Mavzu: O‘zgaruvchan va o'zgarmas tokda podstansiyalar. Reja




Download 20.91 Kb.
bet1/2
Sana22.10.2022
Hajmi20.91 Kb.
#27807
  1   2
Bog'liq
Stansiya PEQ O.O\'.P
Tasdiqlayman” Buloqboshi 2-son kasb-hunar maktabi direktori T. , 7, O\'t.jar 1, oquvchilarning-bilish-faoliyatini-kengayishida-ta-lim-jarayonlarining-orni, Asad wifi, Domna pechlari tuzish va yordamchi qurilmalar, Biografik va avtobiografik metod, 6-7-amaliy mashg\'ulot (2), Kolloid sistemalarning rangi. Kolloid eritmalarda yorug‘lik nuri-fayllar.org, 6-var, Android mustaqil ish, Ishki miynet tártip qaǵıydaları, XULOSA, Doc2



Mavzu: O‘zgaruvchan va o'zgarmas tokda podstansiyalar.
Reja:

  1. Podstansiyalarni turlari.

  2. O‘zgaruvchan tokli podstansiyaning tuzilish.

  3. O‘zgarmas tokli podstansiyalar.


Tashqi elektr ta’minoti tizimiga tortuvchi podstansiyalarga elektr energiyani ishlab chiqaruchi elektrostansiyalar, bosh pasaytiruvchi podstansiya G PP (главная понижающая подстанция), havo elektr uzatish yo‘llari va podstansiyalarni o‘zaro bog‘lovchi havo elektr uzatish yo‘llari kiradi. O‘zgaruvchan tokli podstansiyalar. Har turli podstansiyalarning elektr energiya ta’minoti va elektr energiya taqsimotinim ko‘rsatuvchi podstansiyalarning o ‘zaro ulanish sxemasi keltirilgan. Tayanch podstansiyalar bilan kiruvchi 110 kV yoki 220 kV havo elektr uzatish yo‘llar orasiga yuqori kuchlanishli kommutatsiya jihozlari uzgichlar Q va havo ajratkichlari QS o‘rnatilgan. Podstansiyalarni o‘zaro bog‘lovchi 110 kV yoki 35 kV havo elektr uzatish yo‘llar bilan tayanch podstansiyalar, transit podstansiyalar, shoxobcha podstansiyalar va tupik podstansiyalar orasiga ham xuddi shunday kommutatsiya jihozlari uzgichlar Q va havo ajratkichlari QS o'rnatilgandir. Podstansiyalarning tok o‘tkazuvchi shinalariga ochiq taqsimlovchi qurilma ORU o‘rnatilgan bo‘lib, uning havo ajratkichlarining (QS) soni va o‘rnatilish joyi shunday tanlab olinganki, agar bir kuch transformatori ishdan chiqib ta’mirga yoki rezerv bilan almashtirishga o‘chirilsa, bu holatda ikkinchi transformator tarmoqni tok bilan ta’minlab turadi. Agar ikkinchi transformator ham ishdan chiqsa, u holda tortuvchi podstansiyaning o‘zi o‘zaro bog‘lovchi havo elektr uzatish yo'llardan ajratiladi. Bu holat boshqa podstansiyalarning normal ishlashiga halal bermaydi. Bundan tashqari, ochiq taqsimlovchi qurilma (ORU) tarkibidagi havo ajratkichlari (QS) soni va o ‘rnatilish joyi bo'yicha barcha podstansiyalarga ikki tomonlama elektr ta’minotning doimiy bo'lishini belgilovchi tezkor o‘chirib-ulashlar imkonini
beradi. Podstansiyalarning ikki kuch transfomatoridan biri faqat tarmoqni elektr energiya bilan ta’minlashga xizmat qilsa, ikkinchi kuch transformatori qisman podstansiyaning o‘z ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Podstansiya transformatorlari elektr energiyani 110 kV yoki 220 kV kuchlanishli havo elektr uzatish yo‘lidan ta’minlanadi. QS - havo ajratkichlari; uzgichlar; ORU - ochiq taqsimlovchi qurilmalar. Bir fazali tortish yuklamasi elektr energiyani transformatorning yulduz shaklida yig‘ilgan chulg‘amlaridan oladi. Bir fazali yuklamasi elektr energiyani transformatorning yulduz — nol shaklida ulangan chulg‘amlaridan oladi. Tashqi elektr ta’minoti tarmog‘ida teskari ketma-ketlik toklarini kamaytirish va tarmoqlar bo‘yicha podstansiyalarning parallel ishlashini ta’minlash zaruriyati podstansiyalarni maxsus sxema bo‘yicha simmetriyalovchi
ulashni taqozo etadi. Sim metriyalash tadbiri podstansiya transformatorlarining
