• Dori moddalarini sirtdan qollash
  • Mavzu: Organizmga dori moddalarini yuborish usullari




    Download 22.49 Kb.
    bet1/7
    Sana12.05.2023
    Hajmi22.49 Kb.
    #59109
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Mavzu Organizmga dori moddalarini yuborish usullari
    1. Tasodifiy miqdorlar va ularning turlari Diskret tasodifiy miq


    Mavzu: Organizmga dori moddalarini yuborish usullari
    Dori moddalarini yuborishning turli usullari mavjud:
    1) tashqi usul - teri qoplamlari, shilliq pardalar yoki nafas yo'llari
    orqali;
    2) ichki (enteral) usul - og'iz yoki to'g'ri ichak orqali;
    3) parenteral usul - me'da-ichak yo'llarini chetlab.
    Dori moddalarini sirtdan qo'llash:
    Teriga dorilar malham, emulsiya, eritma, kukun, damlama, chayqatma
    (boltushka) holida qoʻllanadi. Dorini ishlatish uning mahalliy ta'siriga
    (koʼpchilik mota astlanmagan terining so'rish xususiyati nihoyatda kam
    uchun), yog'da eruvchi moddalargina asosan, yog
    bez amoninash usullari surtish, kompresslar
    , primochka (lattani hoʻllab bosish),
    sepish, jarohatga har xil bog'lamlar qo'yish va ishqab (iylab) surtish.
    Dorilarni toza teriga, loza asboblarda va qo'lni tozalab yuvgandan
    keyingina qo'yish kerak. Dezinfeksiya qilish yoki reflektor ta'sir ko'rsatish
    maqsadida teriga ko'pincha yodning spirtdagi eritmasi surtiladi. Buning
    spindagi eritmasiga hoʻlab teriga surtiladi va surib tashlab yuboriladi
    Flakondagi yodni paxta tolalari
    bilan ifloslantirmaslik uchun surtgichni
    yodning spirtli eritmasi solingan flakonga botirish yaramaydi. Buning
    uchun ozroq yod eritmasini stakanga quyib olish lozim. Yodning spirtdagi
    eritmasi tiqini zich berkilmaydigan idishda uzoq saqlansa, spirtning
    bugʻlanishi hisobiga yod konsentratsiyasi kuchayishi mumkin. Ana shunday
    konsentrlangan eritmani terining nozik sohalariga surtish, uning kuyishiga
    sabab bo'ladi.
    Kukun dorilar - turli xil teri kasalliklarida (ayniqsa, bichilishda)
    keng qo'llaniladi. Buning uchun qo'llar yuvilgach, kuk un dori sepiladigan
    sohalar yaxshilab toza doka salfetka bilan artib quritiladi va kukunli idishni
    toʻnkargan holda kerakli sohalarga bir xil tarqaladigan qilib silkitiladi.
    Bemorning xijolatli sohalariga kukun dori sepiladigan bo'lsa uni boshqa
    hemorlardan ajratib qo'yish choralari ko'rilishi lozim.
    Muolajani tugatgach qo‘llar yuviladi.
    Teriga malhamlar qo'llash. Vrach tavsiyasiga binoan malhamlar teriga
    surtilishi, ishqalab (silab) surtilishi va bog'lamlar holida qo'yilishi mumkin.
    Teriga mahamni surtish uchun qoʻllar yuvib tozalanadi. Bemor qulay
    vaziyatni olgach malhamni tyubikdan kurakchaga yoki shpatelga siqib
    chiqariladi va kerakli sohaga surtiladi. Ishlatilgan kurakeha yoki shpatelni
    qaytib malhamli qutiga (idishga) tiqish yaramaydi. Qo'llar yuvilib,
    malhamning so'rilishiga e'tibor berib turiladi.
    Malhamni ishqalab (iylab) surtish quyida joylashgan to'qimalarga,
    nerv tolalariga, a'zolariga ta'sir ko'rsatish maqsadida amalga oshiriladi.
    Buning uchun bemor qulay vaziyat olishi tavsiya etiladi. Qo'llar yuviladi.
    Malham maxsus ishqalash moslamasiga tushiriladi kerakli sohaga aylanma
    harak
    5-10 daqiqa davomida silab ishqalanadi.
    Muolajadan so'ng qoʻllar yuviladi va bemor nazoratga olinadi.
    Malhamli bog'lam qo'yish uchun qo'llar yuviladi, kerakli miqdordagi
    malham shpatel yordamida olib salfetkaga surtiladi. Malham sathi qo'yiladigan
    yuzaga mos kelishi kerak. Malhamli salfetka kerakli joyga qo'yilgach ustidan
    paxta bo'lagi qo‘yilib bint bilan (88-rasm) mahkam bog'lanadi. Qo'llar
    yuviladi va bemorga bogʻlam qancha vaqtga qo'yilganligi tayinlanadi.
    yuzaga mos kelishi kerak. Malhamli salfetka kerakli joyga qoʻyilgach ustidan
    paxta bo'lagi qo'yilib bint bilan mahkam bog'lanadi. Qo'llar
    yuviladi va bemorga bog'lam qancha vaqtga qo'yilganligi tayinlanadi.
    Malhamli bog'lam qo'yish.
    Ko'z kasalliklarini davolashda turli xil eritmalar va malhamlar
