r
o'
min
max
n
2E
E
-
E
K
= 100%
bunda Emax, Emin, Eo‗r – tebranish davridagi maksimal, minimal va o‗rtacha yoritilganlik. Yoritilganlik
pulsatsiya koeffitsienti (Kn ) 10–20% bo‗lishi lozim.
Yoritilganlikning notekislik koeffitsienti Knk - ishchi yuzadagi minimal va maksimal yoritilganliklarning
nisbati orqali ifodalanadi,
max
in
E
E
m
nk
K
Ishlab chiqarish xonalarini yoritish yorug‗lik manbayiga bog‗liq holda tabiiy va sun‘iy turlarga bo‗linadi.
Tabiiy yoritish. Tabiiy yoritish yorug‗lik o‗tkazish yo‗llariga bog‗liq
holda yon tomonlama, yuqori
tomonlama va kombinatsiyalashgan, ya‘ni ham yon, ham yuqori tomonlama bo‗lishi mumkin.
Tabiiy yoritish darajasi kunning vaqtiga va iqlimiy sharoitlarga bog‗liq holda ish vaqti davomida
o‗zgarishi hisobli, ish joyining yoritilganligi bilan emas, balki tabiiy yoritilganlik koeffitsienti orqali
me‘yorlashtiriladi.
Tabiiy yoritilganlik koeffitsienti deb xona ichidagi biror nuqtaning yoritilganligini
shu vaqtdagi tashqi
muhit yoritilganligiga nisbatining foizdagi ifodasiga aytiladi,
100
E
E
T
i
e
bunda Ei– xona ichining biror nuqtasidagi yoritilganlik, Lk; ET– tashqi muhitdagi ochiq maydondagi
yoritilganlik, Lk.
Tabiiy yoritilganlik koeffitsienti (e) yon tomonlama yoritilganlikda eo‗r
80%en; yuqori tomonlama va
kombinatsiyalashgan yoritilganlikda eo‗r
60%en bo‗lsa, yaxshi hisoblanadi. Tabiiy yoritilganlik
koeffitsienti yorug‗likning iqlimiy koeffitsientiga bog‗liq bo‗lib, uning miqdori ishning ko‗rish bo‗yicha
razryadiga, farqlash obyektining eng kichik o‗lchamiga hamda iqlimning yorug‗lik dastasiga bog‗liq
holda maxsus jadvallardan tanlab olinadi va shu asosda binolarga o‗rnatilishi lozim bo‗lgan
derazalar soni
aniqlanadi.
Sun‘iy yoritish. Sun‘iy yoritish umumiy yoki kombinatsiyalashgan bo‗lishi mumkin.
Kombinatsiyalashgan sun‘iy yoritishda umumiy va mahalliy yoritish birgalikda qo‗llaniladi. Umumiy
yoritishda xona ichi umumiy chiroqlar yordamida yoritilsa, mahalliy yoritishda esa chiroqlar bevosita ish
joyiga yoki ish jihozi oldiga o‗rnatiladi, masalan, ish stoli ustida o‗rnatilgan ko‗chma chiroqlar, stanoklar
yoki boshqa ish qurilmalarida o‗rnatiladigan chiroqlar va boshqalar. Umumiy yoritish ish jihozi va ish
joyining joylashishiga bog‗liq holda tekis yoki lokal ko‗rinishda bo‗ladi. Bundan tashqari, sun‘iy yoritish
ishchi yoki avariyaga oid bo‗lishi mumkin. Ishchi yoritishdan me‘yoriy ish rejimini ta‘minlash maqsadida
tabiiy yoriq bo‗lmagan yoki yetarli darajada yoriq bo‗lmagan joylarda foydalaniladi. Avariyaga oid
yoritishdan asosiy yoritish qo‗qqisdan o‗chib qolgan vaqtlarda, yong‗in, portlash,
ishchilarning
zaharlanishi, jarohatlanish xavfi, texnologik jarayonning uzoq to‗xtab qolishi yoki buzilishi, aloqaning
uzilishi, suv, gaz ta‘minoti to‗xtab qolishi ehtimoli bor bo‗lgan joylarda hamda navbatchilik postlarida,
turli xil sistemalarning boshqarish punktlarida foydalaniladi.
Yoritilganlikni me‘yorlashni yengillatish maqsadida barcha ishlar aniqlilik darajasiga ko‗ra 6 razryadga
bo‗lingan: o‗ta yuqori aniqlikdagi ishlar – I razryad; juda yuqori aniqlikdagi ishlar – II razryad; yuqori
aniqlikdagi ishlar – III razryad; o‗ta aniqlikdagi ishlar –IV razryad; kam aniqlikdagi ishlar – V razryad;
dag‗al ishlar –VI razryad; eng yuqori yoritilganlik I razryaddagi ishlar uchun belgilangan bo‗lib, 5000
Lk.ni tashkil etadi, kichik yoritilganlik esa IV razryaddagi ishlar uchun –75 Lk. qilib belgilangan. Tashqi
muhitda bajariladigan ishlarda ish razryadiga bog‗liq holda yoritilganlik 2 dan 50 Lk gacha bo‗ladi.