birlamchi Ат Вт C t ; X Y Z va ikkilamchi x у z', a b с chulg‘amlar ulangan kirma izolatorlar ulagichlarini ma’lum sxema bo'yicha ulash yordamida tortuvchi hamda energiya ta’minlovchi tarmoqlarga mos ulanishini ta’minlaydi. Podstansiya kuch transformatorlari elektr energiyani 110 kV yoki 220 kV kuchlanishli taqsimlovchi qurilmalardan oladi. Har bir transformatorning ikkilamchi chulg‘ami ikki seksiyadan tashkil qilinadi. Har bir podstansiyada bir nechta ishlab turuvchi va bitta zaxira transformatori o‘rnatish ko‘zda tutiladi. Biron ishlab turuvchi transformator buzilsa, o‘rniga darxol zaxiradagi transformator o‘rnatiladi. O‘zgarmas tokli podstansiyalar elektr energiyani 6 kV, 10 kV, 35 kV kuchlanishli elektr tarmog‘idan va o‘zgaruvchan tokli tortuvchi podstansiyalar elektr energiyani 110 kV yoki 220 kV kuchlanishli elektr tarmog‘idan olishlari tavsiya etiladi. O‘zgaruvchan yoki o ‘zgarmas tokli podstansiyalarga havo elektr uzatish yollardan kelgan kirish qismlari ochiq ORU yoki yopiq ZRU turdagi taqsimlovchi qurilmalarga kelib ulanadi. Agar o‘zgarmas tokli podstansiya 220 kV yoki 110 kV kuchlanishli havo elektr uzatish yo‘llardan elektr energiyani olsa, unda kirgan kuchlanishning taqsimlovchi qurilmalardan energiya avval pasaytiruvchi transformatorlarga keladi. Transformatorlarda kiritilgan kuchlanish 6 kV yoki 10 kV gacha pasaytirilib, 6 kV yoki 10 kV taqsimlovchi qurilmalarga uzatadi, so‘ngra energiya to‘g‘rilagich-invertor o‘zgartgichiga yetib keladi. To‘g‘rilagich invertor o‘zgartgichining transformatori kuchlanishni 3,02+3,76 kV gacha pasaytiradi. Shunday qilib, to‘g‘rilovchi o‘zgartgichga ikki bosqichda transformatsiyalangan kuchlanish yetkazib beriladi va bunday podstansiya ikki bosqich transformatsiyali podstansiya deb ataladi. Agar o ‘zgamas tokli podstansiya 6 kV, 10 kY yoki 35 kV kuchlanishli havo elektr uzatish yo‘llardan elektr energiyani olsa unda kirgan kuchlanish taqsimlovchi qurilmalariga berilib, so‘ngra energiya o‘zgartgich transformatorlarga keladi. Bunday sxema bo‘yicha bir bosqich transformatsiyali podstansiya yig‘iladi. Ba’zi hollarda podstansiya 110 kV kuchlanishli havo elektr uzatish yo’llardan elektr energiyani olganda ham bir bosqich transformatsiyali qilib yig‘iladi va maxsus o‘zgartgich transformatoridan foydalaniladi. O‘zgaruvchan tokli podstansiyalar (TP). Uch fazali 110+220 kV kuchlanishli o‘zgaruvchan tokning kuchlanishi 6(10) va 35 kV tokka aylantirish uchun podstansiyalarda (TP) uch fazali kuch transforma torlari keng qo‘llaniladi. Bu transformatorlar ikki yoki uch chulg‘amlidir. Bir fazali yuklamalar podstansiyadan elektr energiyasi bilan ta’minlanganda elektr ta’minlovchi tarmoq fazalari orasida kata nosimmetriyalik yuzaga keladi.
Bir fazali transformatorlarni ulash.
Bu holat ta’minlovchi tarmoqda ortiqcha yuklanish va qo'shimcha quvvat isrofiga olib keladi. Bundan tashqari, elektr stansiyadan rayon iste’molchilarini elektr energiya bilan ta’minlash uchun uch fazali kuch transformatorini o‘rnatishga to‘g‘ri keladi. Transformatorlar 71 va 72 ochiq uchburchak sxemasida ulanishi
ham mumkin. Bu holda fazalar orasida nosimmetriyalik ancha kamayadi va elektr taminlovchi tarmoq quwat isrofi ham kichiklashadi. Hududiy elektr tarmog‘i RES uchun uch fazali kuch transformator talab qilinadi. Zaxira transformatorini ulash uchun esa murakkab kommutatsiya zanjiri va qo‘shimcha uskunalar talab qilinadi. Kuch fransformatorining alash sxemasi: RET — hududuy elektr tarmog‘i.
