari jalb etilishi mumkin.
Elektr tarmoqlaridagi avariyalar elektr-energiya o'chirilganidan keyingina bartaraf etiladi. Umumiy elektr
energiya tarmoqlari o'chirilgandan keyin elektr energiyani vaqtinchalik tiklash tadbirlari ko'riladi. Zilzila
sodir bo'lganda, vayron bo'lgan yoki yong'in sodir bo'lgan bino va inshootlarda odamlarni qutqarish
ishlari olib borayotganlarni elektr-energiya bilan ta'minlash blarinchi darajadagi vazifalardan hisoblanadi.
Elektr-energiya bilan ta'minlash yoki avariya sodir bo'lgan elektr-energiya tarmoqlarini tiklash imkoniyati
bo'lmagan taqdirda ko'chma elektrostansiyalar yoki energopoyezdlardan foydalanish zarur. Suv
tarmoqlarida sodir bo'lgan avariya oqibatlarini bartaraf etishda joylarda vayrona uyumlarini tozalash,
shikastlangan suv tarmog'ini to'xtatish kerak. Ko'chalardagi suv tarmog'i quduqlari, vayrona uyumlarida
suv paydo bo'lishi va suv quvurlarida suv bosimining pasayishi suv tarmoqlarining buzilganligini
ko‘rsatadi. Bino yoki inshootlar konstruksiyadagi mustahkam bo'lmagan qism-larni mustahkamlash yoki
buzib tashlash. Zilzila sodir bo'lganda devorlar, qavatlar o'rtasidagi to'siqlar, bino va inshootlarning
konstruksiyasida yoriqlar hosil bo'lishi natijasida ular qiyshayib yoki osilib qolishi mumkin. Bunday
holatlar aholi uchun ham, qutqaruv ishlarini olib borayotgan tuzilmalar uchun ham xavf soladi. Shuning
uchun bunday bino va inshootlarning konstruksiyalari buzib tashlanishi yoki mustahkamlanishi kerak.
Shikastlanganlarni jamlash va tibbiy shaxobchalarini jihozlash. Shikastlanganlarni jamlash va tibbiy
yordam ko'rsatish uchun qulay, saqlanib qolgan binolar yoki yerto'lalarni tanlash mumkin. Ularga eng
qulay va xavfsiz kirish yo'llari tanlanadi. Zarurati bo'lsa, vaqtinchalik kommunal-energetika tarmoqlar
tiklanib, suv, gaz, elektroenergiya bilan taminlanadi. Suv bilan ta'minlash shaxobchalarini jihozlash. Suv
bilan ta'minlash shaxobchalari aholi va tuzilmalarni suv bilan ta'minlash uchun zarur bo'lib, ular saqlanib
qolgan suv manbalari, artezian quduqlar, ochiq suv havzalarini tashkil etadi. Birinchi navbatda, avariya-
qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlar bajarilayotgan hamda shikastlanganlarni jamlash va
tibbiy punktlar joylashgan hududlar suv bilan ta'minlanadi.
Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni olib borishda xavfsizlik tadbirlari.
Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'l-maydigan vayrona uyumlari orasida yurish; buzilgan bino va
inshootlarga kirish, qulab tushishi ehtimoli bor bo'lgan binolar yaqinida turish xavflidir. Zararlangan bino
va inshootlar oldiga faqatgina ularning xavfsiz tomonidan kelish mumkin. Bino va inshootlarning ichki
qismini ko'zdan kechlarganda ochiq shakldagi yoritgichlardan va kerosinli fonarlardan foydalanish ham
xavfli, chunki ular ikkilamchi vaziyat sodir bo'lishiga sabab bo'lishi mumkin.
Yonayotgan, tutun bosgan va vayrona uyumlari bilan to'silib qolgan joylarga kirayotganda arqonga
boylanib, arqonning ikkinchi uchini kirish joyida turadigan sherigingizga qoldirsangiz, bu holat
xavfsizligingizni ta'minlaydi. Yonayotgan xonalarga kirayotganda kirish eshiklarini ehtiyotkorlik bilan
ochish va alanganing otilib chiqishini to'sa oladigan yoki qizigan gaz alanga olganda yong'indan
muhofaza qila oladigan matodan foydalanish ham sizning xavfsizligingizni ta'minlaydi. Yonayotgan xona
ichida emaklab yoki engashib harakat qilish, zarurati bo'lganda xonadan tez chiqib ketish uchun derazaga
yaqin joylarda harakatlanish xavfli vaziyat sodir bo'lishining oldini oladi. Uzoq vaqt davom etgan
yong'indan so'ng yerto'lalarga gazniqob kiyib yoki yaxshilab shamollatilgandan so'ng ish jarayonini
boshlash xavfli vaziyat sodir bo'lishining oldini oladi.
Vayrona uyumlari orasida hovuzlar tayyorlashda ularning chetlarini mustahkamlash kerak bo'ladi.
Mustahkamlash uchun metall va yog'och konstruksiyalarning bo'laklarini ishlatish mumkin.
Mustahkamlanmagan vayrona uyumlaridan tushish va chiqish joylari sifatida foydalanish maqsadga
muvofiq emas.
Baland joylarda ishlash kerak bo'lgan hollarda albatta ehtiyot vosita-laridan foydalanish kerak (qutqaruv
arqonlari va belbog'lar). Gazlashgan obyektlarda ish olib borish jarayonida yakka muhofaza vositalaridan
foydalanish xavfsizlikni ta'minlaydi. Zarar ko'rgan yoki buzilgan binolarda ish olib borayotganda
himoyasiz qo'l bilan elektr simlarini va elektr simlari tegib turgan metall buyumlarni ushlash xavfli
hisoblanadi. Shuning uchun ishni boshlashdan oldin elektr tarmoqlari o'chirib qo‘yiladi.
Vayrona uyumlari, shaxtalarda, kirish joylari shikastlangan bino va inshootlarda ogohlantiruvchi qizil
chiroq o'rnatib qo'yiladi.
Suv toshqini, sel va yer ko‘chkisi oqibatlarini bartaraf etish
Suv toshqini (suv ostida olish) xavfi paydo bo'lgan favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi
boshliqrining qarori bilan boshqaruv punktlari tayyorgarlik holatiga keltirib quyiladi. U yerda mutasaddi
rahbar xodimlarning kecha-yu kunduz navbatchiligi tashkil etiladi, FVDT tuzilmalarining vazifalari
aniqlashtiriladi.
Suv toshqini xavfi paydo bo'lganda:
- suv toshqini xavfi borligi haqidagi ma'lumotni yuqori organlarga va aholiga ma'lum qiladilar;
- razvedka va kuzatuv ishlarini kuchaytiradilar;
- suv toshqini xavfi bor hududlarda FVDT kuch va vositalarining holatini aniqlaydilar, avariya-qutqaruv
va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni o'tkazishga tayyorgarlik ko'radilar;
- xavfli hududlardan aholini evakuatsiya qilishga tayyorgarlik ko'radilar va kerak, deb topilganda aholini
va moddiy boyliklarni xavfsiz joyga ko'chiradilar;
- suv toshqini xavfi bor hududlardagi korxona va tashkilotlarning ishlab chiqarish jarayonini qisman yoki
butunlay to'xtatadilar;
- o'zaro hamkorlik rejasiga binoan yordam berishga ajratilgan qurolli kuchlar bo'linmalari bilan aloqa
o'rnatadilar va doimiy aloqada bo'ladilar.
Qutqaruv ishlarini olib borishga rahbariyat tomonidan ajratilgan kuch va vositalar hamda tashkilotlarning
tuzuvchi vositalari jalb etiladi.
Suv bosgan hududlarda qutqaruv otryadlari, katerlar, motorli qayiqlar va boshqa suzuvchi vositalar
yordamida odamlarni qutqarish va evakuatsiya qilish ishlariga jalb etiladi. Qutqaruv ishlariga jalb etilgan
tuzilmalar tarkibi odamlarni qutqarish borasidagi hatti-harakat qoidalarini va qutqarilganlarga birinchi
tibbiy yordam ko'rsatishni bilishlari kerak. Suvda suzish vositalarida qutqaruv ishlariga jalb etilgan
tuzilmalar qutqaruv vositalari bilan, shaxsiy tarkib esa qutaruv nimchalari bilan ta'minlanadilar.
Suv bosgan hududlarda qutqaruv ishlarini olib borishda asosiy e'tibor suv ostida qolgan hududlardagi
odamlarni qidirib topishga, ularni suvda suzish vositalariga yoki vertolyotga olish va xavfsiz joylarga olib
chiqishga qaratiladi. Zarurati bor bo'lgan hollarda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam va shifokor
yordami ko'rsatiladi. So'ng moddiy boyliklarni qutqarish va olib ketish ishlari olib boriladi. Shu o'rinda
Farg'ona viloyatining Shohimardon qishlog'ida 1998yil yozida bo'lib o'tgan halokat to'g'risida to'xtalib
o'tsak. Havo haroratining birdaniga ko'tarilib ketishi natijasida Qirg'iiziston Respublikasining O'sh
viloyati tog'laridagi qorlarning erishi tezlashib ketdi. Buning oqibatida 1998-yilning 7-iyulidan 8-iyuliga
o'tar kechasi katta suv oqimi paydo bo'ldi. Bu oqim Shohimardonsoyga qo'shilib uning suv sig'imini 200
m3/s ga ko'paytirib yubordi va kuchli oqim natijasida 52 ta xo'jalik 36 ta dam olish maskanlari, shu
jumladan, 4 ta bolalarni sog'lomlashtirish maskanlari jiddiy zarar ko'rdi. 8-9-iyul kunlari odamlarni
Shohimardon qishloqlaridan ko'chirish ishlari olib borildi. Bu muddat davomida 14200 kishi, shu
jumladan 3150 nafar yosh bolalar xavfsiz joyga ko'chirilgan. Ushbu ishlarni bajarish uchun 250 dan ortiq
avtomobil texnikalari jalb qilindi. 1998yilning 18iyuligacha 104 nafar odamning jasadlari topildi. 68 ta
har xil hayvonlarning tanalari topilib, ular belgilangan tartibda ko'mib tashlangan. Kuchli sel oqimi
natijasida 15 km gaz o'tkazgich, 14 km avtoyo'l, 4 ta yirik avtomobil ko'prigi, 3 km suv o'tkazish
tizimlari, 3 km elektr uzatish tarmoqlari yaroqsiz holatga kelgan, 200 dan ziyod mayda savdo nuqtalari
butunlay vayron bo'lgan. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha Shohimardon va Vodil
qishloqlarida favqulodda vaziyatlar shtabi tashkil qilingan. Avariya-qutqaruv ishlariga 1908 kishi va 438
dona texnika, shu jumladan 156 dona muhandislik texnikalari jalb qilingan. Ishni tashkil qilish uchun 320
tonna benzin, 513 tonna dizel yoqilg'isi sarf qilingan. Bunday halokat yuz berganda eng birinchi navbatda
muhandislik texnikalari ishga solinishi kerak. Chunki birinchi vazifa odamlarni xavfsiz joylarga zudlik
bilan ko'chirish, jabrlanganlarga moddiy va tibbiy yordam ko'rsatish, oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan
ta'minlash ishlarini olib borishdan iborat. Razvedka ishlarining samarali olib borilishi, FVDT organlari va
xizmati sodir bo'lgan muhitni tezlik bilan baholashlari, yetkazilgan talafotning ko'lamini aniqlash, FVDT
kuch va vositalarini o'z vaqtida jamlash va yo'naltirish. FVDT tuzilmalari shaxsiy tarkibining faol harakat
qilishi va jabrlanganlarga yordam berish haqida aniq topshiriq berilishi, to'satdan suv bosishi sodir
bo'lganda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni samarali olib borilishiga
bog'liqdir.
