• 1. Fan va uni tashkil etish shakllari
  • Mavzu: Zamonaviy ilm fan xususiyatlari. Jamiyat taraqqiyotida ilm fanning o’rni Reja




    Download 23.2 Kb.
    bet1/5
    Sana28.02.2024
    Hajmi23.2 Kb.
    #163772
      1   2   3   4   5

    Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish

    Mavzu: Zamonaviy ilm fan xususiyatlari. Jamiyat taraqqiyotida ilm - fanning o’rni


    Reja:
    1 Fan va uni tashkil etish shakllari

    2. Zamonaviy ilm fan va uning jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni


    3. Zamonaviy ilm fan xususiyatlari va muammolari


    1. Fan va uni tashkil etish shakllari
    Fan inson va jamiyat faoliyatining muhim mahsuli boʻlib, narsa va hodisalarning xossalari, munosabatlari hamda qonuniyatlarini oʻrganishga qaratilgan tizimlar yigʻindisidir. Shu bilan bir qatorda fan ijtimoiy ong shakllarining biridir. Aytish lozimki, fan soʻzining aynan maʼnosi – bilim demakdir. Lekin har qanday bilim ilmiy boʻla olmaydi. Odatdagi yoki turmush tajribasi deb atalgan har qanday soha, aniqrogʻi, oddiy kuzatish va amaliy faoliyat asosida olingan dalillar va jarayonlarni oddiygina tavsiflanishdan, ularning oddiy tomonlarini aniqlashdan nariga oʻtmaydigan bilim fanni ifodalamaydi. Shu sababli fanning vazifalarini ham toʻgʻri tushunish talab etiladi. Bu vazifalar quyidagilar:

    1. Fan inson faolligini oshirishga xizmat qiladi. Tevarak-atrofni mukammalroq bilishga yordam beradi.


    2. Insonlar faoliyati bilan obyektlarning oʻzaro aloqasini ifodalaydi va moslashtiradi.
    3. Narsa va hodisalarning rivojlanish qonuniyatlarini ochishga koʻmaklashadi.
    4. Fan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, maʼnaviy - axloqiy qadriyatlarni oʻzida mujassamlashtiradi va avloddan-avlodga yetkazishga xizmat qiladi.
    5. Fan monitoring vazifani bajaradi. Tabiat va jamiyat hodisalarining global holatlarini nazorat qilishga hamda turli yangi sohalarni barpo qilishga oʻz hissasini qoʻshadi.
    6. Axborotlar toʻplaydi va axborotlar bilan insonlarni taʼminlaydi.Fan oddiy dalillar va turli qonunlar haqidagi bilimlarning oddiy yigʻindisidan iborat emas, balki tizimlarga solingan ilmiy bilimlar yigʻindisidan iboratdir. Har bir fanda aks ettiriladigan muammolar oʻzaro bogʻlangandir.
    Maʼlumki, hozirgi fanda odam miyasining “modeli” mavjuddir. Bumodellar yordamida aqliy faoliyatning ayrim turlari belgi-langan. Tadqiqotlar insonning uzoq yashashi, farovon turmushi uchun yaratilishini eʼtiborga olib bu sohadagi olimlarning keyingi maqsadi odam turli organizmlarga moye ishlab chiqilgan tizimlarni birlashtirib “Sunʼiy odam” yasashdek buyuk maqsadga qaratilgan. Umuman olganda hozirgi zamon fan-texnika inqilobi avtomatika, uning elementlari va vositalari yadrosini tashkil qiladi va bunday boʻlishi hozirgi davr takrzosi.

    Download 23.2 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 23.2 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Zamonaviy ilm fan xususiyatlari. Jamiyat taraqqiyotida ilm fanning o’rni Reja

    Download 23.2 Kb.