Mavzu: nutq a'zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi




Download 21.49 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi21.49 Kb.
#74082
Bog'liq
Nutq a\'zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi
kompyuterli matematik tizimlar testlar 2, qadimgi dunyo tarixi 6 rus, MARKETING test, 4 pedagogika psixologiya, ANORA .ISTAMOVA ;MOPERTYUI PRINSIPI, Bebutov Jumabek Nodir o’gli (2), Kurs ishi Hamroqulova Oltinoy 23996, A. Xolliev Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi, kimyoviy bog\'lanish, Документ Microsoft Word, 7-sinf biologiya yangi, HAMROQULOVA K, HAMROQULOVA K, ELEKTRO MAGNIT TO`LQINLAR, 7-sinf Fizika yillik konspekt

MAVZU: NUTQ A'ZOLARINING ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI
Reja:
Sezgilar haqida umumiy tushuncha. Sezgilarning nerv-fiziologik asoslari.
Sezgilarning tasnifi, sezgilarning turlari, sezgi sohasidagi qonuniyatlar.
Sezgi sezuvchanlik psixologik asosi haqida qisqacha xulosa.

Ma’lumki bizni o‘rab turgan tashqi olamdagi narsa va hodisalarning juda ko‘p belgi va xususiyatlari mavjud. Masalan, narsalarning rangi, ta’mi, hidi, qattiq yoki yumshoqligi, g‘adir-budur yoki tekisligi, harorat va boshqalar. Ana shu narsa va hodisalarning turli xil belgi, xususiyatlarini biz ham turlicha sezgi a’zolarimiz orqali ongimizda aks ettiramiz.


Tashqi olamdan bizni tanamizga milliard qo‘zg‘ovchilar hujum qiladi. Bizning qorong‘i ichki dunyoimizda esa sirli miyamiz ishlaydi. Bu fakt esa psixologiyaning yuqori ming yildan ortiq fundamental muammosini ko‘taradi. Masalani echishda bundan yuz yil avval psixologiya fan sifatida rivojlandi: Atrof muxitimizni o‘rab turgan siymolar miyamizga tushadi?
Zamonaviy tilda esa uni quyidagicha talqin qilsa bo‘ladi: tashqi olam xaqidagi tasavvurlarimizni qanday tuzishimiz; lagerdagi gulxanni yonishidan chiqayotgan tutunining aktiv neyron zanjirlariga aylanishi? Qanday qilib biz tirik neyroximiyadan olovnito‘lqinini, temperaturasini hamda olovni tutunini hidini anglaymiz? Miyamizda dunyoni rasmini aks ettirishimiz uchun, tashqi dunyoni fizikaviy energiyasini bilishimiz va uni nerv signallari shaklida kodlashiiz, va bu jarayon an’anaviy sezgi deyiladi. So‘ng esa biz buni olib biz o‘z sezgilarimizni tashkil qilishimiz va sharxlashimiz, va bu jarayon an’anaviy idrok deyiladi. Bizning kundalik amaliyotimizda sezgi va idrok uzilmas bir jarayonga aytiladi. 5 chi va 6 chi boblarda biz ikkala qismini birlashgan jarayonini ko‘rib chiqamiz.