Razvedka natijalari, FVDT organlarining axborotlari, harbiy qo'mondonlik qo'shini tuzilmalari va boshqa
boshqaruv manbalarining ma'lumotlari, FVDT bo'limlari va fuqaro muhofazasi xizmati xodimlari
mutaxassislar bilan birgalikda vaziyatni baholaydilar va favqulodda vaziyatning bundan keyingi
rivojlanishini taxmin qiladilar, avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni o'tkazish
hududida o'z takliflarini ishlab chiqadilar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga axborot beradilar.
Suv bosgan hududga yetib kelgan FVDT tuzilmalari shu zahotiyoq o'z vazifalarini bajarishga kirishadilar.
Vaziyat haqidagi muhim ahamiyatga ega bo'lmagan ma'lumotlarning mavjud emasligi yoki ba'zi bir
ikkinchi darajali masalalarning hal qilinmaganligi avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan
ishlarni boshlamaslikka sabab bo'la olmaydi.
Qidiruv guruhlari va zvenolari tez harakat qiluvchi suzuvchi vositalar va vertolyotlar yordamida suv
bosgan hududlarda odamlar yig'ilgan joylarni aniqlaydilar. Ko'pchilikni tashkil etmagan odamlar
guruhlarini qutqaruv guruhlari va zvenolari mustaqil ravishda qutqaradilar. Odamlarni xavfsiz joyga olib
chiqish uchun barja, barkas, kater va qayiqlardan foydalaniladi, Suv bosgan hududlarda suvda suzuvchi
vositalar odamlarni qidirib topish jarayonida vaqti-vaqti bilan tovush chiqarib signal berib boradilar. Suv
bosgan hududlarda asosiy aholini evakuatsiya qilish ishlari tugaganidan so'ng ham hududlarda patrullik
ishlari to‘xtatilmaydi. Patrullik ishlari tezyurar suvda suzuvchi vositalar, suv bosgan hududning ko'lami
katta bo'lsa, vertolyotlar yordamida bajariladi.
Suvdagi odamlarga, hatto suzishni biladiganlarga ham qutaruv halqasi, rezina shar yoki bosha suzuvchi
moslamalar tashlanadi. Bunda suv oqimi va shamolninig yo'nalishi hisobga olinadi. Gidrotexnika
inshootlarining zarar ko'rishi yoki batamom buzilishi to'satdan suv bosgan hududlarning ko'lamini
ko'paytiradi. Shuning uchun ularning holati doimiy statsionar kuzatish ishlari yordamida kuzatib boriladi.
Gidrotexnika inshootlarida avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni FVDTning
muhandis tuzilmalari hamda avariya-texnik xizmati bajaradi. Ko'pchilik holatlarda bunday ishlar
tezkorlik bilan bajarilishini inobatga olsak bunday ishlarga iloji boricha tajribali mutaxassis rahbarlik
qilishi kerakligi ma'lum bo'ladi. Sel oqishi bilan asosan oldindan olib borilgan kompleks tashkiliy-xo'jalik
agrotexnik meliorativ va gidrotexnik tadbirlarlarni amalga oshirish yordamida kurashish ko'proq samara
beradi. Sel kelishi xavfi bor hududlarda yashovchi aholi yerlardan foydalanishda, o'rmon daraxtlarini
kesishda, uy hayvonlarini boqishda mutasaddi tashkilotirning tavsiyalariga rioya qilishlari zarurdir. Sel
kelishi va yer ko'chkisi xavfi sodir bo'lganda, aholi xavfli hududlardan xavfsiz joyga evakuatsiya qilinadi.
Aholi bilan birgalikda moddiy boyliklar ham olib chiqiladi, qishloq xo'jalik mollari esa xavfsiz joyga
ko'chiriladi.
Yer ko'chishi natijasida odamlar vayrona uyumlari ostida qolishi, qulayotgan narsalar ta'sirlarida
jarohatlanishi mumkin. Shuning uchun jabrlanganlarga iloji boricha tezda yordam berish kerak. 1999- yil
21- noyabrda ko'p miqdorda qor yog'ishi natijasida "QAMCHIQ" dovonining 157-167kilometrlarida qor
ko'chishi hodisasi sodir bo'ldi. Favqulodda vaziyat oqibatida 29 odam qurbon bo'ldi, 19 kishi turli
jarohatlarni oldi, 73 kishi sovuqda uzoq muddat qolib ketdi. Zudlik bilan Favqulodda vaziyatlar vaziri
buyrug'iga ko'ra tezkor guruh voqea yuz bergan joyga etib keldi, vaziyatni aniqlash va oldini olish chora-
tadbilari ko'rildi, 5 soat davomida dovonning 152-162 kilometrlarida 8 bor qor ko'chishi oqibatida 34 ta
turli rusumdagi avtomobil qor uyumi ostida qolganligi, 6 ta mashinani qor chuqurlik tomon surib
tushirgani aniqlandi va zudlik bilan ularni qutqarish ishlari boshlab yuborildi. Bunday vaqtda vaziyatni
to'g'ri baholay bilishlik muhim o'rin tutadi. Voqea sodir bo'lgan joyga Toshkent, Farg'ona, Andijon,
Namangan viloyatiri avariya-qutqaruv bo'limlari, "Najotkor" respublika qidiruv-qutaruv markazi,
Chirchiq shahar "Xaloskor" maxsus harbiylashtirilgan qidiruv-qutqaruv qismi o'z texnik vositalari bilan
jalb qilindi. Tezkor guruh a'zolari o'z ishlarini vaziyat vujudga kelgan joyning eng og'ir qismi 167-
kilometridagi yo'lni qor uyumidan tozalab, odamlarni xavfsiz joyga olib chiqishdan boshladilar. Jabr
ko'rganlarga birinchi tibbiy yordam ko'rsatildi va oziq-ovqat bilan ta'minlandi. Ob-havoning 12° sovuq,
buning ustiga 15-20 metr tezlikda esib turgan shamol ta'siriga qaramasdan qor qurshovida qolgan 400
transport vositasi va 1200 dan ziyod yo'lovchi qutqarib olindi. Sodir bo'lgan qor ko'chkisi oqibatini
bartaraf etishda 71 ta texnika, 1 ta vertolyot va 3 ta iztopar to'rt oyoqli xaloskorlar ishtirok etdilar.
Qutqaruv ishlarini olib borishda yo'l xizmatidan 150 kishi, Namangandan 9 nafar qutqaruvchi,
Toshkentdan 10 kishi, "Xaloskor"dan 12 kishi, DAN xodimlaridan 116 kishi, "Najotkor"dan 10 kishi,
Andijondan 5 kishi, Fargonadan 10 nafar qutaruvchi, jami 350 dan ziyod kishi ishtirok etdi.
Ishlab chiqarish avariya va halokatlarining oqibatlarini bartaraf etish
Ishlab chiqarish avariya va halokatlari ko'p hollarda tasodifan sodir bo'ladi, ko'lami tez kengayadi hamda
odamlarning hayoti va sog'lig'iga xavf soladi. Ishlab chiqarishdagi avariya va falokatlarning sodir bo'lishi
ishlab chiqarish xususiyatiga ko'proq bog'liq, chunki ikkilamchi salbiy oqibatlar kelib chiqishi mumkin,
bu oqibatlar esa ko'pchilik hollarda atrof-muhit holatini qiyinlashtirishi mumkin. Avariya va halokatlar
sodir bo'lganda ob`yekt ishchi-xizmatchilarini o'z vaqtida xabardor qilish, ularni hamda ob`yekt atrofida
yashaydigan aholining muhofazasini tashkil etish birinchi darajadagi vazifadir, Birinchi navbatda,
odamlarning muhofazasi bilan shug'ullanish, ularga birinchi tibbiy yordam ko'rsatish va ularni davolash
muassasalariga joylashtirish tadbirlari amalga oshiriladi. Obyektning talofat ko'rgan joylarini razvedka
qilib, olingan ma'lumotlar asosida yonishni o'chirish, uning ko'lamini cheklash, sodir bo'lishi mumkin
bo'lgan vaziyatirning oldini olish ishlari olib boriladi.
Vayrona uyumlaridan tashkil topgan to'siqlar, zarar ko'rgan bino konstruksiyalaridagi qulab tushay deb
turgan alohida bo'laklarning paydo bo'lgani quyunlashgan va gazlashgan hududlarda odamlarning
jarohatlanishi va halok bo'lish xavfi paydo bo'ladi. Shuning uchun texnika xavfsizligi talablariga rioya
qilish katta ahamiyatga ega. Vayrona uyumlari orasida besabab yurish, zararlangan bino va inshootlarga
kirish, qulab tushish xavfi mavjud yerlarda ish olib borish, ehtiyot vositalarisiz yerda yotgan elektr
asboblariga tegish mumkin emas.
Ish olib borilayotgan maydon yoki ob`yekt atrofi to'siqlar bilan o'ralgan va o'z vaqtida qo'riqchilar hamda
kuzatuvchilar bilan ta'minlangan bo'lishi kerak
Vayrona uyumlarini bartaraf etish bilan bog'liq bo'lgan ishlarni bajarishdan avval qulab tushish ehtimoli
bor bo'lgan bino qismlarini mustahkamlash yoki buzib tashlash kerak. Tomlar, quvurlar, stoykalar va
kolonnalarni boshqa maqsadda foydalanish uchun sindirish, bo'laklarga bo'lishga ruxsat berilmaydi.