Transformatorning o‘rtacha kuchlanish chulg‘ami ham kuchlanishni 2x5% oralig‘ida rostlash uchun moMjallangan kirmaga ega. Rostlash jarayoni yuklama toki o‘chirilgan holatda qo‘zg‘atishsiz qayta ulagich (ПБВ) (переключатель без возбуждения) qurilmasi yordamida ijro etiladi. 27,5 kV kuchlanishli chulg‘am rostlanishsiz bajariladi. O‘zgaruvchan tok bir fazali yuklamasining amplitudasi va fazasi vaqt bo‘ylab keskin o'zgarib turadi. Podstansiyaning fider zonasining
yuklamasi bir-biridan katta farq qilishi mumkin. Podstansiyaning o‘zgaruvchan tokli transformatori notekis va nosimmetrik yuklamasi bilan tavsiflanadi. Moslanish shartiga binoan uch steijenli magnit tizimiga ega transformator uchun quyidagi shart bajarilishi kerak: Iaw = Ibw +Icw = 0. (2.1) Bunda IA, I b , I c — uchburchak shaklida ulangan ikkilamchi chulg‘am fazaviy toklari, w — faza chulg‘amlarining o‘ramlar soni. Sxemada tasvirlangan kuch transformatori ikkilamchi chulg‘amlarining uchburchak shaklida ulanishidan hosil bo‘lgan a va b tugunlari uchun Kirxgof qonuniga binoan quyidagi tengliklarni yozish mumkin: Kuch transformatorining ikkilamchi chulg‘amlaridagi toklarning fazalar bo‘yicha taqsimoti, yo‘nalishi va qiymatlari keltirilgan. Fazalar bo'yicha yuklamaning nosimmetriyasi transformatoro‘zagidagi induksiyaning notekis taqsimotiga olib keladi. Bu undagi kuchlanishning qo'shimcha yo£qotilishiga sababi bo‘lib, rayon iste’molchilari energiya oladigan chulg‘amlarda kuchlanish shaklining buzilishini keltirib chiqaradi. Transformator fazalaridagi toklar nosimmetriyasi kuchlanish shaklining buzilishini va ta’minlovchi elektr tizimining nosimmetrik ishlashini keltirib chiqaradi. Bu esa energiya tizimida quwat va energiyaning qo‘shimcha isrofiga sabab boMadi. Fazalar bo‘yicha yuklamaning taqsimotini tenglashtirish, ya’ni elektr tizimida kuchlanish nosimmetriyasini kamaytirishning asosiy usuli bo‘lib, ta ’minlovchi elektr uzatkichga ulanishda podstansiya transformatorlari fazalarning almashib turishidir. Bunday ulanish eng katta yuklamali (qora nuqta bilan belgilangan) fazalarni boshqa fazalar orasida teng taqsimlash imkonini beradi. Sanoatda elektr ta’minlovchi chulg‘am kuchlanishi 110 kV va 220 kV bo‘lgan transform atorlar ishlab chiqariladi. Transformatorning chulg'amida yuklama ostida kuchlanishni ±6-1,67%. Kuch transformatorining ikkilamchi chulg‘amlaridagi toklarning fazalar bo‘yicha taqsimoti, yo‘nalishi va qiymatlari.
oralig‘ida pog‘onali rostlash (RPN) imkoni ko‘zda tutilgan. Pog’onali RPN rostlash imkonli kuch transformatorining tarmog‘iga ulanishi keltirilgan. Kuchlanishni rostlash jarayoni tokni chegaralovchi rezistorli qayta ulagich RNTA-35/320 A bilan olib boriladi. Kuchlanishni pasaytirish uchun podstansiyalar orasiga AT avtotransformator o‘rnatiladi. Kuchlanishi 110/10 kV butlangan-komplekt transform ator podstansiyasi tashqi ko‘rinishi va tepadan ko‘rinishi esa keltirilgan. Butlangan-komplekt transformatorli podstansiyasining umumiy ko’rinishi keltirilgan. O‘zgarmas tokli podstansiyalar. Bunday podstansiya tarkibiga kuchlanishni to£g‘rilagichlar, invertorlar hamda to£g£rilagich-invertor agregatlari bilan o£zgartgich transformatorlar (PT) (преобра- Kontakt simi Podstansiyalar Elektr uzatish yo‘li transformatorining tarmoqqa ulanishi.
Download 20.91 Kb.
  1   2




Download 20.91 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: O‘zgaruvchan va o'zgarmas tokda podstansiyalar. Reja

Download 20.91 Kb.