Fan - muayyan yoʻnalish boʻyicha tevarak-atrof-dunyo haqidagi shakllangan oʼbektiv bilimlar tizimi (majmui). Fan




Download 23.2 Kb.
bet3/5
Sana28.02.2024
Hajmi23.2 Kb.
#163772
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanini o’qitishda yangi pedagogik -fayllar.org
Umumiy biologiya. 10-11 sinf (1990, Yu.I.Polyanskiy), Ochiq dars. 1-sinf O\'qish savodxonligi, 20. MTMda boshlangich kompyuter savod Shuhratov Sh, Yig\'ish tamoili, Mavzu kompyuter buyruqlarining asosiy tizmi, buyruqlar turlari,, 4-mustaqil ish (1), 7-mashgulot (3), Kibir jinoyat, Aytbay matematika 5 oz betinshe, ozbt, Tarjima nazariyasi-fayllar.org, MT mavzulari (6), 2-mavzu, 9- ma’ruza O‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish me-fayllar.org
Fan - muayyan yoʻnalish boʻyicha tevarak-atrof-dunyo haqidagi shakllangan oʼbektiv bilimlar tizimi (majmui).
Fan - dunyo hakidagi obyektiv bilimlar tizimi; ijtimoiy ong shakllaridan biri. Tarixiy tarakqiyot jarayonida, ayniqsa, fan-texnika taraqqiyoti davrida fan jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlariga aylanib boradi. Fan tabiat, jamiyat va tafakkur haqida yangi bilimlar hosil qilishdan to ularni amaliyotga joriy qilishgacha boʻlgan faoliyatni oʻz ichiga oladi. Kishi organizmi, atrof-muhit, bepoyon olam sirlari va rivojlanish mexanizmlarini oʻrganib, ulardan kishilik jamiyatining ravnaqi uchun foydalanish ilm-fanning bevosita maqsadidir; keng maʼnoda voqelikni nazariy aks ettirishidir.
Fanning paydo boʻlishi kishilik jamiyatining paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Insoniyat paydo boʻlibdiki, unda yashovchi kishilarda aql, ong, fikr, gʻoya, tafakkur, dunyoqarash, taʼlimot vashukabilar taraqqiy etib kelmokda va natijada bilimlar vujudga kelmokda. Bilimlar ham oʻz navbatida jamiyat va tabiat hodisalari va jarayonlariga moye ravishda takomillashib maʼlum tizimlarga ajratilmoqda. Ana shu bilimlar tizimlari (majmuasi) kishilarning aqliy (ijtimoiy ong) mahsuli boʻlib, ular fanni tashkil etmoqdalar.
Fan yoki fanlar, tarakqiyot jarayonidagi tajribalar asosida va ularga moye ravishda rivojlanib borgan. Bu tarixiy-taraqqiyot jarayonida va ayniqsa, fan-texnika taraqqiyoti davrida jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlariga aylanib boraveradi.
Umuman olganda, fan-tabiat, jamiyat, tafakkur va ulardagi sifat oʻzgarishlarini beruvchi yangi bilimlar tizimini shakllantirish hamda ulardan amaliy faoliyatda foydalanish jarayonlarini oʻz ichiga oladi.
Fanning asosiy maqsadi insoniyatning dunyoga kelishidan boshlab, uning atrof-muhit haqidagi olam sir-asrorlarini ilmiy asoslash, tabiat va jamiyat rivojlanish qonuniyatlarini yaratish hamda, ulardan kishilik jamiyati ravnaqi uchun foydalanishgacha boʻlgan jarayonni taʼminlashdir.
Fanning rivojlanishi uchun imkon yaratish va uni maksadli boshkarish jamiyat taraqqiyotiga samarali taʼsirni taʼminlash demakdir. Ilmiy muassasalarni bir joyga jamlash va markazlashtirish umummilliy hamda xalqaro ilmiy tashkilotlar, ilmiy markazlarning tashkil boʻlishiga olib keldi. Natijada XX asr¬larda ixtisoslashgan ilmiy tashkilotlar (muassasalar) soni keskin ravishda oshdi. Fan sohalari boʻyicha va kompleks tarzdagi ilmiy muassasalar tashkil boʻla boshladi xamda yangi nomdagi fanlar yoʻnalishlari yuzaga kela boshladi. Jumladan, kibernetika (iqtisodiy kibernetika, biomed. kibernetika, texnika kibernetikasi), matematik lingvistika, geofizika, biotexnika, ehtimollar nazariyasi, ergonomika, informatika, texnik estetika va shu kabilar yangi nomlarni olgan fan yoʻnalishlaridir. Bularning barchasi fan sohalarini rivojlantirishda katta rol oʻynadi. Jumladan, Vatanimizda qadimdan matematika, falakiyot, tibbiyot, geodeziya, geografiya va shu kabi fanlar rivojlangan boʻlsa, bugungi kunda ham oʻz maʼlum va mashhurligini yoʻkotgan emas, yaʼni bugungi kunda matematik statistika va integral tenglamalar, sonlar nazariyasi, hisoblash matematikasi sohalarida katta yutuqlar qoʻlga kiritildi. Ehtimollar nazariyasi boʻyicha “Toshkent maktabi” deb nom olgan ilmiy yoʻnalish dunyoga mashhur. Yadro fizikasi va geofizika, geliotexnika va elektronika, aerogidromexanika va gaz dinamikasi yutuqlari xalq xoʻjaligining turli sohalariga tadbiq qilinmoqda. Bioorganik va fizik kimyo, oʻsimlik moddalari va yuqori molekulali birikmalar kimyosi koʻplab tabiiy va sunʼiy kimyoviy moddalarni olish imkonini berdi. Botanika va seleksiya, zoologiya va meditsina, biokimyo, biofizika va geokimyo, geologiya va seysmologiya boʻyicha katta muvaffaqiyatlarga erishildi.



Download 23.2 Kb.
1   2   3   4   5




Download 23.2 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fan - muayyan yoʻnalish boʻyicha tevarak-atrof-dunyo haqidagi shakllangan oʼbektiv bilimlar tizimi (majmui). Fan

Download 23.2 Kb.