Kuchli ta'sir etuvchi zaharli moddalar (KTZM) bilan bog'liq bo'lgan obyektlarda avariya va halokatlar
oqibatlarini bartaraf etishda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni tashkil etish
mazmuni bilan tanishib chiqamiz. Bunday obyektlarda o'z vaqtida va sifatli razvedka ishlarini olib borish
muhim ahamiyatga egadir. Razvedkani radiatsiya va kimyoviy razvedka tuzilmalaridan tashkil etilgan
guruh zvenolari olib boradi. Ular avariya sodir bo'lgan joyni va kuchli ta'sir etuvchi zaharli moddaning
turini, hudud va obyektning zaharlanganlik darajasi va ko'lamini, zararlangan hudud chegarasini, aylanib
o'tish hamda hududdan chiqishning eng xavfsiz yo'nalishlarini aniqlaydilar. Zarurati bor deb topilganda
tuproq, suv va boshqa tashqi muhim obyektlaridan namunalar oladilar va tahlil qilish uchun amaliyotga
yuboradilar, kimyoviy zararlangan hudud o'chog'idagi odamlar holatini baholaydilar. Kuchli ta'sir etuvchi
zaharli moddalarning hududga yoki atmosferaga tarqalayotganligi aniqlanishi bilanoq obyekt ishchi va
xizmatchilari hamda yaqin-atrofda yashovchi aholiga xavf haqida xabar beriladi. Avariya haqidagi
xabarni eshitgan aholi darhol nafas olish yo'llarini muhofaza qilish niqoblarini hamda terini muhofaza
qiluvchi eng oddiy kiyim (plash, yoping‘ich)larni kiyib olishlari kerak. Uyda bo'lgan aholi deraza va
darchalarni mahkamlab yopishi, yashash joyiga tashqaridan havo kirmaydigan qilib berkitishi, elektr
isitgich asboblari, gaz o'choqlari va boshqa yonayotgan asbob-uskunalarni o'chirish kerak.
Avariya sodir bo'lgan obyektda birinchi navbatda kuchli ta'slar etuvchi zaharli moddalarning to'kilishini
yoki tarqalishini to'xtatish tadbirlari amalga oshlariladi. Buning uchun zararlangan hududga KTZM uzatib
berish tizimi yopiladi, jo‘mraklar va boshqa yopish moslamalari yopiladi, KTZM shikastlangan idishdan
boshqa nuqsonsiz idishga o'tkaziladi. Ba'zi hollarda KTZM tarqalishining oldini olish maqsadida hovuzlar
yoki chuqurliklar qaziladi. Zararlangan hududning chegarasi belgilanadi va bu hududga avariyaning
oqibatlarini bartaraf etishda qatnashmaydigan shaxslar kiritilmaydi. Bu hudud alohida maxsus ishchi va
hizmatchilardan tashkil topgan guruh tomonidan o'rab olinadi. Zararlangan o'choq cheklangandan keyin
zaharlangan hududlarni zararsizlantirish ishlari olib boriladi. Obyektlarni, asbob-uskunalarni
zararsizlantirish manbai sifatida KTZMni neytrallashtiruvchi moddalar tanlanadi. KTZM bilan
zararlangan o'choqda olib borilayotgan ishlar jarayonida xavfsizlik talablariga rioya kilish kerak
Ishlayotganlar gazniqob, muhofaza kiyimi hamda shaxsiy muhofaza vositalari, dori-darmon qutisi bilan
ta'minlanadilar. Ular zararlangan o'choqda ishlayotganda undan foydalanishni bilishlari kerak.
Zararlangan hududda ish boshlashdan oldin KTZM turi va sodir bo'lgan vaziyat haqida tushuntirish
o'tkaziladi.
Ish jarayonida texnika va odamlarning harakati KTZMning xavf darajasini inobatga olgan holda tashkil
etiladi. Ishlar tugagandan so'ng hududda odamlar va texnikani maxsus tozalash tadbirlari o'tkaziladi.
Mashg`ulotni mustahkamlashga doir savollar.
Suv toshqini, sel va yer ko`chkisi oqibatlarini bartaraf etish.
Avariya-qutaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni muvaffaqiyatli bartaraf etishga quyidagicha
erishish mumkin ekan.
Zilzila oqibatlarni bartaraf etish/
Avariya-qutqaruv ishlarini o'tkazish usullari.
Kechiktirib bo'lmaydigan shoshilinch ishlarning turlari.
Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni olib borishda xavfsizlik tadbirlariish.
5-AMALIY MASHG'ULOT
Mavzu:
Nafas olish yo‘llarini himoyalash vositalari.
Ajratilgan vaqt:
2 soat.
Mashg'ulotning maqsadi:
Nafas olish yo‘llarini himoyalash vositalari gazniqobi, respiratordan
foydalanish qoidalarini o'rganish
Mashg‗ulotni o‗tkazish uchun kerak bo‗ladigan asboblar, jihozlar, ko‗rgazmali qurollar. Plakatlar,
slaydlar, film, GP-5 gazniqobi respirator, L-1 kastyumi.
Topshiriq:
1.
Gazniqoblari va respiratorlarning turlari.
2.
Gazniqoblarining o'lchamlari.
3.
Gazniqoblaridan foydalanish qoidalari.
4.
Terini himoyalovchi shaxsiy vositalar.
5.
L-1 yengil himoya kostyumi.
6.
Umumharbiy himoya majmuasi
Nafas olish yo‘llarini himoyalash vositalar inson tanasiga, ichki organlariga, terisiga va kiyim-
kechaklariga radioaktiv moddalarni, zaharli birikmalarni va biologik tumanlarni tutishdan saqlaydi.
Shaxsiy tartibda saqlovchi vositalar qo'llanilishiga ko'ra: terini saqlovchi, nafas organlarini, yuz-ko'zni
saqlovchiturlarga bo`linadi. Bundan tashqari filtrlovchi hamda ajratuvchi (izolyatsiyalovchi) turlarga
bo`linadi. Bunday vositalarga tibbiy saqlovchi vositalar ham kiradi.
Nafas organlarini saqlovchi vositalarga - gazniqoblar, respiratorlar, matoli niqoblar, paxta, dokali
taqkichlar kiradi.
Gazniqoblar - nafas yo`llarini, yuz-ko'zni har xil zaharli ta'sirlardan saqlaydi.
Gazniqoblar filtrlovchi va ajratuvchi (izolyatsiyalovchi) xillarga bo'linadi.
Fuqaro muhofazasi bo`yicha quyidagi filtrlovchi gazniqoblar: GP-5, GP5M, GP-7, GP-7V;
bolalar uchun - PDF-Sh, PDF-D, PDF-2Sh, PDF-2D va KZD dan foydalaniladi.
Filtrlovchi gazniqoblar asosan 2 qismdan: niqobdan va filtrlovchi qutidan tashkil topgan.
Filtrlovchi quti asosan tashqi muhitdagi turli xil zaharli birikmalarni yutuvchi filtr va shixtadan tashkil
topgan.
Niqob - tibbiiy yoki sun'iy kauchuk asosida olingan rezina materiallaridan tayyorlanib, unga
ko'rish uchun oynak hamda nafas olish va chiqarish uchun mo'ljallangan jihoz joylashtirilgan. Boshqa
rusumdagi gazniqoblar ham xuddi GP-5 rusumli gazniqobga o'xshash tuzilishga ega. PDF-D 1,5 - 7
yoshgacha bolalar uchun, PDF-Sh markali gazniqob 7-17 yoshlardagi bolalar uchun mo‘ljallangan.
Gazniqoblarning saqlash darajasini oshirish uchun har bir fuqaro o'z o'lchamini kiyish orqali
erishadi, chunki to'g'ri tanlangan shlem-niqob yuzga zich yopishib turadi va tashqaridan hech qanday
zararli ta'sir kirmaydi.
Gazniqoblarning o'lchami 2 xil usulda aniqlanadi:
a) yuzaning o'lchamini aniqlash orqali ;
Birinchi usul bilan 63 sm gacha 0-o`lcham,
63,5-65,5 sm gacha 1-o`lcham,
66-68 sm gacha 2-o`lcham,
68,5-70,5 sm 3-o`lcham
71sm. va undan katta 4-o`lcham aniqlanadi.
b) og`iz bilan qosh suyagi orasidagi masofani o'lchash orqali;
Ikkinchi usul bilan 3 xil o‘lchamda gazniqoblar ishlab chiqariladi.
1-o‘lcham - 99-109mm gacha;
2-o‘lcham - 109-119mm;
3-o‘lcham - 119mm dan katta;
Bolalar gazniqobi o'lchamini topishda ularning yuz balandligini o'lchab, so'ngra quyidagi jadvaldan
foydalanib, gazniqob o'lchovi aniqlanadi.
O`lchov nomi
NIQOB O`LCHAMI
1
2
3
4
Yuz balandligi, mm
72 mm.gacha
72-87
88-95
69-103
Gazniqobni ishlatishdan oldin har bir fuqaro uni saqlash xususiyati buzilmaganligini tekshirib ko'rish,
uning germetikligini qayta tekshirish lozim. Tekshirilgan ish holatidagi gazniqoblar yaxshilab taxlanib
qaytadan sumkaga solinadi va saqlash uchun joyiga quyiladi.
Gazniqobdan foydalanish umumiy tartibda "Gazlar" degan buyruq berilganda yoki atmosferada
radioaktiv birikmalar, zaharli moddalar, biologik ta'sir tarqalganda mustaqil ravishda kiyib olinadi.
Filtrlovchi sanoat gazniqoblari ham bir necha rusumda bo`lib, ular asosan turli sanoat va qishloq xo'jaligi
tarmoqlarida kuzatiladigan favqulodda vaziyatlarda ishlatiladi.
Izolyatsiyalovchi gazniqoblar asosan turli xil zaharli birikmalar aralashmasi bo'lganda, ularning
konsentratsiyasi yuqori hamda atmosferada kislorod miqdori juda kichik hollarda ishlatiladi. Bundan
tashqari, izolyatsiyalovchi gazniqoblar suv va yer ostida bajariladigan ishlarda ham foydalaniladi.
Izolyatsiyalovchi gazniqoblar saqlash xususiyatiga ko'ra 2 guruhga: kislorod bilan kimyoviy bog'langan
gazniqob (IP-4, IP-5) va siqilgan kislorod yoki havo bilan foydalaniladigan gazniqob (KIP-7, KIP-8)
larga bo'linadi.