Biz bu bobni sensor retseptorlardan boshlab, yuqori darajadagi ma’lumotlarni ishlanmalarini ko‘rib chiqamiz. Kirish qismidagi sensor analiz, psixologiyada ma’lumotlarni sxema bo‘yicha pastdan yuqoriga qarab ishlash deb nomlanadi. Sezgi jarayonining buzilishi xar erda bo‘lishi mumkin bu sensor retseptordan boshlab to perseptiv interpretatsiyada tugaydi. Masalan, inson ko‘zida katarakta bilan tug‘ilsa uni ko‘zlari yorug‘likni ko‘rmaydi, bu jarayonda eng murakkab mexanizm ishlasa xam ko‘rish ma’lumotlarini bilolmaydi. Miyasi shikastlangan bemorlarda ham qandaydir sezgi va idrok zanjirlari bor. Miya po‘stlog‘ining chakka qismi buzilganda, inson yuzini tanish javobgarligi yo‘qoladi va bu kasallik prosopagnoziya deb nomlanadi. Unda sezgilari normal, lekin idroki normal emas. U ma’lumotlarni ko‘rib qabul qila oladi va insonni yuz tuzilishini xarakterlab bera oladi, lekin uni taniy olmaydi. Unga notanish chexrani ko‘rsatishganda u bunga e’tibor beraydi. Unga tanish chexrani ko‘rsatishganda, avtonom nerv sistemasi reaksiyasi shuni ko‘rsatadiki u xavotirlanadi va terlashni boshlaydi, lekin bu inson kimligini aytib bera olmaydi. U o‘z chexrasini ko‘zguda ko‘rganda, yana shu chalkashlikga keladi. Miyani buzilganligi sababli, u ma’lumotlarni sxema bo‘yicha tepadan pastga qrab ishlolmaydi – to‘plangan bilimlarni sensor ma’lumotlar bilan bog‘lay olmaydi. [1]
Tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalarning turli xil belgi hamda xususiyatlari har doim ham bizning sezgi a’zolarimizga ta’sir etib turadi. Natijada bizda turli sezgilar hosil bo‘ladi. CHunonchi, nurlarning ko‘zimizga ta’sir qilishi natijasida ko‘rish sezgisi, har xil tezlik va kuchlanishdagi havo to‘lqinlarining qulog‘imizga ta’sir etishi natijasida eshitish sezgisi, nafas olish paytida havo bilan birga burun bo‘shlig‘iga kirgan har turli modda zarrachalarining ta’siri natijasida hid sezgisi, biror narsani qo‘limiz yoki badanimizga tegib ta’sir etish natijasida teri (taktil – biror narsaning terimizga tegishi) yoki bosim sezgisi va shu kabi sezgilar har doim hosil bo‘ladi.
Demak, sezgi deb, atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini aytamiz.
Sezgi bilish jarayonlari ichida oddiy psixologik jarayon bo‘lib, tashqi olamdagi narsa va hodisalarni aks ettiradi. Tashqi olamdan kelayotgan qo‘zg‘atuvchilarning muayyan retseptorlarga bevosita ta’sir etish orqali ayrim belgi va xususiyatlarni va organizm ichki holatini aks ettiradi. Ma’lumki, insondan sezishning dastlabki bosqichi hissiy bilishdan boshlanib, keyinchalik u mantiqiy bilishga o‘tadi. Sezgi ham oddiy psixologik jarayon bo‘lgani bilan uning yuzaga kelishi o‘z-o‘zidan hosil bo‘lmaydi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
Sezgi a’zolariga ta’sir etadigan narsa va hodisaning bo‘lishi.
Sezuvchi apparat, ya’ni analizatorning mavjud bo‘lishi. Masalan, havoning sovuqligini, temirning qattiqligini, qorning yumshoqligi va boshqalarni sezamiz.
Sezgi idrok bilan bog‘liq bo‘ladi, lekin narsa va hodisani idrok qilishdan oldin uni sezish lozim, shu bois sezgilar materiyaning sezgi a’zolarimizga ta’siri natijasidir. Sezgi axborotlarini qabul qilib, tanlab, to‘plab, har bir sekundda axborotlar oqimini qabul qilib va qayta ishlab miyaga etkazib beradi. Natijada tevarak - atrofdagi tashqi olamni va organizm o‘z ichki holatini adekvat “mos” aks ettirishi hosil bo‘ladi. Sezgi a’zolari tashqi olamning inson ongiga olib kiradigan yo‘llaridan biridir.
