|
Mavzu: Solishtirma qarshilikni o’lchash prinsiplari. Solishtirma elektr qarshiligi va uni har-xil omillarga bog‘liqligi
|
Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 322,65 Kb. | | #144154 |
Bog'liq 5 amaliy
5-amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Solishtirma qarshilikni o’lchash prinsiplari.
Solishtirma elektr qarshiligi va uni har-xil omillarga bog‘liqligi
Elektr usullaring, aksariyat, qismi tog‘ jinslarining solishtirma qarshiligini o‘lchashga asoslangandir. Tog‘ jinslarining solishtirma qarshiligi deb bir kub metr xajmdagi, eni, bo‘yi va balandligi bir metr bo‘lgan tog‘ jinsining qarshiligiga aytiladi. Umuman olganda istalgan o‘tkazgichning qarshili:
r l
R = ¾¾
S
bu formuladan
r = R S / l agarda:
R - o‘tkazgichning qarshiligi, Ом da, S - o‘tkazgichning ko‘nlalang kesimi, м2 da, l -o‘tkazgichning uzunligi, м da o‘lchanilsa, r - o‘tkazgichning solishtirma qarshiligi,
1-jadval.
Solishtirma elektr qarshiligi
Jadvaldan ko‘rinib turiptiki, cho‘kindi tog‘ jinsi hosil qiluvchi minerallar: kvars, kalsit, muskovit, slyudalar va tog‘ jinslari: angidrit, osh tuzi va boshqa cho‘kindi tog‘ jinslari judayam katta qarshilikka egadir. Lekin cho‘kindi tog‘ jinslarining ion o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lishlari va ular tarkibida suv va unda erigan tuzlarning bo‘lishi, tog‘ jinslarining solishtirma qarshiliklarini kamaytiradi.
Shuning uchun cho‘kindi tog‘ jinslarining solishtirma qarshiliklari, agarda u faqatgina suv bilan to‘yintirilgan bo‘lsa (vp qatlam ichidagi suvning solishtirma qarshiligi (v ga, ushbu suvning miqdoriga, miqdori esa qatlamning umumiy g‘ovakligi Kp bilan belgilanadi, Bundan tashqari (vp tog‘ jinsining tekstura va struktura tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Solishtirma elektr qarshiligi
Ushbu bog‘liqlikni quyidagi matematik formula bilan ifodalash mumkin:
rвп =¦(rс,Кғ,Т.С) bu yerda:
rс - qatlam ichidagi suvning solishtirma qarshiligi;
Кғ - qatlamning g‘ovaklik koeffitsiyenti;
Т.С - qatlamning tekstura va struktura xususiyati.
Qatlamning solishtirma qarshiligi rвп suvning soliitirma qarshiligi rв ga to‘g‘ri propotsionaldir. Demak rв ortgan sari rвп ham ortib boradi.
Singish zonasining qarshiligi
Singish zonasining qarshiligi (zp ni aniqlash esa singishning tafsifini belgilaydi. Agarda rзп< rп dan kichkina bo‘lsa, bu singishni “kamaytiruvchi” singish deb atashadi va holat odatda neftgazga yoki chuchuv suvlarga to‘yingan qatlamlarda kuzatiladi.
Agarda rзп > rп dan katta bo‘lsa, buni “ortiruvchi” singish deb ataladi va bu holat odatda sho‘r suvlar bilan to‘yingan qatlamlarda kuzatiladi. Demak rзп ni aniqlash kollektorlarning nima bilan to‘yinganini aniqlash imkonini beradi.
REZISTVIMETRLAR
Burg‘i qorishmasining solishtirma qarshiligi (r rezistvimetr degan asbobda o‘lchanidai.
Эқ ni o‘lchash tok elektrodlari А ва В dan tok yuborilib, М ва N orqali hosil bo‘lgan potensiallar ayirmasi o‘lchaniladi.
rр= К· ∆U / I
bu formulada: К - rezistvimetr koeffitsiyenti;
I - А ва В elektrodlaridan o‘tgan tok kuchi;
∆U - М ва N orasidagi potensiallar ayirmasi.
Rezistvimetrning elektrodlari А, М ва N bilan belginadi va quyidagi А0.04М0.03N gradiyent zondni tashkil etiladi.
Ehtimoliy qarshilikni Mikrozondlar bilan o‘lchash.
Mikrogradiyent va mikropotensial zondlar bilan ehtimoliy qarshilikni bir paytda yozish.
Mikrozondlar quduq kesimlarini mufassal o‘rganish uchun ishlatiladi. Shuning uchun ular quduqlarni faqat maxsuldor qatlamlari uchraydigan oraliqlarida, 1:200 masshtabida o‘tkaziladi. Mikrozondlar, zond uzunliklarining kichkinaligi tufayli, kichkina qalinlikdagi (bir necha sm. qalinlikdagi) qatlam chegaralarini aniqlashda ishlatiladi. Mikrozondlarning asosiy vazifalaridan biri - quduq kesimlarida kollekktorlarni ajratishdir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Solishtirma qarshilikni o’lchash prinsiplari. Solishtirma elektr qarshiligi va uni har-xil omillarga bog‘liqligi
|