Izolyatsiyalovchi gazniqoblar bilan asosan, fuqaro muhofazasining qutqaruv va avariyani tiklovchi
tizimlari ta'minlanadi (suvga cho`kkan odamlarni, yong'inda qolgan fuqarolarni qutqaruvchilar, radioaktiv
chang tarqalgan va yuqori konsentrasiyali zaharli moddalar bo'lgan joylardagi avariyani tiklovchi va
boshqa tizimlar).
Resperator R-2
Respiratorlar nafas a'zolarini radioaktiv va tuproq changlaridan va bakterial
aerozollardan himoya qiladi. Hozirgi vaqtda respiratorlardan R-2 va ShB-1 "Lepestok" keng
qo'llanilmoqda.
R-2 respiratori uch qavatli materialdan tayyorlangan bo'lib, yuqori qavati penopoliuretandan yasalgan.
Respirator himoyalovchi rangga bo'yalgan bo'ladi, ichki qavati polimer polietilen plyonka bilan o'raladi.
Havo o'tkazish uchun ikkita nafas oluvchi klapan o'rnatilgan, penopoliuretan va polietilen plyonka orasiga
filtrlovchi polimer tolalaridan to`qilgan material qo'yiladi. Respiratorning yuqori qismida yarim niqobni
kishi yuziga jipslashtirib joylashtirish uchun burun qisqich o'rnatilgan. Respirator yana boshga
mahkamlash uchun egiluvchan ikkita rezina tasma bilan jihozlangan. Nafas olgan vaqtda havo respirator
bilan filtrning butun sirtidan aylanib o'tib changdan tozalanadi va nafas olish klapanlari orqali nafas olish
a'zolariga yetib keladi. Nafas chiqarilgan vaqtda havo tashqariga nafas chiqaruvchi klapan qopqog'i orqali
chiqib ketadi.
R-2 respirator uch xil o'lchovda 1-3 tayyorlanadi. O'lchovlar yarim niqobning iyakka taqiladigan ichki
qismiga yozib qo'yilgan bo'ladi. Shuni esda tutish kerakki, respirator nafas uchun olinadigan havoni
kislorod bilan boyitmaydi va zaharli moddalarning gazlari hamda bug'laridan himoya qilmaydi. ShB-1,
Lepestok respiratori maxsus yuqori filtrlash xususiyatiga ega bo'lgan materialdan tayyorlangan.
Respirator ishlatib bo'lingandan so'ng uni dezaktivatsiya qilish kerak. Buning uchun yarim niqobning
tashqi qismini urib changi chiqarib tashlanadi yoki bo'lmasa cho'tka yordamida changdan tozalanadi,
yarim niqobning ichki tomonidagi yuzasi nam latta bilan artiladi va quritiladi. Quritilgan respirator
maxsus polietilen xaltada saqlanadi.
Ko'zni himoyalovchi shaxsiy vositalar yadro zaryadi portlashi natijasida paydo bo'lgan yorug`lik nuridan
saqlash, kuyishdan va ko'zni kuchli yorug`lik ta'sirida paydo bo'ladigan vaqtinchalik ko'rlik holatini
kamaytirish uchun ishlatiladi.
Buning uchun ko'zni himoyalovchi ko'zoynaklar (OPF, ShM-624, MPG,
PPM-88 va OFlar) dan foydalaniladi. Himoyalovchi ko'zoynaklar bir-biridan tuzilishi bo'yicha hech
qanday farq qilmaydi, ammo ular yorug`lik filtridagi fotoxrom materiallarning xususiyati bilan farq
qiladi. Yorug'lik nurlanishidan hosil bo'lgan yorug'lik impulslari fotoxrom va infra-qizil yorug'lik filtrlari
yordamida yutiladi.
Himoyalovchi ko'zoynaklarni ishlatishda ehtiyot bo'lish kerak, agar zaharlovchi moddalar, radioaktiv
moddalar va bakterial vositalar qo'llanilgan joylarda bo'lganda, u yerdan chiqqandan so'ng ko'zoynaklarga
maxsus ishlov beriladi, shundan keyin g'ilofga solib qo'yiladi.
Matoli niqoblar – nafas organlarini saqlovchi vositalarning oddiy uslubi sanalib, u radioaktiv
moddalardan, biologik tumanlardan saqlovchi vosita hisoblanadi. Lekin bu vosita zaharli moddalardan
saqlayolmaydi. Bunday vositalar zich tukilagan matolardan har bir fuqaro o`zi tayyorlashi mumkin va
uning rusumi MM-1 deb ataladi. Yana nafas organlarini saqlovchi oddiy vositalar qatoriga paxta dokali
taqgichlar ham kiradi
Resperator
R-2 uch xil o'lchamda chiqarilib, uning o'lchami yuz balandligni o'lchash orqali aniqlanadi.
1-o'lcham 99-109mm,
2-o‘lcham 109-119 mm
3-o‘lcham 119dan katta.
Changa qarshi paxtali matoli niqoblarni tayyorlash (PTM-1)
Matoli niqoblar– nafas organlarini saqlovchi vositalarning oddiy uslubi sanalib, u radioaktiv
moddalardan, biologik tumanlardan saqlovchi vosita hisoblanadi. lekin bu vosita zaharli moddalardan
saqlay olmaydi. Bunday vositalar zich tuqilagan matolardan har bir fuqaro o'zi tayyorlashi mumkin va
uning rusumi PTM-1 deb ataladi. Yana nafas organlarini saqlovchi oddiy vositalar qatoriga paxta dokali
taqgichlar ham kiradi.
Paxta bog'ichini aholi tayyorlash. Buning uchun 100-60 sm li doka olinib, o'rtasiga eni va bo'yi 20-30 sm
va qalinligi 1-2 sm qilinib paxta solinadi, so'ngra u doka bilan o'raladi. Dokaning uchlari 25-30 sm dan
kesib bog'ich qilib qo'yiladi. Bog'ich engak, og'iz va burun berkitiladigan qilib tutiladi. Bog'ich uchlari
boshning tepa suyagi va ensa ustidan bog'lanadi.
Changga qarshi matoli niqoblar-PTM-1 oynali korpusdan va bog'ichdan iborat. Niqobning korpusi
matodan 4-5 qavat qilib tikiladi (ustki va ichki qatlami xomsurp yoki matodan, ichki uchi qatlami esa
paxtadan ishlangan movut, paxmoq yoki boshqa tukli matodan bo'ladi ), ko'radigan teshiklarga razmeri
5,5-4,5 sm li oyna qo'yiladi. Bog'ich 35-70 sm qilib matoda tikiladi. Niqob boshga yopishib turishi uchun
yuqorigi chokka rezina qo'yiladi. Pasda bog'ich bo'ladi. PTM-1 ni tayyorlash instruksiyasida 7 o'lcham
ko'zda tutiladi. Uyda tikilganda boshga o'lchab tikiladi. Niqobning cheti peshonaga chakkaga yonoqqaga
va engakka zich yopishib turishi kerak. Nafas organlarini saqlash uchun biron-bir vosita topilmaganda
dastro'mol, sharf, sochiq va shunga o'xshashlar bilan og'iz va burinni berkitish kerak.
Terini himoyalovchi shaxsiy vositalar
Terini himoyalovchi Shaxsiy vositalar himoyalash xususiyatiga qarab filtrlovchi va ajratuvchilarga
bo'linadi. Terini ajratuvchi himoya vositalari havo o'tkazmaydigan materiallardan tayyorlanadi. Ular zich
yopiladigan (germetik) va zich yopilmaydigan (nogermetik) bo'lishi mumkin. Zich yopiladigan vositalar
kishi tanasini berkitadi va zaharlovchi moddalarning bug'i va tomchilaridan to'liq himoya qiladi. Zich
yopilmaydigan vositalar esa faqat tomchi holidagi zaharlovchi moddalardan himoya qiladi. Bundan
tashqari, bu vositalar kishi terisini bevosita radioaktiv va bakterial vositalar ta'siridan ham himoya qiladi.
Terini himoya qiladigan filtrlovchi vositalar ip gazlamadan tayyorlangan bo'lib, unga maxsus kimyoviy
modda shimdiriladi. Bunda matoning havo o'tkazuvchanligi saqlanib qoladi, zaharlovchi moddalar iplar
orasidan o'tayotgan vaqtda yutiladi va neytrallanadi. Terini himoya qiladigan ajratuvchi shaxsiy
vositalarga umumharbiy himoya to'plami (OZK), plyoenkali himoya kostyumi (KEP) kiradi.
Terini himoyalovchi maxsus vositaga L-1 yengil himoya kostyumi kiradi. OZK, KEP va L-1 kostyumi
himoya ta'siri qoidasiga ko'ra teri qavatlarini, formali kiyim-kechaklarni va oyoq kiyimlarini zaharlovchi
moddalar, radioaktiv moddalar va bakterial vositalar ta'siridan ajratishga asoslangan bo'ladi.
Umumharbiy himoya to'plami himoya plashi, himoya paypog'i hamda himoya qo'lqoplaridan iborat
bo'ladi. OP-IM plashi rezina qo'shib to'qilgan bo'lib, yengi va qalpoqchasi bo'ladi. Ishlashga qulay bo'lishi
hamda qo'lga zich yopishib turishi uchun yengning uchiga rezina tasma tikilgan bo'ladi. Qalpoqchani
katta - kichik qilish uchun cho'ziladigan tasma o'rnatiladi.
Plashlar quyidagi o'lchovlarda bo'ladi:
bo`yi 166 sm gacha bo'lgan kishilar uchun - birinchi bo'y,
166 sm dan 172 sm gacha – ikkinchi bo'y,
172 sm dan 178 sm gacha - uchinchi bo'y,
178 sm dan 184 sm gacha va undan yuqorisi - to'rtinchi bo'y bo'ladi.
Himoya paypoqlari ham rezina qo'shilgan matodan tayyorlanadi, asosi qalin rezinadan iborat. Ular oddiy
oyoq kiyim ustidan kiyiladi va oyoqqa maxsus tasma hamda turumchalar yordamida mahkamlanadi.
Belga taqiladigan kamarga esa tasmalar yordamida birlashtiriladi. Himoya paypoqlari quyidagi
o'lchovlarda ishlab chiqiladi: 40-poyabzal uchun birinchi bo'y, 41-42 poyabzal uchun - ikkinchi bo'y, 43-
va undan katta poyabzalga uchinchi bo'y to'g'ri keladi.
Himoya qo'lqoplari ikki xilda tayyorlangan bo'lib, qishda kiyish uchun ikki panjali va yozda besh panjali
bo'ladi. Qishki qo'lqoplar ichiga issiq saqlashi uchun astar kiygiziladi va tugma qadaladi.
