Mavzu: Rektifikatsiya jarayonini tashkil etish usullari. Reja : Rektifikatsiya jarayoni haqida. Rektifikatsiya usullari. Rektifikatsiyani sanoatda tatbiq etish. Rektifikatsiya




Download 130.33 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi130.33 Kb.
#73495
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Rektifikatsiya jarayonini tashkil etish usullari. Reja


Mavzu:Rektifikatsiya jarayonini tashkil etish usullari.

Reja :


  1. Rektifikatsiya jarayoni haqida.

  2. Rektifikatsiya usullari.

  3. Rektifikatsiyani sanoatda tatbiq etish.


Rektifikatsiya (lot. rectus — oddiy va ... Rektifikatsiya) — suyuq aralashma komponentlarini rektifikatsion kolonnalarda haydash usulida ajratish. R. muvozanatda boʻlmagan (suyuq va bugʻ) fazalar orasida issiklik va moddalarning diffuzion almashinishiga asoslangan. R. qaynash tralari yaqin boʻlgan suyukliklar aralashmalarini ajratish zaruriyati boʻlganda qoʻllanadi. Rektifikatsion kolonnada koʻp toʻsikdar boʻlib, unda suyuq aralashma bugʻlari kondensatlanadi va pastdan chiqayotgan bugʻning yangi qismi koʻp marta uchrashadi. Kolonna qarshi oqim prinsipida ishlaydi. Yuqoriga koʻtarilayotgan bugʻ uchuvchi komponent bilan uzluksiz boyib turadi. Bunda bugʻ qaynash temperaturasi past boʻlgan komponent bilan boyib, uning qaynash temperaturasi pasayib boradi. Suyuqlik esa qaynash temperaturasi yuqori boʻlgan komponentlar bilan boyib, uning kaynash temperaturasi yuqorilashaveradi.
Bu jarayon to muvozanat holat bunyod boʻlguncha davom etadi, lekin kolonnadan sovitkichlar sistemasi orqali bugʻ fazasi kondensatlab ajratib olinishi bilan muvozanat yana buziladi va 6u jarayon to toza komponentlar yoki kerakli komponentlar fraksiyasi toʻliq ajratib olingunicha uzluksiz davom etaveradi. R. suyuq hamda suyultirilgan gaz aralashmalarini ajratish uchun qoʻllanadi. R. jarayonining temperatura oraligʻi (diapazoni) nihoyatda keng: 1000° (toza Zn, Pb, Cd kabi metallarni ajratishda) va 0° (havo, vodorod izotoplari kabi gazlarni ajratishda). R. jarayonining ishchi bosimi oʻnlab atmosferadan (etanpropilen aralashmasi uchun), to bir necha mm simob ustuni (yuqori yogʻ kislotalari R.si) atrofida boʻladi. Davriy va uzluksiz R. mavjud. Davriy R.da barcha suyuqlik kolonna kubiga bir vaqtda solinadi. R. jarayonida distillat ajratib turilsa, suyuklik tarkibida past trada qaynaydigan komponent kamayib boradi. Uzluksiz R.da sistemaga doimiy tarzda haydaluvchi suyuqlik qoʻshib boriladi. R. kolonnalarining samaraligi, ularning uzunligi, diametri, suyuklik bilan bugʻ orasidagi kontakt vaqti bilan aniqlanadi.

Download 130.33 Kb.
  1   2   3   4




Download 130.33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Rektifikatsiya jarayonini tashkil etish usullari. Reja : Rektifikatsiya jarayoni haqida. Rektifikatsiya usullari. Rektifikatsiyani sanoatda tatbiq etish. Rektifikatsiya

Download 130.33 Kb.