Sezgilarning nerv – fiziologik asoslari
Ma’lumki, sezgilar faqatgina tashqi ta’sirlar natijasida hosil bo‘lmay, balki organizmning ichki holatida ham amalga oshiriladi. Sezgi nerv tizimining u yoki bu qo‘zg‘atuvchidan ta’sirlanuvchi reaksiyalari tarzida hosil bo‘ladi va har qanday psixik hodisa kabi reflektorlik xususiyatiga egadir. Sezgilarning nerv – fiziologik asosini qo‘zg‘atuvchining o‘ziga aynan o‘xshaydigan analizatorga ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan nerv jarayoni tashkil qiladi. SHuningdek, sezgilarning nerv fiziologik asosini o‘rganishda I.P.Pavlov ta’biri bilan aytganda analizator apparati tashkil etadi.
Analizator – tashqi va ichki muhitdan keladigan ta’sirotlarni qabul qilib olib, fiziologik jarayon bo‘lgan qo‘zg‘alishni psixik jarayonga, ya’ni sezgilarga aylantiruvchi nerv mexanizmlari tizimi. Analizator apparati 3 qismdan tashkil topgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
Ø periferik (retseptor) – tashqi quvvatni nerv jarayoniga o‘tkazadigan maxsus transformator qismi;
Ø analizatorning periferik bo‘limining markaziy analizator bilan bog‘laydigan yo‘llarni ochadigan afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan qochuvchi) nervlar;
Ø analizatorning periferik bo‘limlaridan keladigan nerv signallarining qayta ishlanishi sodir bo‘ladigan qobiq osti va qobiq bo‘limlari.
Analizatorning qobiq bo‘limida retseptor hujayralarining asosiy qismi jamlangan o‘zak, ya’ni markaziy qism va qobiqning turli joylarida ma’lum miqdorda mavjud tarqoq hujayra qismlaridan tarkib topgan tashqi qism bo‘ladi. Analizatorning o‘zak qismida retseptordan markazga intiluvchi nervlar joylashgan bo‘lib, ko‘plab hujayralardan iborat. mazkur analizatorning periferik, ya’ni tarqalib ketgan qismlari boshqa analizatorlarning o‘zaklari bilan yondosh sohalariga kiradi va alohida narsalarni izlash jarayonida butun bosh miya qobig‘ining katta qismi ishtirok etishiga erishiladi. analizatorning o‘zagi analiz va sintez qilish funksiyasini bajaradi, masalan, tovushlarning balandligi.
Tarqoq qismlar dag‘al analiz funksiyalarni, masalan musiqiy ohang va tovushlarni farqlash bilan bog‘liq bo‘ladi.
Analizator nerv jarayonlarining yoxud reflektor yoyining butun yo‘li manbasi va eng muhim qismini tashkil etadi. Reflektor yoyi retseptordan ta’sirotni miyaga olib boruvchi nerv yo‘llari va effektordan tarkib topgandir. Reflektor yoyi elementlarning o‘zaro munosabati murakkab organizmning tevarak–atrofdagi olamda to‘g‘ri mo‘ljal olishning organizmning yashash sharoitlariga muvofiq tarzdagi faoliyatining negizini ta’minlaydi.
Sezgilar qaysi a’zolar yordamida hosil qilinishiga qarab, quyidagi turlarga, ya’ni ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, teri, muskul–harakat, organik sezgilarga ajratiladi. Ular sezgi a’zolari qaerda joylashganligiga qarab tavsiflanadi.
Jahon psixologiyasi fanining so‘nggi yutuqlari hamda atamalariga binoan sezgilar quyidagicha klassifikatsiya qilinadi. Ushbu tasniflanishning dastlabki ko‘rinishi ingliz olimi CH.SHerringtonga taalluqlidir. U retseptorning qaerda joylashganligiga qarab, sezgilarni uch turga bo‘ladi.
1. Tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishgamoslashgan hamda retseptorlari tananing sirtqi qismida joylashgan sezgilar, ya’ni ekstroretseptiv sezgilar;
2.Ichki tana a’zolari holatlarini aks ettiruvchi hamda retseptorlari ichki tana a’zolarida, to‘qimalarda joylashgan sezgilar, ya’ni interoretseptiv sezgilar.
3. Tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma’lumot (axborot, xabar) beruvchi muskullarda, bog‘lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, ya’ni proprioretseptiv sezgilar.
Sezgilarning tasnifi va bu boradagi tadqiqotlarni tahlil qilamiz. Dastlabki mulohazalar interoretseptiv sezgilar u borasida rus psixologi A.R.Luriya tadqiqot ishini olib borgan. Uning fikricha, interoretseptiv sezgilar asl, tub, ma’nodagi sezgilar emas, balki emotsiyalar bilan sezgilar o‘rtasidagi oraliq sezgilar sifatida namoyon bo‘ladi. Psixologiya fanida mazkur sezgilar to‘la o‘rganilmaganligi sababli uni “noma’lum hislar” deb atalgan. Bu asosan ichki organlarning xastaliklarida vujudga keluvchi holatlarni diagnostika qilishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Interoretseptiv sezgilar insonning kayfiyatida, emotsional reaksiyalari o‘zgarishida ko‘zga tashlanadi, bolada esa xatti–harakatning keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Chunki bola tana a’zolaridagi ichki holatini anglash, his qilish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun undagi xatti-harakatning umumiy o‘zgarishi belgilardan buni sezish mumkin.
Interoretseptiv sezgilar organizmdagi ichki jarayonlarni o‘zaro o‘rin almashtirish muvozanatini ta’minlab turishning asosi hisoblanadi. Bu jarayonni bir so‘z bilan aytganda, organizmdagi jarayonlarni o‘zaro o‘rin almashib turishning gemostazi (barqarorligi) deb ataladi. SHuningdek, mazkur sezgilar insonda yuzaga keladigan puls, zo‘riqish, affekt holatlarini yo‘qotish, tug‘ilib kelayotgan mayllarni qondirish bilan bog‘liq vazifani bajaradi. Natijada ichki tana a’zolarining faoliyatini izdan chiqarish holati yuz berishi mumkin.
Interoretseptiv sezgilarning fiziologik mexanizmlari intero-sepsiya bilan birgalikda K.M.Bikov, V.N.Chernigovkiylar tomonidan atroflicha o‘rganilgan. Ularning fikriga ko‘ra, bu narsalarning barchasi shartli reflektor faoliyati mexanizmlaridan kelib chiqadi
Propriotseptiv sezgilar gavdaning fazodagi holati to‘g‘risida signallar bilan ta’minlab turadi. Ular inson harakatining boshqaruvchisi hisoblanib va afferent asosini tashkil qiladi.
Pereferik retseptorlar muskullar, pay va bo‘g‘imlarda joylashgan bo‘lib, maxsus tanachalar shakliga ega va ular Puchchini tanachalari deb ataladi.
Tanachalarda vujudga keluvchi qo‘zg‘atuvchilar muskullarning harakatlashuvi natijasida va bo‘g‘imlar holatining o‘zgarishi, nerv tolalari yordamida, orqa miyaning orqa ustunidagi oq suyuqligiga etkaziladi. Qo‘zg‘ovchilar Burdax va Goll yadrosining quyi bo‘limlariga etib keladi va undan po‘stosti tugunchalaridan o‘tib, bosh miya katta yarim sharining qorong‘ulashgan zonasida harakatlarini yakunlaydilar.
Proprioretseptorlar harakatning afferent asosi ekanligini A.Orbeli tomonidan, hayvonlarda P.K.Anoxin, odamlarda esa N.A.Bernshteynlar tomonidan o‘rganilgan.
Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra, gavdaning fazodagi holati, sezgirligi statik sezgilarda o‘z ifodasini topadi. Uning markazi ichki quloq kanallarida joylashgan bo‘lib, ular o‘zaro bir-biriga perpendikulyar bo‘shliqda tutash holatda yotadi.