Himoyalovchi to'plamdan foydalanish. Himoya to'plami uni qanday maqsadlarda ishlatilishiga qarab
yoping'ich sifatida, plash sifatida va kombinezon sifatida bo'ladi. Himoya vositalari "safar" holatida
yig'ilgan bo'lib, ashyolar solinadigan xaltada yoki maxsus g'ilofga solingan holda tasmalar yordamida
orqaga tashlab olib yuriladi. Himoya plashini yoping'ich sifatida xavfli bildiruvchi signal "Ximiyaviy
trevoga" bo'yicha yoki ovoz orqali buyruq "Gazlar, plashlar" deb berilganda va dushman tarafidan
to'satdan zaharlovchi moddalar, bakterial vositalar qo'llanilganda mustaqil ravishda kiyiladi. Buning
uchun ko'z yumiladi, nafas olish to'xtatiladi, bosh kiyimi olinib protivogaz tezlik bilan kiyiladi va chuqur
nafas chiqariladi, ko'zlar ochiladi, nafas olish tiklanadi. Plash yopingich sifatida yopiladi, qalpoqcha
shlem-niqob ustiga tortiladi va plashning etaklari tortilib kishining gavdasini yopishga harakat qilinadi.
Zaharlangan joylardan piyoda, ochiq. mashinalarda hamda radioaktiv moddalar tushgan va bakterial
vositalar qo'llanilgan joylardan o'tish zarur bo'lib qolsa, himoya to'plami yengida kiyiladi, plash sifatida
oldindan zaharlanmagan joylarda kiyiladi. Plashdan tashqari, himoya paypog'i va himoya qo'lqop ham
kiyiladi. Buning uchun "Plashlar yengiga, paypoqlar, qo'lqoplar kiyilsin", "gazlar" degan buyruq beriladi.
Bunda himoya paypoqlari poyabzal ustidan qiyilib, uzun tasmalari kamarga bog'lanadi, qolgan
turumchalarga mahkam qilib himoya paypoq tasmalari tortib o'tkaziladi.
Gazniqobi "jangovar" holatga keltiriladi, qo'lqoplar kiyiladi va formali kiyim-kechaklar ustidan plash
yengiga kiyilib undagi turumchalarga plashning ikkinchi tarafi o'tkaziladi va kapyushon boshga kiyiladi.
Kuchli zararlangan joylarda jangovar harakatlar olib borilayotgan vaqtda yoki shu joylardan piyoda o'tish
kerak bo'lganda zaharlovchi moddalar, bakterial vositalardan zararlangan o'simliklar ko'p joylarda, qalin
qorli joylardan hamda zararlangan joylarda qutqaruv ishlarini o'tkazish zarur bo'lganda himoya to'plami
kombinezon sifatida zararlanmagan joylarda kiyiladi.
"Himoyalonchi kostyum kiyilsin", "gazlar" degan buyruq berilganda qurol va gazniqoblar olinib yerga
qo'yiladi. Plash g'ilofdan olinadi, himoya paypoqlari poyabzal ustidan kiyiladi va tasmalari bog'lanadi,
plash yengiga kiyiladi (a); ikkita belband oyoqlar orasidan o'tkazilib, plashning pastki qismiga o'rnatilgan
halqalardan o'tkaziladi va tortib bog'lanadi (b); plashdagi markaziy teshik markaziy turumchaga
o'tkaziladi (v); plash etagida joylashgan turumchalarga plashdagi teshiklar o'tkaziladi, oldin chap oyoq
tarafidagilar keyin o'ng oyoq tarafidagilar o'tkaziladi va markaziy turumchadan pastda joylashgan birinchi
turumchaga o'ng va chapdagisiga hamda markaziy turumchaga qistirgich o'tkaziladi.
Plashning yuqori qismida joylashgan turumchalar o'tkaziladi, yuqorida joylashgan ikkitasi o'tkazilmasligi
kerak (g). Plash ustidan dala aslaxa-anjomlari va gazniqoblar sumkasi kiyiladi, gazniqob "jangovar"
holatga keltiriladi (d); bosh kiyim kiyiladi, uning ustiga kapyushon tortib kiyiladi (e); yuqorida
o'tkazilmasdan qolgan ikkita turumcha o'tkaziladi; qo`lqoplar kiyiladi, qo`lqopning ortiqcha qismi plash
yengi ichiga kirgiziladi va yengag ilgagi bilan katta barmoqqa ilinadi, qo'lga qurol olinadi (j). Zararlangan
joylarda ish bajarib bo'lingandan keyin terini himoya qiluvchi vositalarni shunday yechish kerakki,
himoya vositasidan kishi tanasining hech bir qismi zaharlanmasin. Shu maqsadda himoya vositalarida
mavjud bo'lgan barcha tasmalar, turumchalar, bog'ichlar, qo'lqoplar echiladi. Agar himoya vositalarini
ochiq qo'l bilan (qo'lqoplar bilan himoya qilinmay qolgan holda) yechishga to'g'ri kelib qolsa, u holda bu
ishni himoya vositalarining ichki tomonidan amalga oshirish kerak.
Himoya paypog'i oyoqdan yechib olingandan keyin toza joyga o'tish kerak. Nafas a'zolarini himoya
qiluvchi gazniqoblar terni himoya qilish vositasi yechib tashlangandan so'ng, yeng oxirida yechiladi.
Terini himoya qilish vositalari yechilgandan keyin ular zararsizlantiriladi. L-1 yengil himoya kostyumi
teri qavatlarini va formali kiyimlarni zaharlovchi moddalar, radioaktiv moddalar hamda bakterial
vositalardan zararlanishdan himoya qilishga mo'ljallangan. U rezina matodan tayyorlangan bo'lib,
kapyushonli ko'ylak, paypoqli shim, podshlemnik va ikki barmoqli himoya qo'lqoplaridan iborat. L-1
yengil himoya kostyumi vaqti-vaqti bilan qo'llaniladigan himoya vositasi bo'lib hisoblanadi. Paypoqli
shimning yuqori qismiga ikkita yelka tasmasi va paypoqni oyoqqa zich qilib boglash uchun bog'ichlar
tikilgan. Kapyushonli ko'ylakning orqa qismiga chot orasidan o'tadigan belband tikilgan bo'lib,
ko'ylakning oldi tarafidagi tugmaga o'tkaziladi.
L-1 yengil himoya kostyumi 3 -o'lchovda,
bo'yi 165 sm gacha bo'lganlarga -- birinchi,
165 sm dan 172 sm gacha bo'lganlarga - ikkinchi,
172 sm dan yuqori bo'lganlarga uchinchi o'lchovda tayyorlangan bo'ladi
L-1 yengil himoya kostyumi zararlangan joylarda ishlash uchun, zararlanmagan joyda esa formali kiyim-
kechaklar ustidan kiyiladi. Ish qobiliyatini yaxshiroq saqlash uchun 10°S dan yuqori haroratda himoya
kiyimi ichki kiyim ustidan, 0°S dan + 10°S gacha haroratda yozgi kiyim ustida, 4°S dan past haroratda
esa qishki kiyim ustidan kiyiladi.
Plyonkali himoya kostyumi (KEP) - teri qavatlarini zaharlovchi moddalar, radioaktiv moddalar, bakterial
vositalardan himoyalash va kiyim -kechaklar, zararlanishini kamaytirish uchun mo'ljallangan. Plyonkali
himoya kostyumi vaqti-vaqti bilan qo'llaniladigan vosita bo'lib hisoblanadi. Zaharlovchi moddalar va
bakterial vositalardan zararlanganda maxsus sanitariya ishlovi o'tkazmasdan yo'qotiladi, radioaktiv
moddalardan zararlanganda dezaktivasiya o'tkaziladi va qayta ishlatiladi. Plyonkali himoya kostyumi
himoya plashi va himoya paypog'idan iborat bo'lib, polimer shafof plyonkali materialdan tayyorlangan.
Himoya kombinezoni rezina qo'shilgan materialdan tayyorlangan bo'ladi. Kombinezon yaxlit
qilib tikilgan kurtka, shim va kapyushondan iborat. Kombinezon rezina etik, himoya qo'lqopi bilan birga
komplekt holida qo'llaniladi. Himoya fartugi rezina qo'shilgan materialdan tayyorlanadi, undan
himoyalovchi paypoq, himoya qo'lqopi bilan birgalikda foydalaniladi. Avtotransport, qurol-yaroqlarni
dezaktivatsiya, degazatsiya va dezinfeksiya qilishda undan foydalaniladi. Fartukning ogirligi 400 g.
Terini himoya qiladigan ajratuvchi indivudal himoya
vositalaridan foydalanish
Dushmanning ommaviy zarar yetkazuvchi qurol ishlatishi oqibatlarini yo'qotishda, zararlangan
o'choqlarda razvedka ishlarini olib borishda, zararlangan joylarda jangovar topshiriqlarni bajarayotgan
vaqtda va shu yerlardan chiqib ketishda, transport, qurol-aslaxa va mol-mulklarni degazatsiya,
dezaktivatsiya va dezinfeksiya qilishda ko'p vaqt himoya kiyimida ishlashga to'g'ri keladi. Ana shu
qiyinchiliklarni bartaraf qilish, himoya kiyimi bilan ishlash sharoitini yaxshilash,
shuningdek issiqlik ta'sirida odamning isib ketishi oldini olish uchun himoya vositalaridan foydalanish
vaqtiga qat'iy rioya qilish tavsiya etiladi. Odamning badani qizib ketmasligi uchun umumharbiy himoya
to'plami.
Himoya kostyumi kiyilganda quyidagi ruxsat etilgan
vaqtga rioya qilish kerak:
+30°S va undan yuqori haroratda 15-20 daqiqa
+25°S dan 29°S gacha haroratda 30 daqiqagacha
+20°S dan 24°S gacha haroratda ... 40-50 daqiqagacha
+15°S dan 19°S gacha haroratda 1,5-2 soatgacha
+15°S dan past haroratda 3- soatdan ziyod Oftobda, kuchsiz shamol esganda himoya kiyimlarini yuqorida
ko'rsatiltan muddatlardan ortiq kiyib turib bo'lmaydi. Soyada, yomg'irda ishlagan vaqtda, kuchli shamol
esib turganda yoki kishilar himoya vositalarida yurishga o'rganib ketgan bo'lsalar himoya kiyimida
ishlash muddatini 1,5-2 barobarga oshirish mumkin. Organizmning qizib ketishiga yo'l qo'ymaslik va
himoya kiyimida uzoqroq ishlash uchun ekranlovchi (sovutunchi) kombinezondan foydalaniladi. Ushbu
vosita ip gazlamadan tayyorlanadi va ajratuvchi kostyum ustidan kiyiladi, ish vaqtida suv bilan ho'llab
turiladi. O'rta Osiyo respublikalarida yoz issiq bo'lganligi sababli, bunday kombinezondan foydalanish
ayniqsa katta ahamiyatga ega.
