Mavzu: trigger turlari va tadbiqi




Download 385.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana09.01.2024
Hajmi385.3 Kb.
#133424
  1   2   3   4   5
Bog'liq
5 mavzu
6sinf-ingliz-tili (3), B1 Vocabulary, тест инглиз тили, 4. Sondagi raqamlar tartibi va sonlarni yaxlitlash. - javoblari, 333, Mustaqil ish. NAMUNA (2), 1-Laboratoriya topshiriqlari (1), 1-laboratoriya ishi mavzu Electronics Workbench, kombinatsion e, 1-Лаборатория (11), bax, 35- maktab 2023-2024 2-yarim yillik устама yangisi, 3-AMALIY MASHG\'ULOT, Рус диплом образець, Чек


MAVZU: TRIGGER TURLARI VA TADBIQI
 
Reja: 
1. Trigger haqida umumiy ma’lumotlar
2. Bistabil yacheykalar 
3. Triggerlarning sinflanishi 
Tayanch so’z va iboralar: Ketma-ket mantiqiy qurilmalar, RS-trigger, D-
trigger, T-trigger, JK-trigger. 
Trigger haqida umumiy ma’lumotlar 
Yuqorida koʻrib oʻtilgan barcha raqamli mantiq kombinatsion sxemalarda 
tuzilgan edi. Ularda chiqishdagi signal kirishning joriy (hozirgi) holati bilan 
aniqlanadi. Bu sxemalarda «xotira» mavjud emas. Agar kombinatsion 
sxemalarga xotira kiritilsa, u holda, ularning yordamida hisoblagichlar,
arifmetik registrlar va boshqa «aqlli» sxemalarni hosil qilish mumkin. Bunda 
ular bir funksiyani bajarib boʻlgach, keyingisiga oʻtadi. Bunday sxemalarning 
asosiy tuguni boʻlib trigger hisoblanadi. 
ME va triggerlardan tuzilgan sxemalar, ya’ni ketma-ketli sxemalar kirish 
signalarining hozirgi holati boʻyicha yoki ularning avvalgi holatini bilgan holda 
kombinatsion funksiya shakllantirishi mumkin. Demak, hodisalarni roʻy berish 
ketma-ketligidan kelib chiqqan holda, kirishda bir hil oʻzgaruvchili signal 
boʻlgan holatda bunday sxemalarning chiqishidagi signal turlicha boʻlishi 
mumkin. Shuning uchun sxemalarni loyihalashtirish va tahlil qilishda 
hodisalarni roʻy berish ketma-ketligini ajratib olish muhim hisoblanadi. Raqamli 
tizimlarning, birinchi navbatda EHMning kuchi shunda-ki, bir holatdan 
ikkichisiga bir necha marta oʻtishlar ketma-ketligini berilgan tartibda amalga 
oshirish imkoniga ega. 
Ixtiyoriy ketma-ketlikdagi qurilma triggerli qurilma yoki raqamli 
avtomat deb ataladi. Raqamli avtomat umumiy holda N ta triggyerdan tashkil 
topgan. Raqamli avtomat holati N - razryadli ikkilik so‘zdan iborat bo‘lib, uning 
har bir razryadi mos triggerning chiqish signali holati bilan belgilanadi. Demak, 
raqamli avtomat holatini 2
N
kodli to‘plam ifodalaydi. 



Download 385.3 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 385.3 Kb.
Pdf ko'rish