    qo'llanadi. Ulardan maqsad - mahalliy ta'sir qilishdir. Biroq konyun-
    ktivaning soʻrish qobiliyati yaxshi boʻlib, dorilarni dozalashda ana shu
    jihatlarni ham hisobga olish kerak.
    Koʻzga tomiziladigan tomchi dorilaming steril saqlanishiga alohida e'tibor
    berish zarur. Koʻz kasalliklari xonasida koʻz dorilarining eritmalari tubi keng,
    boʻgʻziga rezim qalpoqchali tomizg'ich kiydirilgan maxsus kolbachalarda
    saqlanadi.
    Dori to'ldirishdan oldin kolbachalar distillangan suvda yuviladi va
    15 daqiqa qaynatiladi. Tomizg'ichlar alohida, ulardan olib qo'yilgan rezina
    qalpoqchalari bilan qaynatiladi. Sovitilgandan so'ng tomizg'ichlarga rezina
    qalpoqchalar kiydiriladi va mos keladigan kolbachalarga solib qo'yiladi. Bu
    ish qoʻlga steril rezina qo'lqoplar kiyib bajariladi. Dori 2 kunga yetadigan
    qilib qo'yiladi va tegishli etiketka yopishtiriladi.
    Dorilar koʻzga tomizgʻich bilan tomiziladi. Muolajadan avval qoʻlni yaxshilab
    yuvish lozim. Bemordan
    yuqoriga qarash so'raladi va bu vaqtda chap qoʻldagi
    steril nam deka sharcha bilan qovoqni pastga tortiladi. O'ng qoʻl barmoqlari
    bilan tomizg‘ichning rezina qalpoqchasi bosiladi va qovoq orasiga 1-2 tomchi
    ertma tomiziladi. Qovoqlar yumilganda dorining ortiqchasini o'sha doka shar-
    chaning o'zi shimib oladi. Konyunktival xaltachaga bir tomchi dori sigʻadi
    xolos, shuning uchun 1-2 tomchidan ortiq kiritish kerak emas. Dori tomizishda
    tomizg‘ichning uchi bemorning kipriklariga tegmasligi kerak, bordi-yu, tegib
    ketsa bu tomizg'ichdan foydalanish mumkin emas, uni albatta sterillash zarur.
    Malham dori ko'zga oldin qaynatib olingan maxsus shisha kurakcha
    yordamida qo'yiladi. Buning uchun kurakcha uchiga ozgina malham olinib,
    uni qovoq chetiga parallel holda ushlab, pastki oraliq burmaga tegiziladi.
    Shundan keyin bemor qovoqlarini yumadi, malhamni qovoqlar orasida
    qoldirib, kurakchani esa chekkaga tomon gorizontal yuritib ohista chiqariladi.
    Malham ko'z soqqasi yuzasiga yaxshiroq yopishishi uchun yumilgan
    qovoqlar usti steril sharcha bilan yengil ngalanadi.
    Burunga kukun, eritma, emulsiya, malham va bug' (amilnitrat, novshadil
    spirti bug'lari) koʻrinishidagi dorilar mahalliy, rezorbtiv va reflektor ta'sir
    koʻrsatish maqsadida kiritiladi. Burun shilliq pardasidan dorilar juda tez
    so'riladi.
    Kukundori burunga nafasga olinadigan havo oqimi bilan tortiladi: burunning
    oʻng katagini bekitib turib, kukunni chap katagi orqali tortiladi va aksincha.
    Odam xushdan ketganda reflektor ta'sir ko'rsatish uchun novshadil
    spirtiga hoʻllangan paxta sharcha bemorning burniga yaqinlashtiriladi, uning
    bugʻlari nafas orqali burunga kiradi.
    Tomchi dorilar burunga tomizg'ich orqali (bolalarga 2-3 tomchi,
    kattalarga 5-6 tomchi) tomiziladi. Tomizishdan oldin bemor burnini qoqib
    olishi kerak, bolalarning burni esa steril paxta tamponlar («pilikchalar»)
    bilan tozalanadi. Bemor o'tirgan bo'lsa, undan boshini orqaga tashlash
    so'raladi
    . chalqancha yotgan bo'lsa, boshidan yostiqni olib qo'yib, chap
    qoʻlning bosh barmog'i bilan bemor burnining uchi biroz ko'tariladi
    dorini burunning chetlariga tekkizmasdan tomiziladi, shundan keyin bemor
    dori tomizilgan tomonga boshini engashtirishi lozim. 1-2 daqiqa oʻtgach.
    dori burunning 2-katagiga tomiziladi.
    Burunga emulsiyalar kiritish uchun choy qoshiqdan foydalaniladi,
    emulsiyani suyultirish uchun qoshiq oldindan qizdirib olinadi. Buruming
    2 katagiga yuborish uchun chorak choy qoshiq emulsiya yetarli.
    Quloqqa dori tomizg`ich bilan (bolaga 5-6 tomchi, katta odamga 6
    8 tomchi) quviladi. Buning uchun eshituv vo'lini oldindan tozalash kerak.
    Dori moddalarini enteral yo'l bilan yuborish



    Download 22.49 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 22.49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Organizmga dori moddalarini yuborish usullari

    Download 22.49 Kb.