Umumharbiy himoya majmuasi
Umumharbiy himoya majmuasi (OZK), yadro zaryadi portlashi natijasida paydo bo'lgan yorug'lik
nurlanishidan, radioaktiv aerozollardan, zaharlovchi modda bug'lari va aerozollaridan hamda bakterial
vosita aerozollaridan himoyalash uchun mo'ljallangan. Suyuq-tomchi holdagi zaharlovchi moddalardan
qisqa muddat ichida himoya qiladi. Ushbu kostyum doimo kiyib yurishga mo'ljallangan.
Umumharbiy himoya majmuasi, himoyalovchi ko'ylak,himoyalovchi ishton, kurtka, shim, podshlemnik
va soyabonli pilotkadan iborat.
Umumharbiy himoya majmuasiga yonishdan saqlaydigan modda shimdirilgan bo'ladi (20% li DG-P
pasta), himoyalovchi ko'ylak va ishtonga esa maxsus kimyoviy moddalar shimdirilgan bo'ladi.
Shimdirilgan modda material iplarini qoplab oladi, iplar orasi esa bo'sh qoladi, shu tufayli materialning
havo o'tkazuvchanligi saqlanib qoladi. Zaharlovchi modda bug'lari zararlangan havo bilan mato orqali
o'tayotganda yutilib neytrallanadi.
Ushbu Umumharbiy himoya majmuasi yoz vaqtida tabeldagi etik paytavalari, belga taqiladigan kamar,
shim kamarlari bilan, qish vaqtida esa odatdagi ichki issiq kiyim, ustidan esa shinel kiyiladi, bu vaqtda
himoyalovchi ko'ylak va ishton kiyilmaydi. Suyuq-tomchi moddalar ta'sirini kamaytirish uchun kostyum
ustidan umumharbiy himoya to'plami kiyiladi
Fuqaro muhofazasi tizimida filtrlovchi vosita sifatida ZFO-58 kostyum qo'llaniladi. Ushbu kostyum ip
gazlamadan tayyorlangan kombinezon, ichki kiyim, podshlemnik va ikki juft paytavadan iborat. ZFO-58
kostyumini shimdirish uchun sintetik yuvish vositalari asosida tayyorlangan OP-7 yoki OP-10, sovun-yog
emulsiyasi ishlatiladi. Bir komplekt kostyumni shimdirish uchun ikki xil suyuqlik tayyorlash kerak
bo'ladi: birinchi suyuqlik 2,5- l miqdorida tayyorlanadi, buning uchun 40- 50°S gacha isitilgan 2 litr
suvda OP-7 yoki OP-10 moddalari eritiladi. So'ngra ikkinchi suyuqlik tayyorlanadi. Buning uchun 60-
70°S gacha isitilgan 2 litr issiq suvda 200-300 g maydalangan kir sovun eritiladi va unga 0,5 g o`simlik
yogi yoki mineral yog` qo'shiladi. Tayyor bo'lgan suyuqliklarga kostyum navbati bilan shimdiriladi va
quritiladi. Maxsus himoya kostyumi - umumharbiy kompleksli himoya kostyumlari, formali kiyimlar, ip
gazlamadan tayyorlangan kiyimlar va maxsus kiyimlar ustidan kiyib yurilganda kishi terisini yadro
nurlanishidan himoyalaydi hamda ushbu kostyumlarni yonib ketishdan saqlaydi. Maxsus himoya
kostyumi vaqti-vaqti bilan qo'llaniladigan himoya vositasi bo'lib hisoblanadi. Ushbu kostyumdan
maskirovka vositasi sifatida ham foydalansa bo'ladi.
Agar kostyum zaharlovchi moddalarning suyuq tomchisidan zararlansa, unda bular degazatsiya
qilinmasdan yo'qotib tashlanadi (erga ko'miladi). Maxsus himoya kostyumi yoruglik nurlanishining
bevosita ta'siridan umumharbiy kompleksli himoya kostyumlarini, formali kiyimlarni va maxsus
kiyimlarni to'sish xususiyatiga ega bo'lganligi tufayli ularni issiqlik natijasida yonib ketishdan saqlaydi.
Yoruglik nurlanishi ta'siri natijasida maxsus himoya kostyumi parchalanib ko'mirga aylanadi va ishlatish
uchun yaramay qoladi. Impreginirlangan formali kiyimlar va ich kiyimlar odamni zaharlovchi modda
bug'lari va aerozollaridan himoya qilish uchun mo'ljallangan. Bundan tashqari, ular suyuq-tomchi holdagi
zaharlovchi moddalarning ta'sirini kamaytirish xususiyatiga ega. Impreginirlangan kiyimlar va ich
kiyimlar oddiy formali ip gazlamadan tayyorlangan kiyimlar bo'lib, kitel, shim, ich kiyimi, podshlemnik
va paytavalardan iborat. Bularga maxsus kimyoviy moddalar shimdirilgan bo'ladi. Dushman tomonidan
kimyoviy qurol ishlatish xavfi paydo bo'lib qolganda impregirlangan formali kiyimlar va ich kiyimlar
odatdagi formali kiyimlar o'rniga beriladi. Bu kiyimlar zaharlovchi moddalarning suyuq tomchisidan
to'liq himoya qilmaganligi sababli zaharlanish o`choqlarida ishlash zarur bo'lib qolganda yoki zararlangan
narsalarga tegib ketish ehtimoli bo'lganda, bunday himoya vositalaridan foydalaniladi. Impregirlangan
formali kiyimlar boshqa kostyum va kombinezonlarga qaraganda badan termoregulyatsiyasi buzilishini
keltirib chiqarmaydi. Impregirlangan formali kiyimlar yuvilganda o'zining himoya xususiyatini qisman
yo'qotadi, shuning uchun ular qaytadan maxsus moddalarga shimdirilishi kerak.
Shaxsiy himoya vositalarining saqlash qoidalari
Shaxsiy himoya vositalarining doimo ishga yaroqli bo`lishi, ularning himoya xususiyatlari saqlanib
qolishi ko`p jihatdan ushbu vositalarning qanday holda saqlanishiga bog'liq. Filtrlovchi va ajratuvchi
gazniqoblar omborlarda maxsus yashiklarda to'plam holda saqlanadi, ya'ni har bir yashikda sanoqli
gazniqobi, sumka va ko`zoynaklarni terlashdan saqlaydigan plyonka yoki maxsus "qalam" bo'lishi kerak.
Gazniqobi qutisining yuqori qismidagi teshik maxsus moslama bilan, tagidagi teshik esa rezina tiqin bilan
berkitilgan bo'lishi kerak.
Isituvchi vositalar va ventilyatsion moslamalar yaqinida gazniqoblarni saqlash mumkin emas, chunki
bunda gazniqoblarning yuz qismi rezinalari vaqtidan oldin yaroqsiz holga kelib qoladi. Harbiy qismlarga
berilgan filtrlovchi gazniqoblar sumkaga joylanib, O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari ichki
xizmati Nizomi talabiga muvofiq maxsus shkaf bo'linmalarida tikka qo'yilgan holda saqlanadi. Har bir
gazniqobiga 3x5 sm li taxtachadan tayyorlangan yorliq mahkamlab qo`yilishi kerak. Ushbu yorliqqa
gazniqobning nomerli, harbiy xizmatchining familiyasi va ismi yozib qo`yiladi.
Ushbu yorliq gazniqobning chap tarafiga, tasmaning sumkaga tikilgan joyiga mahkamlanadi. Gazniqobni
qattiq urilishdan va boshqa har qanday mexanik ta'sirlardan ehtiyot qilish kerak. Nafas chiqariladigan
klapanlarni ehtiyot qilish, ularning iflosanishiga va muzlab qolishiga yo'l qo'ymaslik zarur.
Agar gazniqobi yomg`irda qolsa, uning qismlari sumkadan chiqarib olinib, yaxshilab artilishi va havoda
quritilishi kerak. Yaxshi quritilmagan gazniqob qutisi ichidagi yutuvchi moddalar nam bo'lib qolganligi
tufayli u zaharlovchi moddalarni yaxshi yuta olmaydigan bo'lib qoladi. Gazniqob uzoq vaqt saqlanganda
uning qutisi teshigini rezina tiqin (probka) bilan berkitib qo'yish kerak. Terini himoya qiluvchi vositalarni
saqlashda ularni issiq, nam va yorug`lik tushadigan joylarda saqlashdan ehtiyot qilish kerak. Chunki
bunday sharoitda rezinalar oksidlanishi tufayli ishdan chiqadi, qurib qolishi natijasida sinuvchan, mo`rt
bo`lib qoladi, mog`or bosadi va chiriydi. Terini himoya qiluvchi vositalarni yoqilg`i va tez yonib
ketadigan moddalar hamda kislotalar, ishqorlar va shunga o`xshash faol moddalar bilan birga saqlash man
etiladi. Ushbu vositalarni yoyib qo'yilgan yoki osib qo'yilgan holda saqlash ham tavsiya etilmaydi.
Terini himoya qiluvchi vositalar harbiy qism bo'linmalarida boshliq ko`rsatgan (saqlash uchun ajratilgan
joylar) joyda xaltalarga yaxshilab taxlangan holda saqlanadi. Terini himoya qiluvchi vositalar har doim
tayyor holda bo'lishi uchun ular yirtilishdan, teshilishdan va mexanik buzilishlardan nihoyatda ehtiyot
qilinishi lozim. Ularni vaqti-vaqtida ko'rikdan o'tkazib turish va aniqlangan kamchiliklarni o'sha zahoti
yo'qotishga harakat qilish kerak.
Mavzuni mustahkamlashga doir savollar.
Changga qarshi gazlama niqoblar, paxta-marli bog'lovlar nima uchun ishlatiladi?
Matoli niqoblarni tayyorlash usullari.
Shaxsiy gazniqobning va respiratorning tuzilishini tushintiring.
GP-5 va Respiratorning taqish usuli.
Gazniqoblarni saqlash qoidalari.
L-1 kastyumining tuzilishini tushuntiring.
Umumharbiy himoya majmuasi (OZK)ni kiyish qoidalari.
Terini himoyalovchi vositalarni saqlash qoidalari.
6-AMALIY MASHG'ULOT
Mavzu : FV sodir holatlarda aholining birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
Mashg'ulotning maqsadi: FV sodir bo`ganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo`yicha bilim, malaka va
ko`nikmalarni shakllantirish.
.
