7-rasm. Ikki pogʻonali T-trigger (a) va uning shartli belgisi (b).
JK-trigger
universal trigger hisoblanadi,
chunki uning asosida sodda
kommutatsion o‘zgartirishlarni bajarib, ixtiyoriy turdagi
trigger hosil qilish
mumkin.
Integral ko‘rinishda JK-triggerlari sinxron va ikki pog‘onali
qilib
bajariladi. Ular, huddi ikki pog‘onali T-triggerlarida kabi o‘tuvchi ma’lumot
yoziladigan asosiy trigger (TM) va asosiy triggyerdan ma’lumot
qayta
yoziladigan yordamchi trigger (TP) ga ega. Bu triggyerda ma’lumot
kirishlari
uchun quyidagi belgilanishlar qabul qilingan J (jerk - kutilmagan ulanish) -
triggerni mustaqil “1” holatga o‘rnatish; K (kill - kutilmagan uzilish) - triggerni
mustaqil “0” holatga o‘rnatish.
Ikki pog‘onali JK-trigger, huddi ikki pog‘onali T-trigger kabi to‘liq takt
impulsi bilan boshhariladi. Sinxron JK-trigger tuzilma sxemasi va uning shartli
belgisi 8-rasmda keltirilgan.
a)
b)
8-rasm. Ikki pogʻonali JK-trigger (a) va uning shartli belgisi (b).
Nazorat savollari
1. Ketma-ketli mantiqiy qurilmalarning hossalari va ulardagi triggerlar vazifasini
aytib bering.
2. Bistabil yacheykaning ishlash prinsipi va regenerativ jarayonning ma’nosini
tushun-tiring.
3. Triggerli qurilmalarning sinflanishini keltiring.
4. Bir va ikki pogʻonali turli triggerlar oʻzaro nimasi bilan farqlanadi.
5. Universal JK-trigger asosida boshqa turdagi
triggerlarni qanday yasash
mumkinligini koʻrsating.
6. Qanday belgilarga koʻra registrlarni sinflash mumkin.
7.
Parallel, siljituvchi va reversiv registrlarni tuzilma
sxemalari va shartli
belgilanish-larini keltiring.
8. Registrlar orasida ma’lumot almashish qanday tashkil etilgan.
9. Universal registr ish prinsipini tushuntiring.
10. Hisoblagichlarning asosiy ishi va sinflanish belgilarini aytib bering.
11. Hisoblagichlarning razryad sxemalari orasidagi aloqa turlarini sanab bering.
12. Hisoblagichlarning tezkorligi qanday usullar bilan oshiriladi.