• Mavzuning qisqacha mazmuni
  • Jihoz
  • Mavzu: Soat, minut. 100-6 ko'rinishdagi misollarni yechish (50-51-betlar). Soatlar soni




    Download 1.94 Mb.
    Sana22.04.2024
    Hajmi1.94 Mb.
    #204721
    Bog'liq
    matematika dars ishlanma
    Mavzu Ketma--k-WPS Office, Mavzu Ketma--k-WPS Office, 5378 Магистр асоснома, Sirtqi daftar yuzi, Komp Modellshtirish amali, wi-fi routerlar ro'yxati, 1-amaliy ish (6), 1-amaliy , Maktabgacha, falsafa, Презентация1, konferensiya UFA 2023 , 1. Klinik o\'lim holatlari biologik o\'lim holatlari, Mustaqil ish temperament va uning turlari, Молия ва иқтисодиёт 2

    Mavzu: Soat, minut. 100-6 ko'rinishdagi misollarni yechish (50-51-betlar).



    Mavzu: Soat, minut. 100-6 ko'rinishdagi misollarni yechish (50-51-betlar).

    Soatlar soni: 1 soat.

    Mavzuning qisqacha mazmuni:O'tilgan mavzuni mustahkamlash. Soat, minut, 100-6 ko'rinishdagi misollarni yechish haqida bilim berish.

    O'quv jarayonini amalga oshirish texnologivasi:
    Metod: Evristik, kommunikatsion metodlaridan foydalanish.
    Shakl: Jamoa, guruh bilan va har bir o'quvchi bilan ishlash.
    Jihoz: Darslik, mavzu asosida ko'rgazmali materiallar, jadval.
    Nazorat: Og'zaki nazorat, savol-javob, kuzatish, o'z-o'zini nazorat qilish.
    Baholash: O'quvchilar 5 ballik revting tizimida baholanadi.



    Darsning maqsadi:
    Ta’limiy: o‘quvchilarga 3 xonali sonlarni yechishni tushuntirish, tarkibli masala yechish. TK1: so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish; TK6: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuzish; FK1: o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila olish, mavzuga doir tegishli misollar keltira olish.
    Tarbiyaviy: a) o'quvchilarning matematika faniga bo'lgan qiziqishini yanada orttirib borish; b) har bir matematik muammolarni ahillik. Birodarlik, hamjihatlik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash.TK3: masala yechimiga yaqinlashish darajasini baholay olish va zarur hollarda o‘z faoliyatini to‘g‘rilay olish;
    Rivojlantiruvchi: tasavvur ko‘nikmalarini rivojlantirish. FK2: o‘qituvchi bilan hamkorlikda masalaning yechimini topish rejasini tuza olish, tuzilgan reja asosida ishlay olish va o‘z faoliyatini to‘g‘rilab olish.



    (Doskaga ushbu rasmlar ilinadi va har bir guruhdan o’quvchilar navbatma-navbat chiqib ishlanadi. Misolni to’g’ri bajargan o’quvchiga rag’bat kartochkasi beriladi)
    Qolgan o’quvchilarga rangli qog’ozdan tayyorlangan shakllari tarqatiladi. O’quvchilarga shaklni daftarlariga yopishtirib, peremetrini topish beriladi.

    4-bosqich. Yangi mavzu bayoni. 1-misol (og'zaki).Soatning kichik mili soatni necha bo'lganini ko'rsatadi. U bir raqamdan ikkinchi raqamgacha 1 soatda o'tadi. Soatning katta mili minutni ko'rsatadi. U bir chiziqchadan ikkinchi chiziqchaga 1 minutda o'tadi. 1 soat = 60 minut.


    Savoljavob o'tkazish:
    1) Soat qaysi vaqtni ko'rsatayapti?
    2) Soatning katta mili qaysi raqamni korsatayapti?
    3) Soatning kichik mili qaysi raqamni korsatayapti?

    2-misolni namuna bo'yicha bajarishga o'rgatish.


    100-6 = 90 + (10-6) = 90 + 4 = 94
    90 10
    100-7 100-4 100-9 100-8
    3-masalani yechish (yozma). Masalaning qisqacha yozuvi: Bor edi - 100 changyutgich Sotildi - 9 changyutgich Qoldi - ? changyutgich

    Yechish: 100-9 = 91 changyutgich
    Javob: Do'konda 91 ta changyutgich qolgan.
    4-misol. 1 – rasmda nechta to’tburchak, 2-rasmda nechta uchburchak va to’rtburchak bor?

    5-masala (yozma).



    5-bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og'zaki savol-javob orqali mavzu mustahkamlanadi.


    1. Kun tartibingizni aytib bering.
    2. Siz bir minut davomida qaysi songacha sanay olasiz? va hokazo.
    3. Oquvchilarga tarqatma materiallar tarqatiladi o’quvchilar mustaqil soat necha bo’lganini belgilab ko’rsatadilar.


    6-bosqich. Baholash. Dars davomida faol qatnashgan o'quvchilarni baholab, rag'batlantirish.

    7-bosqich. Uyga vazifa: 6-masala, 7-misol. Ularni yechish bo'yicha o'quvchilarga tegishli ko'rsatmalar beriladi.

    Download 1.94 Mb.




    Download 1.94 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Soat, minut. 100-6 ko'rinishdagi misollarni yechish (50-51-betlar). Soatlar soni

    Download 1.94 Mb.