Mashg‗ulotni o‗tkazish uchun kerak bo‗ladigan asboblar, jihozlar, ko‗rgazmali qurollar. Plakatlar,
slaydlar, film, jugut, bog`lovlar, Immobilizatsiya vositalari.
Topshiriq:
1.Arteriya, vena, kapillyar, ichki qon ketishi
2.Qon ketganda birinchi tibbiy yordam berish amallarni bajarish.
3.Tayanch-harakat tizimi haqida umumiy tushuncha.
4. Travma (suyak singan)da o'ziga va o'zaro yordam ko'rsatish amallari bilan tanishish.
5. Birinchi tibbiy yordam ko`rsatish me`yorlarini bajarish
Umumiy tushuncha
Qon tomirlar yurak bilan birga qon yuradigan sistemani tashkil etadi, uni ishi tufayli organizmda qon
harakati ta'minlanib turiladi. Bunda xujayralar va to'qimalar qondan kislorod va ular uchun kerakli oziq
moddalarni oladi hamda qonga karbonat angidrid va ular hayoti faoliyati protsessida yemirilgan
mahsulotlarni ajratadi.
Yurakdan qon oqib keladigan tomirlar arteriyalar deb aytiladi. Har bir arterial tarmoq asta-sekin mayda
tarmoqlarga bo'linadi va pirovardida juda ko'p mayda qon tomirlar - kapillyarlarni hosil qiladi. Ularning
devoridan kislorod va oziqlantiruvchi moddalar qondan to'qimalarga o'tadi, to'qimalardan esa qonga
yemirilish mahsulotlari va karbonat angidrid tushadi. Kapillyarlar asta-sekin birlashib vena qon
tomirlarini hosil qiladi. Qon shular orqali yurakka (o'ng qorinchaga) qaytadi. Bu doira katta qon aylanish
doirasi deyiladi.
Yurakdan (o'ng qorinchadan) qon o'pkaga yo'l oladi, bu yerda karbonat angidridni qoldirib, kislorodga
to'yinadi va yurakning chap bo'limiga qaytadi. Bu doira kichik qon aylanish doirasi deyiladi.
Sog'lom odamda yurak urishi pulsining tezligi yurak urishi qisqarishi soniga mos keladi va daqiqasiga 70-
72 taga teng bo'ladi. Har qanday jarohatlanishda qon tomirlarga shikast yetadi, shu sababli u qon oqishi
bilan kechadi.
Arteriyadan qon oqishi: arteriya qon tomiri jarohatlanganda yuzaga kelib, u jarohatdan favvora (fontan)
ga o'xshab oqib chiqadigan qizil, qip-qizil qon rangidan bilinadi.
Jarohatga bog'lov qo'yishdan oldin qon oqishini to'xtatish uchun shoshilinch choralarni ko'rish kerak. Qon
arteriya bo'ylab yurakdan oqib kelganda arterial qon oqishini arterial qon tomirini jarohat tepasidagi
joyidan bosib to'xtatish mumkin. Arteriyani barmoqlar bilan bosish mumkin. Arteriya suyakka yaqin va
uning ustidan o'tgan bo'lsa, bunday qilish oson bo'ladi. (1-rasm)
Masalan:
-jarohat bilakda bo'lsa, arteriyani bilak suyagiga ichki tomonidan bosish mumkin. Barmoqlar arteriyaning
suyak ustida yotganini sezadi, zarur bo'lgan taqdirda u xuddi shu yerda bosiladi (1-rasm).
- boldirdan arterial qon oqishida tizza osti arteriyasini bosish kerak. Buni ikkala qo'l bilan qilinadi. Bosh
barmoqni tizza bo'g'inining oldingi yuzasiga qo'yib, qolgan barmoqlar bilan arteriyani tizza osti
chuqurchasidan qidirib topiladi va suyakka bosiladi;
- son arteriyasini sonning yuqori qismida, shu zahoti quv burmasi ostidan topishga o'rganish oson. Uni
musht bilan bosib turib, son jarohatlanganda qon oqishini to'xtatish mumkin (1 - rasm);
- boshdagi jarohatdan qon ketishida qonni chakka arteriyasini jarohatlangan tomondan bosib
to'xtatishga yoki kamaytirishga harakat qilish mumkin. Bu arteriya quloq chig'anog'idan 1-1,5 sm
oldindan o'tadi, shu yerda uni pulsatsiyasini topish oson bo'ladi.
- yuzdan qon oqishini jag' arteriyasini bosish bilan to'xtatiladi, bu arteriya bo'yindan yuz to'qimalariga
borib, jag' chekkasidan uning burchagi va iyak o'rtasidan aylanib o'tadi;
- bo'yindagi jarohatdan qon oqishida uyqu arteriyasini jarohatlangan tomondan jarohatning tagidan
bosiladi. Bu arteriyaning pulsatsiyasini traxeya yon tomonidan (kekirdak) topish oson (1- rasm);
- jarohat yelkadan ancha balandda, yelka bo'g'imi va qo'ltiq osti sohasida bo'lganida qon oqishini o'mrov
usti arteriyasini o'mrov ustidagi chuqurchadan bosib to'xtatish mumkin. Arteriyani 1- qovurg'agacha
bosiladi.
Eslatma: Bu yerda odam o'zida yoki boshqa odamda oldindan qilib ko'rish va arteriyani uning
pulsatsiyasiga qarab tez topishga o'rganish kerak.
Oyoq-qo'llar jarohatlanganida arterial qon oqishini burov (zakrutka) yoki jgut qo'yish bilan to'xtatiladi,
ular songa yoki boldirga, yelkaga yoki bilakka (2-rasm) jarohatlangan joy yuqorisiga iloji boricha yaqin
qo'yiladi. Jgut yoki burov qon to'xtamaguncha siqiladi, uning to'g'ri qo'yilganini oyoq-qo'lda puls
bo'lmasligiga qarab aniqlanadi.
Jgut yoki burov terini qisib jarohatlamasligi uchun uning tagidan yumshoq narsa qo'yish kerak (bog'lam
qo'yilgan vaqtni nazorat qilib borish uchun qog'ozga jgutni qachon qo'yilganini (sana, soat, daqiqa) yozib
unga bog'lab qo'yiladi.
Jgut yoki burov qo'yilgan yaradorni jarohat bog'laganidan keyin qon oqishini butunlay to'xtatish uchun
tibbiy muassasaga jo'natiladi. Bu yerda bog'lov 1-1,5 soatdan ortiq siqib turish mumkin emasligini yodda
tutish kerak. Shu muddat ichida yarador bo'lgan odamga tibbiy yordami ko'rsatilmasa, burov yoki jgutni
bir necha daqiqaga bo'shatish lozim. So'ngra bog'lovni yuqoriroqdan yoki pastroqdan qaytadan bog'lash
lozim.
Oyoq - qo'llar jarohatlanganida oyoq-qo'lni iloji boricha bukib shu holda bog'lab qo'yish bilan qon
oqishini vaqtincha to'xtatib turish mumkin (4 - rasm).
Venadan qon oqishini jarohatdan sekin, bir me'yorda otilmasdan buloqqa o'xshaboq chiqayotgan to'q
qizil, olcharang qondan bilish mumkin.
Bunday hollarda qon oqishi ko'p bo'lishi mumkin, odatda, uni to'xtatish uchun ezadigan bog'lov qo'yish
va tananing shikastlangan joyini ko'tarib qo'yish kifoya qiladi.
Kapillyardan qon oqishida qon jarohatning hamma yeridan xuddi bulutdan chiqqandagi kabi sizib chiqib
turadi. Bunday qon oqishi odatda kuchli bo'lmaydi va uni to'xtatish uchun oddiy bog'lovlar qo'yiladi.
Oyoq-qo'l jarohatlangan bo'lsa, ularni baland qilib qo'yish, bir qancha vaqtgacha oyoq yoki qo'lni ko'tarib
qo'yish lozim.
Agar qon oqishi to'xtagan bo'lsa, qo'yilgan bog'lov qon bilan ivimaydi. Bog'lovda qon dog'i paydo bo'lsa,
jarohatni shu bog'lov ustidan bir necha qavat bint bilan o'rab bog'lash kerak. Shunga qaramasdan, yana
qon chiqadigan bo'lsa, demak, qon oqishida davom etaversa, ezadigan bog'lov qo'yish kerak, ya'ni bog'lov
jarohatni qattiq siqib turishi kerak
Ichki qon oqishi – jarohatlangan tomirdan oqib chiqayotgan qon ichki bo'shliqda, masalan, ko'krak yoki
qorin bo'shlig'ida yig'ila boshlaydi. Ichki qon oqishini yuzning to'satdan oqarib ketishi, qo'l barmoqlari va
oyoq panjalarining oppoq oqarishidan, pulsning tezlashishidan bilinadi. Pulsning to'la urishi tobora
susayib boradi. Bosh aylanib, quloq shang'illaydi, badanda sovuq ter chiqadi, keyin bemor xushidan
ketadi. Ichki qon ketishi, masalan, qoringa biror narsa qattiq tekkanda, jigar yoki taloq yorilganda yuz
beradi.
1 – rasm
2 – rasm
2 - rasm
3- rasm
Bu holda tashqi shikastlanish alomatlari bo'lmasligi ham mumkin, ichki qon oqishining dastlabki
alomatlari paydo bo'lishi bilanoq shikastlangan odamni zudlik bilan kasalxonaga jo'natish kerak.
Tananing ichki qon oqishi gumon qilingan joyga muz xalta yoki muzli plastmassa qopcha yoki bo'lmasa
sovuq suv qo'yish kerak.
Favqulodda vaziyatlarda jarohatlanganlarning ko'p qon yo'qotishi o'lim bilan tugashiga sabab bo'ladi.
Shuning uchun, har bir shaxs qon tomirlarining xossalarini va ular jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam
ko'rsatishni bilishlari zarur.
Tayanch-harakat tizimi haqida umumiy tushuncha
Tayanch-harakat tizimi suyak, muskul, pay va bug‗inlardan iborat bo‗lib, ularning barchasi birgalikda bir
qancha funksiyalarni bajaradi. Jumladan,
- tanaga tayanch bo‗lib xizmat qiladi;
- ichki organlarni himoyalaydi;
- mineral moddalar saqlanadigan joy bo‗lib xizmat qiladi;
- qon to`qimalarni hosil qiladi;
- issiqlikni hosil qiladi;
- harakatlanishda qatnashadi va boshqalar.
Tayanch-harakat apparatining shikastlanishi keng tarqalgan holdir. Ular odatdagi ko‗karishdan tortib,
og‗ir azob beruvchi sinish va chiqishgacha bo‗lgan noxush holatlarni o‗z ichiga oladi.