Masalan, MTA larida mashinalarning old qismidagi yoritilganlik 5 Lk ishchi a‘zolardagi yoritilganlik 10
Lk bo‗lishi mumkin.
Sun‘iy yorug‗lik manbalari va yorug‗lik chiroqlari. Sun‘iy yo-rug‗lik manbalari sifatida cho‗g‗lanma va
gazrazryadli chiroqlardan foydalaniladi.
Chug‗lanma chiroqlar 127 va 220 V nominal kuchlanishda ishlaydi hamda 15 dan 1500 V gacha quvvatga
ega bo‗ladi. Chiroqlarning quvvati qanchalik yuqori bo‗lsa, yorug‗lik berish qobiliyati shunchalik kuchli
bo‗ladi. Bir xil quvvatdagi chiroqlar 127 V kuchlanishda ishlaganda 220 V ga nisbatan kuchliroq
yorug‗lik tarqatadi.
Mahalliy yoritishda 12 va 36 V kuchlanishdagi quvvati 50 V gacha bo‗lgan chiroqlardan foydalaniladi.
Cho‗g‗lanma chiroqlarning ishlash muddati 1000 soatgacha, yorug‗lik berish qobiliyati - 7... 20 Lm/V ni
tashkil etadi.
Gazrazryadli chiroqlar cho‗g‗lanma chiroqlarga nisbatan gigiyenik talablarga to‗liqroq javob beradi.
Bunday chiroqlarning ishlash muddati – 14000 soatgacha yetadi, yorug‗lik berishi – 100 Lm/V ni tashkil
etadi. Eng keng tarqalgan gazrazryadli chiroqlarga silindrik quvur shaklidagi
luminitsent chiroqlarni
misol qilib keltirish mumkin. Ular turli xil markada, ya‘ni LD, LXD, LB, LTB, LDTS ko‗rinishida ishlab
chiqariladi. Luminitsent chiroqlarda yorug‗lik oqimining tebranish chastotasi elektr tokining tebranish
chastotasiga (50 Hz) teng bo‗ladi. Bu esa ularning asosiy kamchiligi hisoblanadi. Chunki bu
ko‗rsatkichga mos holda pulsatsiya koeffitsienti ham o‗zgaradi. Masalan, LB markali chiroqlarda
pulsatsiya koeffitsienti 35%, DL markali chiroqlarda 65% ni tashkil etadi. Vaholanki, bu ko‗rsatkich
cho‗g‗-lanma chiroqlarda 15% ga tengdir.
Simobli chiroqlar luminitsent chiroqlarga nisbatan ancha turg‗un yoritadi va haroratning turli xil
oralig‗ida, ya‘ni
ham past, ham yuqori haroratlarda yaxshi ishlaydi. Bunday chiroqlar yuqori quvvatga
ega bo‗lib, ulardan ko‗chalarni va katta ishlab chiqarish binolarini yoritishda foydalaniladi.
Ksenon chiroqlar kvars trubkalardan iborat bo‗lib, bu trubkalarda ksenon gazi to‗latilgan bo‗ladi. Ulardan
sport inshootlarini, temir yo‗l stansiyalarini, qurilish maydonlarini yoritishda foydalaniladi. Bu chiroqlar
ultrabinafsha nurlar chiqaradi va yoritilganlik 250 Lk dan oshganda xavfli hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda goloid va natriyli chiroqlar eng istiqbolli chiroqlardan hisoblanadi. Ularning yorug‗lik
tarqatishi 110–130 Lk/V ni tashkil etadi.
Yuqoridagilardan tashqari ultrabinafsha nur tarqatuvchi chiroqlardan ham ishlab chiqarishda
foydalaniladi. Masalan, bunday chiroqlar hayvonlar va o‗simliklarga ta‘sir etishda, tibbiyotda ishlatiladi.
Bunday nurlarning inson tanasiga ta‘siri eritem nurlanish deb ataladi va uning ta‘sirida terida kam
sezilarli darajada qizarish paydo bo‗ladi. Yuqori darajadagi eritem nurlanish xavfli hisoblanadi. Uning
inson uchun ruxsat etilgan miqdori 30 milli ber
s
m–2 ga teng.
Yoritilganlik lyuksmetr bilan o‗lchanadi. Buning uchun Yu-116,
lyuksemetr-TKA, lyuksmetr -ARGUS
markali lyuksmetrlardan foydalaniladi.
Ishlab chiqarish xonalarining sun‘iy yoritishni hisoblash. Sun‘iy yoritish turli xil usullar yordamida
hisoblanishi mumkin. Shundan eng keng tarqalgani yorug‗lik oqimiga asoslangan usul hisoblanadi.
Buning uchun har bir elektr chirog‗ida hosil bo‗ladigan yorug‗lik oqimi topiladi, ya‘ni