• Ovoz platalarini qo‘llash sohalari
  • Audiotizimning tarkibiy qismlari
  • Mavzu: Ovoz (Tovush) kartasini tanlash va o‘rnatish




    Download 67.5 Kb.
    Sana16.05.2023
    Hajmi67.5 Kb.
    #60152
    Bog'liq
    Tovush kartasini tanlash va o\'rnatish
    Биринчи тур эгри чизиқли интеграллар uz-assistant.uz, Анорганик бирикмаларнинг энг мухим синфлари, Mahbub ul - qulub asari. Tarkibiy tuzilishi., Amaliy ish N1 (2), Mavzu Borlikning turlari moddiy va ma\'naviy borlik Reja Borliq, Reja Ergonomika haqida tushuncha-fayllar.org, Buyuk Britaniya, 1702493677

    Mavzu: Ovoz (Tovush) kartasini tanlash va o‘rnatish.



    Zamonaviy kompyuterlarda ovozni apparat bilan qo‘llab-quvvatlash quyidagi shakllardan birida amalga oshiriladi:



    • PCI shinasining ajralish joyiga o‘rnatilgan audio-adapter;

    • Crystal, Analog Devices, Sigmatel, ESS va boshqa kompaniyalar ishlab chiqarayotgan tizimli platadagi mikrosxema;

    • tizimli plata mikrosxemasining asosiy to‘plamiga yig‘ilgan ovoz uskunalari (ularga Intell, SIS va VIA Technologies kompaniyalarining uncha qimmat bo‘lmagan kompyuterlar uchun yaratgan eng zamonaviy mikrosxemalar to‘plamlari kiradi).

    Asosiy uskunaning qayerda joylashganidan qatiy nazar, akustik tizim, mikrofon va boshqa ko‘plab qo‘shimcha audiouskunalar mavjuddir.


    Ovoz platalarini qo‘llash sohalari
    Ovoz platalari bir qancha qo‘shimcha imkoniyatlar beradi, bular:

    • ko‘ngilochar (o‘yin) dasturlariga stereoovoz qo‘shish;

    • ta’limiy (kichik bolalar uchun) dasturlarning samaradorligini oshirish;

    • namoyish va ta’lim dasturlariga ovoz effektlarini qo‘shish;

    • MIDI ning apparat va dasturiy vositalari yordami bilan musiqa yaratish;

    • fayllarga ovozli shaklarni qo‘shish;

    • ovozli tarmoq konferensiyalarini amalga oshirish;

    • amallar tizimi hodisalariga ovozli effektlarni qo‘shish;

    • matnni ovozli qayta tiklash;

    • matnni qayta tiklash;

    • audiokompakt disklarni eshitish;

    • MP3 formatli fayllarni eshitish;

    • videokliplarni eshitish;

    • DVD - filmlarni qayta tiklash;

    • ovozli boshqarishni qo‘llab-quvvatlash.

    Audiotizimning tarkibiy qismlari
    Audiotizimni tanlashda uning tarkibiy qismlari parametrlarini hisobga olish lozim.
    Ovoz platalarining ulanish joylari.
    Ovoz platalarining ko‘pchiligi bir xil ulanish joy (razyom)ga ega bo‘ladi. Bu ixcham (faylning sakkizdan bir bo‘lagi) ulanish joylari orqali platadan akustika tizimiga va start tizimning kirish joyiga signallar beriladi. Xuddi shunday uzulish joylariga mikrofon, kompakt disklarning proigrivateli va magnitofon ulanadi. Platada to‘rt turdagi ulanish joyi o‘rnatilgan bo‘ladi (yoki o‘rnatilgan bo‘lishi lozim).
    Plataning chiziqli chiqishi. Bu ulash joyidan signalni hamma tashqi uskunalar - akustik tizim, naushniklar yoki stereo kuchaytirgichlarga uzatish mumkin. Stereokuchaytirgich yordamida signalni ma’lum darajagacha kuchaytirish mumkin. Ba’zi ovoz platalarida 2ta chiqish uyasi bo‘ladi: bittasi chap kanalning signali uchun, boshqasi esa o‘ng kanalniki uchun.
    Plataning chiziqli kirishi. Bu kiruvchi ulanish joydan audiotizimdan qattiq diskka kelayotgan tovush signalini yozish paytida foydalaniladi.
    Akustik tizim va naushniklar uchun ulanish joyi. Bu ulanish joyi hamma platalarda ham mavjud emas. Akustik tizimga signallar stereokuchaytirgichga kirishdagi o‘sha ulanish joyi (chiziqli kirish)dan uzatiladi. Agar platada chiquvchi ikkita ulanish joyi bo‘lsa, ularning akustik tizimlar va naushniklarga mo‘ljallanganida signal kuchliroq bo‘ladi - u naushniklar va uncha katta bo‘lmagan akustik tizimlar uchun normal ovoz balandligi darajasini ta’minlashi kerak.
    Ko‘pchilik ovoz platalarining chiqish quvvati taxminan 4 Vt.ni tashkil qiladi. Bunda chiziqli chiqishdagi signal kuchaytiruvchi tizimdan o‘tmaydi va shuning uchun undagi ovozning sifati yuqori bo‘ladi.
    Mikrofon yoki monofonik signalning kirishi. Bu ulash joyiga diskka ovoz yoki boshqa tovushlarni yozish uchun mikrofon ulanadi. Mikrofondan amalga oshirilgan yozuv monofonik yozuv bo‘ladi.
    Signalning sifatini ko‘tarish uchun ko‘pchilik ovoz platalarida kuchaytirishni tartibga solishning avtomatik usulidan foydalanilgan (Automatic Gain Control - AGC). Bunda kirish signalining darajasi muntazam va qayta tashkil etish uchun eng mobul qilib ushlab turiladi. Yozish uchun eng yaxshisi elekt-rodinamik mikrofondan yoki yuklanishni qarshiligi 600 Omdan 10 kiloOmgacha mo‘ljallangan kondensatorli mikrofondan foydalanish kerak. Ayrim arzon ovoz platalarida mikrofon chiziqli kirishga ulanadi.
    Download 67.5 Kb.




    Download 67.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Ovoz (Tovush) kartasini tanlash va o‘rnatish

    Download 67.5 Kb.