Skelet turli shakl va katta-kichiklikdagi 106 ta suyakdan iborat bo‗lib, tana shakllanadigan qovurg‗ani
tashkil qiladi. Skelet hayotiy muhim ichki organlar va yumshoq to`qimalarni ehtiyot qiladi.
Suyak sinishi - qattiq zarb tegishi, yiqilish, o‗q tegishi va hokazolar natijasida biror suyak butunligining
buzilishidir. Bu yerda shikastlangan suyakning ma'lum nuqtasida og‗riq paydo bo‗lib, atrofdagi yumshoq
tuqimalarga qon qo‗yuladi va shishadi, shikastlangan qo‗l yoki oyoq shakli va harakatlari o‗zgaradi,
ba'zan singan suyak bo‗laklari qisirlaydi.
Qovurg‗a sinishining tavsifli belgisi esa chuqur nafas olganda va yo‗talganda og‗riq seziladi
Suyak sinishi yopiq va ochiq bo‗ladi. Singan suyakni o‗rniga qo‗yishga urinish, ya'ni suyak yopiq
singanda o‗zgargan oyoq yoki qo‗l shaklini to‗g‗rilashga, ochiq singanda chiqib turgan suyakni o‗rniga
solib qo‗yishga harakat qilish mutlaqo yaramaydi. Shikastlangan odamni iloji boricha tezroq davolash
muassasasiga yetkazib berish zarur. Qanday ko‗rinishdagi suyak sinmasin, birinchi galda uni
qimirlamaydigan qilib bog‗lab qo‗yish kerak, chunki uning ozgina surilishi ham qattiq og‗riqqa sabab
bo‗lishi, singan suyak bo‗lagi terini teshib chiqishi, qon tomirlarini shikastlab, qon ketishiga olib kelishi
mumkin.
Suyak singan joyga har qanaqa qattiq narsa (yog‗och, metall, plastmassa) dan darrov taxtakach qo‗yish
lozim. Taxtakach singan qo‗l yoki oyoqqa bir necha joydan, yaxshisi bint bilan, bint bo‗lmasa kamar,
gazlama va boshqalar bilan bog‗lab qo‗yiladi. Taxtakach singan joyning yuqori va pastidagi ikkita
bo‗g‗in ustidan oshib turadigan uzunlikda bo‗lishi lozim. Taxtakach qilishga hech narsa bo‗lmasa,
shikastlangan oyoqni sog‗ oyoqqa bog‗lab qo‗yish lozim. Yelka suyagi singanda shikastlangan qo‗lni
uzatilgan holicha gavdaga bog‗lab qo‗ysa bo‗ladi . Suyak ochiq singan joyda jarohat ham bo‗lsa, uning
atrofidagi teriga yod nastoykasi surtib, jarohatga toza paxta-doka bog‗lamidan qo‗yib bog‗lash lozim.
Buning uchun kiyimni yechish kerak bo‗lsa, uni avval sog‗ qo‗l yoki oyoqdan, keyin esa
shikastlanganidan yechib olinadi. Shikastlangan odamni suvdan, vayronalar ostidan olib chiqishda
umurtqa pog‗onasining shikastlanishidan ehtiyot bo‗lish kerak. Umurtqa pog‗onasi shikastlangan bo‗lsa,
shikastlanuvchini qo‗zg‗atmaslik va boshini egmaslik kerak. Doimo nafas olish yo‗llarining
o‗tkazuvchanligini tekshirib turish va reanimatsiya tadbirlarini o‗tkazishga tayyor turish kerak .
Shikastlanuvchida sinish alomatlarini (a'zolarning deformatsiyasi, ular harakatchanligining keskin
chegaralanishi, deformatsiyalangan joyda kasallikning namoyon bo‗lishi, suyak siniqlarining yaraga kirib
qolishi) aniqlangan bo‗lsa:
- og‗riqni qoldirish;
- qo‗l ostidagi materiallardan taxtakachlash tadbirlarini amalga oshirish lozim.
MUSTAQIL O`RGANISH UCHUN ESLATMA
Birinchi tibbiy yordam ko`rsatish me`yorlarini bajarish
№ Topshiriq
Me`yorni bajarish shartlari
Me`yorni bajarish muddati
1
Son va yelkaga qon
to‗xtatuvchi
jgut
(burama)
solish
Jgut (burama) solinadigan statist
qulay holatda bo`ladi. Talaba
yozilgan jgutni qo`lida ushlab
turadi.
Burama
solishga
ishlatiladigan material yondagi
stolda turadi. Jgut (burama) kiyim
ustidan solinadi. Stolda yon daftar
bilan
qalam
ham
bo`ladi.
O‗qituvchining topshirig‗i va
buyrug`iga
muvofiq
talaba
ko‗rsatilgan sohaga jgut (burama)
solib, vaqtini (soatlar, minutlarni)
yozib ko'rsatadi va bu qog'ozni
jgut (burama) ning so‗nggi o‗rami
tagiga qistirib qo`yadi, periferik
tomirda puls yo‗qligini tekshirib
ko‗radi. Me`yorni bajarish shu
bilan tugaydi
Baholash:
Yelka, songa qon to‗xtatuvchi jgut
qo‗yish:
a‘lo-25 sek;
yaxshi-30 sek;
qoniqarli-35 sek;
yelka, songa burama solish:
a‘lo - 45 sek;
yaxshi - 50 sek;
qoniqarli - 55 sek.
Bahoni
1
ballga
kamaytiruvchi
xatoliklar:
Jgut
(burama)ni
boshqa
sohaga
(tomonga) qo‗yish; qo‗l yoki oyoqni
haddan tashqari qattiq tortib boglash yoki
periferik tomirda puls bo`lishi, jgut
(burama)
qo‗yilgan
vaqtni
qayd
qilmaslik; jgut (burama)ni yalang‗och
teriga qo‗yish.
2
Suyak
singanda
yelka, bilak, son,
boldirni qo`lda bor
vositalar
bilan
immobilizatsiya-
lash
Statist qo‗lni immobilizatsiya
qilishda
o‗tiradi,
oyoqni
immobilizatsiya qilishda yotadi.
Immobilizatsiya
uchun
ishlatiladigan vositalar: uzunligi
30—50
sm,
70—150
sm
keladigan fanera, reyka bo`laklari
va boshqalar, shuningdek, kerakli
miqdorda
bintlar,
kosinka,
ro‗mollar va paxta stolda bo‗ladi.
Immobilizatsiya uchun qo‗lda bor
shu vositalarni o‗quvchilarning
o‗zlari topshiriqqa yarasha tanlab,
moslashtirib
olishadi.
Bularni
Baholash:
Yelka
suyagi
singanida
immobilizatsiyalash:
a‘lo - 4 min;
yaxshi - 4 min 30 sek; qoniqarli - 5 min.
Bilak
suyagi
singanida
immobilizatsiyalash:
a‘lo - 2 min 40 sek;
yaxshi - 3 min 10 sek; qoniqarli - 3 min
40 sek.
tayyorlab olishga ketadigan vaqt
hisobga
olinmaydi.
Suyak
singanda bog‗lam qo‗ymasdan
turib,
kiyim
ustidan
immobilizatsiya qilinadi.
Son
suyagi
singanida
immobilizatsiyalash:
a‘lo - 4 min 45 sek;
yaxshi - 5 min 30 sek; qoniqarli - 6 min.
Boldir
suyaklari
singanida
immobilizatsiyalash
a‘lo - 4 min,
yaxshi - 5 min,
qoniqarli - 6 min.
Bahoni
1
ballga
kamaytiruvchi
xatoliklar:
Immobilizatsiya
uchun
ishlatiladigan
qo‗lda
bor
vositalar
yaxshi
moslashmagan;
qo‗l yoki oyoq notog`ri holatga keltirib
qo‗yilgan;
suyak singan joyning eng yaqinidagi
ikki bo‗g‗imida harakatchanlik tor (son
suyagi singan mahalda chanoq-son, tizza
va
boldir-panja
bo‗g‗imlari
qimirlamaydigan bo`lishi kerak);
yelka
va
bilak
immobilizatsiya
qilinganida qo`l uchburchak ro‗molga
osilmagan.
3
«Chepes»
qilib
boshga,
bilakka,
tirsak, tizza hamda
boldir-panja
bo'g'imlariga
birlamchi bog‗lam
qo`yish
Bog‗lam
materiali
(qog'ozga
o‗rog‗liq sterilmas bintlar shartli
ravishda steril deb hisoblanadi)
tegishli joyi bog`lanadigan statist
yonida stolda turadi.
Bog`lamni
kiyim
ustidan
qo‗yishga ruxsat beriladi. Statist
bog`lam qo'yish uchun qulay
holatda
joy
olgan
bo‗ladi.
O`qituvchining
topshirig‗i va
buyrug`iga muvofiq, o‗quvchilar
har kimga aytilgan bog‗lamni
qo‗yib ko‗rishadi. Bint uchlarini
mahkamlab bog`lab qo‗yilgan
vaqtda norma bajarib bo`lindi,
deb hisoblanadi.
Baholash:
«Chepes» qilib boshga bog‗lam qo‗yish:
a‘lo -2 minut 30 sek;
yaxshi - 2 min 50 sek; qoniqarli - 3 min
10 sek;
bilak, tirsak, yelka, tizza va boldir panja
bo‗g‗imlariga boglam qo‗yish:
a‘lo - 1 min 50 sek;
yaxshi - 2 min;
qoniqarli - 2 min 10 sek.
Bahoni
1
ballga
kamaytiruvchi
xatoliklar:
Bintni qo‗llarda noto‗g‗ri ushlanishi;
sterillikni buzish; bog‗lamni boshqa
sohaga (tomonga) qo‗yib qo‗yish;
bog‗lamni bog‗lab mahkam- lamaslik.
Mavzuni mustahkamlashga dior savollar:
Qon turlari haqida gapirib bering.
Tashqi qon oqish turlari.
Arterial qon oqishni to`xtatish usuli.
Vena qon oqishni to`xtatish usuli.
Tayanch - harakat tizimi deganda nimani tushunasiz va ularning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Suyak sinishining ko'rinishlari va ular sodir bo'lganda birinchi yordam ko'rsatishni izohlab bering.
Umurtqa pog'ona shikastlangan bo'lsa, unga qanday yordam ko'rsatish mumkin?
Katta va kichik qon aylanish doirasini tushuntirib bering.
Jarohatlanganda arteriyadan qon ketganda birinchi yordamni izohlab bering.
Vena qon tomiridan qon ketganda birinchi yordamni izohlab bering.
Tayanch-harakat tizimi deganda nimani tushunasiz va ularning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
|