Masalan, bosh holatining o‘zgarishi quyidagi sxemada ko‘rish mumkin:
a) endolimfa suyuqligiga bog‘liq qo‘zg‘alish;
b) eshitish nervi;
v) vestibulyar nervi;
g) bosh miya po‘stining chakka bo‘lmasi;
d) miya apparatiga o‘tadi;
Vestibulyator sezgi apparati ko‘rish bilan bevosita aloqada bo‘lib, fazoni mo‘ljalga olish (orientirlash) jarayonida ishtirok etadi.
Masalan, avtomobil yo‘lidan o‘tish va hokazo. Bu jarayon patologik holatda ham uchrashi mumkin.
Ekstroretseptiv sezgilar intermodal, nospetsifik sezgi turkumlariga ham ajratiladi. Masalan, eshitish organi orqali 10-15 sekundga tebranishni sezish mumkin, lekin quloq bilan emas, balki suyaklar yordamida (miya qopqog‘i, tirsak, tizza uchlari) payqash – vibratsiya sezgilari deyiladi. Masalan, karlarni tovushlarni idrok qilishi. Odatda vibratsion sezgirlik intermodal sezgi deb ham nomlanadi. Uning quyidagi ko‘rinishlari ham mavjud:
a) hid, ta’m va maza sezgilarida;
b) o‘ta kuchli tovushda, o‘ta yorqin yorug‘likda;
v) uch xil ta’sirning uyg‘unlashgan integrativ holatida;
Sezgining nospetsifik shakliga terining foto sezgirligi kirib, u ranglarni, nozik jumlalarni ajratish, qo‘l uchlari bilan sezish orqali ro‘yobga chiqadi. Terining foto sezgirligi A.N.Leontev tomonidan kashf qilingan bo‘lib, bu narsa ko‘pgina holatlarga oqilona yondashish imkoniyatini vujudga keltiradi. Tadqiqot asosan qo‘l uchiga yashil va qizil ranglarni yuborish orqali amalga oshirilgan. Terining foto sezgirligi tabiati psixologiyada etarli darajada o‘rganilmagan.
Sezgi turlari
Psixologiya fanida uchta katta guruhga ajratilgan sezgilar (ekstroretseptiv, proprioretseptiv, introretseptiv) o‘z navbatida quyidagi turlarga ajratiladi:
1. Ko‘rish sezgilari;
2. Eshitish sezgilari;
3. Hid bilish sezgilari;
4. Ta’m bilish sezgilari;
5. Teri sezgilari;
6. Muskul – harakat (kinestetik);
7. Statistik sezgilar;
8. Organik sezgilar;
Ko‘rish sezgilari
Insonlar tomonidan rang va yorug‘likni sezish ko‘rish sezgilari orqali amalga oshadi va seziladigan ranglar xromatik va axromatik turlarga bo‘linadi. Psixofiziologik qonunga ko‘ra yorug‘lik nurlari uchburchak shisha prizma orqali o‘tib singanda hosil bo‘ladigan rang xromatik ranglar deb atalib, ularga kamalak ranglar, ya’ni qizil, zarg‘aldoq, sariq, yashil, havo rang, ko‘k, binafsha tuslarini qamrab oladi. Odatda oq rang, qora rang, kulrang va ularning turlicha ko‘rinishlari axromatik ranglar deb nomlanadi.
Ko‘rish sezgilarining organi ko‘z hisoblanib, u ko‘z soqqasi undan chiqib keladigan ko‘ruv nervlaridan tashkil topgan bo‘lib, ko‘z soqqasini tashqi tomirlari va to‘r pardalari o‘rab turadi. Tashqi pardaning tiniq bo‘lmagan oq qismi sklera yoki qotgan qattiq parda deb nomlanadi. Uning old tomoniga joylashgan bir muncha qavariq qismi tiniq mugus parda bo‘lib, uning oldingi qismi rangdor parda deb ataladi. Mazkur pardaning rangiga binoan uning tovlanishiga qarab, odamlarda ko‘z ko‘k, qora kabi jilva beradi. Rangdor pardaning o‘rta qismida yumaloq tiniq modda bo‘lib, uni qorachig‘ deb ataymiz va u orqali ko‘z ichiga yorug‘lik nurlari kiradi.
Ko‘zlarning uchinchi pardasi to‘r parda deb nomlanib, u ko‘z soqqasining deyarli butun ichki yuzasini qoplaydi. Qorachig‘ bilan rangdor pardaning orqasida ikki tomoni qavariq, tiniq jism ko‘z gavhari joylashgan bo‘ladi. YOrug‘lik nurlari unda to‘planib, so‘ng sinadi va to‘r pardaga narsa yoki jismning aksi, surati tushadi.
Ko‘z soqqasining gavhari bilan to‘r parda o‘rtasidagi butun ichki yuzasi shishasimon jism deb nomlanuvchi maxsus tiniq suyuqlik bilan qoplangan bo‘ladi. To‘r parda rang va yorug‘likni sezish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, unda ko‘ruv nervining tarmoqlari joylashgandir. Ushbu tarmoqlarning chekkadagi uchlarida tayoqcha va kolbachalar deb ataladigan maxsus nerv xujayralari mavjuddir. Inson ko‘zini to‘r pardasida 130 millionga yaqin tayoqchalar va kolbachalar deb ataladigan maxsus nerv hujayralari mavjuddir. Inson ko‘zining to‘r pardasida 130 millionga yaqin tayoqcha va 7 millionga yaqin kolbacha bor deb taxmin qilinadi. Kolbachalar yordami bilan xromatik, ya’ni kunduzgi ranglar ko‘riladi.
Tayoqchalar yorug‘likni yaxshi sezuvchan bo‘lib, xira va qorong‘u paytlarda o‘z funksiyasini bajaradi, axromatik ranglarni aks ettiradi.
To‘r pardaning eng sezgir joyi – sariq dog‘ning asosan, kolbachalar bilan markaziy chuqurchasi hisoblanib, unga qaysi narsaning aksi tushsa, xuddi shuni hammadan ravshanroq ko‘ramiz. Obektga tik qarash natijasida ko‘z muskullari unga qaratiladi va aks ettiruvchining sur’ati sariq dog‘ga tushadi. Bunday tarzdagi ko‘rish to‘g‘ri ko‘rish deyiladi.
Odam ko‘zi ranglarning taxminan, 380 millimikrondan 780 millimikrongacha uzunlikdagi to‘lqinlarning ta’sirini sezadi.
Uch rangli sezgi nazariyasining asosiy qoidalari 1756 yilda M.V.Lomonosov tomonidan bayon qilingan bo‘lsa, 1856 yildan keyin nemis fizigi G.Gelmgols tomonidan uni to‘la isbotlab berilgan.
Ushbu nazariyaga binoan to‘r pardaning kolbachalarida uchta asosiy element mavjuddir, ulardan birining qo‘zg‘alishi qizil rang sezgisini, ikkinchi qo‘zg‘alishi yashil rang sezgisi va uchinchi qo‘zg‘alishi binafsha rang sezgisini hosil qiladi. Nazariyaga ko‘ra yorug‘lik to‘lqinlari birdaniga uchta elementni bir xilda qo‘zg‘atsa, oq rang sezgisi vujudga keladi. Lekin yorug‘lik to‘lqinlari ikki yoki uch elementga ta’sir qilsa-yu, ammo bu bir tekis kechmasa, u holda sezuvchi elementlardan har birining qanchalik qo‘zg‘aluvchanligiga qarab, har xil rang sezgilari namoyon bo‘ladi.
Download 21.49 Kb.




Download 21.49 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: nutq a'zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi

Download 21.49 Kb.